Baxtimiz qomusi" tadbiri "Konstitutsiyamiz


Download 29.99 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi29.99 Kb.
#168939
Bog'liq
Бумага



"Konstitutsiyamiz - baxtimiz qomusi" tadbiri
"Konstitutsiyamiz - baxtimiz qomusi" tadbiri
1-boshlovchi: - Assalomu alaykum qadrli o'quvchilar. Mo'tabar ustozlar va aziz melimonlar, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan bayram tadbirimizga xush kelibsiz.

2-boshlovchi: - Assalomu alaykum. Ma'lumki, bugungi kunda maktablarimizning har-bir sinflda bosh qomusimiz hisoblangan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasini o'rganayapmiz. Unda bolalar konstitutsiya so'zi "tuzish", "tuzuk", "nizom", "tuzilish", "yaratilish" degan ma'nolarni anglatishini bilib olganlar,

I-boshlovchi: - To'g'ri aytasan. Bizning zukko o'quvchilarimiz bosh qomusimiz haqida bilishlari sharl bo'Igan bilim, va ma'lumotlarni huquq va burchlarini o'z yoshlariga munosib ravishda o'zlashlirib borishmoqda,

2-boshlovchi: - Darvoqe, bundan 20 yil muqaddam xalqimiz irodasini, ruhiyatini ijlimoiy ongi va madaniyatini o'zida to’a aks ettirgan, muhim siyosiy, huquqiy hujjat sifatida jahonga yangi, istiqboli porloq mustaqil davlat dunyoga kelganining o'ziga xos isboti sifatida bosh qomusimiz qabul qilindi.

1-boshlovchi: - O'zbekiston Konstitutsiyasi bizning mustaqilligimizni huquqiy jihatdan ta'minlovchi asosiy qonun hujjati bo'Igani uchun ham biz 8-dekabrni alohida ardoq va mamnuniyat bilan bayram qilamiz;

2-boshlovchi: - Endi navbatni o'quvchilarga beraylik, Bosh qomusimizni ularqanday ta'riflashar ekan,

O'quvchi:

-Qani, menga ayt, oshnam, Bugun qanaqa bayram?

O'quvchi:

-Konstitutsiya kuni, Kim ham bilmaydi buni.

O'quvchi:

-O’z haq-huquqingni bilasanmi, o'rtogjon? Ayt-chi, Konstitutsiya qabul qilingan qachon?

O'quvchi: (qo'lida Konstitutsiyasi kitobini ushlagan holda):

-Bu kitobda hammasi t'o'liq etilgan bayon.

O'quvchi:

Prezident bobomiz Bizga g'amxo'r, mehribon

Yurt tinchligin ko'zlaydi.

Xalq baxtidan so'zlaydi.

O'quvchi:

-O'zbekiston qo'ynida

Har bir tuman viloyati

Kundan-kunga yashnaydi

Kamol topar tiklar qad.

O'quvchi:

-Ozbekiston tayanchi

Qurolli kuchlari bor

U - xalqning suyanchi

Dushman qutirar bekor.

O'quvchi:

Mustaqil O'zbekiston

Dadil tutib o'zini

Bormoqda o'z yo'lidan

Aytmoqdao'z so'zini

. O'quvchi:

Baxt berdi insonlarga

Onajon O'zbekiston

U yuz tutdi jahonga

Bo'ldi dovrug'i doston.

O'quvchilar qo'shiq ijro etishadi.

1-boshlovchi: - Rahmat bolalar, chiroyli ijrolar uchun. Qani, endi ayting-chi, Konstitutsiyamizda nechta bo'lim. nechta bob va nechta modda bor?

O'quvchi: -Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 6 bo'lim, 24 bob, 128 moddadan tashkil topgan.

2-boshlovchi: - Konstitutsiyamizga qanday g'oyalar singdirilgan?

O'quvchi: -Konstitutsiyamizning "muqaddima"sidan to oxirgi misrasigacha inson manfaatlari haqida, uning farovon turmushi uchun ko'rsatilishi muqarrar g'amxo'rlik to'g'risidagi g'oyalar singdirilgan.

O'quvchi:-Insonning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari Konstitutsiyamiz boblarida o'z ifodasini topgan.

O’ quvchilar navbat bilan dona-dona qilib, qog'ozga yozib olgan javoblarini o'qib berishadi.

O'quvchi: -Shaxsiy huquq va erkinliklar. (VII bob)

O'quvchi: - Ular asosan quyidagilardan iborat: - Yashash huquqi. (24-modda)

O’quvchi:-Erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi.(25-modda)

O'quvchi: -Fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqi. (29-modda)

O'quvchi: -O'z huquq va manfaatlariga dahldor bo'Igan hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi. (30-modda) O'quvchi:- Vijdon erkinligi. (31-modda)

O'quvchi. (qo'lida Oz'bekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitobi)

-Ozod, erkinlikning

Ramzi - bu kitob

Unda aks etgandir

Haq-huquqimiz.

Yo'limiz yoritar

Misoli oftob

Qo'lida baland tursa

Baland tug'imiz.

O'quvchi:

-Millionlar taqdiri

Unda mujassam

Qomuslar qomusi

Deydi xalqimiz

Yer sharin yoritadi

O'zbekiston ham

Yurtga fido bo'lsak

Kular baxtimiz

O'quvchi: -Turmushimizning farovonlashuvida, Vatanimiz va xalqimiz tarixida Konstitutsiyamizning

ahamiyati tobora ortib bormogda. Unda xalqimizning huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyati, erkin va farovon hayot qilishdek orzu-niyati o'z ifodasini topgan.

O'quvchi: - Insoniyat yaratilgandan beri o'z huquq va erkinliklari kafolati to'g'risida bosh qotirib keladi. Inson huquqlarini himoya qilish, chinakam xalqaro hamkorlikni o'rnatish va mistahkamlash borasida birlashgan millatlar tashkiloti nizomi 1945 yil 21 oktabrdan doimiy kuchga kirgan.

O'quvchi:

-Mayoq bo'lding elimga Jamlab tizib bir ipga

Maqom berding tilimga Yo'lim solding qolipga

Faxr bo'ldi dilimga Hayol tushdi tartibga

Sha'nim oru nomusim. Ahdim oru nomusim

G'ururimsan -Qomusim. Bobojonim - Qomusim.

O'quvchi:

Huquq burchim aks etgan

Har satri pishib etgan.

Maqsad, g'oyamiz yotgan

Lafzim, oru nomusim

Muqaddasim - Qomusim.

Tunda chaqnagan chaqin

Yurakda yongan yolgin

Qalbda jo'sh urgan to'lqin

Baxtim, oru nomusim.

Iftixorim qomusim.

O'quvchi: - Bolalar huquqlari to'g'risidagi qonunlarni o'zida rnujassamlashtirgan xalqaro hujjatlar ham bor. 1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasida bir ovozdan qabul qilingan "Bola Huquqlari to'g'risida" gi Konvensiya ana shunday hujjat hisoblanadi.

O'quvchi: - Ushbu Konvensiya 1990 yil 2 sentabrda kuchga kirgan. Oz'bekistou Respublikasi unga 1992 yil 9 dekabrda ya'ni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunuing ertasigayoq qo'shilgan.

O'quvchi: - "Bola huquqlari to'g'risida"gi Konvensiya dunyoning barcha minlaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega. Uning asosiy maqsadi biz - bolalar manfaatlarini mumkin qadar himoya qilishdan iboratdir. O'quvchi: - Bir so'z bilan aytganda bu Konvcnsiyani o'ziga xos "Bolalar Konvensiyasi"ga qiyoslash mumkin. Konstitutsiyaga amal qilish esa vatanparvarlikdan dalolat beradi. Zero, inda Vatan, xalq va millat manfaatlari ifoda etilgan.

O'quvchi: - Prezidentimiz I.A.Karimov aylganidek " ... har qanday davlatning yuzi, obro’-e'tibori uning konstutitsiyasi hisoblanadi. Zotan, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnomadir".

O'quvchi:

Ajib topgan unda buyuk g'oyamiz

Zabt etmoqni maqsad qilgan qoyamiz

Belgilangan huquq, burch himoyamiz

Baxtimiz qomusi - Konstitutsiyam.

O'quvchi:

O'zbek elin bahri ulkan nufuzi

Asosiy tamoyil chin asl yuzi.

Yurakdan bitilgan har satri so'zi

Baxtimiz qomusi - Konstitutsiyam.

O'quvchi:

Yo'lchi yulduz tuydik dildan biz uni

O'rgatsak ham takror -takror har kuni

Eng xalqchil muqaddas davlat qonuni

Baxtimiz qomusi - Konstitutsiyam.

l-boshlovchi: - Aziz tadbirimiz qatnashchilari. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligiga bag'ishlab o'lkazilgan "Konstitutsiyamiz - baxtyimiz qomusi" deb nomlangan bayram tadbirimiz nihoyalab boryapti. Barchangizga tashrifingiz, ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

2-boshIovchi: - Yurtimiz obod, elimiz shod, osmonimiz musaffo bo’lsin. Ona O’zbekistonimiz, gullab-yaslmasin. Xayr, salomat bo'ling.



Alisher Navoiy iavalludiga bag'ishlangan tadbir
Alisher Navoiy iavalludiga bag'ishlangan tadbir
l-boshlovchi: - Mana bugun siz qadimgi turkiy, yani o'zbek tilimizning haqli ravishda asoschisi, "So'z mulkining sultoni" Nizomiddin Mir Alisher Navoiy lavalludiga bag'ishlab o’tkazilayotgan adabiy-badiiy kechaga tashrif buyurdingiz.

2-boshIovchi: - Ulug' bobomizning tavallud ayyomlari har yili Respublikamizda keng nishonlanib kelinmoqda. Bugun biz ham "Navoiyga ta'zim" mavzusida adabiy-badiiy kecha tayyorlab kelganmiz, marhamat tomosha giling. Sahna ko'rinishi namoyish etiladi.

9 yoshli Alisher o'zi mashq qilgan ilk g'azallarini keksa ustozi Mavlono Lutfiyga ko'rsatar edi.

Kunlardan bir kuni:



(Sahnada keksa shoir Lutfiy ko’rinadi. Ko’rpachada otirgan holda kitob mutolaa gilmogda. Shunda uning oldiga 9 yoshlar chamasida Alisher kirib keladi.)

Alisher: - Assalomu alaykum, hurmatli ustoz!

Lutfiy: - Vaalaykum assalom, keling, Alisherbek

Alisher: - Ustoz, bir g'azal mashq qilib erdim, shuni sizga ko'rsatg'oni kelg'on erdim.

Lutfiy: - Juda soz, unday bo'lsa eshitaylik-chi?

Alisher: - "Orazin yopqoch ко zimdin sochilur har lahza yosh

Bo’ylakim paydo bo’lur, yulduz nihon bo’Ig’och quyosh".

Lutfiy: - Borakallo, Alisherbek, borakallo. Agar mumkin bo'lg'onda erdi, kamina umrim boyi yaratg’on ijodimni shu bir misra baytingizga almashtirg’on bо’lаг erdim.

Alisher: - Qulluq, ustoz, qulluq. Sizning bunday tengsiz bahoyingiz kaminaning ijodga bo’Igan qiziqishlarini yanada orttiradur.

Endigi maqsadim, sizdek buyuk she'riyat sohibining ijodi bilan yaqindan tanishish orzusinda erdim.

Lutfiy: - Bosh ustig’a, Alisherbek, qani bo’lmasa marhamat! (Shunday deb, ikkovlari sahnani tark etishadi)

1-boshlovchi: - O'zbek adabiy tilining bunyodkori sifatida maydonga chiqqan shoir o’z ona tilining go’zal va boy ekanligini barkamol badiiy asarlar yaratib, ham amalda, ham ilmiy-nazariy yo’l bilan isbotladi.

2-boshIovchi: - "Xamsa", "Chor Devon", "Muhokamatul lug’atayn", "Mahbub ul-qulub", "Majolisun-nafois", "Lison ut-tayr" kabi asarlarirh yozib, ularda shoir yaratgan obrazlar sevgi-muhabbat, mehnatni ulug’lash, do’stlik-sadoqatni kuylash, bosginchilik urushlarini goralash, obodonchilik, tinch va farovon hayot uchun kurash motiviarini o’zida mujassamlashtirgan.

l-boshlovchi: - Mustaqil ona diyorimizda Navoiy ijodiy merosini, uning asl egasi - xalgqa yetkazish, xalqning madaniy mulkiga aylantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmogda. Navoiy nomi, asarlari, yodi har birimiz uchun muborak va muqaddasdir.

2-boshlovchi: - Navoiyning 15 yillik asarlari to’plami ko’plab nusxalarda nashr gilinib, xalqqa yetkazildi, uning asarlari qardosh va xorijiy xalqlar tillariga tarjima gilindi.

1-boshlovchi: - Respublikamiz shaharlaridagi markaziy ko’chalar, madaniy muassasalar, kinoteatrlar, viloyatlar Alisher Navoiy nomi bilan atalalib, yurtimizda shoirning ruhi kezib yuribdi.

2-boshlovchi: - Asosiysi shuki, Navoiy nomi, uning asarlari, рок ruhi xalqning odamlarning galbida hech gachon so'nmagay!

(Sahnaga Navoiy siymosidagi o'quvchi "Ushshoq" kuyi ohanglari ostida asta yurib chiqadi va "Qa’ro kozim" g’azalini o’giydi. G'azal tugashi bilan maqom aytuvchi о ‘quvchilar saxnaga tiziladi.)

1-boshlovchi: - Hurmatli mehmonlar! Endi, maktabimizning magomchilar guruhi ijrosida Navoiy g'azali bilan

aytiladigan "Bayot-3" hamda "Yali-yali" qo'shiglari e'tiboringizga havola etiladi.

2-boshlovchi:

- Ко ‘zimga tarms notavonim fido

Ravonbaxsh la'liga jonim fido (Maqom ijro etiladi.)

1-boshlovchi: - "Alisher Navoiyni anglash va his gilish o'zbek xalgining tarixini, madaniyati, qalb ehtiyojlarini, o'zligini anglash va his etish demakdir. Shunday ekan, Navoiyni, umuman mumtoz adabiyotni bilish har bir o’zbek farzandi uchun ham qarz, ham farzdir." deganlarida O'zbekiston xalq shoiri E.Vohidov ayni haqiqatni aytgan edilar.

2-boshlovchi: - Ha, zamondosh shoirlarimiz ta'kidlagimidek Navoiyning har bir so'zi, har bir jumlasi hikmat va donolik nishonasidur. Buyuk shoirning pand nasihatlari torn ma'noda insonparvarlik va xalgchillik xarakteriga ega. Ularga rioya qilishlik barkamol inson bo'lishlik demakdir.

1-boshlovchi: - Demak, biz komil inson bo'lishimiz ucliun Navoiy hikmatlariga amal gilishimiz darkor ekan. Keling, ularga bir quloq tutaylik.



(Sahnada qator turgan о 'quvchilar tomonidan Navoiy hikmatiah aytiladi.)

Odamiy ersang demagil odami,

Onikim yo'q xalq gamidin garni.

Kimki falak sari otar toshni,

Tosh ila ozurda qilar boshni.

Oz-oz о 'rganib dono bo 'lur,

Qatra-qatra yig'ilib daryo bolur.

Ilm olib amal qilmog’on,

Don sochib ekin o'rmag’ onga o'xshar.

Bilmaganni so "rab о 'rgangan olim,

Orlanib so'ramagan o'ziga zolim.

Tilga e’iborsiz- elga e’iborsiz.

Nafing agar xalqqa beshak durur,

Bilki bu naf o'zing'a ko'proq durur.

1-boshlovchi: - "Xamsa"ning eng yetuk mukammal dostonlaridan biri bo'lgan "Farhod va Shirin"da Navoiy insoniy muhabbatni, vafo, sadoqat, mardlik, melinatsevarlik, do'stlik kabi g'oyalarga yo'g'irgan holda ifodalaydi.

2-boshlovchi: Farhod go'zal Shirinni zo'rlik bilan o'z changaliga kiritmoqchi bo'Igan Eron shohi Xusravga qarshi sevgilisi yurtini himoya qilib mardlarcha kurash olib boradi. Farhod va Shirin yovuzlikning, turli xiyla va nayranglarning adolatsizlik va jaholatning qurboni bo'ladilar. (Sahnaga Farhod va Shirin timsolidagi о quvchilar chiqib maktublarni о giydilar. Ular maktublarni o'qib bolgach, Xusrav va Farhod dialogi ijro etiladi.)

1-boshlovchi: - Buyuk shoir o'zbek tilida 2600 ta g'azal yozgan. Ularda vafo va sadoqat, do'stlik va riokorlik, kamtarlik va manmanlik, burch va mas'uliyat, faollik va loqaydlik, saxovat va baxillik singari his tuyg'ulai tarannum etiladi.

(Mayin musiqa - On sakkiz ming olam oshubi agar...- gazali bilan musiqiy ohang taraladi va mazkur g'azal o'qiladi. G’ azal o'gilib bo'lgach, barcha ishtirokchilar sahnaga chiqib tiziladilar.)

1-boshlovchi:

Kelajakka go'yib poydevor,

Tarix so'zlar ko'zgudagi bo'y.

Nazm agar azim shiddatkor,

Og'ushiga tortib ketar oy.

2-boshlovchi:

Mojizalar yaratib har on,

Atom asri qo'I silkir go'yo.

Mening qalbim bir armon o'rtar

, Navoiysin sog'ingan dunyo. (Ushbu misra xo'r bolib aytiladi)

1-boshlovchi: -

No'shiravon gulgun bog'ida,

Qay nargisdan taralar hayo?

Yuragimda bir orzu o'rtar,

Navoiysin izlagan dunyo. (Ushbu misra xo'r bo'lib aytiladi)

2-boshlovchi:

-Hasadlarni yengolgan hayrat,

Ozodlikka qalb ochgan go'yo.

Quyosh sari ko'kka bo'y cho'zib,

Navoiysin topolgan dunyo. (Ushbu misra xo'r bo'lib aytiladi)

1-boshlovchi:

- Navoiydek buyuk zot qoshida doimo bosh egamiz. Bizga insoniylik, odamiylik, yaxshilik, do'stlik, mehr-u vafo, bilim va ma'rifat ziyolarini taratayotgani uchun buyuk Navoiy bobomizga ta'zim qilamiz. .



8-mart bayrami tadbiri

8-mart bayrami tadbiri
Sahna uzra onalar madhini tarannum etuvchi yoqimli xazin-kuy taraladi. Sahnaga 1-boshlovchi bo'lib o'g'il bola va 2-boshlovchi sifatida qiz bola ohista yurib chiqib keladi.

1-boshlovchi: 2-boshlovchi:

- Jannat onalarning poyida emish Onam onajonim nuri jahonim Onadan tug'ilgan payg'ambarlar ham Tengi, timsoli yo'q, farishta onam Munis onajonlar sochlari kumush Jannat isi anqir janbil, rayhonim, Topar duosidan ming dardlar malham Chin ibrat maktabi har ishda onam. 1-boshlovchi:

- Assalomu alaykum, dilbar va latofatli ayollar - muhtarama onajonlar! Aziz ustozlar! Qadrli opa-singillar! Bir-biridan lobar, go'zal qizlar! Fahmlagandirsiz, sizning yurak taftingizga bu yilgi juda qattiq kelgan qahraton qish-qirovli kunlar ham dosh beraolmay, ortga chekinib, ko'klam nafasi ufura boshladi.

2-boshlovchi:

- Ona diyorimiz uzra bahor nasimlari esib turgan ushbu orombaxsh, umidli kunlarda xonadonlarimiz farishtasi, oila qo'rg'oni va fayz bag'ishlovchi, biz farzandlarni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazuvchi, Yaratganning tengsiz mo'jizasi bo'lgan ayol zotini ulug'lash uchun yig'ildik, yuragimizdagi eng yuksak, nozik tuyg'ularni ifoda etgan holda bahorning ilk shodiyonasi - go'zallik va nafosat bayrami - 8 mart -Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash uchun yig'ildik.

1-boshlovchi:

- Muhtarama onajonlar! Tadbirimizda ishtirok etayotgan aziz ayollar! Ustozlar, opa-singillar, lobar qizlar! Barchalaringizni go'zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Toleingiz hamisha baland, umringiz uzoq, xonadoningiz tinch, oilangiz totuv, rizqu nasibangiz ziyoda bo'lsin!

2-boshlovchi:

- Dunyoda shunday bir ulug' zot borki, Tangri o’zi uni mukarram qilgan. Ne bir fotihlar uning qarshisida tiz cho'kmagan, butun boyligi va qudratini uning poyiga sochishga tayyor turmagan, deysiz.

1-boshlovchi:

- U zotga ehtirom millati va dinidan qat'iy nazar, barcha insonlarga birday daxldordir.

2-boshIovchi:

- U zotga bo'lgan mehr-muhabbatimiz ham shunchaki ko'ngilchanlikdan tamoman xolidir. U zot esa aziz onalarimiz. opa-singillarimiz, lobar qizlarimizdir.

l-boshlovchi:

Ayolning ona zotiga xos fazilatlarini sanab ado etib bo’lmasa kerak. U o'z nomi bilan avlod davomchisi, go'zallik timsoli.

2-boshlovchi:

- Muhtarama ayollar! Aziz, tadbirimiz ishtirokchilari!

Sizning ta'rifingizga hali ko'p madhiyalar, iliq so'zlar va tabriklar izhor etiladi. Hozir navbatni maktabimiz badiiy havaskorlik jamoasiga bersak. Ular ijrosida uy va qo'shiqlar tinglab, raqslar tomosha qilsak.

Badiiy havaskorlik jamoasi ijrosida "Sen bahorni sog'indingmi" qo'shig'i tinglansa, "Bahor valsi" raqsi tomosha qilinsa ayni muddao bo'lar edi. So'ng yana sahnaga boshlovchilar chiqishadi.

l-boshlovchi:

- Bahor kirib kelganida borliq qanchalik yashnab ketsa, ayol kirganda xonadon, dargoh

ham shu qadar nurafshon bo'ladi. Ayolning xonadon farishtasi deya ta'riflanishining boisi ham shundadir, balki.

2-boshlovchi:

- Xushaxabar keltirsa kim farzandidan Yo'liga poyondoz to'shaydi ayol. Bo'lsin u olima, ishchi, shifokor, Dunyoda bolam deb yashaydi ayol.

l-boshlovchi:

- Ha, darhaqiqat ayol kishi qanday kasb egasi bo'lmasin u eng avvalo, farzandim deb yashaydi, farzandim deb aql bovar qilmaydigan jasoratlarga bel bog'laydi. U eng avvalo farzandlarining mehribon onasi, dono maslahatchisi, qo'li shirin pazanda, oqila uy bekasidir.

2-boshlovchi:

- To'g'ri aytasiz, dunyoda bolam deb kuyib-yonmaydigan ayol bo'lmasa kerak. Keling shunday ayollarning qalbiga bir quloq solib ko'raylik, ular nima der ekan.

Sahnaga turli kasb egalariga xos kiyingan qizlar chiqib, o'zlartini tanishtirib she'r o'qishadi.

Shifokor: Shoira:

- Man oppoq xalatda So'z qaymog'i suzilar betga

Oppoq tilak bilan yashayman Bahor misol yasharar olam

El sog’-omon bo'lsin deb albatta Qog'oz qalam surilar chetga

Shunda men ham yayrab-yashnayman Nogahonda yig'ilsa bolam

Shifokorman lekin avvalo Dardga to'la bag'rim yuragim

Farzandimga sodiq onaman Shoiraman lekin onaman

Sochsalarda boshimdan tillo El-yurt tinchi orzu tilagim

Bolam deyman kuyib yonaman. Bolam deyman kuyib yonaman

Tadbirkor ayol:

Ishbilarmon tadbirkor ayol

Yurt buguni porloq ertasi

Rejalarim demang puch xayol

Korxonaning rahbar bekasi

Imkon qo'lida qilmayman inkor

Tadbirkornan, ayol onaman.

Mansab, shuhrat arzimas zinhor

Bolam deyman kuyib yonaman.

Muallima:

Shogirdlarim jonu jahonim

Hayotimning mazmun ma'nisi

Davrasida о'rat har onim

Farzandlarim ular barisi

Yaxshi ko'rmay suyub qanchalar

Muallima, oddiy onaman.

Farzand shirin aziz bunchalar

Bolam deyman kuyib yonaman.

Chevar:

Qo'llari gul mohir chevarnan



Ish tikaman mehrimni qo'shib

Odamlarni dildan sevarman

Xizmat qilay qalbimdan jo'shib

Ko'zlarimda quvonch o't chaqnar

Tole kulgan baxtli onaman.

Mashhur qildi elga shu hunar

Bolam deyman kuyib yonaman.

Zardo'z: Olima:

Iplarimning zari tillodan Zahmat chekib tunlar ko'z ilmay

Bezaklarda quyosh aks etar Jumboqlarning yetdim siriga

Momomeros asli xudodan Va aylandim so'ng bilib-bilmay

Igna tutsam ular raqs etar Bilim qasrin asirasiga

Zardo'zlik bu hunarmas san'at Martabam zo'r mashhur olim

Kasbim faxrim, ammo onaman Avvalo shukur onaman

Mehrim ulug’ tuganmas davlat Tilda, dilda yolg'iz kalima

Bolam deyman kuyib yonaman. Bolam deyman kuyib yonaman.

She'r yakuniga yaqin 2-boshlovchi qiz chiqib barcha she'r o'qigan kasb egalari tomon o'ng qo'lini ulargha ishora holida she'r o'qiydi:

Qay bir kasbda qanday mansabda Jasoratda erlardan o'tar

Ishlamasin bu ona Ibo hayo yo'l bermas xiyol

Pokiza u nasli nasabda Dilin faqat bir sog'inch o'rtar

Farzandiga mudom parvona. Bolam deydi dunyoda ayol.

Qizlar o'rinlarini egallaydilar. Davraga 1-boshlovchi chiqib, 2-boshlovchi yonidan joy oladi.

1- boshlovchi:

- Xalqimizda ayolni e'zozlagan millatning qadri hamisha baland bo'ladi degan ajoyib naql bor. Darhaqiqat, mamlakatimiz davlat va jamiyat qurilishida yil sayin xotin-qizlar faolligi oshib bormoqda. Bu esa millatimiz qadr qimmatini yuksaklikka ko'tarish emasmi?

2- boshlovchi:

- Istiqlol yillarida Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida xotin-qizlami har tomonlama qo'llab quvvatlash davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishlaridan biriga aylandi.

1- boshlovchi:

- Ha, albatta onalar salomatligini mustahkamlash, yosh avlod hamda oilalarni ijtimoiy himoyalash borasida tutgan va unda avvalgi yillarda boshlangan ezgu ishlar ko'plab xayrli chora tadbirlar ushbu yoshlar yilida ham davom ettirilib ajoyib loyihalar amalgam oshirilayotgani buni yorqin dalilidir.

2-boshlovchi:

- Yurtboshimiz tashabbusi bilan tas'is etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mamlakatimiz iqtidorli qizlarini aniqlash, qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, yangi marralar, yangi ijodiy yutuqlar sari da'vat etishda muhim omil bo'lmoqda.

1-boshlovchi:

- Buni birgina sportchi qizlarimizning vatanimiz sharafini jahon miqyosida munosib himoya qilayotganligi misolida ham yaqqol tasavvur etishimiz mumkin. Bundan tashqari ular ilm-fan ta'lim, sog'likni saqlash, ishlab chiqarish, san'at, adabiyot va boshqa ko'plab sohalar rivojiga qo'shayotgan hissalarini ham e'tirof etmay bo'lmas.

Shu o'rinda sportchi qizlarning chiqishlari tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

2- boshlovchi:

- Aziz davramiz mehmonlari. O'quvchi bolalar shoir G'.Gulomning "Onajonimga" she'rini yodlab kelishibdi. Uni bayram tuhfasi sifatida qabul eting.

1- o'quvchi: 2- o'quvchi:

- Mehri oftob bo'Igan - Yulduzni uzib beray

Har so'zi kitob bo'Igan Kundizni tuzib beray

Yog'u qaymoq murabbo Vatan axir chamanku

Oy kulcham shirin kulcham Kundizimsiz ham kecham

Jahon onajonimsan. Osmon onajonimsiz.

3-o'quvchi:

- Bag'ringiz fazga teng

Uchishni ham o'rgating

Vatanimday bebaho

Siz ko'rsating yo'l olay

Chaqmoq ko'kda uchganday.

1-boshlovchi:

- Qizlar ham bugungi tadbirimizga shoir Raif Tolibning "Oyi, oyijon" nomli she'rini yodlab kelishibdi. Qani marhamat.

1-qiz: 2-qiz:

- Oyi agar bo'lsaydim gul - Oyi oyi bo'lsam shamol Sevarmiz qizingizni? Qolmasdim hech izingizdan Ochilardim yonib yal-yal Sochingizni silar edim Quvnatardim ko'zingizni O'par edim yuzingizdan

3-qiz: 4-qiz:

Oyi-chi men yosh bo’lsam Oyi-oyi bo’lsaydim qush

Shu’la sochib boshingizdan Tong chog’lari sayrar edim

Termulardim tunlari ham Vaqtingizni etdim deb hush

Ketmas edim qoshingizdan Yayrar edim, yayrar edim

Shu o’rinda bir o’g’il, bir o’quvchi qiz ijrosida “Andijon polkasi” raqsi ijro etiladi.

2-boshlovchi:



- Shuning bilan Xalqaro xotin-qiziar kuniga bag’ishlab tayyorlagan "Hayotimizning guli, oftobi ayol!" deb nomlangan bayram tadbirimiz nihoyasiga etdi. Xayr. Sog’ va salomat bo’ling!

Tadbir yakunida "Bahor valsi" musiqasi taralib turadi.
Download 29.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling