Barcha xalqlar og‘zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o‘ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi


Download 91.69 Kb.
Sana17.11.2021
Hajmi91.69 Kb.
#451192
Bog'liq
2. Topishmoqlar-5-sinf — копия
malumotlarni kodlashtirish., Ideas for IELTS Topics (Simon), XVII ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA XITOY, фарма хулоса, Документ Microsoft Word, Сизокрылый орёл всем птицам царь, O'simlik oilalari jadvali, mintaqaviy iqtisodiyot fanidan amaliy ishlarni bajarishga oid uslubiy qollanma, Aholi daromadlarini oshirishda tadbirkorlik faoliyatining o’rni va bu mavzuni o’qitish xususiyatlari, фле, Passivevoice, PF-5313 25.01.2018, Oila funksiyasi, oila tizm tiplari va rollari, Oila funksiyasi, oila tizm tiplari va rollari

АNGREN SHAHAR 2-MAKTABNING ONA TILI VA ADABIYOT O’QITUVCHISI AHMEDOVA IRODANING “MAKTABDA XALQ MAQOLLARI VA TOPISHMOQLARNI O’RGANILISHI’’MAVZUSIDA TAYYORLAGAN SLAYDI

Barcha xalqlar og‘zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o‘ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi.

  • Barcha xalqlar og‘zaki ijodining eng sevimli, qiziqarli va o‘ziga xos turi topishmoqlar hisoblanadi.
  • Topishmoqlarni ba’zan «topmacha», «jumboq», «matal» deb atashgan.
  • Mumtoz adabiyotda ular «chiston» ham deyiladi.
  • Topishmoq hammabop ommaviy janrdir.

Topishmoqlar o'zining yaratilish davriga ko'ra 2 xil:


An'anaviy topishmoqlar - an'anaviy topishmoqlar zamirida xalqimizning tarixi, qadriyatlari aks etadi.

Zamonaviy topishmoqlar

kundalik turmushimizdagi o'zgarishlar, fan va texnika yutuqlari o'z ifodasini topadi.


  • Topishmoqlar kishining tasavvuri va tafakkurini o‘stiradi, ayniqsa, bolalarni topag‘on bo‘lishga, hozirjavoblikka o‘rgatadi.

U N U T M A N G !

  • Topishmoqlar nasriy va she’riy shaklda ixcham, sodda va ravon, qofiyali uslubda to‘qiladi.

Topishmoqda yashirin ma’no ko‘pincha majoziy shaklda keltiriladi, aniqrog‘i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda beriladi.

  • Topishmoqda yashirin ma’no ko‘pincha majoziy shaklda keltiriladi, aniqrog‘i, narsa nomi biron-bir qush, hayvon, buyum, o‘simlikka qiyoslangan holda beriladi.
  • Topishmoqni yechmoqchi bo‘lgan kishi unda keltirilgan ko‘chma belgilarini xayolida mantiqan solishtiradi va uni hayotdagi belgilarga to‘g‘ri kelishiga qarab javobni topadi.

DIQQAT!

  • Topishmoq­larda o'xshatish, sifatlash, mubolag'a, kichraytirish, metafora, jonlantirish kabi badiiy tasvir vositalari va usullaridan keng foydalaniladi.

Topishmoq qatnashadigan ertaklar 2 xilda bo'ladi:

a) topishmoqli ertak - topishmoq ertak ichida keladi.

b) ertak-topishmoq - asar voqealari topishmoq asosida qurilgan bo'ladi.


Download 91.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling