Beshariq tumani Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 38-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’muriyati va boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining qo’shma yig’ilish bayоni


Download 35.5 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi35.5 Kb.
#1365008
Bog'liq
38- мактаб 2020-2022 йиллар ЖШ бажарилиши


Beshariq tumani Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 38-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’muriyati va boshlang’ich kasaba uyushma
tashkilotining qo’shma yig’ilish
BAYОNI


2023 yil 30 mart № 3 Qozoqovul qishlog`i

Raislik qiluvchi: D.Abdullayev
Yigilish kotibi: D.Bo'ronova


Yig’ilishda Xalq ta’limi bo’limi Yo'ldosheva Barno, kasaba uyushma vakili Abdullayev Dilshodjon, barcha kasaba uyushma a’zolaridan 40 nafari ishtirok etdilar.
KUN TARTIBI
1. Tuman Xalq ta’limi bo’limi 38-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’muriyati va boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti o’rtasida 2020-2022 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi to’g’risida.
Axborotchilar: 38-umumiy o’rta ta’lim maktabi direktori A.Egamov va BKUK raisi D.Abdullayev
EShITILDI:
1. 38-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’muriyati va BKU qo’mitasi o’rtasida 2020- 2022 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi to’g’risida xisoboti tinglandi. ,
Muzokarada so’zladilar:
Maktab boshlang’ich kasaba uyushma tashkiloti a’zolari, maktabning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A.Mirzayev, maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi I.Pirnazarova so’zga chiqib, muassasada Jamoa shartnomasining bajarilishi yuzasidan o’zlarini fikrlarini bildirdilar.
Yuqoridagi masala yuzasidan maktab ma’muriyati va kasaba uyushma qo’mitasining qo’shma yig’ilishi
QAROR QILADI:
1. Qaror bir ovozdan qabul qilindi (qaror ilova qilinadi)
Yig’ilish raisi: D.Abdullayev
Yig’ilish kotibi: D.Bo'ronova


Beshariq tumani Xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 38-umumiy o’rta ta’lim maktabi ma’muriyati va boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotining
Q A R O R I


2023 yil 30 mart Qozoqovul qishlog`i


38-umumiy o’rta ta’lim maktabi
ma’muriyati va BKU qo’mitasi
o’rtasida 2020-2022 yillar uchun tuzilgan
Jamoa shartnomasining 2022 yilda
bajarilishi to’g’risida.


Yuqoridagi masalani tinglab yig’ilish
QAROR QILADI:
1. 38-umumiy o’rta ta’lim maktabi raxbari A.Egamov va kasaba uyushma tashkilotchisi D.Abdullayev yuqoridagi masala yuzasidan qilingan axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2020-2022 yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi “qoniqarli” deb baholansin.
3. Jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilmay qolgan bandlari 2023 yilda bajarilishiga alohida e’tibor qaratilsin.
4. Muassasada Jamoa shartnomasining tulaligicha bajarilishiga erishish maktab direktori va BKUK raisi zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish maktab ma’muriyati va kasaba uyushma tashkilotchisi zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: D.Abdullayev


Yig’ilish kotibi: D.Bo'ronova
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling