Balli qizlar
(Sahna uzra bahorni tarannum etuvchi yoqimli kuy taraladi. Sahnaga birinchi boshlovchi va ikkinchi boshlovchi sifatida 2 ta qiz bola ohista yurib, chiqib kelishadi.)
1-boshlovchi: Assalomu alaykum, dilbar va latofatli ayollar-muxtarama onajonlar! Aziz ustozlar! Bir-biridan go’zal qizlar!
2-boshlovchi:Assalomu alaykum aziz mehmonlar!
1-boshlovchi:Ha, bugun esa sinfimizning chaqqon, bilimdon, chevar, faol, odobli qizlarining bellashuvini tomosha qilish uchun yig’ildik.Tadbirimiz “Balli qizlar” deb nomlanadi
1-2-boshlovchilar:Tadbirimizga xush kelibsiz!
1-boshlovchi:Endi ishtirokchilarimizni tanishtirib o’tamiz.
Birinchi raqamli ishtirokchimiz 4-A sinf o’quvchisi Sultonova Halima.
2-boshlovchi:Ikkinchi raqamli ishtirokchimiz 4-A sinf o’quvchisi Rustamova Sevinchoy
1-boshlovchi: Uchinchi raqamli ishtirokchimiz 4-B sinf o’quvchisi Matrasulova Sabohat
2-boshlovchi: To’rtinchi raqamli ishtirokchimiz 4-B sinf o’quvchisi Yo’ldosheva Sevinchoy
1-boshlovchi:Beshinchi raqamli ishtirokchimiz 4-D sinf o’quvchisi Asadullayeva Madinabonu
2-boshlovchi:Oltinchi raqamli ishtirokchimiz 4-D sinf o’quvchisi Abdullayeva Orzuxon
1-boshlovchi:Hozir ishtirokchilarimiz 6 ta shart bo’yicha bellashadilar. Undan oldin hakamlar hay’ati bilan tanishtirib o’tamiz.
1._____________________________________________________________________________________________________
2._____________________________________________________________________________________________________
3._____________________________________________________________________________________________________
4._____________________________________________________________________________________________________
5._____________________________________________________________________________________________________
6._____________________________________________________________________________________________________
1-boshlovchi: Endi navbat 1-shartga.Bu shartimiz ”Tanishuv” deb nomlanadi.Qizlarimiz bu shartda o’zlarini tanishtiradilar.Marhamat tomosha qiling. (1-shart “Tanishuv”)
2-boshlovchi: Qizlarimizning birinchi shart bo’yicha olgan ballarini e’lon qilgunga qadar, 4-B SINF o’quvchilari tomonidan taayyorlab kelingan “Keldi bahor” qo’shig’ini tinglang va tomosha qiling. Marhamat.
Do'stlaringiz bilan baham: |