Beta-yemirilish


Download 56.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.11.2021
Hajmi56.82 Kb.
#431712
  1   2
Bog'liq
Beta-yemirilish - Vikipediya
Kurs ishi №1, privacy-policy-ru, O`smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari m a’ ruzakonf, O`smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari m a’ ruzakonf, Mavzu-10. Oligosaxaridlar va polisaxaridlar. Reja, Mavzu-10. Oligosaxaridlar va polisaxaridlar. Reja, Irsiyat va irsiy kasalliklar, ZARARLI ODATLAR, will-going-to-present-continuous-exercise-5, 4.Amaliy mashg'ulot, Abdunabiyev D, 2-21, Эшмаматова, Эшкобилов 2-сем


Beta-yemirilish

Beta-yemirilish (Remirilish, parchalanish)—atom yadrolarining elektron va antineytrino yoki

pozitron va neytrino chiqarib radioaktiv yemirilishi (parchalanishi). Beta-yemirilishning uch tipi

maʼlum: elektron yemirilish (neytronning protonga aylanishi), pozitron yemirilish (protonning

neytronga aylanishi) va elektron qamrash. Elektronlar chiqarganda yayaro elementlarning

davriy sistemasivya oʻzidan keyin turgan kimyoviy element izotopiga, pozitronlar chiqarganda

oʻzidan oldin turgan element izotopiga aylanadi. Elektron Beta-yemirilishda yadro zaryadi 1 ga

koʻpayadi, pozitron Beta-yemirilishda 1 ga kamayadi; massa soni oʻzgarmaydi. Beta-yemirilish

yadro kuchlari muammosiga bogʻliq masalalardan biridir. Yadro kuchlari elektromagnit va

gravitatsion kuchlarga mutlaqo oʻxshamaydi. Bu kuchlar yadroning ikki zarrasi bir-biriga juda

yaqin kelgandagina namoyon boʻladi. Ikkinchidan, bu kuchlar almashinish xususiyatiga ega,

yaʼni zarralar uzoqlashganda bir-biriga tortiladi, yaqinlashganda esa itariladi va zarralar bir-

biriga aylanadi. Mac, neytron protonga, proton esa neytronga aylana oladi. Demak, proton va

neytron ayni bir zarraning ikki xil holatidir. Yadro tarkibida hech qanday oʻzgarish roʻy

bermaydi. Baʼzan, zarralar oʻzaro almashinadi. Bunday hodisa beqaror yadrolardagina

kuzatiladi. Radioaktiv yadrolar tarkibida yo neytron, yoki protonlar ortiqcha boʻladi.

Neytronlardan biri protonga aylansa, yadro turgʻun holatga oʻtadi. Bunda zaryadlar

muvozanati saqlanishi uchun elektron yadrodan tez chiqib ketadi. Bu holda Rnurlanish roʻy

beradi. Agar yadroda ortiqcha protonlar boʻlsa, ulardan biri neytronga aylanishi mumkin.

Bunda musbat elektron (pozitron) hosil boʻladi va tez yadrodan chiqib ketadi. Neytronning oʻzi

beqaror zarradir. U uzoq vaqt yadrodan tashqarida boʻlsa, oʻz-oʻzidan proton va elektronga

boʻlinadi. Proton yadroning elektron qobigʻidan elektron kamrashi natijasida proton neytronga

aylanadi. Koʻpincha, yadroga eng yaqin Kqobiqdan elektron ‘Kqamraladi, Kqamrash deb shuni

aytiladi. Kkamrashda Kqobiqdagi boʻshagan joyga yuqoriroq qobiqlardan elektronlar oʻtadi,

bunda foton ajraladi. Umuman olganda Beta-yemirilish jarayoni qator murakkab masalalarni

oʻz ichiga oladi. Bulardan biri yadrodan ajralib chiqayotgan elektron energiyasi masalasidir.

Rnurlanishda radioaktiv atomdan elektronlar katta energiya bilan otilib chiqadi. Bu elektronlar

energiyasi har xil usullar bilan (mas, magnit maydonida elektronlarning ogʻishini oʻlchash yoʻli



bilan) aniqlanadi (qarang Betanurlar detektoroʻ). Kvant mexanika qonunlariga muvofiq,

yadroda muayyan miqdordagina energiya boʻlishi kerak. Haqiqatan yadro yemirilishda diskret

miqdordagi energiyaga ega boʻlgan azarralar va unurlar tarqatadi. Shu sababli r-nurlanishda

ham aynan shu holni kuzatish mumkin. Muayyan izotop yadrosi chiqaradigan elektronlar

noldan maksimal qiymatgacha uzluksiz energiya taqsimotiga (spektrga) ega boʻladi. Demak,

energiya uzluksiz taqsimlanar ekan. Bizni energiya taqsimoti uzluksizligi emas, balki

energiyaning qayoqqa sarf boʻlishi qiziktiradi. Odatda, ajralib chiqqan toʻla energiya

hisoblanganda u spektr qiymatiga teng boʻlib chiqadi va barcha elektronlar energiyasi

yigʻindisi umumiy energiya qiymatidan kam energiya bilan tarqaladi. Qolgan energiya

qayoqqa ketadi? Energiyaning saqlanish qonuni Beta-yemirilishda buziladimi? Harakat

miqdori momentining saqlanishi yoki spin saqlanishi ham goʻyo buzilgandek boʻladi. V. Pauli

Beta-yemirilishda saqlanish qonunlari goʻyo buzilar ekan, demak, bu jarayon notoʻgʻri talqin

etilgan, deb fikr yuritdi. U yangi zarra paydo boʻlishini aytdi. Beta-yemirilishda kam energiyali

va harakat miqdoriga ega neytral zarra ham ishtirok etadi. Lekin bu holni tajriba davomida

kuzatish kiyin. Har bir jarayonda muayyan miqdorda energiya ajralib chiqadi va bu energiya

zarralar orasida ixtiyoriy ravishda taqsimlanadi, elektronga esa, sharoitga qarab, shu

energiyaning har xil ulushi toʻgʻri keladi. Shunday qilib, Beta-yemirilishda p*rQe emas, balki p—

>rQeQlskuzatiladi, bundar—proton, "—neytron, x— neytral zarra. E. Fermi bu zarrani "neytrino"

deb atadi. Bu italyancha "neytroncha" demakdir. Hozir bu zarra "antineytrino" deyiladi. Proton

parchalanishida paydo boʻlgan zarra "neytrino" deb yuritiladi. Formulada v—neytrino. Neytrino

va antineytrinoning tinch holatda massasi boʻlmaydi. Elektron va antineytrino energiyalarining

yigʻindisi neytron va proton massasining ayirmasidan iboratdir, lekin elektron energiyasi

miqdori har xil boʻlishi mumkin, chunki har bir yemirilishda energiya har xil miqdorda

taqsimlanadi. Ikki elektron chiqarish bilan (A, Z) yadro (A, ZQ2) yadroga aylansa, qoʻsh Beta-

yemirilish sodir boʻladi. Bunda v va v (neytrino va antineytrino) ayniy yoki ayniy emasligiga

qarab Beta-yemirilish ikki xil sxemaga ega boʻladi (qarang Radioaktivlik).

OʻzME

. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Ko‘proq o‘rganish

Ushbu maqolada 

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

 (2000-2005)

maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Adabiyotlar





Download 56.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling