Bikirliklari 5 N/m va 20 N/m bo’lgan ikki prujina ketma-ket ulangan. Ikki prujinadan hosil bo’lgan sistemaning bikirligi qanchaga teng


Download 23.22 Kb.
Sana03.10.2022
Hajmi23.22 Kb.
#829965
Bog'liq
fizika test 14
MathCad muhitida ishlash, MathCad muhitida ishlash, MathCad muhitida ishlash, sanli kommutaciya OA temalar, tekst tapsirma, ИЛҒОР ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯЛАР ДАРСЛИГИ, BUXORO-WPS Office, 00071092-daf6a250, Mikroiqtisodiyot fanining predmeti, vazifalari va metodi, Солиқ тўловчиларни ҳисобга олишни янада такомиллаштириш ва қўшилган қиймат солиғининг ўрнини қоплаш , Mustaqil ish fizika D. Zaripov, “Ájayıp dúnyasız, dúrsiz ustazlar!” , Psix.tarix18 mavzu(potebnya maktabi.Ros.ped.qarash)Kenjayeva Zarnigor, fizika test 1

Test

  1. Bikirliklari 5 N/m va 20 N/m bo’lgan ikki prujina ketma-ket ulangan. Ikki prujinadan hosil bo’lgan sistemaning bikirligi qanchaga teng?

  1. 4 B. 6 C. 3 D. 12

2. Balandligi 0,7 m va uzunligi 2,5 m bo’lgan qiya tekislikda 5 kg massali jism turibdi. Jismning tekislikka normal bosim kuchi qanday? g=10 m/s2.
A. 18 B. 12 C. 48 D. 40
3. Yuzasi 200 cm2 bo’lgan suyuqlik solingan silindrik idish 1 kg massali porshen bilan zich yopilgan. Porshenning suyuqlikka beradigan qo’shimcha bosimini aniqlang. g=10m/s2
A. 400 B. 425 C. 450 D. 500
4. 70 m chuqurlikdagi suv bosimi 10 m chuqurlikdagi bosimdan necha marta katta bo’ladi? Atmosferik bosim 100 kPa ga teng, g=10m/s2
A. 5 B. 4 C. 3 D. 6
5. Qirrasi 10 cm bo’lgan kub shaklidagi idish suv bilan to’ldirilgan. Suvning idish yon devoriga beradigan bosim kuchini aniqlang. Atmosferik bosimni hisobga olmang. g=10m/s2
A. 6 B. 5 C. 12 D. 7
6. Gidravlik pressning kichik porsheniga 10 N kuch qo’yilgan. Shu kuch ta’sirida u bir yurishda 25 cm ga pastga tushadi, buning natijasida katta porshen 5 mm ga ko’tariladi. Bunda katta porshenga qanday bosim kuchi uzatiladi?
A. 400 B. 425 C. 450 D. 500
7. Tutash idishlarga simob quyilgan. Idishlardan biriga ustunining balandligi 27,2 cm bo’lgan kerosin quyildi. Shu idishdagi simobning sathi boshqasinikiga qaraganda necha millimetrga past bo’ladi? Simobning zichligi 13600 kg/m3, kerosinning zichligi 800 kg/m3.
A. 16 B. 18 C. 14 D. 20
8. Havodagi og’irligi 350 N bo’lgan toshni suv ostida ushlab turish uchun qanday kuch qo’yish kerak? Tosh moddasining zichligi 2500 kg/m3
A. 120 B. 150 C. 210 D. 220
9. Havoda 50 dm3 hajmli jismga ta’sir qiladigan arximed kuchi (mN da) qanchaga teng? Havoning zichligi 1,29 kg/m3. g=10m/s2
A. 600 B. 645 C. 700 D. 745
10. Metall bo’lagining suvdagi og’irligi 6800 N, benzindagi og’irligi esa 7100 N. Benzinning zichligini aniqlang. Metallning zichligi 7800 kg/m3
A. 500 B. 700 C. 600 D. 400
11. Yaxlit jism suvda suzmoqda, bunda jism hajmining 3/4 qismi suvga botgan. Jismning hajmi 0,1 m3. Jismga ta’sir etuvchi og’irlik kuchini aniqlang. g=10m/s2
A. 650 B. 640 C. 700 D. 750
12. Yog’och bo’lagi hajmining 3/4 qismi suvga botgan holda suvda suzmoqda. Yog’och qanday zichlikka ega?
A. 750 B. 640 C. 744 D. 730
13. Suv sirtidan 4 cm ga chiqib turgan bir tekis qalinlikdagi muz parchasi suvda suzmoqda. Agar muz parchasi asosining yuzasi 45 m2 bo’lsa, uning massasi qanday? Muz zichligi 900 kg/m3
A. 16200 B. 16620 C. 16520 D. 16300
14. Tubining yuzasi 100 cm2 bo’lgan silindrik idishga suv solingan. Agar suv sirtida 300 g massali muz bo’lagi suzib yursa, idish tubiga beriladigan bosim qanchaga o’zgaradi? g=10m/s2
A. 350 B. 360 C. 300 D. 340
15. Bir xil kesimdagi tutash idishlarga suv quyilgan. Idishlarning biriga suvning ustiga ustun balandligi 40 cm bo’lgan moy quyildi. Boshqa idishdagi suvning sathi necha santimetrga o’zgaradi? Moyning zichligi 800 kg/m3
A. 18 B. 20 D. 16 C. 22
16. Tutash idishlarda simob bor. Bir idishning kesim yuzasi boshqasinikidan 2 marta katta. Ingichka idishga 1,02 m balandlikdagi suv ustuni quyiladi. Keng idishdagi simob necha millimetrga ko’tariladi? Simobning zichligi 13600 kg/m3
A. 20 B. 22 C. 24 D. 25
17. Alyuminiy bo’lagining havodagi og’irligi 270 N, glitserindagi og’irligi esa 144 N. Agar alyuminiyning zichligi 2700 kg/m3 bo’lsa, glitserinning zichligini aniqlang.
A. 1266 B. 1260 C. 1265 D. 1256
18. Jismning suvdagi og’irligi havodagi og’irligidan 2 marta kichik. Jism moddasining zichligi (g/cm3 da) qanday?
A. 1 B. 2 C. 3 D. 4
19. Balandligi 2 m va asosining uzunligi 5 m bo’lgan tepalikdan sirpanib tushgan chana qandaydir gorizontal yo’lni bosib o’tgach, to’xtaydi. Agar butun yo’l davomida ishqalanish koeffitsiyenti 0,05 bo’lsa, bu gorizontal yo’l qanchaga teng?.
A. 35 B 23 C. 53 D. 32
20. Agar toshning tezligi yerga tushish paytida 18 m/s, havoning qarshilik kuchini yengishga sarflanadigan ish esa 38 J bo’lsa, tosh boshlang’ich tezliksiz qanday balandlikdan tushadi? Toshning massasi 1 kg. g=10 m/s2
A . 10 B. 25 C. 20 D. 22
21. 20 m/s tezlik bilan vertikal yuqoriga otilgan 400 g massali to’p yerga 15 m/s tezlik bilan tushdi. Havoning qarshilik kuchini yengishga sarflanadigan ishni aniqlang
A. 25 B. 35 C. 45 D. 55
22. 200 N/m bikrlikdagi deformatsiyalanmagan prujinaning pastki uchiga 1 kg massali yuk mahkamlandi va turtmasdan qo’yib yuborildi. Prujinaning maksimal deformatsiyasini (cm da) aniqlang. g  10 m/s2
A. 20 B. 30 C. 15 D. 10
23. Kichkina jism silliq gorizontal tekislik bo’ylab 4 m/s tezlik bilan sirpanadi va tepalikka ko’tariladi. Jism tekislik sathidan qanday balandlikka (cm da) ko’tariladi? g=10 m/s2
A. 20 B. 50 C. 80 D. 40
24. 60 N/m bikrlikdagi prujinada yuk osilib turibdi. Prujinani yana 2 cm ga cho’zish uchun qanday ish (mJ da) bajarish kerak?
A. 12 B. 52 C. 18 D. 40
25. Bikrliklari 3 kN/m va 2 kN/m bo’lgan ikkita prujina ketma-ket ulandi va uchlaridan tortib 10 cm ga cho’zildi. Bunda qanday ish bajarildi?
A. 16 B. 12 C. 8 D. 6
26. Uzunligi 1,5 m va massasi 10 kg bo’lgan yupqa lom gorizontal yuzada yotibdi. Uni yerga vertikal holatda qo’yish uchun qanday minimal ish bajarish kerak? g=10 m/s2
A. 76 B. 72 C. 78 D. 75
27. Qayiq eshkakchi bilan birga 0,6 m/s tezlikda harakatlanadi. Agar eshkakchi tomonidan erishiladigan quvvat 18 W ga teng bo’lsa, suvning qarshilik kuchini aniqlang.
A. 30 B. 70 C. 28 D. 25
28. 2 kg massali jismni 3 m/s2 tezlanish bilan 1 m balandlikka ko’tarishda kishi qanday ish bajaradi? g=10m/s2
A. 33 B. 20 C. 26 D. 25
29. Gorizontal yo’lda 0,2 m/s tezlik bilan ketayotgan 800 kg massali vagonchaga yuqoridan 200 kg shag’al to’kishdi. Bunda vagonchaning tezligi (cm/s da) qanchaga kamaydi?
A. 4 B. 2 C. 6 D. 5
30. 2 m/s tezlik bilan uchayotgan 100 g massali to’p uchish paytida ushlab olindi. Agar to’p 0,02 s ichida to’xtagan bo’lsa, to’pning qo’lga urilishidagi o’rtacha kuch qanday bo’ladi?
A . 10 B. 25 C. 20 D. 22



Download 23.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling