Bayonnomasi №1 Qatnashdilar
Download 299.42 Kb.
|
1-Axborot soati Mamashayeva Hilola
20-20ТМО, Abrorjon Baratov, 1548792.ru.uz, BOSHLANG’ICH SINFLARDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR, O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISH USULLARI VA SHAKLLARI, 010c4196-c13d-4c19-b340-6da28211b1b6, didaktik,. doc, didaktik,. doc, E va S1 Chizmalar, 2-amaliy vazifa, Labaratoriya, 1665120108, 1663576146 (4), MUSTAQIL ISH YUZI, natija
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kun tartibidagi masalalar
- “Yangi O‘zbekiston - xalqchil va insonparvar davlat”
- Dars davomida
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti maxsus pedagogika yo‘nalishi DFT 20/1, 20/2, 20/3 DFT 22/3, 22/4, -guruh talabalari bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” mavzusida o‘tkazilgan Axborot va murabbiylik soati 08.09.2022 yil BAYONNOMASI № 1 Qatnashdilar: Pedagogika fakulteti maxsus pedagogika yo‘nalishi DFT 20/1, 20/2, 20/3 DFT 22/3, 22/4, -guruh talabalari, Pedagogika fakulteti t’yutori: Mamashayeva Hilola Avazovna Kun tartibidagi masalalar: Mamashayeva Hilola Avazovna mavzu boshlashdan oldin Institut ichki tartib, qonun-qoidalari va kiyinish madaniyati darslarga o‘z vaqtida kelishni tushuntirib o‘tildi. Pedagogika yo‘nalishi DFT 20/1, 20/2, 20/3 DFT 22/3, 22/4-guruh talabalari, Pedagogika fakulteti t’yutori Mamashayeva Hilola Avazovna tomonidan mavzu slaydlar shaklida tanishtirildi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 31 yil to‘ldi. Mustaqillik xalqimiz uchun o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, qadr-qimmatini anglab, munosib hayot kechirish, yurtimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish imkoniyatini yaratdi. Ayni paytda u har bir odamning iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarishining mustahkam zaminidir. Mustaqillik yillarida ko‘hna tariximiz, boy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, muqaddas dinimiz, urf-odat va an’analarimiz qayta tiklandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi. Shu o‘rinda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi maqsad va vazifalari slayd orqali tushuntirib o‘tildi. Mamlakatimiz mutaqilligining 31 yilligini nishonlash arafasida, o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tilgan murakkab yo‘limizga yana bir bor nazar tashlash, mustakil taraqqiyotimiz davomida amalga oshirilgan ishlar, erishgan natijalarni xolisona baxolash va ularning moxiyati va ahamiyatini keng jamoachilik, butun xalqimizning ongi shuuriga yetkazish maqsadga muvofiqdir. Vatanimizning taqdiri va kelajagi bilan boglik ustuvor masalalarni hal etishda keng jamoatchilik, har qaysi fuqaroning fikri biz uchun o‘ta muhimdir. Shuningdek, yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning, butun xalqimizning farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan “Yangi O‘zbekiston - xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasini amalga oshirishga alohida ehtibor qaratilmoqda. Shu asosda mahalliy boshqaruv organlarining joylarda muammolarni hal etishdagi roli va mashuliyati yanada kuchaytirilmoqda. Buning uchun davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga o‘tkazilmoqda. Insonparvarlik - bu insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi tug‘risida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida gamho‘rlik qilishni ifodalovchi g‘oyadir. Ushbu goyaning mohiyatiga ko‘ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borlik insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g‘amxo‘rlik insonparvarlikning asosiy masalasidir. Insonparvarlik g‘oyalari uzoq tarixga ega. Ular baxt-saodat va adolatga erishish orzulari tarzida qadimdan xalq ogzaki ijodida, adabiyotda, diniy va falsafiy tahlimotlarda o‘z aksini topib kelmoqda. Dars davomida 22/4 guruhdan To’rayeva Jasmina,Nuriddinova Madinalar mavzu haqida o‘z fikrlarini bildirdilar va ularni qiziqtirgan savollariga javob berildi. Dars qiziqarli savol-javob tarzda o‘tdi. Guruh tyutori: Mamashayeva Hilola Avazovna Download 299.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling