Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti «moliya» kafedrasi


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana01.05.2020
Hajmi0.74 Mb.
#102655
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish shakllar


 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 

TA’LIM VAZIRLIGI 

BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI 

IJTIMOIY-IQTISODIYOT FAKULTETI 

«MOLIYA» KAFEDRASI 

 

 

        DAK ga yuborilsin 

                                                         Dekan __________dots. T.Jiemuratov 

«____»______________2014 y 

 

5340600 «Moliya» bakalavr talim yo’nalishi 4-kurs talabasi 



Aytimbetov Axmetning 

 

«« IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INFLYATSIYANI 

YUZAGA KELISH SHAKLLARI VA UNI IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBATLARI

 »

 



  mavzusidagi

 

 



 

BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

 

DAK ga taqdim etilsin 



Kafedra  mudiri 

dots. B.Sarsengali_____________ 

«___»___________2014 y. 

 

Talaba:    



_____________________ 

                   

 

Ilmiy 


rahbar:   

G.Utemuratova_____________ 

 

 

 



 

 

 

Nukus –2014 y 



 

 

 



Mundarija 



Kirish_______________________________________________________3 

 

I  BOB Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish 

shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari 

1.1 Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari_______________6 

1.2 Inflyatsiyaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari________________________15 

1.3 Inflyatsiyaning barqarorlashtirish usullari____________________________17 



II  BOB Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlatning inflyatsiya 

bo`yicha makroiqtisodiy siyosati va uni hisob kitob tizimini boshqarish 

yo`llari  

2.1 Davlatimizning pulning qadirsizlanishi va inflyatsiyaga qarshi siyosati_____22 

 

2.2 Mamlakatining moliya siyosati va inflyatsiya bo`yicha makroiqtisodiy tahlili 



va uni barataraf etish yo`llari _________________________________________28 

III  

BOB

  Davlat moliyasini baquvvatlashtirishda inflyatsiyani kamayttirish 

shakllari 

3.1   O`zbekiston respublikasining moliya siyosatini takomillashtirishdagi 

inflyatsiyaga qarshi istiqbollari__________________________________42 

3.2   Iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul - kredit inflyatsiyasining o`ziga xos 

xususiyatlari______________________________________________________53 

Xulosa ______________________________________________________64 

Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati_______________________________67 

 


 



Kirish 



Mavzuning   dolzarbligi.  2008 yilda boshlangan moliyaviy inqiroz hozirgi 

vaqtda  ko`plab  rivojlangan  va  rivojlanayotgan  mamlakatlarni  tobora  keng  va 

chuqur  qamrab  olmoqda.  Bu  esa  ishlab  chiqarishning  pasayishiga,  ishsizlikning 

o`sishi,  aholi  hayot  darajasining  yomonlashuviga  olib  kelmoqda,  bir  so`z  bilan 

aytganda, bu inqiroz ko`p jihatdan oqibatini oldindan bilib bo`lmaydigan darajada 

jiddiy  tus  olmoqda.  Iqtisodiyotimizning  jahon  xo`jalik  va  iqtisodiy-moliyaviy 

tizimiga  integratsiyalashuv  jarayoni  tobora  chuqurlashib  borayotganini  inobatga 

oladigan  bo`lsak,  jahon  moliyaviy  inqirozi,  avvalo  uning  oqibatlari  bizga  ham 

salbiy  ta`sir  ko`rsatayotgani  haqida  gapirib  o`tirishning  hech  qanday  zarurati 

bo`lmasa kerak, deb o`ylayman.  

Bunday ta`sir, avvalambor, umuman dunyo bozoridagi talab va narxlarning 

keskin  tushib 

ketishida  va 

tabiiyki, 

mamlakatimiz 

eksport  qiladigan 

mahsulotlarning  muhim  turlariga  nisbatan  hamda  eksportga  yo`naltirilgan  etakchi 

tarmoqlar  va  ular  bilan  bog`liq  turdosh  korxonalar  faoliyatida  namoyon 

bo`lmoqda.  Bu  esa,  o`z  navbatida,  butun  iqtisodiyotimizning  mutanosib  va 

samarali  rivojlanishiga  salbiy  ta`sir  ko`rsatmoqda,  ko`zda  tutilgan  loyihalarni 

amalga  oshirish,  o`z  oldimizga  qo`ygan  maqsadlarga  erishish  yo`lida  ko`plab 

muammolarni tug`dirmoqda.  

Albatta  bozor  iqtisodiyotiga  o`tish  sharoitidagi  ijtimoiy  iqtisodiy  islohotlarni 

amalga  oshirishda  davlat  bosh  islohotchilik  rolini  saqlab  qolishi  xurmatli 

prezidentimiz I.A. Karimov  tomonidan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning 

bosh  printsiplaridan  biri    sifatida  belgilab  berilgan.  Iqtisodiy  islohotlarni  amalga 

oshirishda    davlat    bosh    islohotchilik  rolini  o`ynashi,  o`tish  davri 

qiyinchiliklaridan  aholini  kam  ta`minlangan  qatlamlari  uchun  ijtimoiy  himoya 

tizimlarini  shakllantirish  uchun  zaruriy  markazlashtirilgan  pul  fondlariga  ehtiyoj 

sezadi.    Prezidentimiz  ma`ruzasida  ta`kidlaganidek    «Mamlakatimiz  yalpi  ichki 

mahsuloti  8  foizga  o`sdi,  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  8,8  foizga, 

qishloq  xo`jaligi  –  6,8  foizga,  chakana  savdo  aylanmasi  –  14,8  foizga  oshdi. 

Inflyatsiya darajasi prognoz ko`rsatkichidan past bo`ldi va 6,8 foizni tashkil etdi. 


 

O`tgan  yil  yakunlariga  ko`ra,  tashqi  davlat  qarzi  yalpi  ichki  mahsulotga 



nisbatan  17  foizni,  eksport  hajmiga  nisbatan  qariyb  60  foizni  tashkil  etdi.  Bu 

avvalambor  xorijiy  investitsiyalar  va  umuman,  chetdan  qarz  olish  masalasiga 

chuqur  va  har  tomonlama  puxta  o`ylab  yondashish  natijasidir.  2013  yilda 

iqtisodiyot sohasidagi soliq yuki 21,5 foizdan 20,5 foizga, jismoniy shaxslar uchun 

daromad  solig`ining  eng  kam  stavkasi  9  foizdan  8  foizga  tushirilganiga 

qaramasdan, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,3 foiz profitsit bilan 

bajarildi.  Davlat  byudjeti  xarajatlari  tarkibida  ijtimoiy  sohaga  yo`naltirilgan 

xarajatlar  yuqori  darajada  saqlanib  qoldi  va  umumiy  xarajatlarning  59,3  foizini 

tashkil etdi»

1

.  



Bitiruv ishining  maqsadi. Ishning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash 

sharoitida  inflyatsiyaning  hisob  kitob  tizimi  holatining  davlat  moliyasiga  ta`sirini 

va ularni boshqaruv bo`yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  tarkibi.  Ish  kirish,  ikki  bob,  xulosa  va 

foydalanilgan  adabiyotlar ruyxatidan iborat.  

Ishning  kirish  qismida  mavzuning  dolzarbligi,  moxiyati,  maqsadi  va  tarkibi  

ifodalangan.  Ishning  birinchi  bobi  «Iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  sharoitida 

inflyatsiyani  yuzaga  kelish  shakllari  va  uni  ijtimoiy-iqtisodiy  oqibatlari»  deb 

nomlangan  bo`lib  Inflyatsiyaning  mohiyati  va  uning  yuzaga  chiqish  shakllari, 

inflyatsiyaning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  oqibatlari,  inflyatsiyaning  barqarorlashtirish 

usullari o`rganilgan. 

«Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  davlatning  inflyatsiya  bo`yicha 

makroiqtisodiy  siyosati  va  uni  hisob  kitob  tizimini  boshqarish  yo`llari»  deb 

nomlangan ikkinchi bobda  davlatimizning pulning qadirsizlanishi va inflyatsiyaga 

qarshi  siyosati,  mamlakatining  moliya  siyosati  va  inflyatsiya  bo`yicha 

makroiqtisodiy tahlili va uni barataraf etish yo`llari aniqlangan. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  «Davlat  moliyasini  baquvvatlashtirishda 

inflyatsiyani  kamayttirish  shakllari»  deb  atalgan  uchinchi  bobida    O`zbekiston 

                                                 

1

 



Ўзбекистон  Республикаси  Президенти  Ислом  Каримовнинг  мамлакатимизни  2013  йилда  ижтимоий-иқтисодий 

ривожлантириш  якунлари  ва  2014  йилга  мўлжалланган  иқтисодий  дастурнинг  энг  муҳим  устувор  йўналишларига 

бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси 

 


 

respublikasining  moliya  siyosatini  takomillashtirishdagi  inflyatsiyaga  qarshi 



istiqbollari, iqtisodiyotni barqarorlashtirishda pul - kredit inflyatsiyasining o`ziga 

xos xususiyatlari tahlil qilingan. 

Ishning xulosa qismida tanglab olingan mavzu bo`yicha takliflar keltirilgan. 

 

 



 

 


 



I  bоb  Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida inflyatsiyani yuzaga kelish 



shakllari va uni ijtimoiy-iqtisodiy okibatlari 

1.1 Inflyatsiyaning mohiyati va uning yuzaga chiqish shakllari 

 

 

Inflyatsiya XVIII asrning o`rtalarida muomalaga ta`minlanmagan juda ko`p 



miqdorda  pul  chiqarishi  natijasida  pul  tizimidagi  inqiroz  holat  asosida  yuzaga 

chiqqan.  Inflyatsiya  (lotincha  «inflation»  so`zidan  olingan  va  shishish,  ko`pchish, 

ko`tarilish  ma`nosini  anglatadi)  o`z  mohiyatiga  asosan  pulning  qadrsizlanishi, 

tovar  va  xizmatlarga  bo`lgan  baholarning  muntazam  ravishda  oshib  borishi 

jarayonini  anglatadi.  Shuni  ta`kidlash  lozimki,  rivojlangan  mamlakatlar  tajribasi 

inflyatsiya nisbatan me`yor darajasidagi pul massasi holatida ham yuzaga chiqishi 

mumkin. 

 

Hozirgi  zamon  inflyatsiyasi  nafaqat  tovarlar  va  xizmatlarga  bo`lgan 



baholarni  muntazam  o`sishi  natijasida  pulning  sotib  olish  qobiliyatini  pasayishi 

bilan  bir  qatorda  ishlab  chiqarish  jarayonidagi  nomutanosiblik,  pul  muomalasi, 

moliya  hamda  kredit  sohasidagi  salbiy  omillar  Bilan  tasniflanadi.  Inflyatsiyaning 

yuzaga  chiqishining  asosiy  sabablari  bo`lib  iqtisodiyot  tarmoqlari,  jamg`arma  va 

iste`mol,  talab  va  taklif,  davlat  daromadlari  va  xarajatlari,  xo`jaliklarning  pul 

massasi va unga bo`lgan talabi o`rtasidagi mutanosiblik hamda markaziy bankning 

kredit  ekspansiyasi  hisoblanadi.  Ushbu  ta`kidlab  o`tgan  omillar  o`z  mohiyatiga 

asosan inflyatsiyaga, uning darajasiga turlicha ta`sir etishi mumkin. 

 

Xalqaro  amaliyotda  iqtisodchi  olimlar  inflyatsiyaning  yuzaga  chiqadigan 



omillar  asosan  ikki  guruhga:  ichki  va  tashqi  omillarga  ajratadilar.  Biz  ushbu 

omillarning mohiyatini yoritishga xarakat qilamiz. 

1.  Ichki  omillarni  mohiyatiga  asosan  pullik  (monetar)  va  pulsiz  omillarga 

ajratish  mumkin.  Pullik  omillarga  davlat  moliyasining  inqirozi,  byudjetning 

taqchilligini  mavjudligi,  davlat  qarzdorligini  ortishi,  pul  emissiyasi,  krdit 

dastaklarining  aylanishini  ko`payishi,  pul  aylanmasining  tezligi  va  boshqalar 

kiradi.  Pulsiz  omillarga  milliy  iqtisodiyot  tarmoqlari  o`rtasidagi  nomutanosiblik, 

tarmoqlar iqtisodiy rivojlanishdagi bir maromsiz daraja, ishlab chiqarish va xizmat 



 

ko`rsatish 



sohalarida 

monopoliyaning 

(oligopoliya) 

mavjudligi, 

narx 

shakllntirishdagi  davlat  monopoliyasi,  markaziy  bankning  kredit  ekspansiya  va 



boshqa omillarni kiritish mumkin; 

2.  Tashqi omillar o`z mohiyatiga asosan biron aniq davlat rivojlanishiga ta`sir 

etadigan dunyoda amalga oshayotgan jarayonlarni aks etadi. Ushbu omillarga dune 

mamlakatlarda  yuzaga  chiqadigan  soha  inqirozlari    hisoblanadigan  xom-ashyo, 

energetika, neft`, valyuta inqirozlarni kiritish mumkin. Ushbu omillardan tashqarii 

biron-bir  davlatning  boshqa  davlatlarga  nisbatan  olib  boradigan  davlat 

miqiyosidagi valyuta siyosatini, yashirin holatda valyuta, oltinni eksportini amalga 

oshirilishini ham kiritish mumkin. 

 

Biz quyidagi chizmada inflyatsiyani yuzaga chiqish shakllarini tahlil etamiz. 



Ushbu  chizma  tahlilidan  ko`rinib  turibdiki,  inflyatsiya  asosan  uch  yo`nalishda 

yuzaga  chiqadi.  Birinchi  yo`nalishda  maxsulotlar,  ishlar  va  ko`rsatiladigan 

xizmatlarga bo`lgan narxlarni asossiz ravishda o`sib ketishi tufayli pul qadrsizlana 

boshlaydi.  Buning  natijasida  milliy  valyutaning  xarid  qilish  qobiliyati  tushib 

ketadi. Ikkinchi yo`nalishda, xorijiy valyutalarga nisbatan milliy valyutanign kursi 

pasayib ketadi.. 

  1 chizma 

Inflyatsiyaning yuzaga chiqish shakllari. 

Inflyatsiya yuzaga chiqish shakllari 

 

 

Mahsulotlar va 



xizmatlarga narxni 

o`sishi natijasida 

pulning qadrsizlanishi 

 

 



Milliy pul birligining 

xorijiy valyutaga 

nisbatan kursini 

tushishi 

 

Oltin va xorijiy 



valyutaning milliy 

valyutadagi narxini 

ko`tarilishi 

 

Milliy pul 



birligining xarid 

qilish qobiliyatini 

pasayishi 

 

 



Aholi va xo`jalik 

sub`ektlarida xorijiy 

valyutaning 

jamg`arilishi 

 

Mamlakat aholisida 



oltinning to`planishi 

(tezavratsiya) 

Buning  natijasida  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlar  va  mamlakat  aholisi  erkin 

muomaladagi  xorijiy  valyutalari  (AQSh  dollari,  evro,  shveytsariya  franki  va 



 

boshqalarni)  jamg`ara  boshlaydi.  Uchinchi  yo`nalishda  oltinga  bo`lgan  milliy  pul 



birligida  ifodalangan  narx  ko`tarilib  ketadi.  Buning  natijasida  mamlakat  aholisi 

o`rtasida oltinning to`planib qolishi, ya`ni tezavratsiya amalga oshadi 



 Inflyatsiyaning shakllari va turlari 

 

Xalqaro  amaliyotda  inflyatsiyaning  narxlarini  o`sishi,  ya`ni  pullarning 



miqdori o`sishi jixatidan asosan uch shaklini ajratiladi: 

1.  Sokin  (polzuchaya,  umerennaya)  inflyatsiya.  Ushbu  inflyatsiya  iqtisodiy 

rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo`lib, ushbu holatda mahsulotlar, bajariladigan 

ishlar  va ko`rsatiladigan xizmatlarga bo`lgan narx-navolar yiliga o`rtacha 3% dan 

10% gacha oshishi mumkin. Bu mamlakatlarda  muomaladagi pul massasi saqlanib 

turadi va milliy pul birligining xarid qilish qobiliyati saqlanib turadi. 

2.  Shiddatli  (galopiruyuhaya)  inflyatsiya.  Ushbu  inflyatsiya  iqtisodiy 

rivojlanayotgan  mamlakatlarda  mavjud  bo`lib,  ushbu  holatda  mahsulotlar, 

bajariladigan  ishlar  va    ko`rsatiladigan  xizmatlarga  bo`lgan      narx-navolar  yiliga 

o`rtacha  10%  dan  100%  gacha  ba`zi  holatlarda  200%  gacha  oshishi  mumukin. 

Buning  natijasida  muomaladagi    pul  massasi  ko`payadi  va  milliy  pul  birliginng 

xarid 


qilish 

qobiliyati 

tushadi. 

Mamlakat 

aholisi 

o`rtasida 

pulning 

moddiylashtirish, ya`ni milliy pul birligini jamg`arishi emas, balki oltin, ko`chmas 

mulk holatida jamg`arishi jarayoni kuchayadi. 

3.  Jilovlanmagan  (giperinflyatsiya)  inflyatsiya.  Ushbu  inflyatsiya  holatida 

mahsulotlar,  bajariladigan  ishlar  va  ko`rsatiladigan  xizmatlarga  bo`lgan  narx-

navolar yiliga 1000% dan ortiq yoki oyiga 100% dan ortiq darajada oshadi. Ushbu 

holatda  milliy  iqtisodiyotda  inqiroz  yuzaga  chiqadi.  Buning  natijasida  ishlab 

chiqarish  va  bozor  boshqaruvsiz  faoliyat  ko`rsataditi,  narx-navo  va  ish  haqi 

o`rtasidagi  farq  ortadi.  Mamlakat  aholisi  qo`lidagi  qog`oz  pullarga  tovarlar  sotib 

oladi.  Bu  holat  esa  muomalada  tovar  massasi  bilan  tovar  va  xizmatlar  bilan 

ta`minlanmagn ortiqcha qog`oz pullarni to`lib-toshishiga olib keladi. 

Yuqorida  ta`kidlab  o`tganimizdek,  inflyatsiyaning  asosiy  sababi  odatda  bir 

emas, balki bir nechta bo`lib o`zaro mahkam bog`langan bo`ladi va narx-navoning 

ko`tarilib  borishi  bilangina  namoyon  bo`lib  qolmaydi,  balki  narx-navoni 



 

10 


boshqarilishiga ham bog`liq bo`ladi. Ushbu jixatdan quyidagi inflyatsiya shakllari 

ajratiladi: 

1.  Oshkora  inflyatsiya.  Talab  tomoniga  qaragan  makroiqtisodiy  tengsizlik 

doimiy  ravishda  narx-navoning  ko`tarilib  borishi  bilan  ifodalanadigan  bo`lsa, 

bunday  inflyatsiya  oshkora  inflyatsiya  deb  ataladi.  Oshkora  inflyatsiya  bozor 

mexanizmini  buzmaydi:  narx-navo  ba`zi  bozorlarda  ko`tarilishi  bilan  bir  vaqtda 

boshqa  bozorlarda  pasayib  borishi  mumkin.  Buning  asosiy  sababi  shundan 

iboratki,  bozor  mexanizmlari  o`z  ta`sirini  davom  ettirib,  milliy  iqtisodiyotga 

baholar  to`g`risidagi  ma`lumotlarni  oshkora  etkazib  turadi,  investitsiyalarni  ilgari 

surib, ishlab chiqarishning kengayishi bilan taklifni rag`batlntirib boradi. 

2.  Yashirin  inflyatsiya.  Inflyatsiyaning  ushbu  turi  shunday  ko`rinishda 

bo`ladiki,  bunday  holatda  ba`zi  bir  iste`mol  mahsulotlariga  narx-navo  ma`muriy 

tarzda  davlat  tomonidan  o`rnatiladi  va  tartibga  solib  turiladi.  Bundan  asosiy 

maqsad,  davlat  tomonidan  ba`zi  mahsulotlarga  narx-navoni  «ijtimoiy  past» 

darajada  belgilaydi.  Yashirin  inflyatsiya  sharoitida  narx-navoning  keskin  o`sishi 

kuzatilmasligi  mumkin.  Lekin  milliy  pul  birligining  qadrsizlanishi,  mahsulotlar 

aholi  pul  mablag`lariga  kerakli  mahsulotlarni  harid  qilib  bo`lmasligi  holatlari 

paydo bo`ladi. 

 Iqtisodiyotda  yashirin  inflyatsiya  yuzaga  chiqqanda  mahsulotlarning  narx-

navosi  hamda  aholini  daromadlarini  o`sishi  vaqtincha  to`xtatiladi.  Yashirin 

inflyatsiyani  vujudga  kelishini  asosiy  sabablaridan  biri  bu  narxlar  ustidan 

ma`muriy 

nazorat 

o`rnatishdir. 

Buning 

natijasida 



bozor 

mexanizmi 

deformatsiyalanadi. Uning qaysi darajada va o`zgarganligi darajasi va davomiyligi 

davlat  tomonidan  olib  boriladigan  siyosatga  hamda  tartibga  solish  shakliga 

bevosita  bog`liq  bo`ladi.  Ushbu  inflyatsiyaning  salbiy  tomoni  shundan  iboratki, 

inflyatsiya davrida ishsizlik darajasi oshadi, chunki ishlab chiqarish rivojlanmaydi. 

 

Xorijiy  va  milliy  iqtisodiy  nazariyaning  qarashlariga  asosan  milliy 



iqtisodiyotning  balansini  buzilishi  va  uning  oqibatida  inflyatsiyaning  yuzaga 

chiqishining quyidagi o`rtta omillari mavjud: 



 

11 


-  qog`oz  pullarning  emissiya  qilishda  va  tashqi  savdoda  davlatning  mutloq 

monopoliyasi; 

- hozirgi zamon davlat funktsiyalarini bajarish uchun davlat xarajatlarini ortishi; 

- kasaba uyushmalari tomonidan byudjet muassasalari ishchi-xodimlarining ish 

haqlarini oshirish bo`yicha faoliyati; 

- iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish 

sohasida  ayrim  xo`jalik  sub`ektlarining  monopoliya  (oligopoliya)  holatining 

mavjudligi. 

 

Biz yuqorida ta`kidlab o`tgan omillar nafaqat o`zaro bog`liq, balki ular talab 



va takliflarning o`sishi yoki pasayishiga turlicha ta`sir ko`rsatadi. 

 

Xorijiy  amaliyotda  inflyatsiyaning  yuzaga  chiqishini  usullariga  asosan 



quyidagi  turlarga  ajraniladi:  taklif  inflyatsiyasi,  talab  inflyatsiyasi,  xarajatlar 

inflyatsiyasi,  kredit  inflyatsiyasi,  import  bilan  bog`liq  inflyatsiyasi,  kutilayotgan 

inflyatsiyasi. 

 

Taklif  inflyatsiyasida  ishlab  chiqarish  xarajatlarini  oshishi  natijasida 



mahsulotlar,  bajarilgan  ishlar  va  ko`rsatiladigan  xizmatlarga  bo`lgan  narx-

navoning  o`sishi  yuzaga  chiqadi.  Ushbu  inflyatsiya  turida  monopol  holatdagi 

korxonalar  tomonidan  ishlab  chiqarishda  asosiy  vositalarni  modernizatsiya  qilish 

bilan  bir  vaqtda  ulardan  to`liq  foydalanmaslik  natijasida  xarajatlar  ortadi.  Buning 

natijasida  barcha  ishlab  chiqarish  xarajatlari  nisbatan  kam  chiqarilgan 

maxsulotlarning narx-navosini o`sishi amalga oshiriladi.  

 

Talab  inflyatsiyasi.  Inflyatsiyaning  ushbu  turi  mamlakat  aholisi  va  xo`jalik 



sub`ektlarning  daromadlari  haqiqiy  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlar,  bajarilgan 

ishlar  hamda  ko`rsatilgan  xizmatlar  miqdoridan  tez  o`sadi.  Odatda,  talab 

inflyatsiya  aholining  to`liq  ish  bilan  ta`minlangan  holatda  yuzaga  chiqadi. 

Aholining  daromadlarinig  tez  sur`atda  o`sishi  natijasida  mahsulotlarga,  bajarilgan 

ishlar  va  ko`rsatiladigan  xizmatlari  bo`lgan  narx-navo  oshadi.  Bunday  holatda 

talabnig har qanday o`sishi narx-navoning o`sishiga olib keladi. 

 

Xarajatlar  inflyatsiyasi.  Inflyatsiyaning  ushbu  turi  xom-ashyo  va  energetik 



resurslarga bo`lgan xarajatlarning o`sishi tufayli ishlab chiqariladigan mahsulotlar 

 

12 


va bajariladigan ishlarning   narx-navosini o`sishi natijasida yuzaga chiqadi. Xom-

ashyo va energetik resurslarga bo`lgan dunyo narxlarini ko`tarilishi hamda xorijiy 

valyutaga  nisbatan  milliy  valyuta  kursini  pasayishi  xarajatlar  inflyatsiyasining 

yuzaga  chiqishini  asosiy  sabablari  hisoblanadi.  Xarajatlar  inflyatsiyasida  ma`lum 

bir mahsulotning narx-navosini o`sishi avtomat ravishda boshqa mahsulotlar narx-

navoni o`sishiga olib keladi. Masalan, neft` mahsulotlariga bo`lgan dune bahosinig 

o`sishi  natijasida  unga  bevosita  bog`liq  mahsulotlar,  bajariladigan  ishlar  va  

ko`rsatiladigan  xizmatlar  narx-navosi  o`sib  ketadi.  Xarajatlar  inflyatsiyasi  taklif 

inflyatsiyasiga  o`xshash,  lekin  bu  inflyatsiyada  ba`zi  xarajatlarning  o`sishi  aniq 

olingan  mamlakat  iqtisodiyotiga  bevosita  bog`liq  bo`lmagan  holatlarda  yuzaga 

chiqishi mumkin. 

 

Kredit  inflyatsiyasi.  Ushbu  inflyatsiya  turi  mamakat  markaziy,  ba`zi 



mamlakatlarda  milliy    banklari  tomonidan  olib  boriladigan  kredit  ekspansiyasi 

natijasida yuzaga chiqadi. Markaziy bank tijorat binklari uchun. Yuqori darajadagi 

qayta  moliyalashtirish  stavkasining  o`rnatilishi  natijasida  xo`jalik  sub`ektlariga 

beriladigan kredit qimmatlashadi. Xo`jalik sub`ektlari olingan kredit va u bo`yicha 

foizlarni  o`zlari  ishlab  chiqaradigan  mahsulot  tannarxiga  kiritadi  hamda  ushbu 

holat mahsulotlar narx-navosini ko`tarilishiga sabab bo`ladi. 

Import  bilan  bog`liq    inflyatsiya.  Inflyatsiyaning  ushbu  turi  aniq  olingan 

mamlakatga  tashqi  omillar  asosida  yuzaga  chiqadi.  Ushbu  holatda  import 

qilinadigan  mahsulotlarga  bo`lgan  narx-navoning  ko`tarilishi  natijasida  ba`zi 

mahsulotlarga bo`lgan narx-navolar zanjir tarzida ko`tarilishi mumkin. 

 

Kutilayotgan inflyatsiya. Inflyatsiyaning ushbu turida davlat tomonidan olib 



borilayotgan  pul-kredit  va  byudjet  siyosati  natijasida  joriy  yil  uchun 

inflyatsiyaning tahliliy darajasi belgilanadi va u daraja tartibga solib turiladi. 



Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling