Bbi-80 guruh o'quvchisi Jumanazarov Javlonbekning "Iqtisodiyot nazariyasi" fanidan 3-topshiriqqa javoblari


Download 35.5 Kb.
Sana10.11.2020
Hajmi35.5 Kb.
#143503
Bog'liq
nazariya3


BBI-80 guruh o'quvchisi Jumanazarov Javlonbekning "Iqtisodiyot nazariyasi" fanidan 3-topshiriqqa javoblari

1. Test


  1. D

  2. B

  3. B

  4. D

  5. C

  6. B

  7. C

  8. D

  9. B

  10. B

  11. B

  12. D

  13. C

  14. B

  15. B

  16. B

  17. C

  18. C

  19. B

  20. B

  21. C

  22. C

  23. D

  24. D

  25. D

  26. D

  27. B

  28. A

  29. D

  30. C

2. Savollarga javoblar

1.Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‘zga ko‘ringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel shuningdek, qadimgi Misr, Xitoy, Hindistonva Markaziy Osiyo muttafakkirlari qarashlarida ham uchraydi. Qadimgi Hindis￾tonning «Manu qonunlari»da (bizning eramizgacha IV-III asr) ijtimoiy mehnat taqsimoti, xukmronlik va qaramlik munosabatlari mavjud bo‘lishi qayd qilingan. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari xususan Konfutsiy (bizning eramizgacha 551-479 y.y.) asarlarida aqliy va jismoniy mehnatning farqlari ko‘rsatiladi, bunda birinchisi jamiyat ―yuqori qatlamlari, ikkinchisi asosiy qismi qullardan iborat bo‘lgan «oddiy kishilar» ga tegishli bo‘lishi ko‘rsatilgan.

Iqtisodiy qarashlarning yanada rivojlanishiga qadimgi Gretsiya mutafakkirlari munosib hissa qo‘shgan, Ksenofont (430-354 y.y.,), Platon (427-347 y.y. e.o), Aristotel (384-322 y.y. e.o.) qarashlarini hozirgi zamon iqtisodiy fanining bosh￾lang‘ich nazariy nuqtasi sifatida tavsiflash mumkin. Bu ularning xo‘jalik ne‘matlari asosi hisoblangan naflilik to‘g‘risidagi, ne‘matlarni to‘g‘ri ayriboshlash, ekvivalent ayriboshlanishi va boshqa shu kabi qarashlariga tegishli.

Qadimgi Rim mutafakkirlari (S.Katona, Varrona, Kalumella) iqtisodiy qarashlarida qulchilikning mavjud bo‘lishi asoslanadi, tabiatan barcha kishilar tengligi qayd qilinadi, adolatli narx printsiplari, mehnat mahsulotlarini ijtimoiy baholash, mulkchilik tushunchasi, boylik va boshqa shu kabilarga o‘z fikrlarini bayon qilinadi.

Aristotel birinchilardan bo‘lib tovarning xususiyatini ko‘rsatib, ayriboshlash nisbatini asoslaydi, pulning kelib chiqishi va vazifalariga o‘zining qarashlarini bayon qiladi. Iqtisodiyot nazariyasi fani ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda dastlab «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.

Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politiko»–ijtimoiy, «oykos»-uy xo‘jaligi, «nomos»–qonun, ya‘ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari degan ma‘noni bildiradi. Bu «iqtisod» tushunchasiga yaqin bo‘lib u ilmiy bilishning aniq sohasini va yaxlit iqtisodiy munosabatlarni anglatadi. Frantsuz iqtisodchisi Antuan de Monkreten birinchi marta «Siyosiy iqtisod traktati» (1615 y.) nomli asarida, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.

2. Iqtisodiy fan shakllanishi jarayonida bir qancha g‘oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib ko‘payadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi «merkantilizm», (italyancha merkante - savdogar) deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi (pul, oltin) savdoda, asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi, ko‘payadi, faqat savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqalari esa unumsizdir, deb tushuntiradi. Boshlang‘ich merkantalizm (XIV asr oxiri XVI asr o‘rtalari) monetar tizim deb nomlanib, uning asosiy sharti puI (oltin, kumush)ni mamlakatda ushlab qolish hisoblangan. Keyingi merkantalizm (XVII asr-XVIII asr boshlari) tashqi savdo rivojlanishi va umuman iqtisodiy rivojlanishga pulni tashqariga chiqarishni taqiqlash to‘siq bo‘lishini anglashgan.

«Fiziokratlar» merkantalistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdi. «Fiziokratiya» grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, ma‘nosi «tabiat hukmronligi» degan ma‘noni anglatadi. Bu maktab dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada keng yoyilgan. Frantsiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Kene (1694-1774) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha «sof mahsulot» vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi. Fiziokratlar iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlari kabi tabiiy, ular o‘ylab topilmaydi balki ularni bilish va talabiga bo‘ysunish zarur deb hisoblaydi.

XVII-XVIII asrda Angliyada iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish A.Smit, D. Rikardolar tomonidan boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilishini isbotlab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va aholi turmush farovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivoj￾lanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular ob‘ektiv qonunlar asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi.

Shuningdek yana bir qator iqtisodiy oqimlar ham mavjud bo'lgan: marksizm, marjinalizm, neoklassik makatab va boshqalar.

3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti - iqtisodiy resurlar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida iqtisodiy vosita va ne'matlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini yoki kishilarning iqtisodiy xatti-harakatini o'rganishdan iborat.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi cheklangan iqtisodiy resurlardan foydalanishning muqobil variantlaridan eng samaralisini topish orqali jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to'laroq qondirib borishning nazariy va amaliy muammolarini tadqiq qilishdan iborat.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining vazifasini ikki tomondan, ya‘ni ham amaliy va ham nazariy tomondan tushuntirish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mohiyatini, iqtisodiy qonunlar va iqtisodiy tushunchalarning mazmunini yoritib ilmiy bilish vazifasini bajaradi.

Fanning amaliy vazifasi cheklangan resurslardan samarali foydalanib, ularning har birligi evaziga ko‘proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni ta‘minlash, har bir faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya‘ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo‘llarini topishga qaratiladi. Bu vazifa yaratilgan nazariyalar va ilmiy qarashlarni real amaliy hayotga joriy qilib borishni ham o‘z ichiga qamrab oladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining qayd qilingan amaliy va nazariy vazifalari bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi.

Iqtisodiyot nazariyasi aniq iqtisodiy fanlar uchun nazariy asos hisoblanib, ularga uslubiy vazifani ham bajaradi. Aniq iqtisodiy bilim nazariyalarga asoslanib o‘zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatlarda ratsional qaror qabul qilishni mustaqil amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Iqtisodiyot nazariyasi bashorat qilish vazifasi orqali jamiyat va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining istiqbollarini ilmiy asoslab beradi.

4. Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib, uning iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar:

- iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda bo‘lgan, o‘zaro ta‘sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, iborat yaxlit bir tuzilma deb hisoblanadi;

- iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi;

- iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga olinadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:

Ilmiy abstraktsiya usuli – voqea va hodisalar tahlili paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e‘tibordan chetlashtirilib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgisiga e‘tiborni qaratishdir.

Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir.

Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy o‘zaro ta‘siri asosida xulosalar chiqarishdir.

Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda ham tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo‘yadi. Chunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ro‘y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‘lanishlari orqali ham tahlil qilinadi.

Induktsiya va deduktsiya usuli. Induktsiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni anglatsa, deduktsiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi.

Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real hayotdagi holatini qanday bo‘lsa shu holicha aks ettiradi. Normativ usul hodisa va jarayonlarningqanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir.

5. Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi.



Ehtiyojlar qondirilish zaruriyatidan kelib chiqib birlamchi – eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan ehtiyojlar mavjudligi qayd qilinadi.

Ehtiyojlar sub‘ektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umumjamiyat ehtiyojlariga bo‘linadi.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling