«Bekinmachoq» o‘yini


Download 7.39 Kb.
Sana23.06.2023
Hajmi7.39 Kb.
#1652371
Bog'liq
Bekinmachoq




«Bekinmachoq» oyini.
O‘yinda taxminan 10 ga yaqin bola qatnashadi.O‘yin sanash yo‘li bilan:1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 — ketdi, debboshlanadi.«Ketdi» so‘zi qaysi qatnashuvchiga to‘g‘ri kelsa, shu bola ko‘zlarini berkitib turadi. Qolgan o‘yinchilar esa xohlagan joylariga berkinadilar.Ko‘zi ro‘mol bilan bog‘langan bola «bo‘ldimi, bo‘ldimi?» deb so‘raydi. Yashiringan bolalarning birontasi«bo‘ldi», deb javob beradi. Shundan keyin u bolalarni qidirib ketadi. Shu vaqt bolalar payt poylab, birin-ketin marraga yuguradilar. Qidiruvchi ularni quvlaydi. Agar yashiringan o‘yinchilardan birortasi marraga qidiruvchidan oldin yetib kelsa, «yetdim» deb qichqiradi. Quvlayotgan qidiruvchi yashiringan bolalarga yetib kelib, qo‘lini tekkizsa, «qo‘l tegdi, tutdim», deb to‘xtatadi. Oxirgi ushlangan bola ko‘zini berkitadi, ya’ni yumib turadi. Quvlagan bola yashiringan o‘yinchilarning birortasini ham tuta olmasa, qaytadan ko‘zini bog‘lab turadi va o‘yin boshqatdan boshlanadi

Download 7.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling