Banklarda buxgalteriya hisobi


Download 449.8 Kb.
Pdf ko'rish
Sana19.06.2020
Hajmi449.8 Kb.
#120355
Bog'liq
Курс иши ёзиш қўлланма ББҲ 2020




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 

UMAROV Z.A., OTAMURODOV H.H. 

 

 

 

 

 

 

“BANKLARDA BUXGALTERIYA HISOBI” FANIDAN  

 

KURS ISHI YOZISH VA HIMOYA QILISH TARTIBI  

 

USLUBIY QO’LLANMA 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

TOSHKENT-2020 

 


Umarov  Z.A.,  Otamurodov  H.H.  “Banklarda  buxgalteriya  hisobi”  fanidan  kurs  ishi 

yozish va himoya qilish tartibi. Uslubiy qo‟llanma (5230700 – “Bank ishi” bakalavr 

ta‟lim yo‟nalishi uchun) – T.: TMI, 18 b. 2020 y. 



 

 

 

Ushbu  uslubiy  qo‟llanma  5230700  –  “Bank  ishi”  bakalavr  ta‟lim  yo‟nalishi 

uchun  “Banklarda  buxgalteriya  hisobi”  fani  bo‟yicha  kurs  ishlarini  bajarish  bilan 

bog‟liq  qoida  va  tartiblarni  o‟zida  mujassamlashtirgan.  Uslubiy  qo‟llanma  kurs 

ishlarini bajaruvchi talabalar va unga rahbarlik qiluvchi professor-o‟qituvchilar uchun 

mo‟ljallangan. 

Uslubiy  qo‟llanmada  kurs  ishining  tuzilishi  va  uning  mazmuniga  qo‟yiladigan 

talablar,  uni  tayyorlash,  rasmiylashtirish  hamda  himoyasini  tashkil  etish  tartiblari 

keltirilgan. 

 

 



Taqrizchilar: 

Sayfiddinov I.F. –   TMI, “Bank hisobi va audit” kafedrasi dotsenti, i.f.n. 

Saidov D.A. –  

TMI, “Bank ishi” kafedrasi dotsenti, i.f.n. 

 

 

 




 

MUNDARIJA 

 

Kirish ............................................................................................................................. 4

 

1. Kurs ishiga qo‟yiladigan umumiy talablar. ............................................................... 5



 

2. Kurs ishining tarkibi va mazmuni. ............................................................................ 6

 

3. Kurs ishiga rahbarlik qilish va taqriz berish.............................................................. 7



 

4. Kurs ishi bo‟yicha baholash mezonlari ..................................................................... 8

 

5. Kurs ishini rasmiylashtirishga quyiladigan talablar .................................................. 9



 

6. “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi mavzulari ................................ 10

 

“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan adabiyotlar ro‟yxati ................................... 13



 

Ilova ............................................................................................................................. 18

 

 

 

 




Kirish 

Zamon  talablariga  javob  bera  oladigan  mutaxassis  kadrlarni  tayyorlash,  Davlat 

ta‟lim  standartlari  asosida  ta‟lim  va  uning  barcha  tarkibiy  tuzilmalarini 

takomillashtirib  borish  oldimizda  turgan  dolzarb  masalalardan  biridir.  Shu  boisdan 

talabalarning  nazariy  va  amaliy  bilimlarini  mustahkamlash,  ularning  mustaqil 

ravishda  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borish  hamda  ko‟nikmalarni  shakllantirishda  kurs 

ishining o‟rni beqiyos.  

5230700  –  “Bank  ishi”  bakalavr  ta‟lim  yo‟nalishi  uchun  mutaxassislik 

fanlaridan biri hisoblangan “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi yozish, 

ularning  keyingi  kursda  bitiruv  malakaviy  ishini  samarali  tayyorlashga  zamin 

yaratadi. 

Banklar har kuni bir necha yuz minglab operatsiyalarni amalga oshiradi va turli 

xil bank xizmatlarini ko‟rsatadi. Bularning barchasi banklarda buxgalteriya hisobida 

aks ettiriladi va  tegishli hisobotlarda qayd etiladi. 

Banklarda  buxgalteriya  hisobini  yuritish  va  hisobotlarni  tuzish  nafaqat  bank 

mijozlari  va  aholiga  sifatli  bank  xizmatlarini  ko‟rsatish,  balki  bank  aksiyadorlari, 

kreditorlari,  investorlari  va  davlat  moliya  muassasalarini  zarur  axborot  bilan 

ta‟minlash hamda moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy samadorligini nazorat qilishda 

muhim o‟rin tutadi. 

“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanini o‟qitishning maqsadi – kelgusida yuqori 

malakali  iqtisodchi-mutaxassislar  bo‟lib  etishadigan  talabalar  uchun  banklarda 

buxgalteriya  hisobini  tashkil  etish,  bank  operatsiyalarini  buxgalteriya  hisobining 

xalqaro standartlari asosida buxgalteriya hisobida aks ettirish bo‟yicha nazariy bilim 

berish orqali ko‟nikmalar xosil qilishdan iborat.  

Fanning  vazifasi  –  talabalarga  bank  buxgalteriyasini  tashkil  etishning  nazariy, 

huquqiy,  tashkiliy  asoslari  haqida  bilimlari  berish,  tijorat  banklarida  buxgalteriya 

hisobini  halqaro  standartlar  asosida  yuritishni  tashkil  qilish,  bank  buxgalteriyasi 

operatsiyalarini rasmiylashtirilishi va hisobini o„rganishdan iborat. 

Bank  tizimining  halqaro  talablar  asosida  faoliyat  ko‟rsatishi  banklarda 

buxgalteriya  hisobini  zamon  talablarida  asosida  tashkil  etishga  zarurat  tug‟dirdi. 

Banklarda  buxgalteriya  hisobida  banklarda  buxgalteriya  hisobini  tashkil  etish 

asoslari,  xujjatlar  aylanishi  va  bank  nazorati,  bosh  va  yordamchi  kitoblar  bo‟yicha 

sintetik va analitik hisob, naqd pulsiz hisob-kitoblarning rasmiylashtirilishi va hisobi, 

qimmatli  qog‟ozlar  bo‟yicha  operatsiyalarning  rasmiylashtirilishi  va  hisobi, 

banklararo 

hisob-kitoblarning 

hisobi, 

qisqa 


va 

uzoq 


muddatli 

kredit 


operatsiyalarining rasmiylashtirilishi va hisobi, kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish 

va  hisobga  olinishi,  bank  ichki  operatsiyalari,  daromadlar  va  xarajatlarning  hisobi, 

banklarning buxgalteriya hisobotlari kabi masalalar ko‟rib chiqiladi. 

 “Banklarda  buxgalteriya  hisobi”  fanining  sir  asrorlarini  yanada  chuqurroq 

o‟zlashtirishlari uchun talabalar kurs ishini tayyorlaydilar va himoya qiladilar.  


 

1. Kurs ishiga qo’yiladigan umumiy talablar. 



Kurs ishining maqsadi va vazifalari 

5230700  -  “Bank  ishi”  bakalavr  ta‟lim  yo‟nalishi  o‟quv  rejasiga  muvofiq 

“Banklarda  buxgalteriya  hisobi”  fanidan  kurs  ishini  yozish  va  uni  himoya  qilish 

ko‟zda  tutilgan.  Kurs  ishining  talabga  javob  beradigan  darajada  bajarilishi  va 

muvaffaqiyatli  himoya  qilinishi  fanni  yanada  to‟liqroq  o‟zlashtirishga,  shuningdek, 

ilmiy ish bajarishi uchun dastlabki pog‟ona bo‟lib hisoblanadi. 

Kurs  ishning  maqsadi  -  talabalarning  “Banklarda  buxgalteriya  hisobi”  fanidan 

olgan  nazariy  bilimlarni  chukurlashtirishdan  iborat.  Kurs  ishi  talaba  tomonidan 

bajarilgan mustaqil izlanish bo‟lib, aniq bir mavzuga bag‟ishlab yoziladi. 

Kurs ishining asosiy vazifalari qo‟yidagilardan iborat: 

- mutaxassislik fanlar bo‟yicha talabaning nazariy jihatdan olgan bilimlarini bir 

tizimga solish, ularni mustahkamlash; 

-  mutaxassislik  va  uning  aniq  bir  sohasi  bo‟yicha  olingan  bilimlarni  yanada 

chuqurlashtirish va kengaytirish; 

- talabani nazariy jihatdan ilmiy xulosa qilish va mustaqil fikrlashga o‟rgatish; 

-nazariy  jihatdan  olingan  bilimlarni  sintez  qilish  va  amaliyotdagi  analitik 

materiallarni tahlil qilish asosida muammolarning to‟g‟ri echimini topishni o‟rganish;  

-amaliy hisobot materiallarni ilmiy jihatdan asoslangan holda xulosala olish. 

Kurs  ishini  muvaffaqqiyatli  bajarilishining  muxim  omili  –  bu  talabaning  o‟z 

qiziqishi  va  qobiliyatiga  qarab  mos  mavzuni  tanlashi  xisoblanadi.  Shuning  uchun 

ushbu bosqichda talaba mavzu tanlashda sinchkov va ma‟suliyatli bo‟lishi lozim. 

Kurs  ishi  mavzulari  kafedra  tomonidan  ishlab  chiqiladi  va  tasdiqlanadi.  Kurs 

ishi  mavzusi  talabalarni  nazariy  bilimlarini  mustaxkamlashga  va  ijodiy  fikrlashga 

qaratilgan bo‟lishi bilan bir qatorda zamon talablaridan kelib chiqib belgilanadi. 

Kurs  ishini  bajarish  uchun  mavzu  tanlab  olgan  talaba  uni  yozishdan  oldin 

darslik,  o‟quv  qo‟llanma,  ilmiy-amaliy  jurnallar,  davriy  nashrlar,  me‟yoriy  hujjatlar 

va  internet  saytlari  bilan  tanishishi  tavsiya  qilinadi.  Tanishishni  birinchi  navbatda, 

Prezidentimizning  mavzuga  oid  asarlari,  O‟zbekiston  Respublikasi  qonunlari, 

Hukumat  qarorlari  va  boshqa  me‟yoriy  hujjatlarni  o‟rganishdan  boshlash  maqsadga 

muvofiq. Bundan tashqari, bank sohasiga oid qonunlar va maxsus me‟yoriy hujjatlar 

to‟plamidan  ham  foydalanish  mumkin.  Talaba  mavzuga  mos  adabiyotlar  bilan 

tanishib  bo‟lgandan  so‟ng,  uni  o‟rganishni  boshlashi  kerak.  Ushbu  mavzuga  oid 

adabiyotlarni yig‟ib bo‟lib, undan foydalanish tavsiya qilinadi.  

Kurs ishi mavzusini tanlash va rejasini tuzishda adabiyotlardan foydalanish juda 

katta ahamiyat kasb etadi. Talaba kurs ishi yozishda o‟zi uchun qiziqarli va tushunarli 

mavzuni tanlashi lozim. Tanlangan mavzu bo‟yicha reja tuzishda, uning ahamiyatini, 

huquqiy asoslari etarliligi, dolzarbligi va bu muamolarni bartaraf etish mumkinligini 

adabiyotlardan  foydalangan  holda  o‟rganib  chiqadi.  Shuningdek,  talaba  kurs  ishi 

materiallarini  tahlil  qilishda  e‟lon  qilingan  bank  moliyaviy  hisobotlari,  statistik 

ma‟lumotlardan keng foydalanishi lozim. 





2. Kurs ishining tarkibi va mazmuni. 

Kurs ishi o‟z tarkibiga titul varag‟ini, kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan 

adabiyotlar  ruyxati,  amaliy  ma‟lumotlar  manbai  va  ilovalarni  oladi.  Ular  quyidagi 

tartibda joylashtiriladi: 

1. Titul varag‟i  

2. Kirish. 

3. Asosiy  qism  (Kurs  ishining  mavzusini  yoritish  bilan  bog‟liq  3-5  ta 

savollardan iborat bo‟ladi). 

4. Xulosa. 

5.  Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati. 

6. Ilovalar. 

Titul varag’i. 

Titul varagi qo‟yidagi ma‟lumotlardan iborat bo‟ladi: 

-  O‟zbekiston Respublikasi Oliy va O‟rta Maxsus ta‟lim vazirligi: 

-  Institutning to‟liq nomi - Toshkent Moliya instituti; 

-  Kafedra nomi - “Bank hisobi va audit”;  

-  Fanning nomi – “Banklarda buxgalteriya hisobi”.  

-   Kurs ishining mavzusi; 

-  Talabaning familiyasi, ism-sharifi, kursi, guruhi;    

-  Ilmiy rahbar familiyasi ism-sharifi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni; 

-   Kurs ishi bajarilgan yil.  



Kurs ishining kirish qismida quyidagilar yoritilishi kerak: 

Kurs ishning kirish qismida mavzu tanlashda nimalarga e‟tibor qaratilganligini, 

uning ahamiyatini, mavzuni o‟rganishdan maqsad va vazifalarini, uning dolzarbligini 

o‟z ichiga olishi kerak. 

Kurs  ishida  o‟rganilayotgan  mavzuning  izlanish  olib  borilayotgan  davrdagi 

holati, shu sohadagi mavjud muammolar, ularni ishlab chiqishdagi turli yondoshuvlar 

alohida  ta‟kidlanib,  ularning  kamchilik  va  yutuqlari  ko‟rsatilgan  holda  mavzuning 

dolzarbligi asoslanishi lozim. 



 

Asosiy qism 

Kurs  ishining  asosiy  qismi  butun  ishning  deyarli  85-90  foizini  tashkil  qiladi. 

Ushbu  qismda  tanlangan  mavzu  va  unga  tegishli  savollar  bo‟yicha  ayrim  olimlar, 

mutaxassislar  fikriga  baho  berish,  o‟z  fikrini  bayon  qilish  va  uni  asoslash, 

o‟rganilayotgan bank muassasasining ma‟lumotlariga asoslanib aniq analitik ishlarni 

bajarish asosiy vazifa bo‟lib hisoblanadi.  

Bunda  bank  amaliyoti  materiallari,  hisobotlari,  statistik  ma‟lumotlar  asosida 

hozirgi  zamon  tadqiqot  usullarini  qo‟llash  bilan  o‟rganiladigan  masala  yoki 

muammolarning  haqiqiy  xolatini  tahlil  qilish,  mavjud  kamchiliklarni  aniqlash, 

o‟rganilgan savollar bo‟yicha o‟z fikrini bildirish bo‟ladi. 

Masalan, “Banklarda asosiy vositalar ijarasi hisobi” mavzusi bo‟yicha kurs ishi 

tijorat  banklari  faoliyatida  asosiy  vositalarning  o‟rni,  asosiy  vositalarning  turlari, 



asosiy  vositalarni  ijaraga  berish,  ijaraga  berilgan  asosiy  vositalarni  hisobga  olish  va 

hisobotda  aks  ettirish  haqida  yoritish  lozim  bo‟ladi.  Shu  bilan  birga,  biror  bank 

misolida  ijaraga  berilgan  asosiy  vositalar  to‟g‟risidagi  ma‟lumotlarni  keltirish  va 

tahlil qilish talab etiladi. 

Kurs  ishi  mavzusiga  oid  ma‟lumotlarni  tahlil  qilish  asosida  umumiy  xulosalar 

qilib, aniq tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish va ularni iqtisodiy asoslash ham asosiy 

bo‟limga tegishli vazifalardan hisoblanadi. 



 

Xulosa 

Kurs  ishning  oxirgi  qismi  "Xulosa"  qismi  bo‟lib,  unda  kurs  ishida  o‟rganib 

chiqilgan  mavzu  bo‟yicha  xulosalar  beriladi,  mavzuga  oid  ko‟rsatilgan 

muammolarning  echimi,  kamchiliklarni  bartaraf  etish  yo‟llari,  bank  amaliyotida 

qo‟llash mumkin bo‟lgan takliflar va boshqa g‟oyalar keltiriladi. 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati 

Kurs  ishida  foydalanilgan  manbalar  -  qonunlar,  me‟yoriy  hujjatlar,  o‟quv  va 

maxsus adabiyotlar, ilmiy ishlar va statistik to‟plamlar nomi to‟liq keltirilishi lozim. 

-  O‟zbekiston Respublikasi Qonunlari 

-  O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari 

-  O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari  

-  O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari 

-  O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me‟yoriy xujjatlari 

-  Maxsus adabiyotlar 

-  Gazeta va jurnallar 

-  Internet saytlari.  

Adabiyotlar  ro‟yxatini  tuzishda  har  bir  adabiyot  nomidan  avval  mualliflar 

familiyalari  to‟liq,  ismi  va  otasining  ismining  bosh xarflari  ko‟rsatiladi.  Adabiyotlar 

ro‟yxatida  har  bir  adabiyot  muallifining  familiyasi  bo‟yicha  alfavit  tartibida 

joylashtiriladi. Shu bilan birga, adabiyotlar ro‟yxatiga kiritilgan monografiya, darslik, 

o‟quv  qo‟llanma,  jurnal,  gazeta  kabi  manbalarning  chop  etilgan  yili,  qaerda 

chiqarilganligi va nashriyotining nomi ko‟rsatilgan bo‟lishi lozim.  

Kurs  ishini  yozish  davomida  matnda  monografiya,  darslik,  o‟quv  qo‟llanma, 

gazeta  va  jurnaldan  xavola  (tsitata)  keltirilganda,  avvalom  bor  muallifining 

familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  kitob  nomi,  nashriyot  nomi,  nashr  qilingan  yili, 

foydalanilgan beti keltirilishi zarur. Agar tsitata yoki ma‟lumotlar gazeta va jurnaldan 

olingan bo‟lsa, bunda ham avval muallifining familiyasi, ismi, otasining ismi, maqola 

nomi, gazeta yoki jurnalning nomi, soni, yili (sana) ko‟rsatilishi lozim.  

 

3. Kurs ishiga rahbarlik qilish va taqriz berish. 

Kurs  ishi  kafedra  mudiri  tasdiqlagan  professor,  dotsent  va  eng  tajribali 

o‟qituvchilar  safidan  tayinlangan  ilmiy  rahbarlar  boshchiligida  bajariladi.  Ilmiy 

rahbarlik qilish uchun o‟rnatilgan tartibda yuklama belgilanadi. Kurs ishini yozishdan 



avval talaba mavzu bo‟yicha tegishli adabiyotlarni to‟plab kurs ishi rejasini tuzadi va 

ilmiy  rahbarga  tasdiqlatib  oladi.  Ilmiy  raxbar  talabaga  kurs  ishi  yozish  davomida 

maslaxat berib boradi, qanday yangi adabiyotlarda foydalanishi mumkinligini tavsiya 

qiladi. 

Kurs ishining rahbari vazifalari: 

- talabaga kurs ishini  bajarishda bevosita rahbarlik qiladi; 

- kurs  ishi  rejasi  tekshirib  beradi  va  maqsadini  aniqlab,  talabaning  ijodiy 

izlanishlarini mazkur rejaga muvofiqlashtirishga yordam beradi; 

- talaba  bilan  birgalikda  ilmiy    tadqiqot  usullarini  aniqlaydi,  o‟tkazilishi  zarur 

bo‟lgan eksperementlar metodikasini, o‟tkazilishi muddatlarini muhokama etadi; 

- rahbar  talaba  bilan  birgalikda  kurs  ishini  bajaralishi  jarayonini  taxlil  qiladi,  u 

tomondan  ishlatiladigan  ilmiy  atamalar,  shartli  belgi  va  simvollarning  qo‟llanilish 

tartibga rioya qilinishini nazorat qilib boradi. 

Kurs  ishi  belgilangan  tartibda  tayyorlangandan  so‟ng,  talaba  ishni  kafedra 

tomonidan  ko‟rsatilgan  muddatlardan  kechikmagan  xolda  kafedradan  ro‟yhatdan 

o‟tkazishi va ilmiy rahbarga topshirishi shart.  

Tayyor bo‟lgan kurs ishiga ilmiy rahbar tomonidan taqriz yoziladi.  

Kurs ishida unga qo‟pol bo‟lmagan xato va kamchiliklar bo‟lsa-yu, u himoyaga 

tavsiya  etilsa,  talaba  ko‟rsatilgan  xato  -  kamchiliklarni  asoslash  yoki  to‟g‟rilash 

uchun  kurs  ishi  himoyasigacha  tayyorlanish  kerak.  Agarda  kurs  ishida  xato-

kamchiliklar  ko‟p  bo‟lsa,  ularni  bartaraf  etgandan  so‟ng,  himoyaga  tavsiya  etilishi 

ko‟rsatilgan bo‟lib, u holda xato va kamchiliklar bartaraf etilgandan so‟ng, ikkinchi 

marta yana himoyaga tavsiya etish taqrizi yoziladi.  

Agarda  talaba  sababsiz  ravishda  kurs  ishini  o‟z  vaqtida  topshirmasa, 

kamchiliklar  to‟liq  bartaraf  etilmasa,  u  holda  ilmiy  rahbar  kurs  ishi  himoyaga 

qo‟yilmaydi deb yozib xulosa beradi.  

Kabinet  mudiri  taqriz  yozilgan  kurs  ishini  topshirilgan  kun  bilan  ro‟yxatdan 

o‟tkazishi kerak. Kurs ishilarini ro‟yxatga olish kitobida har bir guruhni alohida betga 

rasmiylashtirish tavsiya etiladi. 

Taqriz olingandan so‟ng, talaba kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan kurs ishi 

himoyasi bo‟yicha komissiya a‟zolari oldida og‟zaki himoya qilinadi.  

Kurs  ishini  himoya  qilish  kuni  va  himoyada  qatnashuvchi  komissiya  tarkibi 

kafedra  majlisida  belgilab  beriladi.  Kurs  ishi  himoyasida  qatnashuvchi  komissiya 

tarkibi  3-5  ta  a‟zodan  iborat  bo‟ladi.  Kurs  ishini  himoyasida,  albatta,  komissiya 

tarkibidan kamida 3 ta a‟zosi bo‟lishi talab etiladi.  

Komissiya kurs ishi bo‟yicha baholash mezonlari asosida talaba baholaydi. 

 

4. Kurs ishi bo’yicha baholash mezonlari 

Talabalarning  bilim  saviyasi,  ko‟nikma  va  malakalarini  nazorat  qilishning 

reyting tizimi asosida talabaning kurs ishi bo‟yicha o‟zlashtirish darajasi ballar orqali 

ifodalanadi. 


“Banklarda  buxgalteriya  hisobi”  fanidan  kurs  ishi  bo‟yicha  talabalarning 

bilimlarini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar inobatga olinadi 

“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi bo’yicha talabalarning 

bilimlarini baholash mezonlari 

Ball 

Baho 

Talabaning bilim darajasi 

86-100 


“A‟lo” 

- xulosa va qaror qabul qilish; 

- ijodiy fikrlay olish; 

- mustaqil mushohada yurita olish; 

- olgan bilimlarini amalda qo‟llay olish; 

- mohiyatini tushunish; 

- bilish, aytib berish; 

- tasavvurga ega bo‟lish. 

71-85 

“Yaxshi” 



- mustaqil mushohada yurita olish; 

- olgan bilimlarini amalda qo‟llay olish; 

- mohiyatini tushunish; 

- bilish, aytib berish; 

- tasavvurga ega bo‟lish. 

55-70 


“Qoniqarli” 

- mohiyatini tushunish; 

- bilish, aytib berish; 

- tasavvurga ega bo‟lish. 

0-54 

“Qoniqarsiz” 



- aniq tasavvurga ega bo‟lmaslik; 

- bilmaslik. 

Kurs ishi bo‟yicha saralash bali 55 balni tashkil etadi.  

Kurs ishi bо„yicha qо„yilgan balldan norozi bо„lgan talabalar, ball e‟lon qilingan 

kundan keyingi kun qayta topshirish huquqiga ega. 

 

5. Kurs ishini rasmiylashtirishga quyiladigan talablar 

Kurs  ishining  matni  210  x  297  mm  o‟lchamdagi  A-4  formatdagi  yozuv 

qog‟ozining  bir  tomoniga  yozilgan,  qo‟l  yozma  shaklida  35-45  bet  va  kompyuter 

yordamida  25-35  bet  hajmda  tayyorlanadi.  Kompyuterda  Times  New  Roman  nomli 

14 o‟lchamli shriftda, 1,5 intervalda yozilishi lozim. Har bir bet hoshiyasi yuqoridan 

va pastdan 2 sm,  chapdan 3 sm,  o‟ngdan 1,5 sm  bo‟lishi, xatboshi  besh-olti  belgiga 

teng  va  bir  xilda  bo‟lishi  lozim.  Kurs  ishning  titul  varag‟idan  tashqari  barcha 

varaqlari  raqamlanadi.  Kurs  ishning  rasmlar  qismi  qo‟lda  yoki  maxsus  dasturlar 

yordamida kompyuterda bajariladi. 

Kurs ishi uchun zarur bo‟lgan formula yoki rasmlar qaysi manbadan olinganligi 

ko‟rsatiladi.  Sarlavhalar  simmetrik  ravishda  yoziladi.  Sarlavha  va  matn  orasidagi 

masofa  3-4  interval  bo‟lishi  lozim.  Kurs  ishida  keltirilgan  rasm,  jadval  hamda 

rasmlarning barchasi ketma-ket raqamlanadi. 

 


10 

6. “Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan kurs ishi mavzulari 

1. 


Aholi jamg„armalari bo„yicha operatsiyalarni rasmiylashtirilish va hisobga 

olish tartibi. 

2. 

Balans  hisobotining  mazmuni,  tarkibi,  uning  yelementlari  va  ularni  tuzish 



tartibi. 

3. 


Bank asosiy vositalarining mazmuni, turlari va ularni hisobga olish. 

4. 


Bank balansi, uning moddalari va tuzish tartibi.  

5. 


Bank daromadlari, ularning turlari va hisobi. 

6. 


Bank foydasi va uning hisobini yuritish. 

7. 


Bank hisobvarag„ini yuritish bo„yicha bank va mijoz o„rtasidagi shartnoma 

va uning bajarilishi yuzasidan ma‟suliyatlar. 

8. 

Bank hujjatlari va bank operatsiyalari bo„yicha hujjatlar aylanishini tashkil 



qilinishi.  

9. 


Bank plastik kartochkalar bilan operatsiyalar va ularning hisobi. 

10.  Bank  plastik  kartochkalarning  turlari  va  ular  bo„yicha  hisob-kitoblarni 

amalga oshirishdagi muammolar. 

11.  Bank ustav kapitalini shakllantirish hisobi. 

12.  Banklararo 

hisob-kitoblarning 

huquqiy-me‟yoriy 

asoslari  va  uni 

takomillashtirish. 

13.  Banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi va uni takomillashtirish.  

14.  Banklararo kreditlar va ularning buxgalteriya hisobi. 

15.  Banklarda akkreditivlar bo‟yicha hisob-kitoblar hisobi 

16.  Banklarda anderaytiring operatsiyalari hisobi 

17.  Banklarda asosiy vositalar hisobdan chiqarilishi hisobi 

18.  Banklarda asosiy vositalar ijarasi hisobi 

19.  Banklarda asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va uning hisobi 

20.  Banklarda asosiy vositalarni qayta baholash va uning hisobi 

21.  Banklarda asosiy vositalarning eskirishini hisoblash tartibi va uning hisobi.  

22.  Banklarda berilgan kafolatlar hisobi 

23.  Banklarda 

buxgalteriya 

hisobini 

Moliyaviy 

hisobotning 

xalqaro 

standartlariga to„liq moslashtirish orqali yanada takomillashtirish. 

24.  Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilinishi va uni takomillashtirish. 

25.  Banklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilishning huquqiy asoslari. 

26.  Banklarda  chiqim  kassa  operatsiyalari  bo„yicha  hujjatlar  aylanishi,  hisobi 

va nazorati. 

27.  Banklarda depozit operatsiyalarining tashkil etilishi va hisobi. 

28.  Banklarda  faktoring  operatsiyalari  mohiyati,  ularni  rasmiylashtirish, 

nazorat qilish va hisobi.  

29.  Banklarda  hisob-operatsion  apparatining  tuzilishi  va  buxgalteriya 

xodimlarining huquq hamda majburiyatlari.  

30.  Banklarda inkasso topshiriqnomalari bo‟yicha hisob-kitoblar hisobi 

31.  Banklarda ipoteka kreditlari hisobi 


11 

32.  Banklarda  kam  baholi  va  tez  eskiruvchi  buyumlar  hamda  boshqa  material 

zahiralar hisobi. 

33.  Banklarda kirim kassa operatsiyalari bo„yicha hujjatlar aylanishi, hisobi va 

nazorati. 

34.  Banklarda  mijozning  hisobvarag„ida  mablag„lar  yetarli  bo„lmaganda 

to„lovlarni amalga oshirish tartibi va uni takomillashtirish. 

35.  Banklarda ochiladigan hisobvaraqlarning turlari va ularning yuritilishi. 

36.  Banklarda sintetik va analitik hisobning tashkil etilishi. 

37.  Banklarda to‟lov talabnomalari bo‟yicha hisob-kitoblar hisobi 

38.  Banklarda to‟lov topshiriqnomalari bo‟yicha hisob-kitoblar hisobi 

39.  Banklarda xalqaro hisob-kitoblar hisobi  

40.  Banklarda xodimlar mehnatiga haq to‟lash va uning hisobi 

41.  Banklarning balansdan tashqari operatsiyalari va ular hisobini tashkil etish. 

42.  Banklarning  byudjet  va  byudjetdan  tashqari  to„lovlarini  hisoblash  va 

hisobga olish. 

43.  Banklarning depozit operatsiyalarini buxgalteriya hisobi. 

44.  Banklarning forfeyting operatsiyalari va ularning hisobi. 

45.  Banklarning kapitali va uning buxgalteriya hisobini yuritilishi.  

46.  Banklarning kredit operatsiyalari va ularning hisobini takomillashtirish. 

47.  Banklarning muammoli kreditlari va ularning hisobi. 

48.  Banklarning nomoddiy aktivlari va ularning buxgalteriya hisobi. 

49.  Banklarning qimmatli qog„ozlar bilan operatsiyalari tavsifi va hisobi. 

50.  Banklarning  qimmatli  qog„ozlar  bilan  operatsiyalari  va  ularning  hisobini 

tashkil etilishi. 

51.  Banklarning riskka tortilgan aktivlarini buxgalteriya hisobi. 

52.  Banklarning trast operatsiyalari va ularning hisobi. 

53.  Banklarning  vakillik  hisobvaraqlari  bo„yicha  buxgalteriya  hisobining 

yuritilishi va uni takomillashtirish. 

54.  Banklarning vakillik hisobvaraqlari va ularning vakillik munosabatlari. 

55.  Banklarning xarajatlari va ularning hisobi.  

56.  Bank–mijoz  dasturi,  u  orqali  operatsiyalarning  tashkil  etilishi  va  hisobga 

olinishi. 

57.  Bankning  boshqaruv  xarajatlari  hisobini  yuritish  va  bu  xarajatlarni 

qisqartirish masalalari. 

58.  Buxgalteriya  hisobi  xalqaro  standartlarining  modellari  va  ularning 

amaliyotda qo„llanilishi. 

59.  Hisob-kitob markazlari orqali banklararo hisob-kitoblarning tashkil etilishi 

va hisobi. 

60.  Hisob-kitoblarda noto„lovlar muammosi va uni hal qilish yo„llari. 

61.  Ichki bank nazorati va uni takomillashtirish. 

62.  Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida  naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  va 

ularni takomillashtirish. 

63.  Jamg„arma sertifikatlari bo„yicha operatsiyalar va ularning hisobi. 



12 

64.  Kapital  qo„yilmalarni  moliyalashtirish  va  uzoq  muddatli  kreditlarni  berish 

bo„yicha operatsiyalarning hisobini tashkil qilish. 

65.  Mijozlarga hisobvaraq ochish, yopish va qayta rasmiylashtirish tartibi. 

66.  Mijozlarga  masofadan  turib  xizmat  ko„rsatishning  mazmuni,  ahamiyati  va 

uni takomillashtirish.  

67.  Mikrokreditlash operatsiyalari va ular hisobining tashkil etilishi. 

68.  Minibanklarda buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritish 

69.  Moliyaviy  hisobotning  xalqaro  standartlari  va  uning  O„zbekiston  bank 

amaliyotida qo„llanilishi. 

70.  Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  alohida  shakllarining  hususiyatlari  va  ularni 

hisobga olish tartibi. 

71.  Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  bo„yicha  muammolar  va  ularni  bartaraf  etish 

yo„llari. 

72.  O„zbekiston  bank  tizimida  banklararo  hisob-kitoblarning  elektron  to„lov 

tizimi orqali yuritilishi va ularning hisobi. 

73.  O„zbekistonda bank plastik kartochkalar bo„yicha operatsiyalarning tashkil 

etilishi va uning hisobi. 

74.  O‟zbekiston  Respublikasi  tijorat  banklari  avtomatlashtirilgan  hisob 

tizimlarida axborotni muhofaza qilish  

75.  Oilaviy  tadbirkorlikni  kreditlash  operatsiyalari,  ular  hisobining  tashkil 

etilishi. 

76.  Qisqa muddatli kreditlash operatsiyalari va ular hisobining tashkil etilishi. 

77.  Tijorat bankida kunlik buxgalteriya balansini tuzish tartibi 

78.  Tijorat banklarda buxgalteriya hisobining o„rni va ahamiyati. 

79.  Tijorat banklari faoliyati moliyaviy natijalarining hisobi. 

80.  Tijorat banklari omborxonasidagi materiallarni hisobga olish tartibi. 

81.  Tijorat  banklari  tomonidan  chiqariladigan  qimmatli  qog„ozlar  va  ularning 

hisobga olinishi. 

82.  Tijorat  banklari  tomonidan  fermer  xo„jaliklari  va  kichik  biznes 

subyektlarini mikrokreditlash tartibi va hisobi. 

83.  Tijorat  banklari  tomonidan  lizing  operatsiyalarini  amalga  oshirish  va 

buxgaletriya hisobini yuritish. 

84.  Tijorat  banklari  tomonidan  qimmatli  qog„ozlar  bilan  REPO  bitimlari 

hisobi. 

85.  Tijorat  banklari  tomonidan  sotib  olingan  qimmatli  qog„ozlar  va  ularning 

hisobga olinishi. 

86.  Tijorat  banklari  tomonidan  tayyorlanadigan  moliyaviy  hisobotlarning 

turlari va ularni tuzish tartibi.  

87.  Tijorat  banklari  tomonidan  to„lanadigan  soliqlarning  turlari,  ularni 

hisoblash va to„lash tartibi.  

88.  Tijorat  banklarida  chet  el  valyutasini  sotish  va  sotib  olish  bo„yicha 

operatsiyalarni hisobga olish tartibi. 

89.  Tijorat banklarida foiz o‟stirmaslik siyosati va uning hisobi. 



13 

90.  Tijorat banklarida ichki nazorat tashkil etishda xalqaro Bazel standartining 

qo‟llanilishi  

91.  Tijorat  banklarida  individual  bank  kutichalarini  ijaraga  berish  xizmatini 

ko‟rsatish va uni hisobga olish 

92.  Tijorat banklarida investitsiya faoliyatining hisobi  

93.  Tijorat banklarida iste‟mol kreditlari hisobi 

94.  Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga 

va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‟yicha ichki nazorat tizimi 

95.  Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga 

va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishni tashkil etishni takomillashtirish 

96.  Tijorat banklarida konversion valyuta operatsiyalar hisobi  

97.  Tijorat  banklarida  lizing  operatsiyalarini  amalga  oshirish,  uning 

rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi. 

98.  Tijorat banklarida maxsus fondlar va ularning hisobi 

99.  Tijorat banklarida naqd chet el valyutasi bilan bog‟liq operatsiyalar hisobi  

100. Tijorat banklarida o‟z kapitali to‟g‟risidagi hisobotlarni tuzish  

101. Tijorat banklarida olingan lizing operatsiyalari hisobi  

102. Tijorat banklarida pul oqimlari to‟g‟risidagi hisobotni tuzish  

103. Tijorat  banklarida  pul  tushumlarini  inkassatsiya  qilish  tartibi  va  ularning 

hisobga olinishi. 

104. Tijorat banklarida uzoq muddatli kredit operatsiyalari hisobi 

105. Tijorat banklariga mijozlarga hisob-kitob-kassa xizmatini ko‟rsatish 

106. Uzoq muddatli kreditlash operatsiyalarining hususiyatlari va uning hisobi. 

107. Valyuta ayrboshlash shaxobchalaridagi operatsiyalar hisobi 

108. Xalqaro hisob-kitoblar va ular hisobining tashkil etilishi. 

109. Xususiy  tadbirkorlar  va  yuridik  shaxs  maqomini  olmasdan  faoliyat 

ko„rsatayotgan dehqon xo„jaliklarini mikrokreditlash va hisobga olish. 

110. Yosh oilalarga kredit berish va uni hisobga olish tartibi. 

 

“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan adabiyotlar ro’yxati 



O’zbekiston Respublikasi Qonunlari 

1.  O‟zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‟g‟risida»gi qonuni. –

T.: 2016 y.  

2.  O‟zbekiston  Respublikasining  “Bank  va  banklar  faoliyati  to‟g‟risida»gi 

qonuni. - T.: 2019 y. 

3.  O‟zbekiston  Respublikasining  “Markaziy  bank  to‟g‟risida»gi  qonuni.  –T.: 

2019 y. 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Qarorlari 

4.  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  6  apreldagi  «Bank 

tizimining  moliyaviy  barqarorligini  yanada  oshirish  va  investitsiyaviy  faolligini 

kuchaytirish chora–tadbirlari to‟g‟risida»gi PQ–1317–sonli Qarori  



14 

5.  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2010  yil  26  noyabrdagi  “2011-

2015  yillarda  respublika  moliya-bank  tizimini  yanada  isloh  qilish  va  barqarorligini 

oshirish  hamda  yuqori  halqaro  reyting  ko‟rsatkichlariga  erishishning  ustuvor 

yo‟nalishlari to‟g‟risida”gi PQ-1438-sonli Qarori, 2010 yil 26 noyabr. 

6.  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2015  yil  6  maydagi  “Tijorat 

banklarining  moliyaviy  barqarorligini  yanada  oshirish  va  ularning  resurs  bazasini 

rivojlantirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi PQ 2344- sonli Qarori 

7.  O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‟zbekiston 

Respublikasini  yanada  rivojlantirish  bo‟yicha  harakatlar  strategiyasi  to‟g‟risida”gi 

PF-4947-sonli Farmoni 

8.  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  16  iyundagi  “Tijorat 

banklarining  moliyaviy  barqarorligi  va  kapitallashuvi  darajasini  oshirishga  oid 

qo‟shimcha chora-tadbirlar to‟g‟risida” PQ-3066-sonli Qarori 

9.  O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  2  sentyabrdagi  “Valyuta 

siyosatini  liberallashtirish  bo‟yicha  birinchi  navbatdagi  chora-tadbirlar  to‟g‟risida” 

PF-5177-son Farmoni 

10. O‟zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  12  sentyabrdagi 

“Respublika  bank  tizimini  yanada  rivojlantirish  va  barqarorligini  oshirish  chora-

tadbirlari to‟g‟risida” PQ-3270-sonli Qarori 



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari 

11. O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2014  yil  10  martdagi 

“Tadbirkolik  sub‟ektlarining  bank  ishi  sohasiga  ruxsat  berish  tartib-taomillaridan 

o‟tishi tartibi to‟g‟risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 56-son Qarori 

12. O‟zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2014  yil  27  martdagi 

“Tijorat banklarining investitsiya faoliyatini rag‟batlantirishga va banklar tomonidan 

korxonalarni  yangi  investorlarga  sotishni  jadallashtirishga  doir  qo‟shimcha  chora-

tadbirlar to‟g‟risida” 71-son Qarori 



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari 

13. Mirziyoyev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  xalqimiz  bilan 

birga quramiz. – Toshkent: “O‟zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b. 

14. Mirziyoyev  Sh.M.  Tanqidiy  tahlil,  qat‟iy  tartib-intizom  va  shaxsiy 

javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‟lishi kerak. – Toshkent: 

“O‟zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b. 

15. Mirziyoyev  Sh.M.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O‟zbekiston  davlatini 

birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‟zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b. 

16. Mirziyoyev  Sh.M.  Qonun  ustuvorligi  va  inson  manfaatlarini  ta‟minlash  – 

yurt  taraqqiyoti  va  xalq  farovonligining  garovi.  –  Toshkent:  “O‟zbekiston”  NMIU, 

2017. – 48 b. 

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy xujjatlari 

17. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining "Tijorat banklari kapitalining 

monandligiga qo‟yiladigan talablar to‟g‟risida"gi 2693-son Nizomi, 2015 yil 6 iyul. 


15 

18. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  "Tijorat  banklarining  bank 

tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo‟yiladigan talablar to‟g‟risida”gi 2229-

son Nizomi, 2011 yil 25 may. 

19. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “Banklarning  hisob  siyosati 

va moliyaviy hisoboti to‟g‟risida”gi 1270 - sonli Nizom 2003 yil 3 sentyabr 

20. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “Banklarning  qimmatli 

qog‟ozlar  bozorida  investitsiya  vositachisi,  investitsiya  aktivlarini  boshqaruvchi  va 

investitsiya  konsultanti  sifatida  kasbiy  faoliyatni  amalga  oshirishiga  oid  talablar 

to‟g‟risida”gi 1782-nizom 2008 yil 2 aprel 

21. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Hisobot sanasidan keyin yuz 

bergan voqealarni banklar tomonidan buxgalteriya hisobida aks ettirish to‟g‟risida”gi 

1426 - sonli Nizom 2004 yil 3 dekabr 

22. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “O‟zbekiston  Respublikasi 

Markaziy  banki  tomonidan  tijorat  banklarining  chop  etiladigan  yillik  moliyaviy 

hisobotlariga  qo‟yiladigan  talablar  to‟g‟risida”gi  1419  -  sonli  nizom  2004  yil  25 

oktyabr. 

23. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “O‟zbekiston  Respublikasi 

banklarida  kassa  amallarining  buxgalteriya  hisobini  yuritish”  Qoidalari  1602-son, 

2006 yil 24 iyul 

24. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “O‟zbekiston  Respublikasi 

banklarida  depozit  operatsiyalarini  amalga  oshirish  tartibi  to‟g‟risida”gi  2711-son 

yo‟riqnoma. 2015 yil 26 avgust 

25. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “O‟zbekiston  Respublikasi 

banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‟g‟risida”gi 1948-son yo‟riqnoma. 2009 

yil 27 aprel 

26. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “O‟zbekiston Respublikasida 

naqd pulsiz hisob-kitoblar to‟g‟risida”gi 2465-sonli nizom. 2013 yil 3 iyun 

27. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “Tijorat  banklari  kredit 

siyosatiga  nisbatan  qo‟yiladigan  talablar  to‟g‟risida”gi  905-sonli  nizom  02.03.2000 

yil  

28. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “Tijorat  banklari  tomonidan 



O‟zbekiston  Respublikasi  hududida  faktoring  operatsiyalarini  o‟tkazish  tartibi 

to‟g‟risida”gi 953-sonli nizom 2000 yil 3 avgust. 

29. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “Tijorat  banklarida  aktivlar 

sifatini  tacniflash  va  aktivlar  bo‟yicha  ehtimoliy  yo‟qotishlarni  qoplash  uchun 

zaxiralar  shakllantirish  hamda  ulardan  foydalanish  tartibi  to‟g‟risida”gi  2696  -  sonli 

Nizom 2015 yil 14 iyul 

30. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “Tijorat  banklarida  foizlarni 

hisoblash to‟g‟risida”gi 1306-sonli nizom. 2004 y. 

31. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “Tijorat  banklarida  kassa 

ishini  tashkil  etish,  inkassatsiya  va  qimmatliklarni  tashishga  doir”  1831-sonli 

yo‟riqnoma. 2008 yil 27 iyun 


16 

32. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “Tijorat  banklarida  lizing 

operatsiyalarini  amalga  oshirish  va  ularning  buxgalteriya  hisobini  yuritish  tartibi 

to‟g‟risida”gi 1648-sonli nizom 2006 yil 27 dekabr. 

33. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarida moliyaviy 

hisobotlaridagi xatolarni tuzatish tartibi to‟g‟risida”gi 1301 - sonli Nizom 2004 yil 21 

yanvar 

34. O‟zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklarida qimmatli 



qog‟ozlar  bilan  amalga  oshiriladigan  operatsiyalarning  buxgalteriya  hisobi 

to‟g‟risida”gi 1885-yo‟riqnoma 2008 yil 13 dekabr 

35. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  “Tijorat  banklarining 

likvidliligini  boshqarishga  qo‟yiladigan  talablar  to‟g‟risida”gi  2709-sonli  nizom. 

2015 y. 

36. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  «O‟zbekiston  Respublikasi 

banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi 

to‟g‟risida»gi 1834–son yo‟riqnoma. 2008 yil 11 iyul.  

37. O‟zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankining  «O‟zbekiston  Respublikasi 

tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi» № 773–17–son 2004 yil 

13 avgust. 

Maxsus adabiyotlar 

38. Abduvaxidov  F.T.,  Umarov  Z.A.,  Djuraev  K.N.  Banklarda  buxgalteriya 

hisobi. O‟quv qo‟llanma. –T.: TDIU, 2010. –224 b. 

39. Donald Resseguie Accounting for Banks Matthew Bender 2012 y  

40. Ibragimov  A.K.,  Marpatov  M.D.  Halqaro  moliyaviy  hisobot  standartlari 

asosida banklarda buxgalteriya hisobi T. MoliY. 2010 yil 

41. Karaliev T.M.  va boshqalar Bank ishi. Darslik.  –T.: “Fan va texnologiya”, 

2016, 640 bet. 

42. Navruzova  K.N.  Banklarda  buxgalteriya  hisobi  va  operatsion  texnika  T.,  

MOLIYA – IQTISOD  2010 y. 

43. Navruzova  K.N.,  Karimov  N.G„.,Ortiqov  U.D.  Banklarda  buxgalteriya 

hisobi VIP POLIGRAF.T.,  2013 y. 

44. Navruzova K.N.,Ortikov O.A. Banklarda hisob va tо„lov tizimi - TMI 2005  

45. Navruzova  K.N.,Ortikov  O.A.  Naqd  pulsiz  hisob-kitoblar  va  tо„lov  tizimi. 

CHо„lpon. 2014y.  

46. Omonov A.A., Karaliyev T.M. Banklarda buxgalteriya hisobi. T.,  MOLIYA 

– IQTISOD  2014 y. 

47. Temirov  A.A.  Banklarda  buxgalteriya  hisobi  va  operatsion  texnika  T.,  

TDIU  2010 y. 

48. Бухгалтерский учѐт в банках: учебник/ К.Наврузова, Р.Аллаберганов,  -

Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2017. – 312 с. 

49. Каримов  Н.Г.,  Костина  Л.М.  Бухгалтерский  учѐт  и  операционная 

техника в коммерческих банках: Учебник. – Т.:ТГЕУ, 2011. 

50. Козлова  Е.П,  Бабченко  Т.Н.  Сборник  корреспонденсий  счѐтов 

бухгалтерский учета по новому счѐтному плану. - М.: Бухгалтеркий учет, 2005г. 


17 

51. Муругова  И.А.  Операционная  техника  и  учет  в  банках.  -  Т.:  2010. 

МОЛИЯ – ИҚТИСОД   

52. Пaлий  В.Ф.  Междунaрoдные  cтaндaрты  учетa  и  финaнcoвoй 

oтчетнocти. Учебник. М.: Инфрa–М, 2004. – 472 c.  

53. Парфенов  К.Г  “Банковский  учет  и  операционная  техника  в 

коммерческих банках” Изд-3-е переработка. –М.: 2009 г. 

54. Смулов  А.  М.  Промишленние  и  банковские  фирми:  взаимодействие  и 

кризисние ситуатсии. 2009. Фи.С 

55.  Тютюнник А.В. Учебное пособие по диссиплине «Бухгалтерский учет 

в банках» / Московская финансово-промишленная академиЙ. - М.:2014г. 

Internet saytlari. 

56. 


www.sbu.uz

 O‟zbekiston Respublikasi Markaziy banki 

57. 

www.lex.uz



  O‟zbekiston  Respublikasi  Qonun hujjatlari  ma‟lumotlari  milliy 

bazasi 


58. 

www.stat.uz

 O‟zbekiston Respublikasi Ctatistika qo‟mitasi 

59. 


www.tfi.uz 

Toshkent moliya instituti 

60. 

www.gaap.ru



 (Generally Accepted Accounting Principles). 

 


18 

Ilova 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 

VAZIRLIGI 

 

 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 

Bank ishi fakulteti 



 

Bank hisobi va audit kafedrasi 

 

“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanidan 

  

 

K U R S I SH I 

 

MAVZU: ___________________________________________________ 

____________________________________________________________

____________________________________________________________ 



 

 

 

 

Tayyorladi: 3-kurs KBI-___ gurux  

talabasi ______________________(F.I.Sh.) 

Ilmiy rahbar: __________________(F.I.Sh.) 

 

 

 



 

 

 



 

Toshkent – 2020 yil 



19 

20 

 

Download 449.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling