Berilgan birliklardan nechtasi ham teng ham tobe bog`lanishni yuzaga keltiradi?


Download 24.9 Kb.
bet1/3
Sana26.04.2022
Hajmi24.9 Kb.
#655625
  1   2   3
Bog'liq
10-test sintaksis
Nodira enzim-ya, 3802105441-1, 3- amaliy ish Mavzu Ma’lumotlarga nisbatan ruxsatlarni mantiqiy, 3- amaliy ish Mavzu Ma’lumotlarga nisbatan ruxsatlarni mantiqiy, 3- amaliy ish Mavzu Ma’lumotlarga nisbatan ruxsatlarni mantiqiy, Fozilov Aziz endo kasallik tarixi, 5- Laboratoriya ishi, 8-ma’ruza mavzu z-almashtirish, 1329 TJ, 1329 TJ, 1329 TJ, 1329 TJ, 1329 TJ, 11s-as-12s-20 06.11.2021, 2015article

1. Hokim so’z olmosh bilan ifodalangan otli birikmani toping? A) farovon hayot B) hammadan kuchli C) kitob o’qimoq D) do`stimning o’zi

2. Qaysi qatorda hokim so’z sifat bilan ifodalangan? A) shunday o’lka B) halol ishlamoq C) a’lochilardan bittasi D) voqeadan xabardor


3. Yomondan qoch, yaxshiga quloch och. Shu maqoldagi so’zlarning o’zaro aloqasi qanday yo’l bilan amalga oshgan? A) gapda so’zlar teng va tobe bog’langan B)boshqaruv va moslashuv yo’li bilan C)faqat boshqaruv yo’li bilan D)bitishuv va boshqaruv yo’li bilan


4. Qaysi qatorda hokim so’z sifat bilan ifodalangan so’z birikmalari berilgan? 1) sevimli qo’shiq; 2) hayoti achinarli; 3) otdan baland; 4) ukamdek ishchan; 5) gul chiroyli; 6) gulning chiroyi. A) 3, 4 B) 2, 3, 4, 5, 6 C) 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5


5. Hokim so’z tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud bo’lgan otli birikmani toping? A) yaxshi ishlamoq B) gapirilgan masala C) hammadan chiroyli D) ko’chirma nusxa


6. 1) qush, uya; 2) yurt, ketmoq; 3) ayrilmoq, el; 4) vatan, qadr; 5) inson, vatansiz; 6) g`am, el; 7) yurt, yuksalmoq; 8) tug`ilmoq, yer.


Berilgan birliklardan nechtasi ham teng ham tobe bog`lanishni yuzaga keltiradi?
A) 2 tasidan B) 3 tasidan C) 4 tasidan D) 5 tasidan

7. Berilgan atamalarning qaysilari sintaksis bo`limiga tegishli? A) asos, ot, undov so`z B) ko`makchi, bosh so`z, ergash so`z C) ega, hol, taqlid so`z D) hokim so`z, gap, so`z birikmasi


8. Hokim so`z ot bilan ifodalangan so`z birikmalarini toping.


A) navro`z bayrami, o`rik hidi, qattiq aziyat B) bahoriy kayfiyat, oydan ham go`zal, yosh ijodkorlar C) ishga shoshilmoq, bayram fayzi, yurakdan o`qimoq D) kamalakdek egik, anketa so`rovi, tarixiy shaxs

9.Bosh so`z ravishdosh bilan ifodalangan fe`lli birikmani toping? A) gulni sevmoq B) senda ko`p C) hurmat bilan yondashmoq D) idishlarni arta-arta


10. Qaysi gapda so`zlarni teng bog`lanishi uchraydi? A) Ularga choyni achchiq damlaydi. B) Vatan mung`aygan tandirli, pastakkina tomli kulbangdan boshlanadi. C) Kecha kechqurun Salim biznikiga keldi. D) Birga-birga o`ynab yurgan mehribonlarga salom!


11. Hokim so`z olmosh bilan ifodalangan so`z birikmalari qatorini toping? A) bu hayot, qanday go`zal, mening o`zim B) gullarning barchasi, qizlarning har biri, bolalarning o`zi; C) hammadan go`zal, g`oyat qiziqarli, o`z ukang; D) har bir vazifa, o`z uying, kimning kitobi


12.Qaysi qatorda so`z qo`shilmasi berilgan?


A) chiroyli manzara B) shoirlar bilan uchrashmoq C) go`zallik va yaxshilik D) vahimadan qutilish
13. Qaysi javobda uchta yuklama qatnashmagan gap(lar) ko'rsatilgan?
1) Ulardan faqat birga oldirilgan suratgina yodgor qoladi, xolos.
2) Qizning nihoyatda ta’sirlanib gapirgan fikrlariga Feruza ham bir narsa deya olmadi-ya.
3) Xullas, hammasi yaxshi ketayotgan edi-yu, to'satdan ikkovlari ham shaharga, o'z uyiga qaytish fikriga tushib qolsa bo'ladimi.
4) Nahot meni ham shu gapga ishonmadi deb o'ylaysiz-a?
A) Berilgan gaplarda uchtadan yuklama qatnashgan
B) 2, 3 C) 1 D ) 2, 3, 4

14. Qaysi javobda keltirilgan gapda ma’noviy jihatdan bir guruhga mansub sof va vazifadosh bog'lovchi qatnashgan?


A) Millat tushunchasi hamisha Vatan bilan yonma-yondir, misoli jism-u jondir.
B) Yupanch topdingmi dunyoga kelib,
Ustoz yo shogirddan yoki tengdoshdan.
C) O'zi balo tog'ining va ofat bulog'ining boshida o'tirarmish, kun-u tun, yoz ham qish.
D) Ona bilan bola - gul bilan tola.

15. Qaysi turdagi qo'shma olmosh qismlari bir turdagi olmoshlardan tashkil topadi?


A) belgilash B) kishilik C) so'roq D) ko'rsatish

16. Qaysi javobda payt ravishlari ko'rsatilgan?


1) bugungi; 2) buguncha; 3) hozirgi; 4) hozirgacha; 5) so'nggi; 6) so'ngra.
A) 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 5


17. Qo'shma gapning ikkinchi qismida qo'llanadigan bo'g'lovchilar qatorini aniqlang.
A) chunki, negaki, balki. ammo, lekin, biroq, ya’ni
B) chunki, negaki, goh... goh, balki, mabodo
C) ammo, lekin, agar, chunki, negaki
D) toki, shuning uchun, bilan, hamda, basharti

18. Qaysi javobda kuchaytiruv-ta'kid yuklamalari to‘g‘ri ko'rsatilgan?


1) -gina; 2) hatto; 3) ham; 4) -ku; 5) nahot; 6) atigi; 7) -yu; 8) g'irt.
A) 2, 3, 4, 6, 7 B) 2, 3, 4, 5, 7, 8 C) 1, 2, 3, 4, 5, 7, 8 D) 2, 3, 4, 5, 6, 7

19. Cho'lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi, balki ular o`z jasoratlari, mehnatlari bilan tabiatni zabt etadilar. Ikkinchi gap tarkibidagi olmosh(lar) birinchi gapdagi qaysi so‘z turkum(lar)i o'rnida qo’llangan?


A) fe’l B) sifat C) ot D) ot, sifat

20. Berilgan gaplarning qaysilarida vazifadosh biriktiruv, qaysilarida vazifadosh zidlov bog'lovchilari qo'llangan?


1) U anchadan keyin o'ziga keldi-yu, tepasida xotini turganini, qizchalari yig'layotganini payqadi. 2) U kishi hamma bilan qo‘l berib xayrlashdi-da, menga qolganda burilib ketdi. 3) Ba’zilar hordiq chiqarishga kirishadilar-u, ba’zilar podalari izidan cho'lga qarab ketadilar. 4) Bir zumda havo sovidi-yu, hammayoqni quyuq tuman bosdi.
A) 1, 4 - biriktiruv, 2, 3 - zidlov bog'lovchilari o'rnida
B) 1, 3, 4 - biriktiruv, 2 - zidlov bog'lovchilari o'rnida
C) 1, 3 - biriktiruv, 2, 4 - zidlov bog'lovchilari o'rnida
D) 1, 2 - biriktiruv, 3, 4 - zidlov bog'lovchilari o'rnida

21. Quyida keltirilgan she’riy parchada olmoshning necha turi ishtirok etgan?



Download 24.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling