Bank ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha


AITB “Ipak yo’li”banki Mirobod filialida daromadlarning tarkibi va tuzilmasi tahlili


Download 432.55 Kb.
bet8/11
Sana10.09.2022
Hajmi432.55 Kb.
#803705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Hisobot 2022 aminov yashnar
14-жс-2-19, Презентация1, harf, KTE 3, 0XZoWNIjDeAyTDwHq2fXmW3spEj9- ru (1), Мухторов ФарходПК№2, 1-машғулот. Қон кўрсатгичлари, 10. Шолғом етиштириш, 11, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti, Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti, DARS KUZATISH VA TAHLIL QILISH, Bolalarni savod o`rgatish mashg`ulotida o`yin faoliyatidan unumli foydalanish
AITB “Ipak yo’li”banki Mirobod filialida daromadlarning tarkibi va tuzilmasi tahlili.
Banklarning daromadlarini tarkibi va tuzilmasini boshlang’ich baholash jami daromadlar tarkibida foizli va foizsiz daromodlarning salmog’ini baholashdan boshlanadi. Banklarning daromadlarini tarkibi va tuzilmasini tahlil qilishda haqiqatdagi ko’rsatkichlar biznes rejadagi ko’rsatkichlar bilan yoki hisobot yilidagi ko’rsatkichlar o’tgan yildagi ko’rsatkichlar bilan mos ravishda taqqoslanadi.
Quyidagi 1-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, AITB “Ipak yo’li”banki Mirobod filiali daromadlari tarkibi va tuzilmasini tahlil qilamiz.
1-jadval
AITB “Ipak yo’li”banki Mirobod filiali daromadlari tarkibi va
tuzilmasi tahlili

Daromadlarn

2019 yil

2020 yil




Farqi (+; -)

ing tarkibi

























Summa

Salmo-

Summa

Salmo-




Summa




Salmo-




(ming sum)

g’i %

(ming sum)

g’i %




(ming sum)




g’i %

Foizli

477791,6

56,48

502243,5

56,7




+24451,9




+0,22

daromadlar


























































Foizsiz

368089,5

43,52

383556,2

43,3




+15466,7




-0,22

daromadlar


























































Jami

845881,1

100,0

885799,7

100,0




+39918,6




-

daromadlar




























































Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, AITB “Ipak yo’li” banki Mirobod filialida jami daromadlari 2018 yilda 885799,7 ming so’mni tashkil etgan bo’lib, 2017 yildagidan 39918,6 ming so’mga ortgan. Jami daromadlar tarkibida 2018 yildagi foizli daromadlar 502243,5 ming so’m bo’lib, jami daromadning 56,70 foizni tashkil etgan. Foizsiz daromadlar esa 43,3 foizni tashkil etgan. 2017 yilda jami daromadlar 845881,1 ming so’mni tashkil etgan bo’lib, jami daromadlar tarkibida foizli daromadlar 477791,6 ming so’mni va foizsiz daomadlar 368089,5 ming so’mni tashkil etgan. Natijada, hisobot yilida jami daromadlar tarkibidagi foizli daromodlarning salmog’i o’tgan yildagidan +0,22 foizga ortgan, xuddi shuningdek, foizsiz daromadlarning salmog’i – 0,22 foizga kamaygan.
Demak, aytish mumkinki, AITB “Ipak yo’li”banki Mirobod filialida olingan daromadlar tarkibida foizli va foizsiz daromadlarni salmog’i o’tgan yilga nisbatan 0,22 foizga o’zgargan bo’lsada, bankda hisobot yilida olingan foizli va foizsiz daromadlar o’sgan. Bu esa AITB “Ipak yo’li”banki Mirobod filialida 2018 yildagi olingan daromadlarni ijobiy bo’lgan deb baholash mumkin.


AITB “Ipak yo’li”banki Mirobod filialida xarajatlarning tarkibi va
tuzilmasi tahlili.
Banklarda tomonidpn qilingan xarajatlarni tahlil qilganda jami xarajatlarning tarkibida foizli, foizsiz va operatsion xarajatlarni salmog’ini baholash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu bilan jami xarajatlar tarkibida sanab o’tilgan xarajatlarni salmog’i qanday va qancha bo’lganligini baholash imkoniyatiga ega bo’lish mumkin. Quyidagi 2-jadval ma’lumotlaridan foydalanib, AITB “Ipak yo’li”banki Mirobod filialida xarajatlar tarkibi va tuzilmasini tahlil qilamiz.
2-jadval
AITB “Ipak yo’li”banki Mirobod filialida xarajatlar
tarkibi va tuzilmasi tahlili

Xarajatlarnin g

2019 yil




2020 yil




tarkibi

Summa




Salmo-

Summa

Salmog’i

Farqi (+; -)




(ming sum)




g’i %

(ming sum)

%




Foizli

329744,5




45,57

348564,0

44,75

+18819,5

xarajatlar






















Foizsiz

217186,4




30,01

236245,6

30,33

+19059,2

xarajatlar






















Operatsion

176700,2




24,42

194127,6

24,92

+17427,4

xarajatlar






















Jami



















xarajatlar

723631,1




100,00

778937,2

100,0

+55306,1
























Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, AITB “Ipak yo’li”banki Mirobod filialida jami xarajatlar 2018 yilda 778937,2 ming so’mni tashkil etgan bo’lib, 2017 yildagidan +55306,1 ming so’mga ortgan. 2018 yilda qilingan foizli xarajatlar 348564,0 ming so’m bo’lib, jami xarajatlarning 44,75 foizini tashkil etgan. Foizsiz xarajatlar 2018 yilda 236245,6 ming so’mni tashkil etib, 2017 yildagidan +19059,2 ming so’mga ortgan va jami xarajatlarga nisbatan 30,33 foizni tashkil etgan. 2018 yildagi operatsion xarajatlar 194127,6 ming so’mni tashkil etgan bo’lib, 2017 yildagidan +17427,4 ming so’mga ortgan. Bu esa jami xarajatlarning +55306,1 ming so’mga ortib ketishiga sabab bo’lgan.
Demak, aytish lozimki, AITB “Ipak yo’li banki Mirobod filialida xarajatlar hisobot yilida o’tgan yilga nisbatan o’sgan. Xarajatlarning bunday o’sishi birinchidan mazkur bankda ko’plab operatsiyalarni amalga oshirilganligini bildirsa, ikkinchidan esa bankning xarajatlari foizli, foizsiz va boshqa operatsion xarajatlar hisobiga ortganligini ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, banklarda qilingan xarajatlarni tarkibi va tuzilmasini tahlil qilganda, qilingan xarajatlar tarkibida foizli daromadlarni, foizsiz daromadlarni hamda bankning operatsion xarajatlari hajmini hamda ularning jami xarajatlar tarkibida tutgan salmog’ini to’liq baholash imkoniyatiga ega bo’lish mumkin.


4. AITB “Ipak yo’li” bankining zamonaviy chakana xizmatlari va innovatsion xizmatlari tahlili.
Chakana xizmatlar: omonatlar Aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirish siyosatiga qat’iy amal qilib, Bank aholining jalb etilgan mablag‘lari va xususiy omonatlar bo‘yicha mamlakatimiz moliya bozorida yetakchilar safiga qo‘shildi. Hozirgi kunda Bank chakana xizmatlarning 70dan ziyod turini taqdim etmoqda. Ipak yo’li bank bo‘lim va filiallari orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar doirasi kengayishi, aholining bankka ishonchi ortishi, omonatlar shartlarini maqbullashtirish, yangi depozitlarni ishlab chiqish va joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish borasida aniq maqsadli ishlar olib borilishi natijasida mijozlar soni ancha ko‘paydi. Amalga oshirilgan ishlar O‘zmilliybankka aholining jalb etilgan depozitlari bo‘yicha O‘zbekistonda peshqadamlik mavqeini egallash imkonini berdi.
Plastik kartochkalar Bank aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish borasida plastik kartochkalarning har xil turlariga katta ahamiyat berib qaramoqda. Ularni joriy etishda Ipak yo’li bank eng zamonaviy texnologiyalardan dadil foydalanib, chinakam novatorlik qilayapti. Ipak yo’li bank kartochkalari bo‘yicha to‘lovni qabul qiladigan savdo-servis korxonalari tarmog‘i kengayishi bu kartochkalar aholi orasida yanada ommalashib ketishiga yangi turtki berdi. Ipak yo’li bank milliy valutada hisob-kitoblar qilish uchun mo‘ljallangan so‘m kartochkalari, Visa Classic va Visa Electron xalqaro kartochkalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Ipak yo’li bankO‘zbekistonning o‘zida ham, undan tashqarida ham xizmatlar va mahsulotlarning quyidagi yangi turlarini taklif qilishi mumkin: elektron banking Bankning bo‘lim va filiallari mamlakatimizning iqtisodiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan barcha mintaqalarida joylashgan. Ular mijozlarga bank xizmatlarining butun kompleksini taqdim etayapti, elektron banking tizimi, ya’ni bankomatlar, savdo va servis korxonalaridagi terminallar orqali zamonaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlayapti; “Bank-mijoz” tizimi “Bank-mijoz” dasturiy kompleksi bank bilan mijoz avtomatlashtirilgan tarzda o‘zaro hamjihat ishlashi uchun mo‘ljallangan, pul mablag‘larini real vaqt rejimida tezkor boshqarish imkoniyatini oshirishda yordam beradi. Bank sanoatning barcha tarmoqlariga hamda mulkchilikning har qanday shakliga mansub korxona va tashkilotlarga milliy va xorijiy valutada kreditlar berayapti.
Bank oborot sarmoyasini moliyalash, eksport va importni moliyalash, loyihalarni moliyalash uchun kreditlar ajratmoqda. Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, uning investitsiya loyihalarini moliyalash – Bank faoliyatining so‘zsiz ustuvor yo‘nalishidir. Hozirda bankning asosiy kuch-g‘ayrati ustuvor tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, kichik va o‘rta biznes loyihalarini amalga oshirish, korporativ va chakana mijozlar doirasini kengaytirish, fond bozoridagi ish samaradorligini oshirish, Ipak yo’li bank institutsional rivojlantirish va xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish kabi vazifalarga yo‘naltirilmoqda. Ipak yo’li banktuzilishida keng ma’nodagi investitsiya bankini rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bank investitsiyalaridan ko‘zlangan maqsad, hozirgi kunda ham, uzoq muddatli istiqbolda ham bankning tijorat manfaatlari iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, mijozlar manfaatlari bilan eng maqbul darajada uyg‘unlashuviga erishishdan, aktivlarni diversifikatsiyalash, xatarni minimallashtirish hamda resurslar samaradorligini oshirishdan iboratdi. Ipak yo’li bank daromadliligi darajasi yuqori ekani olib borilayotgan kredit va tijorat faoliyatiga puxta o‘ylab yondashilayotgani hamda oqilona konservativ siyosat yuritilayotgani bilan uyg‘unlikda unga keyingi besh yil mobaynida BIS ishonchlilik reytingi bo‘yicha jahonning eng ishonchli banklari orasida yetaksi mavqeni egallab turish imkonini bermoqda.
Bank xorijiy sheriklar oldida o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to‘la hajmda va belgilangan mudatlarda bajarib kelayapti. Bank faoliyat yuritayotgan butun davr mobaynida hali biror marta ham tashqi to‘lovlar bajarilmagan holati yuz bermadi. Aksincha, Ipak yo’li bank kredit tarixiga baho bergan yetakchi eksport-import agentliklari kredit yo‘nalishlari hajmini davlat kafolatlarisiz oshirayaptilar.
Hozirgi vaqtda Ipak yo’li bank oldida quyidagi asosiy vazifalar turibdi:
* mavjud va potensial mijozlar maqsad guruhlarining ehtiyojlari hamda talablariga javob beruvchi faol marketing siyosatini shakllantirish;
* korporativ mijozlar bilan ishlarni kuchaytirish. Mumkin qadar ko‘proq birinchi darajali mijozlarni bankka jalb etish va uzoq muddatli asosda biriktirib olish;
* mijozlar bilan ishlashning andozaviy texnologiyalarni har bir mijozga alohida yondashuv bilan uyg‘unlashtirishga asoslangan yangi ideologiyasini joriy etish;
* mamlakat chakana bozoridagi peshqadamlikni saqlab qolish;
* investitsiya dasturini, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish dasturini amalga oshirishda davlatga maksimal darajada yordam berilishini, respublikamiz eksporti qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash;
* mijozlar keng doirasiga tayanib, aktivlar va passivlar strukturasining muvozanatli holatini ta’minlash, ularni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy etish;
* resurs bazasini diversifikatsiyalash, jumladan bunda tashqi moliyalashdan foydalanish;
* bankning xorijiy investorlar oldidagi katta obro‘sidan, xalqaro andozalar bo‘yicha bank ishonchliligining yuqori ko‘rsatkichlaridan foydalanib, xalqaro bozorlarda bank uchun maqbul narxlarda sarmoya jalb etish borasidagi ishlarni faollashtirish
* daromadlilik, likvidlikni oshirish, valuta va bozorga oid xatarlarni kamaytirish maqsadida investitsiya portfeli tuzilishini maqbullashtirish;
* bankni boshqarishning moslashuvchan tuzilishini barpo etish. Bunda boshqaruvning iqtisodiy vositalariga hamda vakolatlarni taqsimlashning maqbul tizimiga asoslanish.


Download 432.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling