Behi (Cydonia oblonga Mill.) raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. B. ning Ozarbayjon, Dogʻiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan


Download 1.56 Mb.
Sana07.03.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1243915
Bog'liq
behi

  • Behi (Cydonia oblonga Mill.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub mevali daraxt yoki buta. B.ning Ozarbayjon, Dogʻiston, Turkmaniston, Eronda yovvoyi turlari uchraydi, turk tilida ayva nomi bilan yuritilgan. Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida "avya" shaklida tilga olingan. B. Kavkaz, Oʻrta Osiyo, Qrim, Ukrainaning jan. hamda Astraxon viloyatida keng tarqalgan. Oʻzbekistondagi B.zorlarning 80% Fargʻona vodiysida. Balandligi 5–6 m, shoxshabbalari piramida shaklida, baʼzan tarvaqaylab oʻsadi. Bargi oddiy, yashil, cheti butun. Gullari yakka holda, oq yoki och pushti, aprelda gullaydi.
  • Koʻchati oʻtqazilgach, 3—4 yili hosilga kiradi, 30—40 yil yashaydi. Katta yoshdagi daraxtlari oʻrtacha 60— 70 kghosil beradi. Mevasi sentabr—okt. oylarida uzib olinadi; vazni, naviga qarab 150—500 g. B. mevalari limon rangda yoki toʻq sariq, tuk bilan qoplangan; yetilganda tuki toʻkilib ketadi, xushboʻy. Yangi uzilgan mevasi kam isteʼmol qilinadi. B. entomofil (hasharotlar bilan changlanadigan) oʻsimlik.
  • B. tarkibida 74,7—83,5% suv, 8,5— 15,2% qand, 0,2—1,5% kislota bor, shuningdek oshlovchi moddalar va tosh hujayralar boʻladi. Mevasi dagʻal boʻlib, uzoq saqlangandan keyin tosh hujayralar yumshab qoladi. B.dan murabbo, kompot, marmelad, sukat, qiyom, jem tayyorlanadi, ovqatga (koʻpincha palovga bosiladi) ishlatiladi.
  • B., asosan, payvandlab koʻpaytiriladi, koʻchati 6×6 yoki 5×5 m sxemada oʻtqaziladi. B.ning koʻpchilik navlari nokka payvandtag boʻla oladi; unga ulangan nok pakana boʻladi. B. issiklik va namlikka talabchan. Sugʻoriladigan unumdor tuproqlarda, shuningdek shoʻri kam yerlarda yaxshi oʻsadi. Oʻsuv davrida tuproq sharoitiga qarab 3—8-marta sugʻoriladi.
  • Behi asosan, payvandlab koʻpaytiriladi, koʻchati 6×6 yoki 5×5 m sxemada oʻtqaziladi. B.ning koʻpchilik navlari nokka payvandtag boʻla oladi; unga ulangan nok pakana boʻladi. B. issiklik va namlikka talabchan. Sugʻoriladigan unumdor tuproqlarda, shuningdek shoʻri kam yerlarda yaxshi oʻsadi. Oʻsuv davrida tuproq sharoitiga qarab 3—8-marta sugʻoriladi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling