Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi O‘ta- 403 7-amaliy mashg‘ulot


Download 46.5 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi46.5 Kb.
#159833
Bog'liq
403.Baxtiyorova Husnora (1)


Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi

O‘TA- 403
7-amaliy mashg‘ulot


  1. Quyidagi tavsifnoma matni bilan tanishing hamda o‘zinggizga tavsifnoma yozing.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti

4-bosqich talabasi, 1998-yilda

tug‘ilgan, millati o‘zbek, oliy ma’lumotli,

Baxtiyorova Husnora Muzaffar qiziga

TAVSIFNOMA

Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi 2013-yil Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar 95-umumiy o‘rta ta’lim maktabini imtiyozli tugatgan. 2013-yil QDU qoshidagi Shahrisabz akademik litseyiga imtiyozli o‘qishga qabul qilingan. 2016-yilda litseyning Ijtimoiy-filologiya yo‘nalishini tamomlagan. 2017-yil Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan. Hozirda shu universitetning 4-bosqich talabasi.

U o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, intizomli hamda izlanuvchan, talaba.

Biz, Baxtiyorova Husnora Muzaffar qizi mahoratli pedagog va ilmiy faoliyatga layoqatli talaba sifatida bilamiz. Uning kelajakda pedagogik va ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishishiga ishonamiz.

O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti dekani L.Roupova

O‘zbek adabiyotini o‘qitish kafedrasi mudiri M.Abdullayeva

2020-yil 17-avgust


  1. Quyidagi berilgan so‘z va so‘z birikmalaridan foydalanib guruhdoshingizning o‘z ishiga munosabatini yorituvchi tavsifnoma matnini tayyorlang.

Aqlli, keng mushohadali, mehnatsevar, tashabbuskor, ishni o‘z vaqtida bajaradigan, ongli, dunyoqarashi keng, siyosiy yetuk, o‘ziga talabchan, o‘rtoqlariga mehribon, o‘z ishini yaxshi biladigan, intizomli ...

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti

4-bosqich talabasi, 1999-yilda

tug‘ilgan, millati o‘zbek, oliy ma’lumotli,

Usmonova Shaxlo Zayniddin qiziga



TAVSIFNOMA

Usmonova Shaxlo Zayniddin qizi 1995-yilda Toshkent viloyatida ziyoli oilada tug‘ilgan. 2012-yil Nizomiy qoshidagi Toshkent shahar 2-sonli akademik litseyni imtiyozli tamomlagan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakultetida o‘qiydi.

U aqlli, keng mushohadali, mehnatsevar, tashabbuskor, ishni o‘z vaqtida bajaradigan, ongli, dunyoqarashi keng, siyosiy yetuk, o‘ziga talabchan, o‘rtoqlariga mehribon, o‘z ishini yaxshi biladigan, intizomli, o‘qishga qiziqishi va jamoat ishlarida faolligi bilan ajralib turadi.

Men, Usmonova Shaxlo Zayniddin qizini mahoratli pedagog va ilmiy faoliyatga layoqatli talaba sifatida bilaman. Uning kelajakda pedagogik va ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishishiga ishonaman.

Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(Phd) H.Jo‘rayeva


  1. Guruhinggizda na’munali xulqi, O‘qish va jamoat ishlarida ijobiy ishlari bilan o‘zini ko‘rsata olgan guruhdoshingizni sinf sardorligiga tayinlanish uchun tavsiyanoma yozing.

Tavsiyanoma

Men Iskandarova Shahloni 2017-yildan beri yaqindan taniyman. 2017-yildan boshlab Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili, adabiyoti universitetida birga o‘qiymiz. Bu davr ichida uning ilmiy qobiliyati, jamoat ishlarida faolligi va shaxsiy fikrga ega ekanligi bizga ma’lum bo‘ldi.

Iskandarova Shahlo intizom va qat’iyatliligi bilan jamoada obro‘ qozongan. Universitet ilmiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelmoqda.

Shu sababli men Iskandarova Shahloni guruh sardori sifatida tayinlash uchun tavsiya qilaman.

(imzo) Husnora Baxtiyorova

2019-yil 18-fevral



  1. Quyidagi ma’lumotnoma matni bilan tanishing. Tushurib qoldirilgan o‘rinlarni to‘ldiring.

TKTI ma’naviy va axloqiy tarbiya

ishlari bo‘yicha prorektor

dots. M.H Karaxodjayevaga

Yotoqxonada yashovchi talabalardan

tushgan shikoyatlar haqida

M A’ L U M O T N O M A

2007-2008 o‘quv yilining ikkinchi yarmida talabalar turar joyida yashovchi 324 ta talabadan 56 ta ariza va shikoyat kelgan. Bulardan 34 tasi ariza va 12 tasi shikoyat xatidan iborat.

Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so‘rab yozilgan bo‘lib, bu ehtiyojlar o‘z vaqtida qondirilgan. Shikoyatlardan 10 tasi ko‘rib chiqildi, 2 tasi ko‘rish jarayonidadir. Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoidalariga muvofiq tarzda ko‘rib chiqiladi.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy

harakati shu’ba raisi _________ B. Mahkamov

_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


  1. Quyidagi berilgan so‘z va so‘z birikmalaridan foydalanib guruhdoshingizning o‘z ishiga munosabatini yorituvchi tavsifnoma matnini tayyorlang.

Aqlli, keng mushohadali, mehnatsevar, tashabbuskor, ishni o‘z vaqtida bajaradigan, ongli, dunyoqarashi keng, siyosiy yetuk, o‘ziga talabchan, o‘rtoqlariga mehribon, o‘z ishini yaxshi biladigan, intizomli ...

________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

  1. Guruhinggizda na’munali xulqi, O‘qish va jamoat ishlarida ijobiy ishlari bilan o‘zini ko‘rsata olgan guruhdoshingizni sinf sardorligiga tayinlanish uchun tavsiyanoma yozing.

____________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________

  1. Quyidagi ma’lumotnoma matni bilan tanishing. Tushurib qoldirilgan o‘rinlarni to‘ldiring.


TKTI ma’naviy va axloqiy tarbiya

ishlari bo‘yicha prorektor

dots. M.H Karaxodjayevaga

Yotoqxonada yashovchi talabalardan

tushgan shikoyatlar haqida

M A’ L U M O T N O M A

2007-2008 o‘quv yilining ikkinchi yarmida talabalar turar joyida yashovchi 324 ta talabadan 56 ta ariza va shikoyat________. Bulardan 34 tasi ariza va 12 tasi shikoyat ________________.

Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so‘rab yozilgan bo‘lib, bu ehtiyojlar o‘z vaqtida qondirilgan. Shikoyatlardan 10 tasi ______________, 2 tasi ko‘rish jarayonidadir. Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoidalariga muvofiq tarzda________________.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati shu’ba raisi _________ B. Mahkamov



Download 46.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling