Baxromova Barno Xasanovna


Download 23.49 Kb.
Sana19.05.2022
Hajmi23.49 Kb.
#679814
Bog'liq
ddddddddddddddddddd
МММШМ (узбек), 505 rinboyeva, 505 rinboyeva, Dars iwlanma Ermatova Nafisa Matematika, Mustaqillik yillarida O’zbekistonning makroiqtisodiy ko’rsatkichi, BOSHQARUV 2-MUSTAQIL ISH, 6GV9f66atNiVQBizDpOHSCMyMkMfCh0J (1), 6GV9f66atNiVQBizDpOHSCMyMkMfCh0J, El mash mustaqil ish 1, iiiiiiiiii

Asosnoma
Baxromova Barno Xasanovna
“Farg‘ona vodiysi o‘rgimchaklari (Arachnida: Arananeae) faunanasi va ekologiyasi
03.00.06-zoologiya
Biologiya fanlari
Shakarboyev Erkinjon Berdiqulovich –O‘ zR FA dotsenti, biologiya fanlari doktori.

Mavzuning dolzarbligi. Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish strukturasida ro‘y bergan o‘zgarishlar yillar davomida oziqlanish zanjiri asosida vujudga kelgan organizmlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va bog‘liklikning buzilishiga olib keldi. Ayniqsa araxnafaunaning tur tarkibini o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. O‘rgimchaklar turkumi - Araneae, Clerck, 1757 bo‘g‘imoyoqli hayvonlar (Arthropoda) tipining Yer yuzida eng keng tarqalgan kosmopolit turkumlaridan biri bo‘lib, ularni ilmiy asosda tadqiq etish bugungi kun zoologiyasining oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Xalqaro o‘rgimchaklar katologining ma’lumotiga ko‘ra ushbu turkumning 113 oilaga mansub 49120 turi mavjud lekin turli adabiyotlarda turlar sonining turlicha berilishi, jumladan 1900 yildan beri turkumning 20 dan ortiq turlicha klassifikatsiyasi yaratilgan shu bilan birga ushbu turkum vakillari orasida politipiya hodisasining keng uchrashi va mavjud turlarning sinonim nomlari ko‘pligi hisobga olib, ushbu turkum vakillarini maqsadli monitoringini yo‘lga qo‘yish, ularning tur tarkibini zamonaviy fan yutuqlari, jumladan mitoxondriya genom tahlili (COIgeni) asosida sistemalashtirish ushbu yo‘nalishdagi ishlarning naqadar dolzarb ekanligini ko‘rsatadi.


Shuni ta’kidlash lozimki, o‘rgimchak turlari soninig kamayishi ozuqa zanjirining buzulishidan tashkari ular yashaydigan mintaqadagi tuprok-iqlim sharoiti, fizik-geografik xolati, ayniksa, hududning tarixiy taraqqiyoti va boshka ekologik shart-sharoitilariga xam salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu esa ularni turlarini saklab kolishga, ularga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni oldini olishga, unga ilmiy asosda atroflicha yondashishni taqozo etadi.
O‘rgimchaklar tirik tabiatda ozuqa zanjirining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, biotsenoz trofik zanjirning ikkilamchi konsumentlarini tashkil etadi. Ularning antropogenetik omil bilan bog‘liqlik darajasini o‘rganish uchun mintaqadagi araxnofauna tur tarkibini, ularning filogenetik tadrijiy taraqqiyotini ilmiy asosda o‘rganish muhim hisoblanadi.
1995 yilda esa O‘zbekiston Respublikasi “Biologik xilma-xillik to‘g‘risida”gi xalqaro Konvensiyasiga qo‘shilib, xalqaro ham jamiyat oldida o‘zining milliy biologik resurslarini muhofaza qilish uchun javobgarligini e’lon qildi. Bu esa o‘z navbatida avvalo mintaqadagi biologik xilma-xillikni rejali tadqiq etishni taqozo etadi. Bugungi kunda MDH davlatlari hududida 2888 turdagi, o‘zbekiston hududida esa 221 ga yaqin o‘rgimchakturi uchrashligi haqidagi ma’lumotlar mavjud. Ulardan faqat bitta turi O‘zbekistonning muhofazaga olingan hayvonlari qatoridan joy olgan. Lekin ushbu ma’lumotlarning aksariyati eski va taxminiy nazariy ma’lumotlar asosida tuzilgan bo‘lib, yangi ilmiy izlanishlar bilan boyitishni ko‘zda tutadi. Buni O‘zbekiston hududida Araneae turkumi vakillarini tadqiq etishga bag‘ishlangan fundamental ilmiy izlanishlarning mavjud emasligi ko‘rsatib turibdi.
Muammoni o‘rganilganlik darajasi. O‘rgimchaklar olamini tadkik etish kadimdan insoniyatni kiziktirib kelgan. Bu soxada yuzlab, xatto minglab fikrlar xilma-xilligi mavjud. Ularning turli agrobiotsenoz va biotsenozlardagi majmuaviy xayot tarzi, shuningdek ekotizimlar funksiyalanishidagi rolini urganish kupchilik araxnologlarni kiziktirib kelgan. Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, har qanday biotsenozni urganish jarayonida o‘rgimchaklar ma’lum bir landshaftda tarqalgan va uning ajralmas kismiga aylanib bo‘lgan. O‘zbekiston quruq iqlimli hudud bo‘lgani uchun o‘rgimchaklarning xilma-xil vakillarini uchratish mumkin, ayniksa o‘rgimchaklarning yirik vakillari O‘zbekistonning cho‘l va chala cho‘l hududlarida tarkalgan. Ularni orasida zaharli va zaharsiz vakillari mavjud. Zaharli vakillari o‘zini himoya kilish uchun, ov kilish uchun va ozuqani hazm qilish uchun zahar ishlab chikaradi.
O‘zbekistondagi o‘rgimchaklarning o‘rganilishi asosan ularning zaharidan tibbiyot va dori mahsulotlarini tayyorlash maqsadidagi ilmiy izlanishlar bilan cheklanib qolganligini ko‘rish mumkin O‘rgimchaklarning aksariyati odamlarni qo‘rqitsa ham, ularning faqatgina juda oz qismi odam uchun xavfli hisoblanadi. O‘rgimchak zaharining biokimyoviy tarkibi, dorivorlik xususiyati va undan foydalanish bioximiklarni, bioorganiklarni, fiziologlarni va boshqa soha vakillarini e’tiborini tortgan. O‘rgimchak zahrini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, u organizmni xalokatga olib keluvchi yoki o‘ldiruvchi xususiyatga ega bulgan pereferik nerv tizimining mushak-nerv sinapslarini boshaqruvchi qismini falajlovchi neyrotoksinlarga ega. Shu bilan birga o‘rgimchak zahri bugungi kunda tibbiyotda aritmiya Alsgeymer kasalligi insult va erektildisfunksiyani davolashda ham qo‘llanilmoqda. O‘rgimchak iplari esa murakkab optik asboblarda, tibbiyotda va kelajakda boshqa yengil sanoatda sohalarida foydalanilishi kuzda tutilmokda.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda zaharli o‘rgimchaklarning fakatgina 18 tur har xil yirik vakillari aniqlanilgan Zaharli o‘rgimchaklarning zahar ta’sirini Markaziy Osiyoda ilk marotaba XIII asrda yashagan qomusiy olim Abu Ali ibn Sino o‘rganib chiqqan va o‘zining mashhur “Tib qonunlari” asarida uni qo‘llash borasida ayrim fikrlarni ilgari surgan. Undan so‘ng esa o‘tgan asrning 70-80-yillarda N.Ergashev tomonidan Markaziy Osiyodagi zaharli hisoblangan yirik o‘rgimchaklar tadqiq etilgan. O‘rgimchaklar mintaqa bo‘g‘imoyoqlilari orasida hasharotlarga nisbatan biroz kam bo‘lsada, shunga karamasdan ularni Markaziy Osiyo zooekosistemasining muhim bir bo‘lagi sifatida yashash tarzini o‘rganish muhim axamiyat kasb etadi. O‘zbekiston tabiiy iqlimining xilma xilligi undagi o‘rgimchaklar faunasi turlarga boyligi ham belgilaydi. Birok, so‘nggi yillarda sug‘oriladigan yerlarni kengayishi, cho‘l va chala cho‘llarni o‘zlashtirilishi u yerdagi ko‘pgina o‘rgimchaklar turlarining kamayib ketishiga, aksar holatlarda butun boshli populyatsiyalarning yo‘qolib borishiga va ular tarqalgan areallarni qisqarishiga olib kelmokda.
Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistondagi o‘rgimchaklardan faqatgina zaharli hisoblangan qoraqurt (Lathrodectusdahlia, Levi 1959) o‘rganilgan. Turkumning boshqa turlari haqida oz bo‘lsada sistematik ma’lumotlar uchrasa ham, lekin ular orasida trofik aloqa, ekologik zanjirda tutgan o‘rni, o‘ziga xos bioyekologik xususiyatlari umuman tadqiq etilmagan.
Tadkikotning maksadi.
Markaziy Osiyodagi, jumladan O‘zbekiston hududida o‘rgimchaklar turkumiga oid turlarning tabiiy tarqalishi bo‘yicha rejali monitoring ishlarini yo‘lga qo‘yish;
Mintaqa tabiatida uchraydigan o‘rgimchaklar turlarini aniqlagichlar asosida o‘rganish va ushbu sohada olib borilayotgan ishlarni sistematika fanining zamonaviy fan metodlari, jumladan mitoxondriya genom tahlili asosida uyg‘unlashtirishni yo‘lga qo‘yish;
Mintaqada tarqalgan o‘rgimchak turlarini aniqlash, olib borilgani ilmiy tadqiqotlar natijasida qo‘lga kiritilgan yangi ma’lumotlar asosida boyitilgan baza asosida mintaqa uchun o‘rgimchaklar katalogini ishlab chiqish va bu borada Xalqaro o‘rgimchaklar katalogi bilan yaqindan hamkorlik olib borish;
Mintaqada tarqalgan o‘rgimchak turlarining biologiyasi, morfologiyasi, ekologiyasi, etologiyasini ilmiy asosda zamonaviy fan metodlarini qo‘llagan tarzda tadqiq etish;
O‘rgimchak populyatsiyalarining hozirgi holati, ularning himoyaga muhtoj turlari, yo‘qolish arafasida bo‘lgan yoki yo‘qolib ketayotgan turlari haqida sohaga oid ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish;
Mavjud turlarning ozuqa zanjiridagi o‘rnini aniqlash asosida ulardan qishloq xo‘jaligi yoki xalq xo‘jaligida foydalanishning istiqbolli rejalarini ilmiy asosda ishlab chiqish;
O‘rgimchaklarning entomofag turlarining bioyekologik xususiyatlarini tadqiq etgan holda ulardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
Mintaqada tarqalgan zaharli o‘rgimchaklar populyatsiyasini tadqiq etish va shu asosda ularning tibbiyot va dori-darmon sanoatidagi o‘rni haqida ilmiy farazlarni ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amaliy choralar rejasini ishlab chiqish;
Tadkikotning obyekti. Fargona vodiysi tabiiy biogeotsenoz va agrobiotsenozlarda uchraydigan urgimchaksimonlar tadkikot obyekti sanaladi.
Tadkikot predmeti. Tabiiy biogeotsenozlarda uchraydigan urgimchaksimonlarni tur tarkibi, ekologik xususiyatlari, tarkalishi, axamiyati tadkikotning predmetini belgilaydi.
Kutilayotgan yangiliklar.
Nazariy jixatdan: Mazkur ilmiy tadqiqotishini Farg‘ona vodiysi hududida tashkil etish bilan mintaqadagi araxnofaunaning hozirgi real holatiga ilmiy jihatdan baho berish mumkin. Bugungi kunda butun dunyoda biologik xilma xillikni asrab avaylashga qaratilgan ishlar ham fundamental, ham amaliy jihatdan muhim ahamiyat kasb etar ekan, Farg‘ona vodiysi hududidao‘ rgimchak turkumi vakillarini o‘rganish bilan nazariy jihatdan quyidagilarni qo‘lga kiritish mumkin:
O‘rgimchaklar turkumi vakillarining Farg‘onavodiysidagi tur tarkibi haqida aniq ma’lumotlar qo‘lga kiritiladi.
Hudud araxnofaunasin tadqiq etish asnosida araxnofaunaning mintaqa uchun yangi hisoblangan turlari aniqlanadi.
Farg‘ona vodiysi araxnofaunasining zoogeografik nuqtai nazardan mintaqa hududida tarqalish qonuniyatlari tadqiq etiladi;
Vodiy araxnofaunasini o‘rganish bilan birga turlarning tashqi muhit sharoitiga moslanishi, ushbu holatda evolyutsion jarayonning kechish bosqichlarini o‘rganish;
Mintaqa araxnofaunasini boshqa mintaqa araxnofaunasi bilan solishtirish asnosida muhim zoologik, bioekologik va fenologik ilmiy xulosalar olish;
Ilmiy tadqiqot ishi asosida olingan natijalar bilan sohaga oid ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Amaliy jixatdan.Ma’lum bir biogeotsenozning turg‘unligi uning tarkibiy qismi hisoblanadiga biotsenozning mintaqada qay darajada o‘z genofondini o‘zgartirmasdan saqlashi bilan bevosita bog‘liq. Lekin mavjud populyatsiyalar genofondi tashqi muhit ta’sirida u yoki bu chastotada tebranib turishi biologik qonuniyatlar nuqtai nazaridan normal holat hisobalanadi. Farg‘ona vodiysi araxnofaunasini tadqiq etishning amaliy ahamiyatini quyidagi asosiy aspektlar belgilab beradi:
Farg‘ona vodiysidagi araxnofaunani ilmiy jihatdan tadqiq etish orqali, ularning mintaqada tarqalish qonuniyatlari asosida ulardan bioindikator sifatida foydalanish, o‘rgimchaklar turkumi vakillarining tabiatda tarqalishiga qarab atrof-muhit holatini ekologik jihatda baholash imkoni paydo bo‘ladi;
O‘rgimchalarning mintaqada biotsenozidagi trofik alosini aniqlash bilan Farg‘ona vodiysi hududidagi u yoki bu turdagi trofik jihatdan o‘rgimchalar bilan bog‘langan hayvonlarning populyatsiya holatiga ilmiy jihatdan baho berish va ularning mavsumiy, yillik o‘zgarishlarini ilmiy bashorat qililish mumkin;
Farg‘ona vodiysi araxnofaunasining tur tarkibini o‘rganish, ularning o‘ziga xos bioyekologik xususiyatlarini tadqiq etish ulardan kelajakda bioinjeneriya sohasida tabiiy obekt sifatida foydalanish uchun asosiy ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Download 23.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling