Baxmal tumani 18-umumiy o’rta ta’lim maktabining "Orasta qizlar"


Download 17.73 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi17.73 Kb.
#627733
Bog'liq
Baxmal tumani 18 bayonnoma
Ommaviy qirgʻin, Jahongir referat AKT, Jahongir referat AKT, 11931 дастгохли академик рангтасвир асослари, Savol va topshiriqlar, ilmij tadqiqot metodologiyasi, MAVZU, atom fizikasi laboratoriya darslarida elektron dastur va animatsion manbalardan foydalanish, kombinatorika elementlari, kombinatorika elementlari, 9-Laboratoriya ishi, ismoiljonova, 1-МАЪРУЗА 2 5325956324045882311(1), Begimqulov Mirabbos, 2 5298972221346155510

Baxmal tumani 18-umumiy o’rta ta’lim maktabining “Orasta qizlar”
to’garagi bilan manaviy-marifiy yig’ilishning
BAYONNOMASI
Nơ- 4.
5-fevral 2021-yil
Yig’ilishda 8-sinfdan 11-sinfgacha bo’lgan qizlar, hamda maktab ayol o’qituvchilari, maktab xotin-qizlar raisasi O’mirzoqova Buvsalima va maktab hamshirasi Karimova Ra’no qatnashdi.
Yig’ilish raisasi: B.O’mirzoqova
Kotiba: Raxmonqulova M
Hamshira: Karimova R
Kun tartibidagi masalalar:

  1. Zamonaviy qizlar deganda qanday qizlarni tushunasiz.

  2. O’zbek qizlarining sharm-hayosi deganda nimani tushunasiz.

  3. Sog’lom turmush tarsi qanday shakillanadi.

ESHITILDI



  1. Birinchi masala yuzasidan maktab xotin-qizlar raisasi O’mirzoqova Buvsalima so’zga chiqib o’quvchi qizlarning tartib intizomi haqida gapirib o’tdi. O’quvchi qizlarga “Zamonaviy qizlar deganda qanday qizlarni tushunasiz” mavzusida tushuncha berdi va o’quvchi qizlardan Nazarova Shoxzoda “zamonaviy qizlar” mavzusida so’zga chiqib qizlarga mavzu haqida tushunchalar berdi va bu nutqi orqali zaldagi o’quvchi qizlarda muayyan tushuncha hosil qildi.

  2. O’zbek qizlarining sharm-hayosi deganda nimani tushunasiz mavzusud a maktab hamshirasi Karimova Ra’no so’zga chiqdi hamda davra suhbati olib bordi. Karimova Ra’no qizlarning sharm-hayosi va buni mukammallashtirish to’g’risida tushunchalar berdi.

So’ngra o’quvchi qizlardan Toshtemirova Jumagul so’zga chiqib sharm-hayo haqida, kiyinish madaniyati, maktabda hamda jamoat joylarida odob-axloq qoidalari haqida o’z fikrini bildirdi.

  1. Uchunchi masala yuzasidan “Sog’lom turmush tarzi qanday shakillanadi” mavzusida maktab o’qituvchisi O’mirzoqova Tojihol o’quvchilarga tushuncha berdi. Hamda maktab hamshirasi ham o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Maktab o’quvchi qizlarining ham fikrlari eshitildi, hamda, savollariga javob berdi.

Ushbu masalalar yuzasidan yig’ilish
QAROR QILADI

  1. Maktab o’quvchi qizlarining tartib intizomini har bir sinfning qizlar raisi nazorat qilinsin

  2. Maktab o’quvchi qizlarining sharm-hayosi, tartib-intizomi, madaniyati nazorat ostiga olinsin.

  3. Erta tug’ruqning yomon oqibatlari o’quvchilar ongiga singdirilsin.

Ushbu qarorlarning ijrosini ta’minash va rahbarlik qilish maktab xotin-qizlar raisasi O’mirzoqova Buvsalima zimmasiga yuklansin.
Yig’ilish raisasi: B.O’mirzoqova
Kotiba: M.Raxmonqulova
Download 17.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling