Bezgak Anopheles avlodiga mansub chivinlar yuqtiradigan protozoy etiologiyali bir nechta yuqumli kasalliklar guruhidir


Download 12.63 Kb.
Sana13.09.2023
Hajmi12.63 Kb.
#1676637
Bog'liq
10-mavzu ep


Bezgak Anopheles avlodiga mansub chivinlar yuqtiradigan protozoy etiologiyali bir nechta yuqumli kasalliklar guruhidir. Asosiy klinik belgilari - qaytalanib turuvchi, harorat ko’tarilishi xurujlari, taloqning kattalaShuvi, anemiya (kamqonlik). Bezgak qo’zg’atuvchisi 1881 yilda Laveran tomonidan aniqlangan. Odamda bezgak parazitining 4 ta turi uchraydi va ularning har biri alohida kasallik keltirib 218 chiqaradi: R.vivax - 3 kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi, R.malariae - 4 kunlik bezgak qo’zg’atuvchisi, R.falsifarum -tropik bezgak qo’zg’atuvchisi va R.ova1e - 3 kunlik bezgakning alohida turining qo’zg’atuvchisi. Plazmodiumlarning boshqa turlari maymunlarda, kemiruvchilarda, qushlar organizmida parazitlik qiladi. Jadval Bezgakning qo’zg’atuvchilari Bezgak plazmodiylarining turlari. Bezgakning turlari. R.falcifarum (Weleh 1897) Tropik R.vivax Uch kunlik R.malariae (Lavegan 1881) To’rt kunlik R.ova1e Uch kunlikka o’xshash Parazitning rivojlanishi odam va chivin organizmida kechadi. Odam organizmida parazitlar jigar hujayralarida (ekzoeritrocitar yoki to’qima shizogoniyasi) va eritrotsitlarda (eritrotsitar shizogoniya) ko’payadi. Eritrotsitlarda parazitning jinsiy shakllari - gamontlar rivojlanadi (gametalar, gametocitlar). Chivinda sporozoitlar vujudga kelishiga olib keluvchi urug’lanish va zigota (urug’langan tuxum hujayra)ning murakkab rivojlanishi sodir bo’ladi. Chivin chaqqandan so’ng sporozoitlar odam organizmiga kiradi va jigarning parenximatoz hujayralariga borib, o’zining rivojlanishini boshlaydi (preeritrocitar yoki to’qima sikli). Yadrolarining keyinchalik sitoplazmasining ikkiga bo’linishi natijasida ko’plab bir yadroli parazit shakllari-merozoitlar vujudga keladi. Merozoitlar eritrotsitlarning ichiga kirib, rivojlanishida davom etadi (eritrotsitar cikli). Tropik bezgakda (ba’zan 4 kunlik bezgakda) parazitlar faqat eritrotsitlarda rivojlanishni davom ettiradi. 3 kunlik bezgakda eritrotsitar cikldan so’ng parazitlar jigar hujayralarida rivojlanadi, so’ngra esa qonga o’tadi va bszgak residivlarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi degan taxminlar ham bor. Bu taxminlar hozircha isbotini topgani yo’q. Qonda parazitlarning ko’payib ketishi kasallik klinik belgilarining yuzaga chiqishiga olib keladi. Eritrotsitlarda parazitlar kattalashadi, bo’linadi va merozoitlar vujudga keladi. Zararlangan eritrotsit parchalanadi va merozoitlar yangi qizil qon tanachalariga kiradi, shizogoniya qaytariladi. R.vivax, R.falsifarum, R.ova1e uchun parazitlarning eritrotsitlarda rivojlanish vaqti 48 soatni, R.malariae uchun 72 soatni tashkil qiladi. Eritrotsitlar ichiga kirgan merozoitlarning bir qismidan jinsiy shakllar - gamontlar rivojlanadi. Keyinchalik gamontlarning shakllanishi (jinsiy jarayon) faqat chivin organizmida kechadi. Tarkibida parazit bo’lgan qonni odam organizmiga yuborib ham bezgak kasalligini keltirib chiqarish mumkin. Ba’zi kasalliklar, masalan, asab kasalliklarida shunday qilinadi (malyarioterapiya). Bezgak bilan kasallangan onadan tug’ruq vaqtida yoki shikastlangan yo’ldosh orqali homilaga parazit o’tishi mumkin. Anopheles chivini organizmida qo’zg’atuvchi jinsiy sikl - sporogoniyani boshidan kechiradi. Kasal odam qoni bilan birga chivin oshqozoniga tushgan gamontlar eritrotsitlardan 219 ozod bo’ladilar. Erkak hujayradan yetuk mikrogametalar shakllanadi va urg’ochi hujayra (makrogametani) urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayra harakatchan bo’ladi va tezda qobiqqa o’ralib oladi. Shu yo’sinda oosista vujudga keladi. Oosista kattalasha boradi. Unda minglab sporozoitlar shakllanadi. Oosistaning qobig’i yoriladi, ajralib chiqqan sporozoitlar chivinning so’lagiga o’tadi. Shu paytdan boshlab chivin kasallikni yuqtirish qobiliyatiga ega bo’ladi. Sporogoniyaning davomiyligi parazit chivin organizmiga tushishidan boshlab, sporozoitlar paydo bo’lgunga qadar chivin yashab turgan tashqi muhitning harorati, qo’zg’atuvchining turiga bog’liq. Harorat qanchalik yuqori bo’lsa, bu jarayon shunchalik tez kechadi. +16° S dan past haroratda parazitlar rivojlanmaydi R.vivax uchun chivin organizmidagi rivojlanish vaqti qisqa, R.falsifarum uchun esa nisbatan davomliroq. Masalan, 20° S haroratda bu davr R.vivax uchun 19-20 kun, R.falsifarum uchun 25-26 kun, R.malariae uchun 35-36 kun, har bir bezgak qo’zg’atuvchilarining ham bir nechta shtammlari borligi aniqlangan. Bu shtammlar o’zining biologik xossalari bilan, kasallik chaqirishining yashirin davri, dori moddalariga chidamliligi bilan bir-biridan farq qiladi. Qo’zg’atuvchining turiga va shtammiga qarab kasallikning yashirin davri quyidagi oraliqlarda bo’ladi: 3 kunlik bezgakda - 10-20 kun, tropik bezgakda 9-16 kun, 4 kunlik bezgakda 3-6 hafta. Bezgak xurujlari qonda parazitlarning ko’payishi va eritrotsitlar butunligi buzilishiga muvofiq ravishda yuzaga chiqadi. Xuruj avval qaltirashdan boshlanadi. Keyinchalik tana harorati 39-400 S gacha ko’tariladi. Haroratning pasayishi kuchli terlash bilan kuzatiladi. Xuruj 6-10 soat davom etadi. Bezgakning boshqa klinik belgilari taloqning kattalashuvi (splenomegaliya) va qondagi o’zgarishlardir (anemiya, neytropeniya). Parazitning eritrotsitlarda rivojlanish davomiyligiga (eritrotsitar shizogoniya) qarab 3 kunlik, tropik va ovale bezgagida xurujlar 2 kundan keyin 3-kuniga qaytariladi, 4 kunlik bezgakda esa 3 kun o’tib 4-kuni kuzatiladi. Ba’zi hollarda parazit yuqqandan so’ng bir necha kungacha harorat yuqori bo’ladi, bu esa ko’pincha diagnostik xatoliklarga olib keladi. Yaxshi davolash choralari o’tkazilsa xurujlar yo’qoladi, qonda parazit aniqlanmaydi. Bemorlarning bir qismida residiv kuzatilishi mumkin. Bunga sabab davolashning yaxshi samara bermaganligi va yakuniga yetkazilmaganligidir. Residivlarning yuzaga chiqish vaqti kasallikni chaqirgan shtammga bog’liq. Bezgakning ba’zi shtammlari bilan zararlaganda birlamchi belgilardan so’ng uzoq davom etadigan latent (yashirin) davr kuzatiladi. Bu davrda qonda parazit topilmaydi. Residivlar 7-12 oydan keyin yuzaga chiqadi. Ayrim hollarda parazitning qonda ko’payishi harorat ko’tarilishiga olib kelmaydi. Bunday belgisiz parazit tashuvchilar asosan malyariya ko’p tarqalgan o’choqlarda uchraydi va aholining immunitet darajasi yuqoriligini ko’rsatadi. Parazit tashuvchilar qonida yetilgan jinsiy hujayralar (gamontlar) va yetilmagan hujayralar doimiy ravishda saqlanadi. Shu bois ular kasallik manbai hisoblanadi. Ayrim tashuvchilarda ham haroratli xurujlar paydo bo’lib qolishi mumkin.
Download 12.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling