Bi-420 kursant Mamirov Jasurbek


Download 20.15 Kb.
Sana21.11.2020
Hajmi20.15 Kb.
#149453
Bog'liq
harbiy tayyorgarlik


BI-420 kursant Mamirov Jasurbek

1.Ўзбекистон Республикаси давлат божхона органларининг ИНТИЗОМ Низоми қачон қабул қилинган?

Oʼzbekiston Respublikasi bojxona organlarining Intizom nizomi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12- apreldagi ''Oʼzbekiston Respublikasi bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3665-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

2.Божхона институти курсантларига Рағбатлантириш ва интизомий жазо

чораларини қўллаш тартибига изох беринг?

Bojxona instituti Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan ragʼbatlantirish choralaridan tashqari kursantlarga nisbatan quyidagi ragʼbatlantirish choralari ham qoʼllaniladi:

a) taʼlim muassasasi hududidan navbatdan tashqari chiqib kelish;

b) Hurmat taxtasiga kiritish;

v) kursantning ota-onasi yoki turar joyiga minnatdorchilik xati yuborish;

g) Oʼzbekiston Respublikasi DBQ raisi stipendiyasini tayinlash.

Bojxona institute Nizomning 28-bandi «a», «b» kichik bandlarida koʼzda

tutilgan intizomiy jazo choralaridan tashqari taʼlim muassasasining belgilangan ichki tartib-qoidalarini buzgan, oʼquv dasturini qoniqarsiz

oʼzlashtirgan kursantlarga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari ham qoʼllanilishi mumkin:

a) navbatdan tashqari naryadda xizmat oʼtashga yoki besh sutkagacha xoʼjalik ishlariga jalb etish;

b) bir oy muddatgacha taʼlim muassasasi hududidan navbatdagi chiqish huquqidan mahrum etish;

v) kursantlar roʼyxatidan oʼchirish.

3. Бошлиқнинг ҳаракатлари устидан шикоят қилиш тартиби.

1. Har bir xodim boshliqning unga nisbatan g‘ayriqonuniy yoki nohaq harakatlari ustidan yuqori turuvchi rahbariyatga yozma shikoyat berishga haqli.

2. Xodimning shikoyatida bayon etilgan masalalarni hal etish vakolatiga kirmaydigan yuqori turuvchi rahbariyat ushbu murojaatni uch kun muddatda vakolatli instansiyaga yuboradi.

3. Yuqori turuvchi rahbariyatga qonunchilikni buzish faktlari yoxud

o‘ziga nisbatan nohaq munosabatda bo‘linganligi haqida murojaat etgani uchun qo‘l ostidagi xodimni ta'qib etgan boshliq intizomiy tartibda

javobgarlikka tortiladi, agar uning xatti-harakatlari jinoiy javobgarlikka olib kelmasa.

4. Xodimlarning shikoyati bir oygacha bo‘lgan muddatda hal etiladi,

qo‘shimcha tekshiruv talab etmaydiganlari esa zudlik bilan, biroq kelib tushgan kundan e'tiboran 15 kundan kechiktirmagan holda ko‘rib chiqiladi.

5. Qasddan yolg‘on shikoyat bilan murojaat etgan xodimlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

4.Якка бошчилик деганда нимани тушунасиз?

Yakkaboshchilik — boshqaruv prinsipi hisoblanadi. Organ, muassasa, korxona rahbariga oʻz funksiyalarini bajarishi uchun zarur boʻlgan keng vakolatlar berilishini, shuningdek, natijalari uchun unga shaxsiy javobgarlik yuklanishini anglatadi. Davlat organlari, muassasalar va korxonalar ishidagi yani muayyan organ faoliyatining muhim masalalari muhokama qilinayotganda jamoaviylik bilan keng miqyosda uygʻunlashtirib amalga oshiriladi.

5. Буйруқ (буйруқнома), уни бериш ва ижро этиш тартиби. Ҳарбийхизматчиларнинг ташаббуси.

Komandir (boshliq) buyruq berishdan oldin vaziyatga atroflicha baho berish, ushbu buyruq bajarilishini ta'minlaydigan choralar ko‘rilishini ko‘zda tutishga majburdir. U bergan buyrug‘i, ijrosining oqibatlari, mazmunan qonun hujjatlariga muvofiq kelishi, shuningdek, buyruqni hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste'mol qilish maqsadida hamda hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqqan tarzda bergani uchun javob beradi. Buyruq mazmunan turlicha talqin etilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan va bo‘ysunuvchida buyruqni ijro etish masalasida shubha tug‘ilishiga olib kelmaydigan tarzda aniq ifodalanishi shart. Buyruq (buyruqnoma) qonun hujjatlari va harbiy nizomlarda bayon etilgan talablarga mos kelishi shart. Buyruq bo‘ysunish pog‘onasi bo‘yicha beriladi. Vaziyat taqozo etgan holatda katta komandir (boshliq) bo‘ysunuvchiga, uning bevosita komandirini (boshlig‘ini) chetlab o‘tgan tarzda buyruq berishi mumkin. Bunday holatda u bo‘ysunuvchining bevosita boshlig‘iga xabar beradi yoki bo‘ysunuvchi o‘zi ushbu haqida o‘zining bevosita komandiriga (boshlig‘iga) bildiruv berishga buyruq beradi. Agar buyruq bajarayotgan harbiy xizmatchi xizmat mavqei bo‘yicha katta sanaladigan boshqa boshliqdan muqaddam olingan buyruq ijrosiga xalaqit beradigan yangi buyruq olsa, harbiy xizmatchi bu haqida ikkinchi buyruqni bergan boshliqqa bildiruv beradi, agar u tasdiqlasa harbiy xizmatchi ikkinchi buyruq ijrosiga kirishadi va bu haqida birinchi buyruqni bergan boshliqqa bildiruv beradi. Shu jumladan yangi buyruq bergan, birinchi buyruqni bergan boshliqni xabardor qiladi. Harbiy xizmatchi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani muvaffaqiyatli bajarish maqsadida oqilona tashabbus ko‘rsatishga majburdir. Olingan buyruq keskin o‘zgargan vaziyatga mos kelmagan, sharoit esa yangi buyruq olish imkonini bermaydigan hollarda oqilona tashabbus ko‘rsatish zarur bo‘ladi.

6. Ҳарбийча саломлашиш нимни намаён этади.

Harbiycha salom berish amali harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat mavjudligi haqida dalolat berib, umumiy madaniyatlarini namoyon etadi. Barcha harbiy xizmatchilar bir-biri bilan uchrashgan (quvib o‘tayotgan) fursatda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Saf nizomida bayon etilgan qoidalarga aniq rioya etgan tarzda harbiycha salom berish amalini bajarib o‘tishga majburdirlar. Bo‘ysunuvchi yoki harbiy unvoni kichik bo‘lgan harbiy xizmatchi birinchi bo‘lib harbiycha salom beradi, ularning lavozim va harbiy unvonlari teng bo‘lsa, o‘zini ko‘proq tarbiya ko‘rgan va xushmuomala deb biladigan harbiy xizmatchi birinchi bo‘lib harbiycha salom beradi.

7. Ҳарбий хизматчиларнинг хушмуомалаликлари ва намунавий хулқлари

ҳақида тушунча беринг.

Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bir-biriga bo‘lgan hurmatga asoslanadi. Ular xizmat masalalari bo‘yicha bir-biriga sizlab murojaat qilishlari lozim. Harbiy unvonlar shaxsiy muloqot mobaynida qo‘shin yoki xizmat turining nomi qo‘shilmay aytiladi. Boshliq (katta) bo‘ysunuvchiga (kichikka) xizmat yuzasidan murojaat qilganida, uning harbiy unvoni va familiyasini aytib chaqiradi. Agar



faqat harbiy unvon aytib chaqiriladigan bo‘lsa, ushbu unvon oldida «o‘rtoq» so‘zi qo‘shib aytiladi. Masalan: «Oddiy askar Mamirov», «O‘rtoq oddiy askar», «II-pog‘ona serjanti Mamirov », «1- daraja starshinasi Mamirov » va h. Serjantlar tarkibiga mansub harbiy unvonga ega bo‘lmagan harbiy ta'lim muassasalari kursantlariga «Kursant Mamirov », «O‘rtoq kursant» deb murojaat qilinadi. Bo‘ysunuvchilar va kichiklar xizmat yuzasidan boshliqlar va kattalarga “o‘rtoq” so‘zidan keyin harbiy unvonlarini aytib murojaat qiladilar. Masalan: «O‘rtoq katta leytenant», «O‘rtoq 1- daraja kapitani». Xizmatdan tashqari vaqtda va safda turmaganda harbiy xizmatchilar ikki tomonning roziligi bilan bir-birlariga nafaqat harbiy unvonlarini, balki ismlari va otalarining ismlarini yoki familiyasini aytib hamda boshqa umumbashariy e'tirof etilgan hurmatlash asosida murojaat qilishlari mumkin. Harbiy unvonlarni buzib talaffuz etish, beadab so‘zlarni qo‘llash, bir-biriga laqab qo‘yib chaqirish, qo‘pollik va betakalluflik kabi holatlar harbiy xizmatchilarning or-nomusi va qadr-qimmatiga mutlaqo zid tushunchalardir.
Download 20.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling