Bekobod shahar


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
Sana11.01.2020
Hajmi0.95 Mb.

 

 

 

 

 

Bekobod shahar  

3-umumta’lim maktabining  

boshlang’ich sinf o’qituvchisi  

Aminova Munavvarning  

Ona tili fanidan bir soatlik ochiq 

DARS ISHLANMASI  

 

 

 

 

 

 

 

Mavzu: So’z yasovchi va so’zlarni o’zaro bog’lovchi 

qo’shimchalar. 

 

 

 

 

Maqsadlar:  

 

Ta’limiy:  O’quvchilarning  egallagan  bilimlarini 

mustahkamlash, ularni so’z yasovchi va so’zlarni o’zaro 

bog’lovchi  qo’shimchalarni  bir-biridan  farqlay  olishga 

o’rgatish.  Bu  qo’shimchalar  ishtirokida  gap  va  so’zlar 

tuzish.  

 

Tarbiyaviy:  O’quvchilarni  hamkorlikda  ishlashga 

o’rgatish.  Erkin  va  mantiqiy  fikrlashga,  o’z  fikri  orqali 

guruhida o’z o’rnini tipishga o’rgatish.  

 

Rivojlantiruvchi: 

MUstaqillik, 

ijodkorlik 

qobiliyatini o’stirishga yordam berish.  

 

Dars  jihozi:  Darslik,  testlar,  rangli  rasmlar, 

qo’shimchalar  yozilgan  jadval,  olyin  qoida  yozilgan 

karton, tarqatma material.  

 

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.  

 

Dars uslubi: savol-javob, ko’rgazmali o’yinlar.  

 

 



 

Darsning borishi:  

-  oltin qoidalar;  

-  darsda faol bo’lish;  

-  o’zaro hurmat;  

-  o’zgalar fikrini qadrlash;  

-  fikrini to’liq bayon etish;  

-  yangiliklar sari intilish;  

-  rag’batlantirish.   



Dars shiori:  

Ko’rkam bo’lsin yozuving,  

Yozuvga ber bor mehring.  

 

      Go’zal husnixat buyuklardan qolgan merosdir. 

 

Kim yozolsa chiroyli,  

Ishi bo’lar unumli.  

 

Go’zal bo’lsa husnixat,  

Bu ham erur bir san’at. 

 

 


 

Dars davomida qoidalarda bitilgan da’vatlarga amal 

qilib boriladi.  

 

Qaysi guruh qoidani buzsa, bahosi pasaytiriladi.  



 

Plakatga yozilgan reja doskaga ilingan bo’ladi.  

 

 

Aliakbar: (o’quvchilarga qarab) 



 

Bugun oddiy dars emas,  

Balki sinov darsidir.  

O’tib olsak sinovdan,  

Bu hammadan yaxshidir.  

 

 

O’qituvchi:  

 

 

 

 

Qani ayting bolalar,  

 

 

 

 

Kim navbatchi bo’ladi.  

 

 

 

 

Ushbu kuning hisobin,  

 

 

 

 

Menga aytib beradi.  

 

 

 

Sevinch:  

Bugun  hafta  kuninig    uchinchisi 

bo’ladi, (yaxshilik farishtasi).  

 

 



 

 

Alloh ushbu kuniga katta nazar solibdi,  



 

 

Yaxshilik farishtasi yer yuzida qolibdi.  

 

 

Barcha yaxshi yumushlar ezgu niyat, orzular,  

 

 

Ushbu kunning o’zida ijobat ham bo’libdi.  

 

 

O’qituvchi:  Endi bolalar  “O’zagingni  top”  o’yinini 

o’ynaymiz.  

 

4  ta  o’quvchi  chiqib  paxta,  gul,  tuz,  pul  kabi 



narsalarni  oladi  va  bolalarga  ko’rsatishadi.  O’quvchilar 

turli  rangdagi  qog’ozlarga  yozilgan  so’zlarni  olib 

o’zakdosh so’z hosil qilishadi.  

Masalan:  gul,  gulli,  gulsiz,  gulchi,  gulni,  guldan, 

gulla, gulning, gulag kabilardir.   

Bolalar  hammangiz  darsda  iloji  boricha  g’oliblikni 

qo’lga kiritishga harakat qilasizlar deb ishonaman.  

Darsimiz qanday dars ekan?  



O’quvchilar: Ona tili.  

O’qituvchi: Fanimizni qanday olqishlaymiz?  

Bilag’onlar guruhi:  

 

Shamol tegib ko’krakka,  

O’zimizni tanidik.  

Malham bo’lgan yurakka,  

So’zimizni tanidik.  

 

 Zukkolar guruhi:  



 

Jannatga atalgan yer – o’zbekniki,  

Manglaydan oqqan ter-pok o’zbekniki.  

Tangri farzandlari – yer o’zbekniki,  

Senikidur, Jayxun, Sayxun,  

Zarafshon-o’zbek, O’zbekiston.  

 

 

Chaqqonlar guruhi:  

 

O’zbekning bolasimiz,  

Qirmizi lolasimiz.  

Temuriylar avlodi,  

Bobur sulolasimiz.  

 

Epchillar guruhi:  

 

So’zlashamiz biz bunda,  

Bizning jonu-dilimiz.  

O’zligimiz tanitgan,  

Bizga ona tilimiz.  

 

 

O’qituvchi:  Qani,  aziz  bolajonlar,  o’tilgan  “So’z 

yasovchi 

qo’shimchalar” 

mavzusidan 

nimani 

o’rgandingiz?  Nimani  to’liq  bildingiz?  Bilimlaringizni 



“Savatchani to’ldir” o’yini orqali sinab ko’raman.  

 

Guruhlarga  mevalar  tarqatiladi,  uning  orqasidagi 



savollarga  javob  berishadi.  Mevalar  ichida  “omadli  5” 

so’zi  yozilgan  bo’ladi.  Kimga  “baxtli  tasodif”  chiptasi 

tushsa,  o’quvchilar  qarsak  chaladi  va  omadli  o’quvchi 

rag’batlantiriladi.  

 

Har bir guruhga so’zlar beriladi.  



1-guruh: suv, suvchi, suvsiz, suvli;  

2-guruh: gul, hulchi, gulsiz, gulla;  

3-guruh: bog’, bog’chi, bog’siz, bog’la;  

4-guruh: ish, ishchi, ishsiz, ishla.  

 

Bu  so’zlardan  so’z  yasovchi  va  so’zlarni  o’zaro 

bog’lovchi  qo’shimchalar  ishtirolida  yangi  so’zlar  hosil 

qiladi.  

 

185-mashq.  O’qing.  So’z  yasovchi  va  so’zlarni 

o’zaro  bog’lovchi  qo’shimchalarni  topib,  ular  orasidagi 

farqni  ayting.  Ko’chiring.  So’z  yasovchi  va  so’zlarni 

o’zaro  bog’lovchi  qo’shimchalarni  namunadagidek 

belgilang.  Sutchidan,  maktabga,  sutchida,  mazmunli, 

gulchining,  qayg’usiz  yurakli,  baliqchini,  yordamchisiz, 

navbatchiga, doirali, safga, uyda.  

186-mashq.  Ajratib  ko’rsatilgan  so’zlarga  so’z 

yasovchi 

va 

so’zlarni 



o’zaro 

bog’lovchi 

qo’shimchalardan mosini qo’shib gaplar tuzing.  

1. Sutli ovqat kishiga foyda;  

2. Xonaga nurli quyosh tushdi;  

3. Suvchi tunda g’o’zani sug’ordi;  

4. Maktabda, ko’chada ozoda yur.  

 

 

 

 


“So’z ichida so’z o’yini”. 

 

Har  bir  guruhga  so’z  beriladi,  so’zlardan  so’z 

yasashadi.  

 

Uyga vazifa.  



 

So’z  yasovchi  va  so’zlarni  o’zaro  bog’lovchi 

qo’shimchalar  yuzasidan  mustaqil  tayyorlanish  va  187-

mashq ni shartiga ko’ra bajarish.  



O’qituvchi: 

Mana bugun hammangiz darsda faol ishtirok etishga 

harakat 

qildingiz. 

Juda 

xursandman. 



Rahmat. 

Ishonamanki,  ertaga  bundan  ham  chiroyli  bo’lib  darsga 

tayyorlanib kelasizlar.  

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling