Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha


Download 432.55 Kb.
bet1/11
Sana10.09.2022
Hajmi432.55 Kb.
#803705
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hisobot 2022 aminov yashnar
14-жс-2-19, Презентация1, harf, KTE 3, 0XZoWNIjDeAyTDwHq2fXmW3spEj9- ru (1), Мухторов ФарходПК№2, 1-машғулот. Қон кўрсатгичлари, 10. Шолғом етиштириш, 11, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti, DARS KUZATISH VA TAHLIL QILISH, Bolalarni savod o`rgatish mashg`ulotida o`yin faoliyatidan unumli foydalanish

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

BANK ISHI” FAKULTETI

“Bank ishi” kafedrasi

BANK ISHI” BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA
TANISHUV AMALIYOT
H I S O B O T

Bajardi: BIA - 82 guruh
2-kurs talabasi Aminov Yashnar
Ilmiy rahbar: k.o'q. Raxmatov. A
Toshkent – 2022

Reja:
Kirish

  • CHEKI “Hamkorbank” tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslari.

  • CHEKI “Hamkorbank” tijorat banki filialida blokcheyn texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlari.

  • CHEKI “Hamkorbank” tijorat banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari.

  • CHEKI “Hamkorbank” tijorat bankining zamonaviy chakana xizmatlari tahlili.

  • AITB “Ipak yo’li” bankining innovatsion xizmatlarini tahlili.

Xulosa
Ilovalar

KIRISH
Bugungi kunda iqtisodiyotimiz va xalqimiz oldida turgan eng dolzarb masalalar sirasiga xalqaro talablarga javob beradigan va mijozlarga zamonaviy xizmatlarni taqdim etuvchi bank tizimini tashkil etish vazifasi ham kiradi. Chunki yaxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo`lgan jamiyat sog`lom va tez rivojlanishi mumkin. Pul-kredit bozorining asosiy mexanizmi va richagi bo`lgan banklar o`zining ushbu pozitsiyasidan kelib chiqib butun iqtisodiyotga kata ta`sirini o`tkaza olishi hech kimga sir emas. Buning yaqqol isboti sifatida 2008-yillarda AQShda kuzatilgan “Buyuk depressiya”ni ko`rsatishimiz mumkin. Ushbu iqtisodiy inqroz ipotekali kreditlash tufayli kelib chiqqan bo`lsada, nafaqat Qo`shma Shtatlar iqtisodiyotini, balki butun dunyo moliyaviy hayotini izdan chiqarib yubordi. Shu bilan birga yirik banklarning ham iqtisodiy ahvoli yomonlashib qoldi. Bu banklarning moliyaviy bozorda qanchalik mustahkam mavqega ega ekanligini ko`rsatadi. Jumladan, respublikamizda ham bank tizimining barqarorligini ta`minlash, uni erkinlashtirish, kapital yetarliligini xalqaro talablarga moslashtirib borish, banklarda risk menejmentini takomillashtirish masalalariga ham alohida e`tabor qaratilmoqda va sohada qator vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador muhitni yaratadigan O`zbekiston Respunlikasining “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to`g`risida” gi, “Valyutani tartibga solish to`g`risida” gi hamda “To`lovlar va to`lov tizimi to`g`risida” gi yangilangan qonunlari qabul qilindi. 2020-2025-yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish bo`yicha quyidagilarga erishish maqsad qilib qo`yilgan:
-bank tizimi aktivlarining umumiy hajmida davlat ulushi bo`lmagan banklar aktivlari ulushini 15 foizdan 60 foizgacha oshirish;
-banklar majburiyatining umumiy hajmida banklarning xususiy sektor oldidagi majburiyatlari ulushini 28 foizdan 70 foizgacha oshirish;
-2025-yilga kelib davlat ulushi mavjud kamida uchta bank kapitallariga zarur tajriba, bilim va obro`ga ega bo`lgan kamida uchta strategik xorijiy investorlarni jalb qilish;
-umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlarini ulushini 0,35 foizdan 4 foizgacha oshirish.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, “Ipotekabank” ATIB, “O`zsanoatqurilishbank” ATBni, “ Aloqabank” ATBni, “Asakabank” ATBni, “Qishloq qurilish bank” ATBni, AT “Xalq banki”, “Asia Alliance Bank” ATBni xususiy sektorga sotish ko`zda turtilgan. Banklar aksiyalarining xususiy shaxslar qo`liga o`tishi bank sohasida xizmatlar ko`lamining yanada kengayishiga, ularning moliyaviy barqarorligining yanada oshishiga sabab bo`ladi. Lekin islohot, avvalo, ichkaridan boshlanadi. Ushbu qonunda kadrlar salohiyatini oshirish bo`yicha kadrlarni boshqarishning korporativ strategiyasini takomillashtirish, bank kadrlarini uzluksiz o`qitish tizimini joriy qilish, har bir xodimning faoliyati natijalarini baholash asosida mehnatga haq to`lashning zamonaviy tizimlariga o`tish (KPI, bonus) kabilar maqsad qilib qo`yilgan. Bank tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirishda Bank-moliya akademiyasi faoliyatini yangicha tashkil etishga alohida e`tibor qaratiladi. Bunda yetakchi xorijiy banklar va konsultantlar bilan hamkorlik qilish asosida uzluksiz ta`lim tizimini tashkil etish, nazariya va amaliyot o`rtasidagi uzviy aloqani ta`minlash nazarda tutiladi. Xuddi shu kabi maqsadda iqtisodiyot uchun muhim kadrlarni yetkazib beruvchi ta`lim muassasalarida talabalarni amaliyotlarga jalb qilish joriy qilingan.
Men Aminov Yashnar Xusniddinovich 06.06.2022 dan 16.07.2022 muddatlarda CHEKI “Hamkorbank” Xazorasp tumani filialida amaliyot o`tadim. Ushbu vaqt mobaynida e`tiborimni ushbu bank mijozlarga taqdim etayotgan xizmatlar ko`lamiga, sifatiga, xodimlarning ish tajribasi va ularning o`zaro va mijozlarga nisbatan muomala madaniyatiga, bank xizmatlarining boshqa banklarga nisbatan qanchalik darajada tezkor va qulayliklariga ahamiyat qaratdim. Meni qoniqtirgan tarafi mijozlarga xizmat ko`rsatishning qulay shaklda tashkil etilganligidir. Chakana biznes bo`limi xodimlari misolida fikrimni ifodalaydigan bo`lsam, ushbu bo`limga mas`ul har bir xodim universal xarakterga ega. Ya`ni har bir xodim bir vaqtning o`zida ham pul o`tkazmalari bilan shug`ullanishi, mijozlar uchun mahalliy va xalqaro plastik kartalar ochishi, plastik kartalar bilan bog`liq barcha operatsiyalarini bajarishi mumkin. Bu o`z navbatida har bir xodimning teng ish taqsimotiga ega bo`lishiga, shuningdek, mijozlarning arzimagan ish uchun ham soatlab navbat kutishlarini oldini olgan holda ularning sonini oshishiga sabab boladi.



  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling