Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana17.02.2017
Hajmi0.79 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13

 

 

55

b) Qishloq xo’jaligi 

 

Rossiya Federatsiyasi qishloq xo’jaligi zimmasiga mamlakatda ishlab chiqarilgan 



yalpi mahsulotning 12%i va milliy daromadning 15%i  hamda, ishlab chiqarish 

fondlarining salkam 16%i to’g’ri keladi. Mamlakat qishloq xo’jaligi so’nggi 

malumotlarga qaraganda - 83,2 mlrd rubl yalpi mahsulot ishlab chiqargan. Shu jumladan,  

99,0 mln t don, 38,1 mln t kartoshka, 12,0 mln t go’sht, 46,9 ming t jun va boshqa 

mahsulotlar etishtirilgan. Lekin, bu etishtirilgan mahsulot  tarkibi ayni paytda aholi 

ehtiyojini to’liq taminlay olmayapti. İchki bozor asosan import    natijasida  

taminlanmoqda. Rossiyaning asosiy qishloq xo’jaligi tarmoqlari - ziroatchilik, shu 

jumladan - donchilik, em-xashak va texnika ekinlarini etishtirish, bog’dorchilik,  

sabzavotchilik, chorvachilik parrandachilik va boshqalardan iboratdir. 

Mamlakatda  dexqonchilik  qishloq xo’jalik mahsulotlarining 40%ni etkazib beradi. 

Don ekinlari Rossiya ekin maydonining yarmidan ko’pini egallagan. Bug’doy 

etishtiriladigan asosiy rayonlar - Shimoliy Kavkaz, Markaziy qoratuproq,  Volga-Bo’yi,  

Ural, Sibir rayonlari hamda, Noqoratuproq zonasidagi rayonlardir. Rossiyaning texnika 

ekinlariga  kanop,  qand lavlagi va tolali zig’ir kiradi. Markaziy, Volga-Vyatka, Shimoliy 

va Shimoli-g’arbiy iqtisodiy  rayonlar shu ekinlarni etishtirishga  ixtisoslashgan. 

Qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan yana biri - bu chorvachilikdir. qishloq 

xo’jaligi yalpi mahsulotining 60%i, asosiy ishlab chiqarishning 75%i fondlari shu 

tarmoqqa to’g’ri keladi. Etakchi tarmog’i - qoramolchilikdir. Rossiyada 1994  yilgi 

malumotlarga qaraganda 49,5 mln bosh qoramol va 19,9 mln sigir mavjud bo’l-gan. Bu 

tarmoq Ural, Volga-Bo’yi, G’arbiy Sibir, Shimoliy Kavkazda rivojlangan. Go’sht va 

go’sht-sut chorvachiligi shahar atrofi xo’jaliklarida rivojlangan. qo’ychilik ham 

Rossiyada yaxshi rivojlangan bo’lib, uning asosiy rayonlari - Volga-Bo’yi,  Sharqiy  

Sibir, Ural va Shimoliy Kavkaz iqtisodiy rayonlaridir. 

Ukraina Respublikasining qishloq xo’jaligi yuqori intensivligi va maxsuldorligi bilan 

ajralib turadi. Bunday holat avvalambor, unumdor qora tuproqning mavjudligi va qishloq 

xo’jaligini mexanizatsiyalashtirilganligi bilan bog’liqdir. qishloq  xo’jaligida yalpi tovar 

mahsulot o’iymati bo’yicha chorvachilik ustun turadi. 

Ukraina dexqonchiligining  asosini  donchilik  tashkil  qiladi.  Don ekinlari bilan ekin 

maydonlarining yarmidan ko’pi band.  Mamlakatning tabiiy-iqlim sharoitlari bu erda 

kuzgi bug’doyga qaraganda,  bahorgi bug’doy etishtirish uchun katta imkoniyatlar 

tug’diradi. Shuning uchun ham qishloq xo’jaligida asosan bahorgi bug’doy etishtiriladi. 

Don ekinlaridan esa makkajo’xori, jo’xori, dukkakli ekinlar etishtiriladi.  Ekin 

maydonlarining juda katta qismi texnika ekinlari - qand lavlagi, kungaboqar, kanop va 

tamaki bilan band qilingan. 

MDH davlatlarida etkazilib beriladigan qand lavlagining 60 %dan  ortio’ qismi, 

kungaboqarning 60 %i Ukrainaga to’g’ri keladi. qand lavlagi o’rmon-dasht zonadiga 

ekilsa, kungaboqar dasht zonasida etishtiriladi. Ukrainada, shuningdek  uzumchilik 

rivojlangan.  MDH  davlatlari ichida u uzum etishtirishda oldingi o’rinlarda turadi. 

Chorvachilikning asosiy tarmoqlari qoramolchilik, cho’chqachilik, qo’ychilik, 

asalarichilik va parrandachilikdan iboratdir. 

Belorus  respublikasining iqlim sharoitlari bu o’lkada tabiiy o’tloqlarni vujudga 

kelishida va em-xashak ekinlarini  etishtirishda  katta imkoniyatlar yaratib beradi: 

Shuning uchun ham qishloq xo’jaligining chorvachilikka ixtisoslashganligigi bejiz 

emasdir. Chorvachilikning asosiy yo’nalishi  sut-go’sht etishtirishga ixtisoslashgan  

bo’lib, u shahar atrofida yaxshi rivojlangan. Kartoshka etishtirish respublikaning 

markaziy va janubiy hududlariga to’g’ri keladi. 



 

56

v) Transporti. 

 

Har bir mamlakatning transporti mahalliy va  umumdavlat  bozorini shakllanishida 



katta  ahamiyat kasb qiladi.  Bozor iqtisodiyoti sharoitida transportning roli yanada ham 

oshadi.  Bir tomondan, transport omili korxona faoliyatining samaradorligiga tasir qilsa,  

ikkinchidan uning o’zi  bozor doirasida tovar va xizmatlarning ayirboshlashishiga 

bog’liqdir.  

Rossiya Federatsiyasida  barcha suv, avtomobil, o’uvur,  temir yo’l va havo transporti 

turlari rivojlangan. Bu transport turlari bir-biri bilan tutashib,  transport tizimini vujudga 

keltiradi.  Yuk va yo’lovchi aylanmasi bo’yicha  Rossiyada temir yo’l transporti  birinchi 

o’rinda turadi.  Uning uzunligi 87 ming kmga, yuk aylanmasi 196,7 mlrd t/kmga, 

yo’lovchi aylanmasi 253,2 mlrd pas/kmga tengdir (1997 y. malumot). 

Mazkur davlatning  barcha rayonlari bu transport turi bilan bog’langan. Eng yirik 

temir yo’l tuguni Moskva hisoblanadi.  Undan 11 temir yo’l liniyasi chiqib ketadi. 

Dengiz transporti ham Rossiyaning tashqi iqtisodiy aloqalarini olib borishda katta 

ahamiyat kasb qiladi. Bu transport turi ham rivojlangan bo’lib, mamlakatni o’rab turgan 

14ta dengiz orqali bemalol chet mamlakatlari  bilan bog’lab turadi. Eng yirik portlari  

Sankt-Peterberg,  Murmansk,  Vladivostok, Naxodka va boshqalardir. 

İchki  rayonlarni  bir-biri  bilan  bog’lashda daryo transporti ham katta ahamiyat kasb 

qiladi. Eng yirik daryo transport magistrallari  - Volga-Kama, Shimoliy Dvina, Onega va 

Ladoga ko’llari va boshqalar. 

Avtomobil transporti asosan kichik masofalarga o’rtacha yuklarni tashishga 

ixtisoslashgan. Rossiya hududini meridianlar va parallelar bo’yicha zich avtomobil 

magistrallari kesib o’tgan. 

Ukraina Respublikasida transport va aloqada 7,5% aholi band bo’lib, asosiy  transport  

turlari temir yo’l,  dengiz va daryo transporti, avtomobil, quvur va havo transportlaridir. 

Daryo transportining asosiy arteriyasi  Dnepr daryosidir.  Eng yirik porti  qora dengiz 

bo’yidagi Odessa shahridir. Hozirgi  paytda bu port MDH davlatlariga ham hizmat 

ko’rsatmoqda, shu jumladan O’zbekistonga ham. 

Belorus Respublikasi  rivojlangan temir yo’l transportiga  ega.  Temir yo’l transporti 

uning hududini meridianlar va parallellar yunalishlarida kesib o’tadi.  Shu  bilan birga, 

uning hududidan Moskva-Minsk,  Brest-Varshava va Berlin temir yo’l trassasi o’tib,  uni 

g’arbiy Evropa mamlakatlari bilan bog’lanishiga imkoniyat yaratgan.  Shuningdek,  bu 

hududda,  xalo’aro ahamiyatga ega bo’lgan shosse yo’llari o’tgan.  Rossiya bilan g’arbiy 

Evropani  bog’lovchi  "Drujba" neft o’uvuri Belorus hududidan o’tkazilgan. 

 

 

 Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog’iston, Turkmaniston, Qirg’iziston va 

Tojikiston respublikalari) 

 Reja: 

 

1.  Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy geografik o’rniga tarif. 



2.  Tabiiy sharoiti va resurslariga baho. 

3.  Aholisi va uning joylashuvi. 

4.  Xo’jaligining rivojlanish xususiyatlari: 

 a) sanoati; 

 b) qishloq xo’jaligi; 

 v) transporti. 

5.  Markaziy Osiyo davlatlarining ichki tafovutlari. 

6.  MDH davlatlarining tashqi iqtisodiy aloqalari.  



 

57

1.  Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy geografik o’rniga tarif 



 

Bu respublikalarning umumiy o’xshashligi, avvalambor tabiiy geografik o’rinda, 

tabiiy sharoit va resurslardan foydalanishda, tarixiy kelib chiqishda, turkiy xalo’larning 

taro’alganligi, xo’jalik xususiyatlarida va boshqalarda o’z aksini topgan. 

Ayni paytda bu davlatlar ham siyosiy mustaqilikka erishib, bozor iqtisodiyoti 

munosobatlari sharoitida rivojlanayotgan respublikalar hisoblanadi. 

Yangi siyosiy va iqtisodiy sharoitda davlatlar ishlab chiqarish kuchlarining 

rivojlanishining geografik, tabiiy va demografik omillari bilan, xalo’ xo’jaligi tarmoqlari 

tarkibi, va ichki tafovut haqida quyidagi maruza matnida tanishamiz. 

Bu respublikalar yagona tabiiy geografik o’lkani tashkil qiladi. Bu o’lka 

TURKİSTON deb ataladi. Turkiston Evrosiyo materigining o’rtasida joylashgan. Agar bu 

respublikalarning yaxlit geografik o’rni bilan tanishadigan bo’lsak, Markaziy Osiyo 

davlatlarining shimoliy chegarasi Ayirtov yao’inida, janubiy Kopetdog’ tog’larining 

shimoliy etagidan tortib Pomir tog’larigacha, g’arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining 

Mangishloq yarim oroligacha, sharqiy chegarasi esa Savr tog’larini etagidan qora İrtish 

daryosi vodiysigacha bo’lgan hududni o’z ichiga oladi. Bu davlatlarni har birini alohida 

ko’radigan bo’lsak, Qozog’iston Respublikasi Markaziy Osiyoning shimolida joylashgan, 

u shimoldan Rossiya Federatsiyasi, janub va janubi-g’arbdan O’zbekiston, Turkmaniston 

va Qirg’iziston Respublikalari bilan, janubi-sharqda Xitoy Xalo’ Respublikasi bilan 

chegaradosh. Uning maydoni kattaligi 2,7 mln.km kv bo’lib, u MDH, davlatlari ichida 

ikkinchi, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o’rinda turadi. 

Qozog’iston Respublikasining hududi Kaspiy dengizdan - Oltoygacha, Uraldan Tyan-

Shan tog’larigacha chuzilgan. Uning sharqiy va g’arbiy nuqtalarigacha bo’lgan massofa 3 

ming km, shimoliy va janubiy nuqtalari orasidagi masofa 1700 km tashkil qiladi. 

Turkmaniston Respublikasi - Markaziy Osiyoning janubi – g’arbida joylashgan, bu 

respublika janubdan Eron va Afg’oniston, shimoldan Qozog’iston, sharq va shimoli-

sharqdan O’zbekiston bilan chegaradosh Turkmanistonning g’arbiy chegarasi esa Kaspiy 

dengizi bilan tutash. Mamlakat hududining maydoni 488,1 km kv tashkil qiladi. 

Markaziy Osiyo respublikalari ichida maydoni bo’yicha II o’rinda turadi. 

Qirg’izston Respublikasi Markaziy Osiyoning shimoliy - sharqida joylashgan bo’lib, 

u shimol va shimoli - g’arbdan Qozog’iston bilan, janubdan. Tojikiston bilan, g’arbdan 

O’zbekiston, janubi - sharqdan esa - Xitoy Xalo’ Respublikasi bilan chegaradosh. Uning 

maydoni 198,5 ming km kv.  

Tojikiston Respublikasi ham Markaziy Osiyoning janubiy sharqida joylashgan bo’lib, 

u O’zbekiston, Qirg’iziston, Afg’oniston va Xitoy bilan chegaradosh. Hududining 

maydoni 143,1 ming km kv tashkil etadi. 

Bu MO mamlakatlarining umumiy iqtisodiy geografik o’rni, materikning ichkarisida 

joylashganligi, okean va dengizlardan uzoqligi nuqtai nazardan noqulay imkoniyatlarni 

vujudga keltiradi. 

Ayniqsa, Tojikiston Respublikasini fug’arolar urushi ketayotgan Afg’oniston bilan 

chegaradoshligi, nafao’at Tojikistonni respublikasining geosiyosiy o’rniga, balki butun 

Markaziy Osiyoga ham havf solmoqda. 

Biroq Markaziy Osiyo davlatlari hududida Buyuk İpak Yo’lini tiklanayotganligi, bu 

davlatlarni Xitoy bilan bog’lanishiga va ochiq dengiz yo’liga chiqishga imkoniyat 

yaratadi. Shuningdek, Turkmaniston va Eronni bog’lovchi Tajan - Mashxad - Seraxs 

yo’llarining qurilishi Markaziy Osiyo Yao’in Sharq va Turkiya Respublikalari bilan 

bog’lashda katta rol o’ynaydi. 

  


 

58

2. Tabiiy sharoiti va resurslariga baho 

 

Markaziy Osiyo davlatlarning hududi berk suv havzazini tashkil qilib, shimoliy yarim 



shardagi eng yirik cho’l shu mamlakatlar hududida joylashgan. Bu erning tabiati bir - 

biridan, keskin farq qiluvchi bo’lib, yirik To’ron tekisligi, va baland tog’ tizimlari 

hisoblangan Pamir va Tyan-Shan o’ziga xos landshaftlarini tashkil qilgan. Eng katta 

tekisliklari cho’llardan iborat bo’lib - ularga Qoraqum va Qizilqum cho’llari kiradi. 

Markaziy Osiyo hududining Okeanlarga nisbatan Uzoqda joylashganligi, iqlimini 

keskin kontinentalligi yozi quruq, qishi esa kam  yog’ingarchilikli va sovuq bo’lishini 

vujudga keltiradi. Tog’li o’lkalarda esa iqlim vertikal zonallik qonuniyatlarga bo’ysinib, 

3000 m baland qismlarda iqlim shunday sovuqki, hududi shimoliy subarktika va Arktika 

rayonlari singaridir. Shuning uchun ham bu baland tog’lar muzlik bilan qoplangan. 

Markaziy Osiyo hudud berk hisoblanib, eng yirik daryolari Sirdaryo va Amudaryodir. 

Ular barcha Markaziy Osiyo davlatlarini hududidan o’tib o’zining suvini Orol dengiziga 

quyar edi, biroq ayni paytda bu daryo suvlari erlar  betartib o’zlashtirilishi natijasida Orol 

dengiziga etib bormayapti. Bu holat - ekologik muammoni vujudga keltirgan. Xo’jalikda 

ishlatiladigan suv resurslari asosan erlarni sug’orish maqsadida foydalaniladi. Shu bilan 

birga tog’ daryolari, - Vaxsh, Norin, Chirchiq, katta gidroenergiya resurslariga boy 

hisoblanadi. Markaziy Osiyo respublikalari juda katta tabiiy resurs boyliklariga ega. 

Markaziy Osiyo respublikalari orasida Qozog’iston ancha boy tabiiy resurs 

zahiralariga ega, yani ko’mir, neft, mis, qo’rg’oshin, temir ruda va boshqalarga. Ayniqsa, 

rangli metallurgiya resurslari ancha katta. Polimetall rudalari havzalariga – Rudali Oltoy, 

Jung’oriya,  Markaziy Qozog’iston tog’lari kiradi. Shunigdek, bu mamlakatda katta temir 

rudali konlariga – Sokolovsk - Sarbay, Lisakovsk va Ayat havzalari kiradi. 

MDH mamlakatlari ichida ko’mir qazib chiqarish bo’yicha Qozog’iston uchinchi 

o’rinni egallaydi. 

Asosiy konlari - Qorag’anda va Ekibastuz havzalaridir. Neft va gaz Manqishloq va 

Ural - Emba rayonidan qazib olinadi. Qozoqostondagi eng istiqbolli neft qazib oluvchi 

havza bu-Tengiz havzasidir. Shu bilan bir qatorda Qozog’iston katta fosforit zahiralariga 

ega  bo’lib, qoratov tog’larida va Aktyub oblastida bu xom ashyo qazib olinadi. 

Gidroenergiya resurslari ko’proq mamlakatning sharqiy qismida bo’lib, bularga - Ural, 

İrtish, Tobol va İshim daryolarining resurslari kiradi. 

Turkmaniston Respublikasining hududida neft, gaz, oltingugurt, boshqa kimyoviy 

xom ashyo resurslari mavjud. Neft qazib olinadigan rayonlar - G’arbiy Turkmanistonda – 

Nebit-Dag, gaz konlari esa Markaziy va sharqiy Qoraqum rayonlarida mavjud. 

Shuningdek Qora – Bo’g’ozgol qo’lig’ida - katta miqdorda kimyo xom ashyo-mirabimet 

qazib olinadi. 

Markaziy Osiyo miqyosida ko’mir, surma va simob qazib olish bo’yicha Qirg’iziston 

etakchi o’rinda turadi, shunigdek bu erda neft va gaz ham qazib olinadi. 

Katta gidroresurs imkoniyatlariga Qirg’iziston bilan bir qatorda Tojikiston ham ega. 

Panj va Vaxsh daryolari yirik energetika quvvatiga ega. Markaziy Osiyo doirasida  

umumiy gidroenergetika salohiyatining 55% Tojikistonga to’g’ri keladi. 

Shuningdek Tojikistonda, ko’mir, neft, gaz, polimetall, rudalari, volfram, surma, tosh 

tuzi va qurilish materiallari xom ashyosi mavjud. 

 

 



 

59

3. Aholisi va uning joylashuvi 



 

1913 yilda Qozog’iston Respublikasida 5,6 mln kishi yashagan bo’lsa, 1959 yilda bu 

ko’rsatgich 9,2 mln kishiga, 1973 yilda 13,7 mln,  1984 yilda 15,6 mln, 1997 yilda esa 

16,4 mln kishiga etdi. 

Bu mamlakatning aholisi faqatgina tabiiy ko’payish hisobiga emas, balki ishlab 

chiqarish kuchlarining rivojlanishi natijasida aholini ko’chib kelishi hisobiga ham 

ko’paydi. Mamlakat aholisi juda notekis joylashgan bo’lib, aholi zichligi 1 km kvga - 5,8 

kishini tashkil qiladi. Mamlakat maydonining chegaraga tutash hududlarida, Ayniqsa 

janubiy va shimoliy qismlarida aholi zichligi ancha yuqori. 

Aholining bunday notekis joylashganligi avvalambor, aholinining tarixan 

o’rnashganligi, tabiiy sharoit xususiyatlari va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishdan 

kelib chiqqan. 

Respublikada tabiiy resurslarning o’zlashtirilishi, qazib oluvchi va o’ayta ishlovchi 

tarmoqlarning vujudga kelishi o’z navbatida aholining ichki va Ayniqsa tashqi 

migratsiyasini kuchaytirdi, shu bilan birga uning milliy tarkibini o’zgartirdi. Bu 

respublikaning demografik xususiyatlaridan biridir. 

Aholining milliy tarkibida mahalliy, yani o’ozoo’lar bilan boshqa millat vakillari 

ruslar, ukrainlar janubiy qismlarda uyg’urlar, dungonlar, nemislar, tatarlar, o’zbeklar 

keng taro’algan. Yuqorida qayd qilganimizdek, ayni paytda bu mamlakatda aholining 

tabiiy o’sishi unchalik yuqori emas. 1997 yil statistika malumotlariga qaraganda, aholi 

tuЁilishi har 1000 ta kishiga 15 tani tashkil etsa, shundan o’lim,  10 ta kishini, tabiiy 

o’sish esa 5 ta kishiga teng. Har 1000 ta tug’ilgan chaqaloqdan 1 yoshga etmasdan 25 tasi 

nobud bo’lmoqda. 

Ayni paytda, aholining 52% i  shaharlarda yashaydi. Shaharlar ichida aholisi 100 

ming kishidan ko’proq bo’lganlari ahamiyatli salmog’ni tashkil qiladi. Shular jumlasiga  

Qorag’anda, Temirtau, Jezqazgan, Aktau, Qoratau, Kentau va Almati va boshqalar kiradi. 

Mamlakat siyosiy mustaqillik davrida respublikaning poytaxti Almati shahridan Astana 

shahriga ko’chirilgan. 

Turkmaniston Respublikasi aholisi notekis joylashtgan bo’lib, bu holat mamlakat 

katta maydonining Qoraqum cho’lidan hamda boshqa geografik sharoiti noqulay bo’lgan 

hududlardan tashkil topganligi bilan bog’langan.  

Aholining aksariyat qismi vohalarda yashaydi. Bu erlarda xar bir kv kmga 260 kishi 

to’g’ri kelsa, cho’llarda bu ko’rsatkich - 1 kishiga teng xolos. Umuman olganda  

aholining respublika bo’yicha o’rtaga zichligi 1 kv km ga 6,1 kishini tashkil qiladi. 

Aholining katta qismi janubiy viloyatlarda yashaydi, Amudaryo, Murg’ob, Tajan 

daryolari bo’ylarida, shuningdek Kopetdog’ tog’larining etaklarida. 

Qirg’iziston Respublikasining aholisi 1997 yil malumotlariga qaraganda 4,6 mln. 

kishini tashkil qildi. 

Aholining o’sishi asosan, yuqori darajadagi tug’ilish va past darajadagi o’lim bilan 

bog’langan. Bu erda xar 1000 ta kishiga 24 tani,  o’lganlar 8 tani,  tabiiy o’sish esa 16 ta 

kishini  tashkil qiladi. 

Aholining milliy tarkibida qirg’izlar ko’pchilikni tashkil etadi.  Bu erda yana 

o’zbeklar, ukrainlar va boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi. Shahar aholisi 38 % 

ga teng. Eng katta shaharlari Bishkek, Jalolobod, O’sh va boshqalardir. 

Aholi ko’proq vodiylarda, Chuv vodiysining shimolida va Farg’ona vodiysining 

janubida joylashgan. Aholining o’rtacha zichligi esa, 1 kv kmga  20 ta kishini tashkil 

qiladi. 


 

60

Tojikiston aholisi 1997 yil malumotlariga qaraganda 6 mln. kishini tashkil qiladi. 



Tojikiston aholini tabiiy takror barpo etilishi darajasining yuqoriligi bo’yicha MDH 

davlatlari ichida etakchi o’rinni egallaydi. 

Mamlakatning asosiy relefi shakli tog’lardan iborat bo’lganligi tufayli, aholi asosan 

vodiylarda zich joylashgan. Aholini yuqori darajasida zich joylashganligi Farg’ona, 

Hisor, Vaxsh, Kofirnixon vodiylarida kuzatiladi. 

Xo’jalikning bir tomonlama qishloq xo’jaligiga ixtisoslashganligi, shaharliklar 

salmog’ining pastligiga olib kelgan. Mamlakatda aholining 37% shaharlarda yashaydi. 

4. Xo’jaligining rivojlanish xususiyatlari 

a) Sanoati; 

Sobiq ittifoq sanoati davrida  Qozog’iston Respublikasida yoqilЁi sanoati, energetika, 

qora metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash tarmoqlari shakllandi. 

Xalqaro mehnat taqsimotida Qozog’iston Respublikasi rangli metallurgiya sanoati 

bilan, yani mis, qo’rg’oshin, rux, alyuminiy, titan  magniy, shuningdek kamyob va nodir 

metallar ishlab chiqarish bilan ajralib turadi. 

Mis sanoati asosan Jezqazg’on oblastida joylashgan bo’lib, bularga asosan Balxash 

va Karsakpay mis eritadigan zavodlari, Jezqazgan, Sayan rudani boyitish korxonalari 

kiradi. Qozog’istoning ikkinchi mis havzalari uning sharqiy qismida mavjud bo’lib, bu 

erda Glubokoe mis zavodi ishlab turibdi. 

Qo’rg’oshin - rux sanoati Rudali Oltoy va Janubiy Qozog’istonda joylashgan bo’lib, 

Oltoydagi eng yirik qo’rg’oshin - rux kombinati Ust-Kamenogorsk shahrida, Janubiy 

Qozog’istonda esa Qoratau va Jung’or Olatauda qazib olinadigan rux asosida Shimkent 

shahridagi qo’rg’oshin zavodi ishlaydi.  

Titan va magniy sanoati korxonalari Ust - Kamenogorsk shahrida, gilmoy ishlab 

chiqariladigan korxona esa Pavlodarda (Ekibastuzda arzon ko’mir energiyasi bazasida) 

mavjud. 

Qora metallurgiya bu respublikaning eng yangi tarmoqlaridan hisoblanadi. 

Ulug’ Vatan urushi yillarida Temirtauda Qarag’anda metallurgiya korxonasi tashkil 

topgan bo’lib, bu korxona rudani Markaziy Qozog’istondan va Kustanay oblastida oladi. 

Kustanoyda juda yirik respublika metallurgiya bazasi tashkil etilgan.   Sarboyda tog’-

kon metallurgiya kombinati, Lisakovsk va Kacharsk rudani boyitish kombinatlari ishlab 

turibdi. 

Qozog’iston Respublikasida shuningdek ko’mir sanoati rivojlangan.    Eng yirik 

havzasi - Qarag’anda konidir. Bu erda toshko’mir va kokslanuvchi ko’mir qazib olinadi. 

Ekibastuz ko’mir havzasining ahamiyati ham tobora o’sib bormoqda. Bu erda qazib 

olinadigan ko’mir ochiq usulda qazib olinib, uning tannarxi juda arzon. Ekibastuz ko’miri 

elektroenergiya olish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. 

Qozog’iston Respublikasida neft sanoati dastlab Emba havzasida rivojlangan. 

Keyinchalik, 1975 yildan boshlab esa, Janubiy Mang’ishloq va Shimoliy Ustyurtda yangi 

neft havzalari ishga tushdi. 

Mamlakat elektroenergetikasining aksariyat qismi issio’lik elektrostantsiyalarida 

ishlab chiqariladi. Eng yirik elektrostantsiyalar Almati, Qarag’anda, Petropavlovsk, 

Taroz, Shimkent, Pavlodar shaharlarida mavjud.  İrtish daryosida Ust-Kamenogorsk va 

Buxtarma GESlari qurilgan. İssio’lik elektrostantsiyalarning ichida eng yirigi – Ermak, 

GRESning  quvvati - 2,4 mln. kVtga tengdir. 

Qozog’istondagi mashinasozlik tarmog’i asosan ehtiyoj omili asosida rivojlanib 

ko’proq ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga qaratilgan. 



 

61

Bu erda tog’-kon mashinasozligi (Qarag’anda), neft sanoati uchun  asbob uskunlar 



ishlab chiqarishi, og’ir mashinasozlik (Almati), va boshqa tarmoqlar tashkil topgan. 

Kimyo sanoati esa mamlakat hududidagi kimyoviy  xom ashyolar - fosforit, turli 

tuzlar va tabiiy gaz negizida rivojlangan. Bu tarmoqning asosiy sohasi - fosfat o’g’itlarini 

ishlab chiqarish. Shuningdek, soda ishlab chiqarish ham yaxshi yo’lga qo’yilgan. 

Mamlakat engil sanoati doirasida ko’nchilik, junchilik, to’qimachilik tarmoqlari yaxshi 

rivojlangan. İp-gazlama kombinatlari Shimkent va Almati shaharlarida joylashgan. 

Turkmaniston Respublikasining asosiy tarmoqlari neftni qazib olish va o’ayta ishlash 

bilan bog’liq. Bu soha respublika og’ir sanoatini vujudga keltirgan. 

Neft qazib olinadigan asosiy rayon Nebitdog’ bo’lib, bu shahar o’uvur orqali 

Turkmanboshi shahri bilan bog’langan. Chunki, bu erda neftni o’ayta ishlash korxonasi 

mavjud. Neft o’ayta ishlaydigan ikkinchi shahar -  Neftezavodsk Chorjo’yda, mineral 

o’g’itlarini  ishlab chiqaruvchi korxona  ham qurilgan. 

 Shu bilan birga respublikada qishloq xo’jaligi mahsulotlarini o’ayta ishlovchi yani 

paxta tozalaydigan va yog’ ishlab chiqaruvchi tarmoqlar bor.  Ular Mari, Bayram - Ali, 

Chorjo’y, Doshxovuz, Ashgg’obad shaharlarida joylashtirilgan. Jun va ipak sanoati – 

Ashgg’obad va Chorjo’yda, gilamchilik - Kerki, Qozonjikda juda yaxshi rivojlangan. 

 Qirg’iziston Respublikasida qishloq xo’jaligi sanoatdan ustun tursada, tabiiy resurs 

imkoniyatlari bazi-bir sanoat tarmoqlarining vujudga kelishida katta ahamiyat kasb 

qiladi. Bu erda qishloq xo’jaligi mashinasozligi yaxshi shakllangan. Suv resurslari 

asosida Norin daryosida To’xtag’ul GESi  ishga tushirilgan. Shuningdek, oziq - ovqat 

sanoatining tarmoqlari - go’sht shakar, ishlab chiqarish, vinochilik, tamakichilik bo’lib, 

bu korxonalar ishlab chiqargan mahsulotni Markaziy Osiyo  davlatlariga ham eksport 

qilmoqda. Engil sanoatda esa paxta tozalash, ipakchilik, ko’nchilik, kanop ishlab 

chiqarish tarmoqlari shakllangan. 

Tojikiston sanoati ko’proq qishloq xo’jaligi mahsulotlarini o’ayta ishlashga 

ixtisoslashgan bo’lib, to’qimachilik, konserva sanoati yaxshi rivojlangan. Shuningdek 

rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoatlari ham mavjuddir. 

Vaxsh daryosida qurilgan Nurek GESi negizida Tursunzoda shahrida barpo etilgan 

alyuminiy zavodi respublika rangli metallurgiya tarmoqining eng etakchisi hisoblanadi. 

Shuningdek Yavanda qurilgan elektrokimyokombinati respublikada kimyo sanoatiga asos 

soldi. 



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling