Banklarning buxgalteriya hisobotlari
Download 86.5 Kb.
|
1515123538 69807
психология счастья, Документ Microsoft Word, 1406031671 57609, Glossariy, 3-4, 3-4, 123, 11
Banklarning buxgalteriya hisobotlariReja:1-§. Kunlik balans va boshqa hisobotlar 2-§. Bank balans hisoboti 1-§. Kunlik balans va boshqa hisobotlarTijorat banklarida har kuni qonun va me’yoriy hujjatlarda belgilangan tartibda bir qator operatsiyalar bajaradilar. Operatsiyalarning bajarilishi va ularni buxgalteriya hisobida aks ettirilishi to’g’risida hisobot tuzilishlari va ularni tegishli tashkilotlarga takdim etishlari lozim. Tijorat banklari tomonidan tuziladigan eng asosiy hisobot kundalik balansidir. O’zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida kundalik balans tuzadilar. Bunday hisobot shakli va hajmi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilab qo’yilgan. Tijorat banklarining filiallari har kuni hisobvaraqlarning kun ohiridagi qoldiqlari bo’yicha ikkinchi tartib hisobvaraqlari yuzasidan balans hisoboti tuzib, tijorat bankining viloyat bo’limiga taqdim etadi. Tijorat banklari filiallari bu ma’lumotlarni alohida fayl bilan so’m va tiyinlarda modem bo’yicha jo’natadilar. Tijorat banklarining viloyat boshqarmalari olingan balanslarni tekshirib, o’z tizimlari yuzasidan viloyat bo’yicha jamlanma balans tuzadilar, uni Markaziy bankni hududiy bosh boshqarmalariga taqdim etadilar. Markaziy bank bosh boshqarmalari butun viloyat bo’yicha balansning hamda Markaziy bank bo’yicha jamlanma balansni umumlashtiradilar va uni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ishlab chiqqan maxsus dastur yordamida modem orqali jo’natadilar. Buxgalteriya hisobi va hisobot departamentida balanslar tijorat banklari bo’yicha alohida, Markaziy bank bo’yicha jamlama balans tuziladi. Markaziy bank balansi Buxgalteriya hisobi va hisobot departamentida tahlil qilinadi, tijorat banklarining balansini esa tijorat banklariga litsenziyalar berish va ular faoliyatini tartibga solish departamenti tahlil qiladi. Tahlil natijalari bo’yicha kamchiliklar tegishli banklarga ma’lum qilinadi. Kunlik balansdan tashqari bankda boshqa hisobotlar ham tuzib boriladi, har bir hisobotning belgilangan shakllari, ularni topshirish muddatlari alohida belgilanadi. Hisobotlarning maqsadi, topshirish muddatlari va shakllari «O’zbekiston Respublikasi banklarida statistika hisobotlarini tashkil etish qoidalari» nomli 221-yo’riqnomada bayon etilgan. Bu hisobot shakllariga qo’yidagilar ilova qilinadi:
19909 - «Tovar moddiy boyliklar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’langan summalar» nomli‚ 29802 - «Puli to’lanadigan hisobvaraqlar» nomli, 16505 - «Bitkazilmagan qurilish» nomli hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqlar qaydnomasi; aniqlanguncha o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha o’tkazilgan summalar qaydnomasi, shuningdek qaydnomaga «Kliring transaktsiyalari degan 17301, 23202, «Aniqlanish jarayonidagi transaktsiyalar 17305, 23206 hisobvaraqlar bo’yicha qoldiqda turgan har bir summa ham kiritiladi. Yuqorida aytilgan hisobvaraqlarda qoldiq bo’lmasa, bu haqda balans hisobotiga yozib qo’yiladi. Har bir hisobot shakli va qaydnomalarini bank rahbari hamda bosh buxgalteri mufassal ko’rib chiqishi va imzolashi kerak. Kassa operatsiyalari bo’yicha hisobotlariga ulardan tashqari katta kassir yoki kassa mudiri ham imzo chekadi. Banklarda xududiy viloyat boshqarmalari, shuningdek Qoraqolpog’iston Respublikasi boshqarmasi tegishlicha o’z banklariga hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga hisobot topshiradilar. Yuqori banklarga kelib tushgan buxgalteriya hisobotlari tekshiriladi, tahlil qilinadi va uning asosida zarur boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Hisobot ma’lumotlarida nomuvofiqlik borligi aniqlansa, uning sabablari eng qisqa muddatda topilishi va tartibga solinishi lozim. Banklarning viloyatlardagi (har kuni), respublikalardagi (har oyda) rahbarlari balanslarni ko’rib chikishlari hamda bosh buxgalterning ularga qarashli banklarda buxgalteriya ishi, buxgalteriya hisobi va hisoboti ahvoli, shuningdek, bu ishda aniqlangan kamchiliklarni qanday bartaraf etilayotgani to’g’risidagi axborotni tinglashi kerak.
Download 86.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling