Bayrog’imiz faxrimiz mavzusidagi tadbir 11-b sinf Sinf rahbari: Temirova Z


Download 0.63 Mb.
Sana24.11.2021
Hajmi0.63 Mb.
#176979
Bog'liq
Bayrog’imiz faxrimiz mavzusidagi tadbir

Bayrog’imiz faxrimiz mavzusidagi tadbir 11-b sinf

Sinf rahbari: Temirova Z

O'zbekiston bayrog'i

  • Qalbimiz to‘la surur, To‘tiyo yurt tuprog‘i, Hilpirab turar mag‘rur, O‘zbekiston bayrog‘i. Rangi hayot misoli, Yulduzlari hiloli, Mustaqillik timsoli, O‘zbekiston bayrog‘i. Iftixor dilimizda, U yo‘ldosh yo‘limizda, Yuksalar qo‘limizda, O‘zbekiston bayrog‘i. Gumbazlarda, yuksakda, Peshtoqlarda, falakda, Ko‘ngillarda, yurakda, O‘zbekiston bayrog‘i. Rangi hayot misoli, Yulduzlari hiloli, Mustaqillik timsoli, O‘zbekiston bayrog‘i.

O’ZBEKISTON BAYROG‘I

  • Har qanday lashkarning ham O’z tug‘i, yalovi bor, Sen qaysi saltanatdan, Sen qaysi davlatdan kam. Qo‘rg‘onlar qatorida Bir qo‘rg‘onsan ustuvor, Vallamat, tug‘dor yurtim, Muhtasham Respublikam. O’ylayman, ha, olamda Nisbiy erur ko‘p holat, Zamona g‘alviridan Har narsa o‘taverar. Tarix uchun va lekin Kim ham bergay kafolat, Yakka inson bir yo‘lchi: Kelaru ketaberar.

O’ZBEKISTONIM, SENGA

  • Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga, Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga. Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni, Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga. Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng, Bir umrga lek barobardir kerak onim senga. Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing, To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga. Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim, Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga. Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim, Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga. Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun, Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling