Banklarda buxgalteriya fanidan
Download 0.96 Mb.
|
1 Мавзу
BANKLARDA BUXGALTERIYA FANIDAN MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI BO‘YICHA MA’RUZA MATNI 1-MAVZU. BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL QILINISHI 1.Banklarda buxgalteriya hisobining mazmuni va uni tashkil qilishning ahamiyati Banklarda buxgalteriya hisobini yuritish boshqa korxona va tashkilotlarnikiga nisbatan o‘zining operativligi bilan ajralib turadi. chunki ularda soat 16-00 gacha operasion kun bo‘lib, shu davr mobaynida amalga oshiriladigan operasiyalar o‘sha kuniyoq mijozlarning analitik hisobidagi shaxsiy hisobvaraqlarda aks ettiriladi va kundalik balans orqali umumlashtirish usuli bilan nazorat qilib boriladi. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishning asosiy maqsadi- bank aktivlari va passivlaridan samarali foydalanish, ularni joylashtirish va ko'rsatilgan bank xizmatlari yuzasidan daromad (foizli)larni hamda bank operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha xarajatlar (foizli) ni, shuningdek, byudjet va byudjetdan tashqari to'lovlarni o'z vaqtida hisoblab, yakuniy moliyaviy natijalarni to'g'ri aniqlashdan iboratdir. 1-rasm. Buxgalteriya hisobini yuritishning maqsadi. Banklarda buxgalteriya hisobini yuritishdagi asosiy vazifalari: -hisob-kitoblardagi mablag'lar aylanishini tezlashtirish, mijozlarga tez va puxta xizmat ko'rsatish, hisob-kitob, kassa, valyuta, kredit hamda boshqa bank operatsiyalarini to'g'ri bajarish; -bankdan pul mablag'lari, moddiy boyliklar, shuningdek, qat'iy hisobda turadigan blankalardan foydalanishning qonuniyligini ta'minlash; -operatsion kun davomida bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha rasmiylashtirilgan hujjatlarning qonuniyligini hamda to'g'riligini nazorat qilish; -banklarda bajarilgan va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha moliyaviy natijalarni shakllantirish va ularni to'g'ri aniqlash; -kundalik balansni tuzish uchun datslabki hujjat ma'lumotlarini qayta ishlash va ularning har bir hisobvaraqlari bo'yicha taqsimlashni samarali tashkil etish; -oylik, choraklik va yillik buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tuzish hamda tegishli nazorat organlariga o'z vaqtida taqdim etib borishdan iborat. 2-rasm. Buxgalteriya hisobini yuritishning vazifalari. SHunday qilib, banklarda buxgalteriya hisobi fanini o‘rganishda uning nazariy asoslarini chuqur o‘zlashtirish hamda buxgalteriya hisobi va xisobotlarini tuzishga oid me’yoriy hujjatlarni ham bilishni taqazo etadi. Banklarning o‘ziga xos xususiyatlari ularning faoliyatiga bevosita bog‘liqdir. Ushbu faoliyatning natijasi esa bank xizmatining yaratilishi hisoblanadi va uni to‘lov vositasini amalga oshirish hamda xizmatlar ko‘rsatishga ajratish mumkin. SHu boisdan, banklarda amalga oshirilayotgan operasiyalarni alohida xususiyatlariga ko‘ra turkumlash mumkin. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, banklarda amalga oshiriladigan operasiyalarni turkumlash bank xizmatlaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik maqomga ega bo‘lgan shaxslarga xizmat turlaridan foydalanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdir. SHuningdek, bank ko‘rsatadigan xizmat turlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling