Бешарик тумани хокимлиги халк таълими булимининг сонли


Download 124.5 Kb.
bet1/4
Sana09.02.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1180829
  1   2   3   4
Bog'liq
erkin hudud


Mavzu: Erkin iqtisodiy hududlar
Reja:

  1. Erkin iqtisodiy hududlar.
  2. Xitoydagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyati

  3. O’zbekistondagi erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari


XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab erkin iqtisodiy hudud (EIH) xalqaro


iqtisodiyotning ajralmas qismi bo’lib kelmoqda. Jahon xo’jaligi aloqalarida erkin iqtisodiy hudud xalqaro tovaralmashinuvining faollashuvi, investitsiyalar
mobilizatsiyasi, ish bilan bandlik darajasini o’sishi hisobiga iqtisodiy o’sish
ko’rsatkichini tezlashtiruvchi omil sifatida qaralmoqda.
Shu sababdan bugungi kunga kelib dunyo miqyosida EIHlarni tashkil etish va
rivojlantirishga bo’lgan e‟tibor, munosabat tobora ortib bormoqda.
Jumladan, ayni vaqtga kelib O’zbekiston Respublikasida ham mavjud 14 ta
hududning 12 tasida 21 ta EIHlar tashkil etilishiga asos solingan bo’lib, ularning huquqiy asoslari ishlab chiqilgan.
Jahon amaliyoti tajribasi shuni ko’rsatadiki, EIHlar milliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan birgalikda, ishlab chiqarishga yangi, energiyatejamkor, zamonaviy yuqori texnologiyalarni olib kirish, ilg„or xorijiy
menejment va marketing tajribalaridan foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar evaziga ichki bozorni import o’rnini bosuvchi tovarlar bilan to’ldirish, mamlakat eksport salohiyatini yanada oshirish, tashqi savdoni rivojlantirish, hududlarda yangi ish o’rinlari yaratish, valyuta tushumlari kirib kelishini ko’paytirish, oltin-valyuta zahirasi hajmini oshirish, iqtisodiy o’sishni ta‟minlash, milliy valyuta barqarorligini mustahkamlash, Davlat budjeti daromadlarini oshirish va pirovardida, milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va xalqaro raqobatbardoshligining yanada kuchayishiga keng yo’l ochib beriladi hamda unga xizmat qiladi.
Dunyo miqyosida turli davlatlarda tashkil etilgan va etilayotgan EIHlar sonining ortib borishi va EIHlarga ega davlatlar sonining ham ortib borishi (bugungi kunga kelib, ularning soni 140 dan oshdi) ushbu EIHlarning o’zi nima, uning ahamiyati, muhimligi va samaralari, afzalliklari haqida yetarlicha tushuncha, tasavvur va bilimga ega bo’lish zaruriyatini kuchaytirib bormoqda.
Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini jahon fanida chuqur va har tomonlama
o’rganish XX asrning 70 yillarida boshlandi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotida,
mamuriy hujjatlarda, amaliyotda, erkin iqtisodiy hududlarni bildiruvchi xilma-xil
atamalar qo’llashadi: “Erkin iqtisodiy hudud”, “Texnologik hudud”, “Erkin bojxona
hududi”, “Maxsus iqtisodiy hudud”, “Erkin tadbirkorlik hududi”, “Erkin eksport
hududi”, “Erkin savdo hududi”, “Bojsiz hudud”, “Qo’shma tadbirkorlik hududi”. XX srning 80 yillarida erkin iqtisodiy hududlarning 20 ta 2 o’tgan asrning 90 yillarida 30 ta 3 shakli bor deb hisoblaganlar. Ba‟zi hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarni
tavsiflovchi 40 dan ortiq atamalar borligi ham keltirib o’tilgan.
Bugungi kunga qadar EIHlar mazmun-mohiyatini yoritish, EIHlarni tashkil etish
va rivojlantirishga doir xorijiy va mahalliy iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar
tomonidan turli tadqiqotlar olib borilgan va shuning natijasida ko’plab ilmiy
maqolalar, monografiyalar, dissertatsiya ishlari, risolalar, o’quv adabiyotlar hamda o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratilgan. Biroq, olib borilgan o’rganishlar EIHlar tushunchasiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar tomonidan berilgan turli ta‟rif va talqinlar mazkur atamaning yagona ta‟rifga ega emasligini, uning mazmuniga har bir mutaxassis o’z nuqtai nazari, bilim va faoliyat olib borish sohasiga asoslanib ta‟rif berishganligini ko’rsatadi.
Erkin iqtisodiy hududni hududiy xo’jalik jihatidan ham qadimiy, ham zamonaviy deb atash mumkin. Ularning ildizi qadim o’tmishga borib taqaladi, va mana shu vaqtning o’zida o’z amaliy faoliyatini zamonaviy rivojlanishda boyitadi. Amerikalik olimlar M.Fraze va R.Renalar fikricha, “erkin iqtisodiy hudud – bu iqtisodiy rivojlanish yo’lidagi insoniyatning eng qadimgi va va shu bilan birga eng zamonaviy g„oyalaridan biridir”
Rus olimi I.P.Fominskiy rahbarligi ostida chiqqan o’quv qo’llanmada erkin iqtisodiy hududlarga ushbu mamlakatda qabul qilingan umumiy x o’jalik faoliyati tartibiga nisbatan imtiyozlar beruvchi ma‟lum bir hudud deb ta‟riflanadi. Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida erkin iqtisodiy hududlar katigoriyasini aniqlashda turli xil yondashuvlar mavjud. Bu munozara, asosan, ikki muammoni tahlil qilishga borib taqaladi:
- umumlashtiruvchi tushuncha sifatida termin tanlash;
- xodisani kengroq, to’laroq ochib berish maqsadida uning aniq izohini topish.
EIHlarni ta‟riflovchi qarashlarning xilma-xilligi quydagilar bilan bog„liq:
- ular asrlar davomida evolyusion tarzda rivojlanib, o’zgarib, takomillashib
boradi;
- bu rivojlanish turli mamlakatlarda va davrlarda mavjud bo’lgan turli tuman
iqtisodiy muhitda sodir bo’lgan va bo’lmoqda;
- ularning rivoji ichki va tashqi omillarga (geografik holat, ish kuchining o’ziga
xosligi, jahon iqtisodiyoti konyukturasi va hokazo) juda kuchli ravishda bo g„liqdir;
- ilmiy-nazariy tushunib etishda, terminlashda va turkumlash yondashuvida
darajaning yetarli emasligidir.
Rossiyalik olimlardan biri D.Adrianov EIHlarga quyidagicha ta‟rif beradi:
“Erkin iqtisodiy hududlar milliy hududning bir qismi bo’lib, iqtisodiy muammolar yechimini topishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi. Xorijiy hamda milliy tadbirkorlikning iqtisodiy faoliyatida muhim qulayliklarni yaratadi”
Xalqaro tashkilotlar hisobotlarida va ilmiy nashryotlarda turli xildagi
hududlarning mohiyatini yoritishda ”erkin iqtisodiy hudud” terminidan
foydalanadilar. Biroq, bu termin uning mohiyatini to’liq ifoda eta olmaydi. U erda qo’llaniladigan iqtisodiy qoidalar, maxsus ma‟muriy qonunlar, shu hududda faoliyat yuritadigan tadbirkorlarni aniq belgilangan huquqiy va xo’jalik rejimlaridan butunlay ozod qilmaydi, balki ularni yengillashtiradi, ma‟lum imtiyozlar beradi. Shuning uchun ham EIHni “erkin” emas, maxsus iqtisodiy hudud deb atash o’rinli bo’lar edi.
1973-yil 18-mayda Kioto (Yaponiya) shahrida qabul qilingan Kioto
konvensiyasida erkin iqtisodiy hudud tushunchasiga rasman izoh berilgan. “Bojxona jarayonlarini soddalashtirish va uyg„unlashtirish bo’yicha xalqaro konvensiya” qarorlarida yozilishicha, “EIH bu – ma‟lum bir davlat hududidining shunday qismiki, unga olib kirilgan tovarlar bojxona hududidan tashqaridagi tovar sifatida qaralib, u bojxona tekshiruvidan va soliqlaridan ozod etiladi” Bu ta‟rifda turli xildagi EIHlarning asosiy xususiyatlari yoritib o’tilgan, lekin bu faqat tovarlarni hududga olib kirish va olib chiqib ketishga nisbatan to’g’ridir. Albatta, keyingi salkam 40 yillik taraqqiyot natijasida bunday qarash yetarliemasligi aniq bo’ldi. “Erkin iqtisodiy hudud” atamasi tahlil qilinayotgan iqtisodiy hodisaning qirralarini to’liq ochib beradi:
- mamlakatning qolgan qismidan iqtisodiy jihatdan ajralganlik holatining
mavjudligi;
- xorijiy va mahalliy tadbirkorlar uchun alohida iqtisodiy muhitning mavjudligi (imtiyozli bojxona, soliq, ijara, valyuta, mehnat va boshqa tartiblar). Uning ta’siri ostida “iqtisodiy muhitning” qarshilik qilishi kamayadi.
Kioto konvensiyasi qabul qilingach, keyingi taraqqiyot natijasida EIH
tushunchasi borasidagi bilimlar ancha kengaydi, boyidi, uning turli xil shakllari kashf
etildi.
Ushbu tushunchadan ko’rinib turibdiki, mamlakat hududining alohida qismidagi
iqtisodiy erkinlik butunlay emas, balki, qiyosiy hisoblanadi. Demak, EIH tom
ma‟noda erkin emas, balki, nisbatan erkin hududdir. Bu hududga olib kirilgan
tovarlar bojxona to’lovlaridan import solig„idan va import ustidan nazarotlardan ozod etilgani uchun ham bu hudud EIH deb ataladi. Bu shuni anglatadiki, EIHga chet eldan olib kelingan tovarlar qabul qiluvchi davlatga olib kelingan deb e‟lon qilinmaydi. Shu bilan birga qonunlar tovar egalarini va sarmoyachilarini mavjud iqtisodiy huquqiy tartibotdan ozod qilmaydi, balki, uni yengillashtiradi.
Ushbu hudud erkinligi unga kiritilgan mahsulot bojxona tulovlari, importga
nisbatan iqtisodiy siyosat choralaridan ozod qilinishi bilan belgilanadi va EIZga
tashqaridan keltirilgan mahsulotlar deklaratsiya qilinmaydi. Biroq, shu bilan birga, qonunlar mahsulot egalari va investorlarni iqtisodiy tartiblardan ozod qilmay, uni yengillashtiradi.
Yuqoridagi EIHlarga berilgan ta‟riflardan hamda EIHlarning mazmunmohiyatiga asoslanib shuni aytish mumkinki, EIHlarni maxsus iqtisodiy hudud
(MIH) deya atash ham o’rinlidir.
Iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarning MIHlar deb nomlanishining ham sababi
shundandir. Bugungi kunda O’zbekiston qonunchiligida ham MIHlar atamasi keng ishlatilmoqda.
Bizning fikrimizcha, EIHlar mamlakatning shunday hududiki, bu erga olib
kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdiktsiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona nazorati va soliqqa tortilishdan ozod etiladi, ya‟ni bu yerda mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan o’ziga xos imtiyozlar va rag„batlantirishlar tizimidan keng foydalaniladi.
Demak, EIH deganda davlat tomonidan tuzilgan milliy iqtisodiyotga yordam
beruvchi sun‟iy iqtisodiy hudud tushuniladi. Shunga ko’ra, EIH o’zida hudud
suvereniteti, iqtisodiy komplekslar, keng ishlab chiqarish va maxsus mexanizmlarni aks ettiradi. Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo’yicha Xalqaro Assotsiatsiya (MARSEZ) izohiga qaraganda, EIH aynan maxsus moliya va xo’jalik jihatidan ochiq bo’lgan davlat qismidir. Bu esa, o’z navbatida, iqtisodiyot, fan va texnika, ekologiya va gumanitar fanlar rivojiga olib keladi. Yuqoridagi izohlarga qaraganda EIHga yagona ta‟rif yo’qligiga amin bo’lamiz.
Lekin, ko’p iqtisodchilarning fikrini tahlil qilib quyidagi fikrga kelamiz:
- birinchidan, EIH davlatning asosiy qismi;
- ikkinchidan, bu hududda to’liq imtiyozlar tizimi bo’ladi;
- uchinchidan, bu hudud faqatgina bojxona soliq va boshqa nazorat turlaridan
“erkin” hisoblanadi;
- to’rtinchidan, EIH rezidenti barcha nazorat turlaridan ozod degan ma‟noni
bermaydi;
- beshinchidan, EIHga jiddiy yondashuv natijasida u tashqi savdo
umumiqtisodiy fan va texnika, fan va texnologiya sohasidagi muamolarni yechishga yordam beradi.
Nazariy jihatdan EIHlarning mazmuniga berilgan turli iqtisodchi-olimlar
ta‟riflari tahliliga ko’ra, erkin iqtisodiy mintaqalar iqtisodiy jarayonlarga davlat
aralashuvini tanlab qisqartirish vositasi sifatida qaraladi. “Erkin iqtisodiy hudud”
tushunchasiga berilgan bunday ta‟rif xo’jalik yuritishning imtiyozli tartibi amal
qilishi bilan bog„liq jarayonlarning barcha ko’rinishini qamrab oladi. Bunday
yondashuvda EIH – bu alohida olingan geografik hudud bo’lmay, milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, unda mamlakatning boshqa hududlarida amal qilmaydigan imtiyoz va rag„batlar tizimi joriy qilingan va amal qiladi.
Demak, EIH (ayrim adabiyotlarda alohida yoki maxsus iqtisodiy hudud ham
deyiladi) – mamlakatning qolgan hududlariga nisbatan alohida yuridik maqomli,
milliy va xorijiy tadbirkorlar uchun imtiyozli iqtisodiy sharoitlarga ega bo’lganchegaralangan hudud.
Erkin iqtisodiy hududlar – shunday geografik hududki, unda mamlakatda
qabul qilingan xo’jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to’lash va bojxona
tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy
jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan ma‟lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Shunga ko’ra, EIH mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir.
EIHga eng umumiy tavsif qilib shuni aytish mumkin, u shunday hududki, bu
yerdagi rag„batlantirishlar, imtiyozlar (soliq, bojxona, ma‟muriy), litsenziyalash,
vizalarni rasmiylashtirish, bank faoliyatlari, mulkchilik munosabatlariga oid
yyengilliklar ushbu mamlakatning boshqa hududlarida aynan amal qilmaydi.
Boshqacha qilib aytganda, u anklav, ya‟ni bu bir mamlakat hududining yoki
qismining har taraflama boshqa mamlakat yoki shu mamlakatning boshqa hududlari bilan o’ralishidir. Bu hududda iqtisodiyotga davlatning aralashuvi ma‟lum bir darajada chegaralanadi. Bu hududda mamlakatning boshqa hududlarida amal qilinmaydigan ma‟lum imtiyozlar beriladi.
Jahon xo’jaligida xalqning moddiy farovonligi, turmush tarzi, ko’p jihatdan,
EIHlarning tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi bilan chambarchas bog„liqdir.
Chunki, bunday holatlarni biz EIHlar tashkil topgan va iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlar misolida ham ko’plab kuzatishimiz mumkin. Xullas, qaysi mamlakatda chet el investitsiyalari va tadbirkorlarning faoliyati uchun keng imtiyozlar yaratilgan bo’lsa, shuningdek, iqtisodiyotini tiklab olishlari uchun amaliy yordam berilib imkoniyatlar yaratilgan bo’lsa investitsiya miqdori ham, tadbirkorlarning ishchanlik qobiliyati ham o’sha erda yuqori bo’ladi. Ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar uchun EIHlar amalda territoriyadagi ishchilarning turmush tarzi, ishlab chiqarish salohiyatining kontsentratsiyalashuviga yordam beruvchi maxsus hudud hisoblanadi.
Shuning uchun ham bunday hududlarga “maxsus iqtisodiy hudud” atamasi mos
keladi. EIHlarni yaratilishiga ularning tashkilotchilari tomonidan ochiq iqtisodiyot tamoyillarini amalga oshirishning muhim bo’g„ini sifatida qaraladi. Ularning faoliyati tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va jadallashtirish bilan bog„liqdir.
EIHlardagi iqtisodiyot tashqi olam uchun yuqori darajada ochiqlikka, bojxona, soliq va investitsiya rejimlari ichki va tashqi investitsiyalar uchun qulaylikka ega bo’ladi. Tayanch iboralar: Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish tarixi va bosqichlari EIHlarni xalqaro iqtisodiy tashkilot sifatida e‟tirof etish mumkin. Chunki, Ular global xarakterga ega, ularning yordamida jahon xo’jaligi aloqalarida butunmintaqalarda juda intensiv integratsiya jarayoni sodir bo’lmoqda. Xalqaro integratsiyaning hozirgi zamon bosqichining o’ziga xos xususiyatlaridan biri iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlanishning lokazatsiyalashuvi hisoblanadi. Buni tashkiliy jihatdan ifoda etuvchi bo’lib, EIHni yaratish yuzaga chiqmoqda. Shuning uchun ularni jahon bozorining milliy iqtisodiyotga qurilgan kichik tuzilmalari, bo’g„inlari deb ham nomlashadi.
EIHlarning bunday nomlanishining ham o’ziga xos sabablari mavjud. Buni
quyidagilar bilan izohlash mumkin. Hozirgi paytda, butun dunyo industrial iqtisodiyotdan innovatsion iqtisodiyotga qarab bormoqda. EIHlar – XX asrning ikkinchi yarim yilligining eng ko’zga tashlanadigan institutsional innovatsiyasidir. Uning ahamiyatini quyidagi ikki raqamning o’zi ko’rsatadi: XX asr oxiriga kelib, jahon ishlab chiqarishining 10 %i, jahon savdo aylanmasining 30 %i EIH orqali o’tgan va jahon kapital aylanmasining qariyb yarmi EIHlar orqali amalga oshirilgan.
Jumladan, Xitoy mamlakati ma‟lumotlari bo’yicha EIH joylashgan mintaqalarda
yashovchi aholi jon boshiga to’g„ri keladigan investitsiyalar, mamlakat bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichdan 10 martaga yuqoridir. Buni AQShda joylashgan “Selikon velli” nomi bilan mashhur ilmiy-tadqiqot hududlarining yangi texnologiyalarni yaratishda qo’shayotgan xizmatini hisobga olib “jahon iqtisodiyotining yadrosi”, deb bejiz nomlashmasligi bilan ham izohlash mumkin.
Bugungi kunda alohida mamlakat va jahon iqtisodiyoti rivojida ulkan salohiyat
va ulushga ega bo’lib borayotgan EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Tarixiy manbalarga ko’ra, bundan 2200 yillar muqaddam, eramizdan avvalgi 166- yilda grek davlati Delosda birinchi marotaba hujjat asosida, savdoni yengillashtarish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil qildilar.
Bu erkin iqtisodiy zonalar, Sharq va G„arb o’rtasidagi savdo aloqalarini
birlashtiruvchi vazifani bajargan. U erdagi savdogarlar soliqlardan, bojlardan va
ma‟muriy rasmiyatchiliklardan ozod etilgan.
XII-XIII asrlarda erkin savdo hududlari faoliyat yurita boshlagan. Erkin savdo
hududlari G„arbiy Divana daryosi bo’ylarida paydo bo’lgan. Bu daryo o’rta asrlarda eng muhim savdo yo’liga aylangan. U Arab Xalifaligini sharqiy slavyan dunyosi bilan bog„lagan. G„arbiy Dvina va uning yon atroflaridagi quruqliklar ham erkin savdo hududlari deb e‟lon qilingan.

Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va O‘zbekistondagi ahvol Erkin iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari uchun sun’iy imtiyoz berilishiga va bu, o‘z navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga olib kelmoqda.


Bugungi kunda jahonda 4000 ta erkin iqtisodiy zona (400 ta erkin savdo zona, yana shuncha ilmiy-ishlab chiqarish parki, 300 dan ziyod eksport-ishlab chiqarish parki, 100 ta maxsus yo‘nalishdagi zona) faoliyat ko‘rsatyapti, deb yozadi “Biznes-Daily”.

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling