Banklarning kredit portfelini boshqarish samaradorligini oshirish


Download 0.63 Mb.
bet1/3
Sana24.04.2022
Hajmi0.63 Mb.
#652393
  1   2   3
Bog'liq
Banklarning kredit portfelini boshqarish samaradorligini oshirish lotin
Поздравляю вас с Днем Конституции, 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq, 1-topshiriq, 8-Mavzu (5), Marketing tadqiqotlari va uning bosqichlari Reja Marketing tadq, 6 парагрф, bank faoliyatining huquqiy asoslari, bank faoliyatining huquqiy asoslari, bank faoliyatining huquqiy asoslari

Banklarning kredit portfelini boshqarish samaradorligini oshirish.
Xusanov B., Fattoyev O.
Samarqand istisodiyot va servis instituti

O’zbekistonda bank-moliya tizimida olib borilayotgan oqilona islohotlar natijasida tijorat banklari barqarorligi mustahkamlanib, ular faoliyatining samaradorligi oshib bormoqda. Barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarining ta’minlanishi va inflyatsiya darajasining prognoz ko’rsatkichlar doirasida bo’lishi mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlagan holda, bank-moliya tizimining ishonchli faoliyat yuritishiga zamin yaratmoqda. Natijada, tijorat banklarining iqtisodiyotdagi vositachilik roli oshib, iqtisodiyotdagi bo’sh pul mablag’larini jalb qilish va o’z navbatida, ushbu mablag’larni iqtisodiyotning real sektoriga kreditlar sifatida yo’naltirish borasida mijozlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lami kengayib bormoqda.


Ma’lumki, investitsion kreditlar mamlakatimizda yirik ishlab chiqarish ob’yektlarining bunyod etilishini, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizni 2020 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2021 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlarida quyidagilar keltirilgan: “Bank tizimidagi vaziyatni keskinlashishiga hamda xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning iqtisodiy faolligining pasayishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida pul-kredit siyosati vositalarini o’zgartirish va banklarni qo’shimcha likvidlik bilan ta’minlash bo’yicha ishlar amalga oshirildi. Markaziy bankning asosiy stavkasi 16 foizdan 14 foizgacha tushirildi. Banklarni qo’shimcha likvidlik bilan ta’minlash maqsadida REPO va SVOP operatsiyalari o’tkazildi. Markaziy bankning asosiy stavkasining pasayishi banklarning depozitlari va kreditlari bo’yicha o’rtacha stavkalarning pasayishiga olib keldi. Ma’lumotlarga ko’ra, yil davomida jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari bo’yicha o’rtacha foiz stavkalari 19,7 foizdan 17 foizgacha, yuridik shaxslar uchun 16,5 foizdan 14,4 foizgacha pasaygan. Inqirozga qarshi choralar doirasida 26,5 trln.so’m miqdoridagi kreditlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish muddati 2020 yil 1 oktyabrgacha uzaytirildi (shu jumladan, jismoniy shaxslarning 5,2 trln.so’mlik va yuridik shaxslarning 21,3 trln.so’mlik kreditlari)”1. Bundan tashqari xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun banklarda masofadan bank hisobvaraqlarini ochish imkoniyati yaratildi. Maxsus kurslarda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, keyinchalik ushbu kurslarni bitirgan va maxsus sertifikat olgan shaxslarga mikrokreditlar berish orqali tadbirkorlik uchun mikrokreditlash tizimi joriy etildi. Milliy valyutadagi barcha kreditlar bo’yicha bank foizlari (imtiyozli kreditlar va mikrokreditlar bo’yicha foizlar bundan mustasno) 24,8 foizdan 19,7 foizgacha, shu jumladan qisqa muddatli kreditlar bo’yicha - 24,7 foizdan 19,9 foizgacha, uzoq muddatli - 25,1 foizdan 19,6 foizgacha pasaygan. 2020 yil davomida iqtisodiyotga kreditlar qoldig’i 34,3 foizga o’sib, 280,4 trln.so’mni tashkil etdi. 2020 yilda keng pul massasi ko’rsatkichi yil boshiga nisbatan 17,9 foizga o’sdi, shu jumladan muomaladagi naqd pul 2,8 foizga o’sdi, depozitlarning umumiy hajmi 23,4 foizga, shu jumladan chet el valyutasida 21,2 foizga oshdi. Bunda, jalb qilingan depozitlar tarkibidagi chet el valyutasidagi depozitlarning ulushi 41,7 foizni tashkil etdi.



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling