Berdaq nomidagi Qoraqolpaq Davlat Universiteti. Tarix va arxeologiya kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. İlk o’rta asr
- 2. O’rta asrlarning ravnaqi
- 3. Keyingi o’rta asrlar
- TEMA: XI ASR O’RTALARIGACHA ANGLIYA
Berdaq nomidagi Qoraqolpaq Davlat Universiteti. Tarix va arxeologiya kafedrasi O’RTA ASRLAR TARIXI (Maruzalar matni) T.f.n. Tureeva.G.A NUKUS-2008 2 K İ R İ SH. O’rta tarix yoki ko’proq o’rta asrlar tarixi deb atalgan tarixning xronologik chegaralari turli vaqtlarda turlicha belgilanib kelgan. Bazi tarixchilar o’rta asrlar tarixi Konstantin Buyuk podsholik qilgan davrdan 2 asr boshlaridan boshlanib 1453 yilda Konstantinopolning qulashi bilan tamom bo’ladi deb xisoblaganlar. XIX asr tarixchilari o’rta asrlar tarixining xronologik chegaralari 476 yildan- g’arbiy Rim imperiyasi qulagan yildan boshlanib, 1492 yil Amerika kashf qilingan yil bilan tamom bo’ladi, deb xisoblaganlar. O’rta asr Evropasi tarixi Rim quldorlik imperiyasining qulashidan boshlanadi, bu imperiya ichki qarama-qarshiliklar natijasida, yani quldorlik xo’jalikning krizisi, sinfiy kurashning g’oyat keskinlashib ketganligi, İtaliyaning va uning viloyatlarining zaiflashib ketganligi h’amda iqtisodiy va siyosiy aloqalarning uzilib ketganligi natijasida, shuningdek, tashqi sharoitlar natijasida- varvarlarning ommaviy xujum qilishi natijasida quladi. Varvarlar imperiyasi bosib olib, uning territoriyasida bir qancha varvar korolliklari tuzgan edilar. Eramizning V-VI asrlarida tashkil topgan bu korolliklar Evropada keyinchalik vujudga kelgan milliy davlatlarning kurtagi bo’ldi. XVI asrni va XVII asrning dastlabki o’n yilliklarini, yani feodalizm nih’oyatda chiriyotgan va kapitalistik elementlar tarkib topaёtgan davrni, odatda, wrta asrning oxiri deb xisoblaydi, feodalizmning nih’oyat darajada chirib va kapitalistik tuzumi elementlarining tarkib topib borayotganligi h’am o’sha asrlardagi g’arbiy Evropaga xos bwlgan keskin ijtimoiy, siёsiy va madaniy o’zgarishlar orqasida yuz berdi. XVII asrning 40- yillaridagi ingliz revolyutsiyasi, yani Evropadagi birinchi yirik burjua revolyutsiyasi wrta asrlar tarixini yangi zamon tarixidan ajratib turadigan chegara bwlib, yangi tarix kursi shu revolyutsiyadan boshlanadi. Feodal ishlab chiqarish usulning negizini o’sha davrdagi ishlab chiqarishning asosiy vositasi bwlgan erga feodalning egalik qilishi tashkil etadi. Yirik er egalari bwlgan feodallar sinfi feodal jamiyatining xukumron sinifidir. Feodal jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi sinfi deh’qonlar bwlib, ular pomeshchik, yani feodal erida yashaydilar, uning ruxsatisiz pomeste territoriyasini tashlab chiqib ketishga xaq-xuquqi bwlmay, ungag’omeshchikkag’ shaxsan krepostnoy qaram h’olda edilar. Krepostnoy deh’qonni er egasi-feodal mudom ekspluatatsiya qiladi. Deh’qon o’z meh’nati va o’zining asbob-uskunalari bilan barining ekin erlarini ishlab ixtiyoriga kelib tushardi. O’rta asrlardagi jamiyat va davlat taraqqiyotiga asosiy bosqichlarning xronologik ramkalari. O’rta asrlar tarixi odatda uchta katta bo’limga bo’linadi. I. İlk o’rta asr – V asrdan boshlab taxminan XI asr oxirlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi, bu davr feodal tuzumning tashkil topishi, feodal jamiyatning asosiy iqtisodiy xujayrasi bo’lgan feodal pomestesining vujudga kelishi, feodallar tabaqalarining va feodal ierarxiyasi deb atalgan ierarxiyaning tashkil topishi, o’rta asr feodal Evropasida asosiy ideologik kuch bo’lgan katolik cherkovi tasirining butun g’arbiy Evropaga yoyilishi davridir. 3 2. O’rta asrlarning ravnaqi - XI-XV asr o’rtalarini o’z ichiga oladi, bu davrda feodal chiqarish usuli qishloqda to’la rivojlanibgina qolmay, balki tsex xunarmandchiligina va o’ziga xos shah’ar ijtimoiy tuzumiga ega bo’lgan o’rta asr shah’arlari h’am rivojlanib, muvaffaqiyatlarga erishdi, bu tuzumning xususiyati shah’arlarning feodallar xukumronligidan ilk xalos bwlishi, erkin shah’ar deb atalgan shah’arlarning yoki respublika-shah’arlarning vujudga kelishidir. 3. Keyingi o’rta asrlar - XVI asrni va XVII asrning birinchi yarmini o’z ichiga olib, bu davr feodalizmning chirishi va feodalizm ichida kpitalizm elementlarining etilishi davridir: asosan mustaqil ishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarish vositalaridan mah’rum qilishdan, yani meh’natkashlarning ishlab chiqarish vositalarini ekspropiratsiya qilishdan iborat bwlgan dastlabki jamg’arish davri deb atalgan davrdir. Evropa reformatsiyasi deb atalgan davridir, deh’qonlarning XIV va XV asrlardagiga qaraganda yanada kuchliroq qwzg’olonlari g’deh’qon urushlarig’ va ilk burjua revolyutsiyalari davrida. Bu davrda Evropada davlatning asosiy siёsiy formasi absalyutizm bwlib, bu absalyutizm h’alq ommasining kurashini bostirish uchun markazlashgan h’okimiyatning kuchayishidan manfaatdor bwlgan dvoryanlarga tayanar edi, h’amda h’okimiyatning twg’ridan-twg’ri o’z qo’liga olish uchun h’ali etarli davrajada kuchli bo’lmagan burjuaziya ibilan h’am ittifoqda edi. O’rta asrlardagi Sharq tarixini, yani feodal davrining o’ziga xos barcha tipik va xarakterli h’ususiyatlari bilan birga qo’shib olgandagi tarixini yoritishda sovet sharqshunoslarining asarlari, shuningdek, Sharq mamlakatlarining arab davlatlari, Xindiston, Uzoq Sharq mamlakatlarining o’z tarixchilarining eng yangi asarlari ayniqsa katta rol wynadi. Sharqshunoslri va Sharq mamlakatlarining olimlari, jumladan Sharqda feodalizmining ilk vujudga kelganligini aniqladilar, bu erdagi feodalizm g’arbdagi xudddi shu ishtimoiy tuzumga qaraganda ancha uzoqroq yashagan. Xatto XVIII asrning ikkinchi yarmida va butun XIX davomida Sharq mamlakatlarining ko’pchiligida feodal munosabatlar deyarli o’zgarmasdan o’shandayligicha qolib kelavergan. Shu bilan birga, Sharq mamlakatlaridagi feodalizm Evropadagi feodalizmga qaraganda bir qancha xususiyatlarga ega edi. Sharq mamlakatlarining bu xususiyatlaridan eng avvalo uning o’ziga xos ikkta xususiyatlarini qayd qilib o’tmoq zarur. Foydalanadigan adabiyotlar va manbalar ruyxati: 1. Karimov İ. O’zbekiston XXI asr busag’asida. Xavsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va tarakiyot kafolatlari. Toshkent, «O’zbekston», 1997. 2. İstoriya srednix vekov v 2-x tomax. Udaltsov Z.V. taxriri ostida. Moskva, 1990- 1991. 3. İstoriya srednix vekov v 2-tomax. Bragin L.M. taxriri ostida. M. 1991. 4. İstoriya srednix vekov. Kolesnitskiy N.F.taxriri ostida. M. 1980. 5. İstoriya stran Azii i Afriki v srednie veka. 1-2 chast. Redkoll. Atsamba, F.M.,Madina. Z.D. Meyer. M.S. Moskva. 1987. 6. Lyublinskaya A.D İstochnikovedenie istorii srednix vekov. L., Gosizdat, 1955. 7. Salicheskaya pravda. Perev. N.P.Gratsianskogo. M.1950 4 8. Xrestomatiya po istorii srednix vekov.Pod.red. N.P.Gratsianskogo i S.D.Skazkina. 3-e izd.M.Nauka 1966. 9. Syuzyumov. İstochniki po istorii srednix vekov. M.2004 10.M.Psell. Xronografiya.M.Nauka. 1978. TEMA: XI ASR O’RTALARIGACHA ANGLIYA 1. Angl-saks istilosi va angl-saks korolliklari. 2. Daniyaliklarga qarshi olib borilgan kurash. 3. Alfred Buyukning idora qilishi. 4. Kanut Datskiy davlati. 5. Angl-sakslarning ijtimoiy tuzumi. Feodallashuv protsessi. Rim ligionlari Britaniyadan 5 asrning boshlaridayoq chiqib ketgan edi. Biroq mamlakatning bir qancha mayda korolliklarga bwlinib ketishga sabab bwlgan «Britaniya mustaqilligi» uzoqqa bormadi. V asrning o’rtalaridan boshlab (449 yil atrofida) bu orolga turli xil shimoliy g’arbiy german qabilalari anglar, sakslar, yutlar bostirib kira boshladilar. Orol oz-ozdan istilo qilinib borib bu istilo butun bir asrga XI ikkinchi yarmigacha chwzildi. Angl sakslar istilosi natijasida ilgarigi Britaniya territoriyasida undan ortiq mayda german korolliklari vujudga keldi; bu varvar korolliklari eng chekka g’arbdan Uels bilan Karnoeldan va kelt qirolliklari saqlanib qolgan eng chekka shimoldan shotolandiyadan tashqari orolning butun teritoriyasini egalladi. XII asrga kelib angl saks korolliklari bir qadar yiriklashib, ettita korollikni tashkil etdi. Janubda sakslarning uchta korolligi- Ueseks, Sesseks, Esseks korolliklari vujudga keldi. Markazda va Shimoliy- sharqda asosan angllar wrnashgan bwlib, bu erlarda Mersiya, Nortumbriya va Sharqiy Angliya korolliklari tashkil topti. Yutlar chekka janubi-g’arbda muxm teritorriyani, yani Temza darёsi quyiladigan joyni ishg’ol qilgan kichik bir Kent korolligini tuzdi. XII asr ichida va XIII asrning birinchi yarmida asosiy rolni shimoli korolliklari Nortumbriya va Mersiya wynadi. XIII asrning wrtalaridan boshlab gegemonlik janubiy korolliklardan biriga-Uessekega wtdi. Uesske korollari dastlab janubiy-Sessseks, Esseks va Kentni wziga bwysundirdi, swngra IX asrning bolarida esa Mersiya bilan Notumbriyani bosib oldi. Sharqiy angllar korolligi wz mustaqilligini bundan ilgari ywqotgan bwlib, avval Nortumbriyaga keyin esa Mersiyaga bwysungan edi. Uesseks koroli-butun mamlakatni birlashtirgan kishi-Ekbert (802-839) edi. bu mamlakatni birlashtirishni 829 yillarda amalga oshirdi. VI asrdan boshlab angl-sakslar orasiga xristianlik kira boshladi. Bir qancha vaqtgacha Angliyada ikkita xristian cherkovi uzra kurash olib bordi: biri-V asrda tashkil topgan va sharqiy grek cherkovlari bilan tashkili aloqada bwlgan İrlandiya cherkovi, ikkinchisi-papa tomonidan Rimdan yuborilgan missionaerlar tashkil etgan cherkovi. Rim cherkovining tasiri \olib chiqdi. Buning sababi qisman istilochilar bilan, yani angl sakslar bilan orollardagi keltlar wrtasida bwlgan 5 antagonizm bwlsa, asosan rim cherkovining kwproq markazlashganligi va asrestokratlashganligi bwldi. Angl-saks korollari uning episkoplaridan etiborli siёsiy kuch sifatida foydalanishlari mumkin edi. Birlashgan angl-saks korolligi tashkil topishi bilanoq daniyaliklarga qarshi qattiq kurash boshlashga majbur bwldi. Daniyaliklar deganda Angliyada faqat Skandinaviyadan Yutlandiya yarim orliga kwchib kelib wrnashib, bu erda IX asrda kuchli korollik tuzgan daniyaliklarni wzinigina emas, balki yana skandinav- norvejlar h’am naxarda tutilar edi. Skandinav-normonlarning Evropa qittasiga- Frantsiyaga va Janubi İtlandiyaga qilgan xujumlari tw\risida yuqorida gapirib wtilgan edi. Skandinavlarning Britaniya orollariga qilgan xujumlari undan h’am daxshatliroq bwldi. Ular İrlandiyaga, Shotlandiyaga va Angliyaga bir necha asr davomida juda kwp va daxshatli xujumlar qilib turdilar. Umuman olganda daniyaliklar-skandinavlarning Angliyaga qilgan xujumlari kamida 300 yil (VIII asrning ikkinchi yarmida to XI asr wrtalarigacha) davom etdi. Juda kwp skandinavlar shimoli-sharqiy Angliyaga wrnashib olib, bu wlkaning taraqqiysiga tasir etdi. 838 yilda Ekbert daniyaliklarining Anglichyaga qilgan xujumlarida biri qaytara oldi. Ammo 842 yilda ular orol ichkarisiga yana bostirib kirib Londonga wt qwydilar. 866 yilda esa shimoliy-sharqiy kirgokning h’ammasini bosib oldilar. Daniyaliklar ancha zich joylashgan bu territoriya butun wrta asr davomida Daniyaga qarashli mintaqa degan nom bilan nom bilan yuritilar edi. Korol Alfred Buyuk korollik qilgan davr (871-900) angl-sakslarning daniyaliklarga qarshi eng qattiq kurash olib borgan momentlaridan biri bwldi. Alfred Buyukdan oldingi korol Etelred 1 daniyaliklarga qarshi kurashda xalok bwldi. Alfredning wzi dastlab daniyaliklardan janubga qarab qochishga majbur buldi. Alfredning wzi daslab daniyaliklardan janubga qarab qochishga majbur buldi. Alfred birmuncha vaqtgacha daniyaliklarga qarshi partizan otryadlari, tarkok otryadlar vositasi bilan kurash olib bordi. Faqat keyinroq borib u muntazam urishga ,wtib, daniyaliklarni Temzaning narigi tomoniga uloqtirib tashlashga muvaffaq bwldi. 879 yilda daniyaliklar bilan sulx tuzildi, bu sulxga binoan mamlakat ikki qismga bwlindi: Angliyaning janubi-garbiy qismi angs-sakslarga, shimoli-sharqiy qismi daniyaliklarga bwlib berilgan edi. Daniyaliklarga qarshi kurashishda Alfred qisman eski umumiy xalq lasharlariga tayandi, qisman xarbiy- feodal tipidagi katta, wrtacha va mayda er egalaridan iborat yangi feodal qushining kuchaytirilishini quvvatladi. Shunday qilib, Angliyada ritsarlar vujudga kela boshladi. Bundan tashqari, Alfred daniyaliklarga qarshi juda kwp burglar- qalalar kurib, ularga kwrik otryadlar qwydi va dengiz qir\oq bwylarini daniyaliklar xudumidan qwriqlash uchun dengiz floti kura boshladi. U Angliyada birinchi marta aloxida doimiy solik olishni joriy qildi, bu soliq «daniyaliklar puli» ,yani daniyaliklarga qarshi kurashish uchun yi\iladigan solix deb ataldi. Frank koroli Karl Buyuk singari, Alfred xam, ilm-marifatga omiylik qildi. Uning wzi xam latin avtorlarining asarlari angl-saks tiliga tarjima qilindi. Korolning buyru\i bilan davlat axamiyatiga ega bwlgan eng muxim voqealarnin muntazam yilnomasi tuzib 6 borildi. Savotli kliriklar tayёrlash uchun episkoplik kafedralari qoshida yangi maktablar tashkil qilindi. Alfred Kont, Uesseks va Mersiyaning qadimgi qonunlarini -xaqiqatlariga - twplashni,unga ancha keyin «Alfred xaqiqati» nomi ostida chiqarilgan qonunlarni qwshib bitta twplam qilib chiqarishni buyurdi. Daniyaliklarning sikuvi Alfred zamonida va uning voreslarni zamonida twxtatildi. Alfredning vorislari Londonni qaytarib olib, daniyaliklarning h’ujum X asrning oxirida -XI asrning boshlarida yanada zwr berib takrorlanadi. Bu safar xujum Skandinaviyadan (xozirgi Norvegiyadan) boshlanmasdan,balki bevosita Daniyaning wzidan bolandi. Oradan kwp vaqt wtmay Angliya wz mustaqilligidan butunlay mah’rum bwldi. Daniya koroli Kanutga bwysundi Kanut Datskiy (1017- 1035) istiloi qilingan erlardan juda katta Shimoliy davlat tuzdi, bu davalatga Daniyaning wzi, Norvegiya, Shvetsiya, Angliya va Shatlandiya kirdi. Angliya Daniyaga juda katta soliq twlab turishga majbur bwldi. İlgari daniyaliklarga qarshi kurashga saflanib kelgan «daniyaliklar puli» ancha kuchaytirib, Daniya qiroliga xiroj tarzida twlanadigan bwldi. daniya zadogonlari Angiliyaning janubidan juda kwp yangi erlar oldi. Kanut wlgandan keyin murt, kwp qabilali davlati tez vaqt ichida parchalanib ketdi. daniya qirolining qwlida yana birgina Daniya qoldi. Angliyada Eduard İsavednik (1042-1066) taxtga chiqib, wzining angel-saks dinostratsiyasini tikladi. Lekin Eduardning xokimiyati kuchsiz edi. Angl-saks zadogonlarining bir qismi Daniyaliklarga moyil edi. Eduard boshchiligidagi ikkinchi bir qism zadogonlar frantsuz-norman gertsogi Vilgelm bilan ittifoq tuzishga xarakat qildi. Eduard wlganidan keyin zadogonlar maxalliy angel-saks feodali-Uesseks gertsogi Garolni karol qilib sayladi. Lekin Vilgelm Normandskiy «Eduard vasiyati» ni pesh qilib, taxtni zwrlik bilan olishga qaror qildi. U 1066 yilda juda kwp sonli frantsuz qwshinlari bilan Angliyaga bostilib kirib, Gastins shaxriga yaqin bir joyda Garoldin tor-mor qildi. Shundan keyin Vilgelm Londonga ywl oldi va u erda 1066 yil 25 dekabrda Angliya koroli deb elon qilindi. Bu voqea Angliya tarixida angl- saks davrining nixoyasi, deb xisoblanadi. İlk angl-saks korolliklarining ijtimoiy tuzumida uzoq vaqt saqlanib kelgan uru\chilik munosabatlarining yakkol alomatlari kwrinib turar edi. Juda kwpdan- kwp «xaqiqat» larga, yani VII-VIII asrlardagi turli angl-saks korolliklarining qonunlari twplamlariga asoslanib angl-sakslarning ijtimoiy tuzumini kwz oldimizga keltirishimiz mumkin: ularning ijtimoiy tuzumi kwp jixatdan franklarning «Sali Xaqiqati» da tasvirlangan ijtimoiy tuzumiga wxshar edi. Franklardagi singari angl-sakslarda h’am axolining asosiy ommasi (angl-saks «xaqiqatlari» da ishlatilgan termin bilan aytganda) erkin kishilardan kёrlardan iborat edi. Bular mustaqil dexqonlar bwlib, gayda deb atalgan katta-katta er uchastkalariga ega edilar (bazi korolliklarda xar bir kёrl oilasiga tegishli katta chek erning miqdori 120 akr ёki bizning xisobimizcha 50 gektar kelar edi.) Kёrlning vergeldi 200 shilling edi. Zadogon kishining-erlning vergeldi esa dastlab faqat 400 shilling bwlgan bwlsa, keyinchalik 600 shillingga, undan keyin yana oshib 1200 shillingga etdi. «Xaqiqatlar»da kёrllardan tashqari, yana detlar ёki uillar tilga 7 olinadi. Bular-wz axvoli jixatidan frank litlariga wxshagan yarim erkin kishilar edi. Ularning wz eri bwlmay, malum majburiyat evaziga erllarning erini ishlab berar edilar. Ularning vergeldi 80 shilling atrofida edi. U zotlar Britaniyaning bwysundirilgan maxalliy axolisidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. Zadogon angl-sakslarning, erllarning (va xatto bazi bir eng boy kёrllarning) qullari h’am bwlib, bu qullarning bir qismi xovlida xizmat qiladigan qullar edi, bir qismi obrokchi qullar bwlib, deh’qonchilik bilan shu\ullanar edi. Angl-saks jamiyatida jamoa va boshqa moxalliy boshqaruv organlari juda kwp edi. Bularning asosiysi qishloq-twp edi. Bu qishloq-qishloq jamoasidan iborat bwlib, unda er suv bor edi, muntazam suratda qishloq yig’ini-talimot chiqarilib turardi, saylab qwyiladigan qishloq oq soqoli bwlardi. qishloq jamoalarining vakillari oida bir marta yuzboshilar majlisiga twplanardi. Yuzboshilar majlislaridan yuqori wrinda h’ar bir graflikning xalq majlisi bwlib, bu majlislar tarixiy jixatdan kabilaviy korolliklar davridan saqlanib qolgan edi. Korol vakili- graflikning rasmiy boshlig’i, sharif wz faoliyatida graflikning bu kengashi bilan xisoblashib turishi kerak edi, bu kengashda mah’alliy zadogonlar h’al qiluvchi tasiriga ega edi. Nixoyat, korol xuzurida vitonagemot-(«donolar kengashi») butun birlashgan korollik zadogonlarining kengashi chaqirilib turar edi. Vitonagemot korol xokimiyatini juda cheklab qwygan edi. U qonunlarni tasdiqlarda va mamlakatning oliy sud organi edi. Korollarni saylash va biror gunox qilib qwysa, wrnidan tushirish h’am vitonagemot qwlida edi. U tasdiqlamasa, korolning xech qanaqa inomi amalga oshmas edi. VIII va IX asrlarda ayniqsa X asrda angl-sakslarning patriarxal jamoa tartiblari tobora tushkunlik sari yuz tutdi. Xali kuchli bwlgan jamoasi bilan bir qatorda katta aristokratik er egaligi avj oldi. Korol maxsus ёrliqlar berib, erni dunёviy zadogonlarga va cherkovga xususiy mulk qilib bera boshladi. Odatdagi qonun-qoidalarga asoslangan er mulkiga, yani jamoalarning; deh’qonlarning er mulkiga (folklendga) qarama-qarshi wlaroq, mamlakatda pomeshchiklar mulk (boklend), erga korol ёrli\i-bos ёki bosk asosida egalik mulki bwlishini tan olish bilan birga, bokland egalariga kwpincha yana bir qancha imtiёz va immunitetlar (maxalliy jekon axolisini sud qilish va ulardan soliq tuplash xuquqi) h’am berdi. Deh’qonlarning chek eri borgan sari maydalanib bordi. Katta dexqon oilasining ilgarigi wrtacha chek eri-gayda wrniga IX-X asrlarda h’amma joyda dexqonlarning miqdor (jixatidan ancha oz bwlgan yangi chek eri-virgata uchraydi virgata-gaydning twrtdan bir qismi.) Daniyaliklarning xujumlari deh’qonlarning ah’voliga juda ёmon tasir qildi. Daniyaliklar wz xujumlari vaqtida dexqonlarning xwjaligini butunlay vayron qilardilar. Dexqonlar burgla, kwpriklar va ywllar qurish, lashkarlar safida turib qwriqchilik qilish va xarbiy xizmatni wtash uchun juda kwp vaqt sarflashga majbur edilar. Tobora ortib borgan «daniyaliklar puli» ni h’am shu deh’qonlar twladilar, bu daniyalarga qarshi olib borilgan uzuluksiz urushlar vaqtida juda kwp ritsarlar vujudga kelib bularni taminlash h’am shu deh’qonlar ustiga tushardi. İlgarigi korol drujinalari-gozitlarning wrnini olgan korol tanlari xarbi-feodal tipidagi er egalariga aylanib bordilar. 8 Zaiflashib qolgan deh’qon jomoalari zadogonlarning xomiyligiga wtishga majbur bwldilar. Angliyada kommendatsiya VII-VIII asrlarga oid esdaliklarda uchraydi, lekin bu narsa IX-X asrda ayniqsa kwpaydi. X asrda korollardan biri Etelstan (Alfredning nevarasi) bir farmon chiqardi, bu farmon frantsiyadagi Karl P Yaltiroqbosh farmoning aynan wziga wxshardi., desa bwladi. Etelstan 930 yida h’ar bir erkin kigqshiga wzi uchun bir xwjayin (angl-sakscha «lord», bu term fransuzcha «senor» degan terminga twg’ri keladi) topib olishni buyurdi. Deh’qonlarning wz ёnidagi katta er egasiga bwlgan qaramligini davlat xokimiyati immunitet tarzida rasmiylashtirdi. Korol katta er egalariga wz atrofidagi axolini sud qilish va undan tegishli sud bojlari olish xuquqini berdi. Bunday xususiy sud qilish xuquqi soka deb, xususiy sud qilingan deh’qonlar sokmilar deb atalardi. Erdor xardlar manorlar (bu swz h’am angl-sakslar vaqtida paydo bwldi.) deb atalgan wz pomestelarida qisman qullar meh’natini, qisman esa krepostnoylar meh’natini ekspluatatsiya qilardilar. 1000 yilga oid bir manbada deh’qonlarning turli gruppalari tasvirlanadi, lekin ilgarigi kёrllar degan nom wrniga endi bu xujjatda genitlar va geburlar degan yangi nomlar ishlatiladi; genitlar xususiy er egasi bwlib, qisman korolga, qisman ёnidagi lordlarga soliqlar twlab turuvchi erkin deh’qonlar edi, geburlar esa wz eri bwlmay, pomeshchiklarning erida dexqonchilik qilib unga yil bwyi xar tashqari, lordga mol, g’alla, pul shaklida turli xil soliqlar twlab turuvchi dexqonlar edi. Kam erli deh’qonlarning yana bir gruppasi kassetlar (kotterlar) tilga olinadi, bularning kichik bir parcha erlari va kulbalari bwlib, bular evaziga uncha katta bwlmagan barshchina majburiyatlarini wtar edilar. Biroq ang-sakslarda feodallashuv protsessi normanlar istelosi vaqtida tugallanmagan edi. Deh’qonlarning loaqal yarmi xali erkin jamoa azosi bwlib, ularning lordlar bilan bwlgan munosabati h’ali butunlay krepostnoylik munosabatlari tusini olmagan edi, balki xomiylik munosabatlarigina edi. Xatto krepostnoylashtirilgan geburlarnin axvoli h’am juda turlicha edi, xar manorda xar xil edi. Bir qancha joylarda ular qaram kishilarga wh’shar edi, lekin ular chinakam krepostnoylik xolatida emas edi. Shimoli-sharqiy Angliyada, daniyaliklar wrnashgan mintaqada erkin dexqonlar («erkin kishilar») xali juda kwp edi. Skandinavlar jamiyatining ancha keyin taraqqiy qilishi, sharqiy Angliyadagi daniyalik-skandinaviyalik axolida uru\chilik elementlarining saqlanib qolishi natijasida shunday xol yuz berdiki, xattto janubiy-sharqdagi angl-saks deh’qonlari ilgarigi erkinlik va mustaqilligidan butunlay maxrum bwlgan bir vaqtda h’am «daniyaliklar mintaqasi» dagi dexqonlar wz mustaqilligini bir muncha saqlab qoldi. Katalog: wp-content -> uploads -> 2017 2017 -> Comune di abbadia san salvatore 2017 -> Фамилия, Имя, Отчество. Сертификат номер 2017 -> O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti 2017 -> Berdoq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Tarix va arxeologiya kafedrasi 2017 -> Bezirkshauptmannschaft krems fachgebiet Veterinärwesen 2017 -> O’zbekiston oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi berdax nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti 2017 -> O`zbekiston respublikasi oliy va o`rtа mаxsus tа`lim vаzirligi 2017 -> 6-sinf I variant J. Kuk 1771-1775-yillarda Hind okeanida qanday tadqiqot ishlarini olib borgan? 2017 -> 5- sinf ona tili 1-variant Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling