Basketbol o'yinida harakat jarayonida to’pni bir qo’llab savatga tashlashni o’rgatish. Reja


Download 1.88 Mb.
Sana11.06.2022
Hajmi1.88 Mb.
#750881
Bog'liq
basketbol oyinida harakat jarayonida
Документ, til va nutq, 1. Amyoba sox, ТАЛАБА ЎҚУВ ВАРАҚАСИ (1), Талабанинг шахсий варақаси, Umumiy yer bilimi, qamsizlandiriw oz betinshe 2-semestr, Pardayev Ramazon, 11, kurs ishi, AbdirashidovA.BirinchitartibliODTlarnibirqadamlisonliusullaryordamidayechishUK2018 (1), TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI7777, Документ Microsoft Word (3), Документ Microsoft Word (6), Документ Microsoft Word (7)

Aim.uz

Basketbol o'yinida harakat jarayonida to’pni bir qo’llab savatga tashlashni o’rgatish.
Reja:

  1. Savatga to'p tashlash.

  2. To'pni ko'krakdan ikki qo'llab tashlash.

  3. To'pni ikki qo'llab pastdan tashlash usuli

  4. To'pni boshdan oshirib, ikki qo'llab tashlash.

  5. To'pni yelkadan bir qo'llab tashlash.

Savatga to'p tashlash
A gar savatga natijasiz tashlashlar bo'lmasa edi, hatto bo'sh jamoani ham yutib bo'lmasdi. Bu shuni ko'rsatadiki, savatga to'pni tashlashni takomillashtirishga alohida ahamiyat berish darker. Bunda quyidagilarni bilish zarur:
1J Savatning yuqorisidan o'tgan to'p, tashlangan hisoblanadi (savatning diametri 45 sm, to'pning kattaligi 24—25 sm). Demak, to'pning uchish aylanasi yo'nalishi yetarlicha balandda bo'lishi, boshqacha aytganda to'p savatga yuqoridan ,,qarashi" lozim. Biroq, to'p haddan tashqari yuqori yo'nalishdan kelishi, to'pni savatga tushishiga bo'lgan ishonchni kamaytiradi, chunk! to'pning uchish yo'li ortadii
2. Savatga har bir tashlanadigan to'p aniq nishonga olingan bo'lishi lozim, chunki unga oddiy tashlashning o'zigina yetmaydi, balki nishpn bo'lib xizmat qiladigan belgilangan nuqtaga tashlash zarur Bu nishon, ya'ni nuqta to'pning savatga tushishini ta'minlaydi. Bunday nishon savat dastasi hisoblanadi. To'pni tashlash paytida ko'z shu nuqtaga yo'naltirilishi, to'p esa unga yuqoridan tushishi kerak,
3. O'rnatilgan savatga to'p yon tomondan tashlaganda, agar to'p shitni tasawur qilib tashlangan bo'lsa, unga tushish ehtimoli ancha yuqori. Shuningdek, shitda ham belgilangan nuqta bor, agar to'p unga tegsa, u savatga tushadi. Demak, to'pni 45° burchak ostida shitga chizilgan to'g'ri uchburchakli burchakning yuqori bur-chagi yaqiniga tashlanishi kerak. Uchburchakning o'lchami, ya'ni eni — 59 sm, balandligi — 45 sm ga teng. To'pni tashlash paytida — ko'z shitning shu nuqtasiga qaratiladi Nishon va nuqtani to'pning uchish tezligi va shitga nisbatan uning uchish burchagiga bog'liq holda yon tomonga ham, balandlik bo'ylab ham siljitish mumkin. Bularni ayniqsa, harakatda tashlash paytida hisobga olish lozim.
To'pni ko'krakdan ikki qo'llab tashlash. Bu qisqa sirtmoqsimon tez mo'ljallashdan so'ng bajariladi, lekin to'p kerakli yo'nalish bo'yicha savatga yumshoq tashlanadi.Natijali tashlash uchun oyoqning aniq harakati muhim ahamiyat kasb etadi, ya'ni oyoq siltash paytida birmuncha bukiladi, to'pni tashlashda esa to'liq to'g'rilanadi, butun gavda go'yo to'pning orqasidan cho'zilganday bo'ladi.
To'pni ikki qo'llab pastdan tashlash usuli hozirda kam qo'llaniladi, shunga qaramay u oddiy va jarima tashlash paytida foy-dalaniladi.To'pni tashlash paytida oyoqlar keng qo'yiladi, to'pni kaftlar bilan yon tomondan va pastdan terig ushlanadi, tashlashda
to'p bukilgan oyoq tizzalari orasiga tushirilgandek bo'ladi. To'pni tashlash harakatlari boshlangach, to'g'ri qo'llarni teng ko'tarish bilan bir vaqtda, oyoq va gavda to'g'rilanadi; harakat to'pni savatga yumshoq tashlash bilan yakunlanadi.
\To'pni boshdan oshirib, ikki qo'llab tashlash. Bu usul ko'p jihatdan ko'krakdan uzatish kabi bajarilsa-da, lekin biroz farq qiladi Dastlabki holatda, to'p peshonadan yuqorida ushlanadi, tirsaklar bukilgan, qo'llar yuz darajasida ko'tarilgan va oldinga — yon tomonga yo'naltirilgan bo'ladi. Barmoqlar to'p ostida va biroz uning orqasida turadi. Tashlash harakati qo'llarni shiddatli to'g'rilab va barmoqlar silkinib yakunlanadi To'pni bunday tashlash, ayniqsa, sakrashda samarali, chunki to'pning yuqori holati uni uchish paytida ushlab olishni qiyinlashtiradi. Bunday tashlash ko'pincha shitga tegib qaytgan to'pni qaytarib tushirishda qo'llanadi.
T o'pni yelkadan bir qo'llab tashlash. Bu harakat to'pni ko'k­rakdan ikki qo'llab tashlash bilan o'xshashdir.Tayyorgarlik holatidan to'p yelkaga ko'tariladi va tashlaydigan bir qo'l panjalariga (kaft to'p ostida bo'ladi) olinadi, boshqa qo'l to'pning pastida turadi va u mo'ljal chog'ida oldinga, yon tomonga o'tkaziladi. Tashlash qo'llarni shiddatli to'g'rilash va barmoqlarni silkitish bilan bajariladi. Agar to'pni savatga tashlash bir joyda turib bajarilsa (masalan, jarima to'pini tashlashda), tashlaydigan qo'l bilan bir xilda oyoq harn oldinga qo'yiladi. Tashlovchi yuzi bilan shit tomonga burilib, nishonga qaraydi, shunda u tizzadan keng siltanib, yon tomon orqali to'pni bosh ustidan shitga, savatdan
30—15 sm yuqoriga yo'naltiradi. Oyoqlar to'g'rilanib depsinish (shitga yaqin turgan o'ng qo'lda tashlashda, depsinish chap oyoqda) bajariladi. ,,Aylantirib" tashlash, odatda, shitga yon tomon yoki orqa bilan turgan holatda bajariladi. Burab tashlash, baland bo'ylik himoyachilardan o'tkazib tashlashda samaralidir. Bu tashlashning ustunligi shundaki, to'pni tashla-yotgan o'yinchi tanasi bilan himoyachini to'sadi.
Savatga to'p tashlash texnikasini mustahkamlash va takomil--lashtirishni mustaqil bajarish ham mumkin.
Tayanch iboralar: Fint — inglizcha so'z , To'pni boshdan oshirib, ikki qo'llab tashlash,
To'pni yelkadan, bir qo'llab tashlash,
Nazorat savollar.
1.To'pni ikki qo'llab pastdan tashlash usuli hozida qanday foydaniladi.
2. To'pni ko'krakdan ikki qo'llab tashlash qnday bajariladi.
3. To'pni boshdan oshirib, ikki qo'llab tashlash qaysi usul turidan farq qiladi.
Tayanch so’zlar.
Yurish
Yugurish
Sakrash
Dеpsinish
Uloqtirish
Adabiyotlar.
T.Usmonxo’jayev,B.Yusupov,J.Akromov,“Jismoniy tarbiya”O'qituvchi Nashriyot ijodiy uyi. Toshkent - 2008 yil."Boshlang’ich sinflarda jismoniy tarbiya darslari"T.S.Usmonxo'jayev F.Xo’jayev"O'qituvchi"Nashriyot ijodiy uyi.Toshkent-1996yil "Jismoniy tarbiya" T.S.Usmonxo'jayev "O'qituvchi" Nashriyot-Matbaa ijodiy uyi
Download 1.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling