Berk zanjir uchun Om qonunini ko‘rganda biz faqat birgina berk konturdan iborat eng sodda elektr zanjiridan foydalandik (62- a rasm). Bunday zanjirlartarmoqlan magan zanjirlar deyiladi


Download 86.42 Kb.
Sana27.01.2022
Hajmi86.42 Kb.
#484391
Bog'liq
kirxgof
MATN, MATN, @super matematika 2015-yil 1-qsim, 3-LHI 62601, 3-LHI 62601, М 13 БТ узб

Berk zanjir uchun Om qonunini ko‘rganda biz faqat birgina berk konturdan iborat eng sodda elektr zanjiridan foydalandik (62- a rasm). Bunday zanjirlar t a r m o q l a n magan zanjirlar deyiladi. Òarmoqlanmagan zanjirning barcha qismlarida tok kuchi bir xil bo‘ladi. Bunday zanjirlardagi tok kuchini, EYK ni va qarshilikni Om qonunlaridan foydalanib oson hisoblash mumkin. Radiotexnika, elektrotexnikada ancha murakkab elektr zanjirlaridan foydalaniladi. Ular umumiy qismini tashkil qilgan bir necha



berk o‘tkazuvchan konturlardan tarkib topgan bo‘lib, har bir konturda bir necha tok manbayi bo‘lishi mumkin. Bunday zanjirlarni tarmoqlangan zanjirlar deyiladi. 62- b rasmda shunday zanjirlardan birining bir qismi tasvirlangan, u ABC, ABE va ADC berk konturlardan tarkib topgan. Òarmoqlangan zanjir berk konturining alohida qismlarida tok kuchlari kattalik jihatdan ham, yo‘nalish jihatdan ham turlicha bo‘lishi mumkin. Òarmoqlangan zanjirni 1847- yilda nemis fizigi G. Kirxgof tomonidan aniqlangan ikkita qoidani qo‘llab hisoblash mumkin. Kirxgofning birinchi qoidasi tarmoqlanish tugunlariga tegishli. Zanjirning uchtadan kam bo‘lmagan o‘tkazgichlar birlashadigan nuqtalari tarmoqlanish tugunlari deyiladi. (Masalan, 62- d rasmdagi A nuqta, 62- b rasmdagi A, B, C, D, E nuqtalar tarmoqlanish tugunlari hisoblanadi). Bunda tugunga keluvchi tokni musbat, tugundan ketayotgan tokni manfiy deb hisoblaymiz. Kirxgofning birinchi qoidasiga ko‘ra, tarmoqlanish tugunida uchrashuvchi toklarning algebraik yig‘indisi nolga teng: 0. k I (67)  Bu munosabat tok o‘zgarmas bo‘lganda tugunda zaryadlarning to‘planmasligini, ya’ni tugunga vaqt birligi ichida qancha elektr miqdori kirsa, shuncha elektr miqdori chiqishini bildiradi. Aks holda tugunda potensialning o‘zgarishi va, demak, zanjirdan o‘tuvchi toklarning o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Bundan chiqadiki, zanjirda toklarning o‘zgarmasligi uchun (67) shart bajarilishi zarurdir. 62- d rasm asosida Kirxgofning birinchi qoidasi quyidagicha yoziladi: – 0 . (68) II I 12 3 Kirxgofning i k kinchi qoidasi tarmoqlangan zanjirning berk konturlariga tegishli. 62- b rasmdagi ABCA konturni xayolanajratib olaylik va konturni soat mili yo‘nalishida aylanishni musbat yo‘nalish deb hisoblaylik (aylanish yo‘nalishini tanlash ixtiyoriy). Yo‘nalishi biz tanlagan yo‘nalish bilan mos tushadigan tok kuchi va EYK ni musbat, teskari yo‘nalishdagilarni manfiy deb hisoblaylik. A nuqtadagi potensialni ϕA, B nuqtadagini ϕB va C nuqtadagini ϕC bilan belgilaymiz. Konturning har bir AB, BC, CA tarmoqlanmagan qismlari uchun Om qonunini yozamiz: 1 (a)  AB qism uchun – 1 1 1, B A I R 2 , B C I R 1 (b)  BC qism uchun 2 2 (d) CA qism uchun 3 3 . C A I R (a) ifodaning ikkala tomonini (–1) ga ko‘paytirib, uchala (a), (b) va (d) ifodalarni o‘zaro hadma-had qo‘shib chiqsak, potensiallar qisqaradi va quyidagi 1 (69) I Rkk n   1 1 yoki   11 2 2 33 1 2 IR IR IR munosabatni hosil qilamiz. Bu munosabat Kirxgofning ikkinchi qoidasini ifodalaydi va u shunday ta’riflanadi: Òarmoqlangan zanjirning berk konturida uning qismlaridan oqayotgan tok kuchlarining tegishli qismlar qarshiliklariga ko‘paytmasining algebraik yig‘indisi konturdagi tok manbalari elektr yurituvchi kuchlarining algebraik yig‘indisiga teng bo‘ladi. (69) munosabat bir necha tok manbalari bo‘lgan tarmoqlangan zanjir konturi uchun Om qonunini umumlashtirishdir. Kirxgofning ikkinchi qoidasi tokning o‘zgarmasligi bilan bog‘liq bo‘lmagani uchun uni o‘zgaruvchan tok zanjiriga ham tatbiq qilish mumkin.
Download 86.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling