Baxtimiz qomusi


Download 15.71 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi15.71 Kb.
#1439925
Bog'liq
8-dekabr bayram ertaligi ssenariysi


8-dekabr “BAXTIMIZ QOMUSI” bayram ertaligi ssenariysi
Zal siyosiy ruhda bezatilgan, sahnaga davlatimiz ramzlari ilingan. Zalga siyosiy ruh berib musiqa yangrab turibti.
Boshlovchi:
Assalom O’zbegim aziz Turonim,
Mustaqil diyorim O’zbekistonim
Kelajagi buyuk , ulug’ diyorsan
O’zing xon-u, ,said-u , o’zingga beksan
Bayraming , Qomusing muborak senga
O’z erking muborak, nomusing senga
Navbat – O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasiga
Assalomu alaykum aziz davramiz qatnashchilari, mehridaryo tarbiyachilar-u, jajji tarbiyalanuvchilarimiz. Bugun mustaqil yurtimizda katta tantana. 8-dekbr O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29-yilligini keng nishonlanmoqda . shu qatorda bizning tashkilotimiz tayorlov guruhi bolajonlari ham bu kunga o’zlarining ajoyib chiqishlarini tayyorlab kelganlar. Hozir navbatni tashkilotimiz direktori Ikromova Umida Raxmatovnaga beramiz marhamat.
Rahmat opajon samimiy tilaklar uchun.
Har bir mamlakatda shunday bir muhim kitob borki,bu kitobni Konstitutsiya deb ataydilar. Konstitutsiyada butun mamlakatga ham, alohida insonlarga ham tegishli bo’lgan muhim ma’lumotlar bor. Bizning O’zbekistonimizning ham shunday kitobi bo’lib , bu kitob O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi deb ataladi.
1991-yil 31-avgust kuni ona O’zbekistonimiz ozod, mustaqil Respublika deb e’lon qilindi. Davlatimiz o’z Konstitutsiyasiga, yeriga, chegarasiga,davlat tiliga, milliy valutasi so’mga, armiyasiga ega bo’ldi. 1992 — yil 8-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Konstitutsiyamiz olti bo’lim, yigirma olti bob,128-moddadan iborat. Bu kun bayram sifatida nishonlanadi, hamma dam oladi.
Aziz davramiz qatnashchilari hozirgi navbatni tayorlov guruhi bolajonlari tomonidan tayyorlab kelingan konstitutsiyamiz moddalariga qaratib tayyorlangan she’riy chiqishlarga beramiz. Marxamat.
Raxmat bolajonlar ajoyib she’rlar uchun. Darhaqiqat konstitutsiyamizning barcha har ir moddasi inson manfaatlari va uning qadrini baland qilish uchun qaratiladi.
Endigi navbatni bolajonlarimiz ijrosidagi ajoyib raqslarga beramiz

Boshlovchi - Tuprog’ingda jannat nafasi,


Sen bobomning orzu-havasi
Iftixorim yuksak: Vatatim-
O’zbekiston Respublikasi!
Tashkilotimizda bir qancha to’garaklar faoliyat yuritib kelmoqdalar, bu faoliyatlarning eng kata maqsadlari o’sib kelayotgan yosh avlodga kerakli bilmlarni va ezgu amallarni o’rgatish ularni chinakkam sog’lom va baquvvat , aqlan yetuk qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Xozir davraga tashkiltimiz to’garak a’zolari tomonidan tayyorlab kelingan chiqishlarga beramiz. Marhamat.
Rahmat bolajonlar. Kelajakda o’z o’rningizni topishda bu kabi sport vaaqliy o’yinlar sizlarga alohida kuch g’ayrat berishiga tilakdoshmiz. Barchangizga bugungi bayramingiz muborak bo’lsin deymiz. Shuning bilan bugungi tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. Barchangizga sog’lik va omonlik tilaymiz.

Bayram muborak aziz do‘stlar!



Bering bir ahamiyat,
Jamdir davlat, jamiyat,
Har modda yuksak niyat,
Bizning konstitutsiya!
Sakkizinchi dekabr,
Doim qilingay qadr,
Ozod Vatan haqdadir,
Bizning konstitutsya!
Bayroq nima, gerb nima,
Vatan nima, yurt nima,
So'ra undan tortinma,
Bizning konstititsiya!
Bizning konstitutsiya!
Har yurakka bo'lsin jo,
Shunday ozod Vatanda,
Tinchlik so'nmasin aslo.
Sportmi yo san'atmi,
Fan yo, madanyatmi,
Jamlar ma'naviyatni,
Bizning konstitutsiya!
Mustaqillik ne'matdir,
Qadrin bilgan Ahaddir,
O'qib o'rgansang baxtdir,
Bizning konstitutsiya!
Download 15.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling