Baxtiyor. Uz o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!


Download 67.63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.04.2020
Hajmi67.63 Kb.
#100134
Bog'liq
baxtiyor.uz-8-mart-bayramiga-sherlar-toplami


BAXTIYOR.UZ - o'quvchi va o'qituvchilar uchun eng yaxshi portal!

8-mart xalqaro xotin qizlar bayrami uchun she’rlar to’plami

O‘zbek ayoli

Chehrasidan oftob taft olar,

Alla aytsa, qushlar tin olar,

Qalbingizga muhabbat solar,

O‘zbegimning har bir ayoli.

Tinch bo‘lsin, der yer-u samoni,

Bolam, deya chekar jafoni,

Gullatishga qodir dunyoni,

O‘zbegimning har bir ayoli.

* * *


Ayоllаr оmоn bõlsin

Dаngillаmа uylаr qurdirаdigаn,

Qаrsillаtib tõylаr qildirаdigаn

Erlаrining sоqоlini,

xаr kuni qirdirаdigаn.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Shirin qilаr оshingni,

Zаxаr qilаr оshingni.

Tergin deyа tоshingni.

Og’ritsа xаm bоshingni.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Aytgаnini qilsа xаm,

Ustimizdаn kulsа xаm.

Begоnа duxilаrni,

Yuz metrdаn bilsа xаm.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Tur desаng õtirsа xаm ,

õtir desаng tursа xаm.

Kun bõyi pаrdоz qilib

Sаlоnlаrdа yursа xаm.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Jаxldа shimаrsа yeng,

Nаq enаmni kõrdim deng.

Tоqаti tоg’lаrgа teng.

Bilаgi Alplаrgа teng.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Bоzоrlаrdа yugurgаn.

Sаndiqlаrni tõldirgаn

Xаmmа ishgа ulgurgаn.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

Qudа tаnlаb qidirgаn.

Suymаgаnni suydirgаn.

Muqоm qilib kuldirgаn.

Kelinini kõndirgаn.

Ayоllаr оmоn bõlsin!

* * *


Siz аyоlsiz, shirin su’zli, mulоyim,

Lаtоfаtni bergаn sizgа Xudоyim.

Yuzingizdаn оy xаm bоqib uyааlаr,

Zuxrо yulduz hаvаs bilаn mo’rаlаr.

Muhаbbаtdа sаdоqаtli xаyоli,

Muqаddаssiz o’zbek qizi аyоli.

Siz аyоlsiz Mоmо Xаvо nаslidаn,

Ochilаsiz kelsа bаxоr fаslidаn.

Ishq bоg’idа yigitlаrni xаyоli.

Muqаddаssiz o’zbek qizi аyоli.

Sizgа оchiq jаnnаtning hаm eshigi,

Qo’lingizdа bаxtli hаyоt beshigi,

Allа аytib mehr ilа bоqаsiz,

Murg’ak qalbga oq sut bo’lib oqasiz.

Dаrdgа mаlhаm bo’lgаn mehri giyоli,

Muqаddаssiz o’zbek qizi аyоli.

* * *

Qizlarimiz bayramingiz bilan!



Sokin tunda bezovta qilib,

Eng qiygilar safida bo'lib.

So'zlarimni guldasta bilish,

Deyman qizlarimiz bayramingiz bilan!

Quvonaman yahudiyam,

Quvonchizdan quvonar olam.

Garchi gullar tutolmasam ham,

Deyman qizlarimiz bayramingiz bilan!

Bu sherni mehrimni parchash dedim,

Har kim misrasini aytadi.

Tabriklayman sizni azizim singlim,

Deyman qizlarimiz bayramingiz bilan!

Sizga tilaklari hali ko'p bisyor,

Baxtingiz gullasin o'ynoqi bahor.

Ko'nglizda qolmasin zarracha g'ubor,

Deyman qizlarimiz bayramingiz bilan!

Bu sizga juda katta sovg'amalar,

Balki bu butun sovg'a ham emas.

Bilaman baribir keyingi quvonas,

Deyman qizlarimiz bayramingiz bilan!

* * *

Tomirimni tirnar ko`hna savollar,



Yuragimda gullar shirin xayollar,

Ey siz o`zbekoyim, oftobjamollar,

Men oftobga alishmagan ayollar.

Millatning ertasi, millatning nasli,

Siz atir nafasli, siz rayhon sasli,


Ketmas bo`lib kelgan bahorsiz asli.

Men oftobga alishmagan ayollar.

* * *

Husn-u malohatning tengsiz timsoli,



Farzand baxtin ko’rish o’y-u xayoli.

Farishtaga o’rnak oydek jamoli,

Aziz mukkaramsan-o’zbek ayoli.

 Sen uchun farzandning baxti bo;lsa bas

O’tkinchi dunyoni qilmaysan havas.

 Har kiygan libosing malaklarga xos

Muqaddas, azizsan- o’zbek ayoli.

 Sen uchun boshimiz egikdir mudom,

Sen uchun yurakda,dilda ehtirom,

Nomihg aytsam,jaranglar bir nom

Aziz va munissan-o’zbek ayoli.

* * *


Alisherning onasi

Bilmam qanday ayol bo’lgan

Alisherning onasi

Balki unung aqliga ham

Lol qolgan zamonasi.

Balki uning ko’zlarida

Bo’lgan og’ir bir hayol.

Balki g’amgin bir zotdir u,

Balki sho’hchan bir ayol.

Balki buyuk farzandiga

Terib kelgan chechaklar.

Balki tunlar unga bedor

Aytib bergan ertaklar.

Mayliga, u kim bo’lmasin,

Yolg’iz bir so’z ma’nosi:

Alisherning onasi u,

Navoiyning onasi.


* * *

Deydilarki, Bu olam ichra

qolsa hamki bir dona ayol,

Zargar zoti kunduzu kecha.

Bezagini etarmish xayol.

Beshik emas, dunyo tebratgan,

Qo`llaringni o`psak bo`lur oz.

Oyohlaring ostida erkan.

Jannat degan eng oliy E'zoz.

* * *


Shafqatsiz hayotni qildim tasavvur,

Kolumbdek yer yuzin kezib piyoda,

Ollohga behisob qilaman shukr,

Onamning borligi uchun dunyoda.

Ko`nglimda shoirlik, o`tli muhabbat,

Farzandlik tuyg`usin qalban anglayman.

Zangor xayolimda bir oliy ne'mat,

Onajon she'r bo`lib men jaranglayman.

* * *

Deydilar qahrli bahodirlar ham,



Janglarda jon berar chog`i mardona.

Behad azoblarga chidab so`nggi dam.

Bitta so`z dermishlar shivirlab Ona.

Ulug` bir donishmand olamni sharqlab.

Axiyri tanibdi tuqqan elini,

Zabon baxsh etganga, ehtirom saqlab,

Ona deb atabdi, ilk bor tilini.

Dunyo shoirlari vatan sha'niga.

Sifat axtarmishlar qator va qator.

Nihoyat kelmishlar bitta ma'niga.

Ona vatan deya bitmishlar ash'or.

Bisyor bo`lsa agar bol ham beqadr.

Takror aytilganda rangsizdir kalom.

Bu yoruh olamda Vatan bittadir.

Bittadir dunyoda Ona degan nom.

* * *


Xonim deymu yo erkam, jonim,

Begim deymu yo deymu bonu.

Ayol otlih buyuk jahonim,

Sen men uchun abadiy yog`du.



       Oyim deymu yoqud quyoshim,

Barcha sifat ojiz qarshingda.

Sening bilan ko`kdadir boshim,

Sen porlaysan ko`ngil arshimda.

* * *

       Assalom onajon- jondan azizim,



       Bahringiz gulbahor, mehringiz quyosh.

Sizga dildan hurmat, tazarru, ta'zim,

qalbimga ham ohang mehribon sirdosh.

Muhtaram onajon, ruhimdagi jon,

Siz umrim chirog`i, tiriklik boshi.

Siz bilan nurafshon jumlai jahon,

Siz hayotning buyuk bir sabr bardoshi.

* * *


Qorong`i kechada ko`kka ko`z tikib,

Eng yorug` yulduzdan seni so`raymen.

Ul yulduz uyalib, boshini bukib,

Aytadir: "Men uni tushda ko`raman.

Tushimda ko`ramen, shunchalar go`zal.

Bizdan-da go`zaldir, oydan-da go`zal.

 

Ko`zimni olamen oy chiqqan yoqqa,



Boshlaymen oydan-da seni so`rmoqqa,

Ul-da aytadirki: "qizil yonoqqa.

Uchradim tushimda, ko`milgan oqqa.

Oqqa ko`milganda shunchalar go`zal,

Mendan-da go`zaldir, kundan-da go`zal!.."

 

Erta tong shamoli sochlarin yozib,



Yonimdan o`tganda so`rab ko`ramen.

Aytadir: "Bir ko`rib, yo`limdan ozib,

Tohu toshlar ichra istab yuramen!.

Bir ko`rdim men uni : shunchalar go`zal!.."

Oydan-da go`zaldir, kundan-da go`zal.

 

Ul ketgach kun chiqar yorug`lik sochib,



Undan-da so`raymen sening to`g`ringda.

Ul-da uyatidan berkinib, qochib,

Aytadir: "Bir ko`rdim, tushdamas o`ngda.

Men o`ngda ko`rganda shunchalar go`zal,

Oydan-da go`zaldir… mendan-da go`zal!

* * *

Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo`ldi,



Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo`ldi,

Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo`ldi,

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Avval kelib, quchog`ingga to`l, balq dedilar,

Unamading ayol asli ters xalq dedilar,

Yetolmagach yuz o`girib, sho`r taxt dedilar,

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Talpinasan astagina va qo`yasan bosh,

Mingyillikdir ko`zlaringda jovdiragan yosh,

Gunihkorlar mingu bitta, senga tegar tosh,

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Chorlashganda jim kelsang-da, bekor kelsang-da,

Mast davraga xor kelsang-da nomardlarga zor kelsang-da,

Xor kelsang-da nomardlarga xor kelsang-da,

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Aslida bor ermaklarning borar yeri sen,

Yaxshi-yomon ertaklarning borar yeri sen,

Asov otdek erkaklarning borar yeri sen,

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

Harir, xushbo`y badaningda toshlar izi bor,

Ko`kragingda egilgan ne boshlar izi bor,

Quyosh o`ti kuydirgan ne quyoshlar izi bor,

Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol.

* * *


Sen bir chechakmiding bogda ochilgan,

Yoki bir libosmi, bahtga bichilgan,

Dunyoga ezgulik sen-la sochilgan,

Men seni azizam deyinmi ayol?

Sen uchun yozildi qancha qo'shiqlar,

Ortingdan ovvora qancha oshiqlar,

Qoshingda eridi toshdan qattiqlar,

Men seni azizam deyinmi ayol?

Seni haq yo'lingdan toydirguchi ko'p,

So'ng esa mish-mishlar yoydirguchi ko'p,

Ba'zida joningdan to'ydirguchi ko'p,


Men seni azizam deyinmi ayol?

Erta saharlarda uyqudan kechib,

Dalaga otlanding, bolang opichib,

Tog kelsa kemirding, suv kelsa ichib,

Men seni azizam deyinmi ayol?

Ba'zi erkaklarda qolmadi imon,

Er-hotin qo'sh-ho'kiz desalar-yolgon,

Qo'shni endi yolgiz tortasan giryon,

Men seni azizam deyinmi ayol?

Joying poygak bo'ldi, doim, to'r emas,

Mehnating, zahmating oshkor, sir emas,

Joningni dedilar qirqta, bir emas,

Men seni azizam deyinmi ayol?

Yurakda qoldirding o'chmaydigan iz,

Dunyoda tushunding sen meni yolgiz,

Mayliga desinlar meni "feminist",

Men seni azizam deyinmi ayol?

Sen mening singlimsan, opam yo onam,

Yoki bir kelinchak, yoki bir sanam,

Senga qurbon bo'lsin bu jon, bu tanam!

Men seni azizam deyinmi ayol?

Ozgina yumshadi bugun tosh diydam,

Sutingiz hurmati, aziz volidam,

Ayolga bitildi ushbu qasidam,

Men sizni azizam deyinmi ayol?

* * *


Tunda beshigini quchguncha ayol

Farzandiga alla aytar,ko'zda yosh.

Oh allamikan yoki ayolning dardi?,

Osmon ham yig'ladi,berolmay bardosh!

Neni kuylamoqda-bu munis ayol?

Yeru-ko'kning bag'rin solib larzaga.

Jangchi yorin kutib, surguncha hayol,

Gohida nigohin tikar derazaga.

Shu asnoda ayol kutar yorini

Tiq etgan tovushga tutgincha quloq

Birgina diydorga atab jonini,

O'z-o'ziga berar javobsiz so'roq..

-Mana bahor keldi,bodom gulladi

Necha fasllarni o'tkazdim sensiz.

Sog'inchdan!bu ko'zlar yig'lab to'ymadi


Qaydasan,holing ne kechyapti mensiz?...

* * *


- Sendan yuksak nima bor, yulduz?

- Ona mehri.

- Sendan keskin nima bor, olmos?

- Onalar qahri.

- Qayerdan olding otashni, quyosh?

- Ona qalbidan.

- Po`lat, qayerdan senga zo`r bardosh?

- Ona zarbidan.

- Senmi, ko`klam, hayotbaxsh fasl?

- Yo`q, ona izi.

- Senmi, totli, shifibaxsh asal?

- Yo`q, ona so`zi.

- Dengiz, nedir kenglika tanho?

- Ona og`usi.

- Sendan shaffof ne, tongi ziyo?

- Ona boqishi.

- Yaratgusi senmi, tabiat?

- Yo`q, yo`q, onalar.

- Baxt bitguvchi senmisan, hayot?

- Yo`q, yo`q, onalar...



* * *

Download 67.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling