Bilet №10 O‘simliklar ekologiyasiga kirish


Download 67 Kb.
Sana24.05.2020
Hajmi67 Kb.
#109615
Bog'liq
ISHCHONOVA NARGIZA


Bilet №10

  1. O‘simliklar ekologiyasiga kirish.

Ekologiya-barcha tirik organizmlarning o’zaro va uni o’rab turgan tashqi muhit orasidagi munosabatini o’rganadigan fan hisoblanadi.

Ekologiya termini nemis zoologi E. Gekkel tomoindan birinchi bo’lib taklif qilingan. U O’zining “Tirik organixzmlarining tabiiy tarixi asarida” (1868). Bu fanning mohiyatini ochib borishga harakat qilgan. Ekologiya fani grekcha oikos “oykos” so’zidan olingan bo’lib, yashash muhiti, yashash joyi degan ma’noni bildiradi. Tashqi muhit deganda trik organizmni o’rab olgan barcha abiotik va biotik omillarni tushunamiz. Muhit - quruqlik, havo, suv va yer osti muhitlaridan iborat bo’lishi mumkin. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud bo’lib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur bo’lgan elementlar yoki omillardan yorug’ulik, issiqlik, suv, oziqlanish elementlari va shu kabilar kiradi.

O’simliklar ekologiyasi 2 ta bo’limga bo’linadi. 1. Autekologiya. 2. Sinekologiya. Autekologiya bitta o’simlikka bo’ladigan ekologik omillarning ta’sirini o’rganadi. Sinekologiya esa barcha o’simliklarga ekologik omillarning ta’sirini o’rganadi.

Hozirgi sharoitda ekologiya tabiatdagi boyliklardan ongli ravishda foydalanish uni muhafoza qilish va ko’paytirish to’g’risidagi nazariy tushunchalarni berib qolmasdan, balki kelajakda tabiat bilan inson oraisdagi munsosabat masalasini kelajagini ko’rsatib beradi.

2. Insonlar ibtidoiy jamoa tuzimidayoq ekologiyaga qiziqqanlar. Dengiz, daryo bo’ylarini salqinroq bo’lishini bilganlar. Umuman olganda olov paydo bo’lishi bilan ekologik bilimlar rivojlanib borgan. 1 mlyard 700 mln yil avval yerda hayot paydo bo’lgan deb tahmin qilinadi.

Dastlabki ekologik bilimlar botanikaning otasi Teofrast Eroziyskiy (280-371y e.a) tomonidan keltirilgan bo’lib, u turli joyda o’suvchi o’simliklar tuproq va iqlim sharoiti bilan bog’liqligini ko’rsatadi.

Ekologik bilimlarning rivojlanish tarixi Jan Batist Lamark (1744-1829) nomi bilan bog’liqdir. U o’simliklarning o’zgarishi yashash sharoiti bilan bog’liqligini ko’rsatadi. 19 asrga kelib biogeografiya fanining asoschilari Gumbold, A. Dekandallarning xizmati cheksizdir. Har qanday o’simlik tashqi muhit bilan uzviy bog’liq bo’lib, ular evaliyutsion taraqqiyot jarayonida turlicha moslashib borgandir. Hayotning dastlabki bosqichlarida tirik organizmlar dastlab suvda keyin havoda, tuproqda va nihoyat organizmlarning o’zida parazitlik bilan hayot kechirishga moslashganlar.

Tashqi muhitdan o’simliklar o’zi uchun zarur bo’lgan energiyani olib, uning parchalanishidan hosil bo’lgan maxsulotlarni dissimilyatsiya maxsulotlarini ajratib chiqaradi. SHuning uchun tashqi muhit o’simliklarga ta’sir qilsa, o’z navbatida o’simliklar tashqi muhitning o’zgarishiga sababchi bo’ladi.

3. O’simlik o’sishi va rivojlanish uchun zarur bo’lgan tashqi muhit elementlari ekoloigk omillar deb nomlanadi. Ularni 3 guruhga bo’lish mumkin. 1. Abiotik - tabiatning tirikmas omillari. Iqlim omillari: yeruglik, harorat, suv, havo, tuproq va orografik omillar. 2. Biotik omillar. Tirik organizmlarning o’zaro ta’siri: hayvonlarning, xashoratlarning, mikroorganizmlarnnig o’simliklarga ta’siri. 3. Antropogen omillar inosnlarnnig tabiatga ta’siri.

Insonlarnnig tabiatga ta’siri bevosita va bilvosita bo’ladi. Ekologik omillar yil davomida o’zgarib turishi bilan birga, ularga o’simliklarning munosabati ham turlicha bo’ladi. Masalan: urug’ unib chiqishi uchun qorong’i muhit talab qilinsa, maysaning rivojlanishi uchun yorug’lik talab qilinadi.

Ekologik omillar o’simlikka bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Bevosita ta’sir qiluvchi omillarga namlik, yorug’lik, issiqlik, inson va hayvonlar ta’siri misol bo’la oladi.

Bilvosita ta’sir etuvchi omillarga relef, tog’ jinslari, iqlimni o’zgarishi va tuproq sharoitining o’zgarishi misol bo’la oladi. Ba’zan ayrim ekologik omillar bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan: shamol o’simliklarning novdasini sindirib, bargini mevasini to’kib, bevosita ta’sir ko’rsatsa, tuproqdagi namlikni kamaytirib, qatqaloq hosil qilib bevosita ta’sir ko’rsatadi.

Do’l o’simlikning yer usti organlariga salbiy ta’sir ko’rsatsa, tuproq namligini oshirib, havo haroratini o’zgartirib bilvosita ta’sir etadi.

Xar qanday ekologik omil o’simliklarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Masalan: sholi suvda yaxshi o’sadi, lekin suv ko’p bo’lsa, g’o’za tez kunda xalok bo’ladi. Ko’pchilik o’rmonda o’suvchi o’simliklar soya joyda yaxshi o’sadi, yorug’ joyda tezda xalok bo’ladi. Aksincha, cho’l zonasida o’suvchi o’simliklar yorug’ joyda yaxshi rivojlansa, soya joyda tez kunda halok bo’ladi.

4. O’simliklar ekologiyasining 3 xil qonuni mavjud.


  1. Minimum qonuni.

  1. Bir omil o’rnini boshqa omil bosa olmaslik qonuni

  1. Omillarning hamkorligi qonuni.

Ekologik omillarning miqdori va o’simlikka ta’siri turlichadir. Ularni ta’sir etish miqdoriga qarab 3 guruhga bo’linadi.

1. Omilning minimal miqdori, ya’ni bundan kam bo’lsa organizmni xalokatga olib keladi. 2. Omilning optimal miqdori ya’ni o’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit. 3. Omilning maksimal miqdori, ya’ni bundan ortiq bo’lsa xalokatga olib keladi.

2. Ekologik omillar haqida tushuncha.

Ekologik omillar — atrof muhitning organizmlar faoliyatiga oʻziga xos taʼsir etuvchi maʼlum sharoitlari va elementlari majmui. Ekologik omillar 2 katta guruh — abiotik omillar va biotik omillarta boʻlinadi. Ekologiyada „cheklovchi omillar“ tushunchasi ham mavjud, ular tarkibiga organizmlar mavjudligi va rivojlanishini cheklovchi har qanday omilni kiritish mumkin.

Tirik organizmlarga taʼsir etuvchi muhitning har qanday boʻlaklari ekologik omillar deyiladi.

Muhit — quruqlik, suv, havo va yer osti qismlaridan iborat. Tashqi muhit tushunchasidan tashqari yashash sharoitlari degan tushuncha ham mavjud boʻlib, bu tushunchaga organizmning yashashi uchun zarur boʻlgan elementlar yoki omillardan yorugʻlik, issiqlik, suv, oziqlanish va shu kabilar kiradi. 1933-yilda D.N.Kashkarov muhit omillarini 3 guruh (iqlim, edafik va biotik)ga boʻladi. Keyinchalik 1950-yilda Alyoxin ekologik omillarni iqlim, edafik, orografik, biotik, antropogen va tarixiy guruhlarga ajratib oʻrganishni taklif qiladi.

Ekologik omillar 3 ta asosiy guruhga boʻlinadi:

1. Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yoki oʻlik tabiatning yigʻindisi. Bularga harorat, yorugʻlik, namlik, suv, tuproq, relyef kiradi.

2. Biotik omillar: Bunga tirik tabiat elementlari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga taʼsiri) kiradi. Biotik omillar fitogen va zoogen omillarga boʻlinadi. Fitogen omillar deganda yuksak va tuban oʻsimliklarning organizmga taʼsiri eʼtiborga olinsa, zoogen omillar deganda esa organizmga barcha hayvonlarning taʼsiri nazarda tutiladi.

3. Antropogen omillar — bu inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan omillar, yaʼni odamlarning oʻsimlik va hayvon turlari yoki ular guruhlarining tuzilishiga koʻrsatgan taʼsiridir. Tirik organizmlarga juda koʻp omillar taʼsir koʻrsatadi.

Ana shu omillarning ayrim organizmlarga koʻrsatgan taʼsiri natijasi esa xilma-xildir. Omilning organizm hayoti uchun eng qulay darajasi — optimal daraja deyiladi. Har qanday ekologik omillarning eng yuqori darajasi maksimum va eng qoʻyi darajasi minimum boʻladi. Tabiiyki, har bir tirik organizm uchun u yoki bu ekologik omilning oʻz maksimumi, minimumi va optimumi boʻladi. Chunonchi, uy pashshasi 7° dan 0° gacha yashashi mumkin. Ular uchun yashashning optimum darajasi 36—40° ni tashkil etadi. Shuniham taʼkidlash zarurki, ekologik omillar organizmlarga kompleks taʼsir etgandagina ular yuqori natija beradi.


3. Zoologiya - hayvonlarni o‘rganadigan fan.

Zoologiya (zoo... va ...logiya) — hayvonlar toʻgʻrisidagi fan, biologiyannt bir sohasi. 3. hayvonot olamining xilma-xilligi va tarixiy taraqqiyotini, hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi, tarqalishi, rivojlanishi, shuningdek, ularning yashash muhiti bilan munosabatlarini oʻrganadi. 3. keng tarmoqli kompleks fan boʻlib, bir qancha mustaqil fanlarni oʻz ichiga oladi. Sistematika turlarning xilma-xilligi, ularning oʻzaro oʻxshashligi yoki bir-biridan farq qiluvchi belgilari asosida hayvonlarni sistemaga solish bilan shugʻullanadi. Hayvonlarning tashqi tuzilishini morfologiya, ichki tuzilishini anatomiya oʻrganadi. Solishtirma va evolyusion morfologiya turli sistematik guruxlarga mansub boʻlgan hayvonlarning tuzilishi va tarixiy rivojlanishini, embriologiya embrional rivojlanishini, etologiya xulq-atvorini tekshiradi. Fi-logenetika hayvonot dunyosining tarixiy taraqqiyotini, paleozoologiya qad. geologik davrda yashab qirilib ketgan hayvonlarni, ekologiya hayvonlarning tashqi muhit bilan va oʻzaro munosabatlarini, fiziologiya hayvonlar organizmi funksiyasini, biokimyo hayvonlar organiz-mining kimyoviy tarkibini oʻrganadi.

Tekshirish obʼyektlariga binoan ham 3. bir kancha fanlarga ajratiladi. Maye, bir hujayralilarni protozoologiya, yaʼni protistologiya, parazit chu-valchanglarni gelmintologiya, mollyuskalarni malakalogiya, qis-qichbaqasimonlarni karsionolo-giya, oʻrgimchaksimonlarni araxnologiya, kanalarni akarologiya, hasharotlarni entomologiya, baliklarni ixtiologiya, qushlarni ornitologiya, sut emizuvchilarni teriologiya oʻrganadi.

3. boshqa biol. fanlari hamda tibbiyot, veterinariya va q.x. bilan uzviy boglik. Z.ning koʻpgina boʻlimlari esa parazitologiya, gidrobiologiya, epizootologiya, epidemiologiya kabi kompleks fanlar tarkibiga kiradi. Odam va hayvonlarning parazitlarini oʻrganish tibbiyot va veterinariya parazitologi-yasi uchun muhim ahamiyatga ega. Tuproqda yashovchi hayvonlarni oʻrganish esa tuproq hosil boʻlishi jarayonlarini tushunib olib, tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish imkonini beradi. Ekologo-zoologik tadqiqotlar chorvachilik, ipakchilik, baliqchilik kabi q.x. tarmoqlarini rivojlantirish, ovlanadigan hayvonlar sonini tartibga solish, foydali hayvonlarni iqlimlashtirish va koʻpaytirish, shuningdek, q.x. zararkunandalariga qarshi kurashni toʻgʻri tashkil etishga yordam beradi. Turli hayvonlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni, shuningdek, hayvonlar organizmidagi biokimyoviy oʻzgarishlarni tadqiq etish parazit va zararkunanda hayvonlarga qarshi biologik kurash choralarini ishlab chiqishda muhim oʻrin tutadi. Zoologik tadqiqotlarda toʻplangan ilmiy maʼlumotlar organik olamning rivojlanishi toʻgʻrisidagi evolyusion taʼlimotni yaratish uchun asos boʻlib xizmat qilgan.

Hayvonlar haqidagi ilk yozma maʼlumotlar mil. av. 5—4 a.ga oid Misr, Xitoy va Yunon adabiyotlarida uchraydi. Z.ni rivojlantirishda Aristotel asarlari muhim rol oʻynaydi. U 452 tur hayvonning tuzilishi, hayot kechirishi va tarqalishi haqida maʼlumot bergan. Qad. Rim tabiatshunoslaridan Gay Pliniy (mil. 23—79 y.lar) oʻzining 37 kitobdan iborat "Tabiat tarixi" asarida oʻsha davrda maʼlum boʻlgan barcha hayvonlarni taʼriflab bergan. Boshqa tabiiyot fanlari qatori Z.ning bundan keyingi rivojlanishi Uygʻonish davridan boshlanadi. Bu davrda Xristofor Kolumb, Marko Polo, Magellan kabi sayyoxlarning dengizlar osha sarguzashtlari natijasida ilgari no-maʼlum boʻlgan yangi hayvon turlari kashf etildi. Ayni shu davrda shveysariyalik vrach va naturalist K. Gesnerning (1516—1565) 17 jildli "Hayvonlar tarixi" ensiklopedik asari pay-do boʻladi.

Z.ning taraqqiyotida 17-asrda mikroskopning kashf etilishi katta ahami-yatga ega boʻldi. Golland olimi A. Le-venguk "Mikroskop yordamida ochilgan tabiat sirlari" asari orqali mikros-kopik hayvonot dunyosini ochib berdi. Italiyalik olim M. Malpigi umurt-qali xayvonlar qon aylanish, ayirish sistemasi va terisining tuzilishini tushuntirib berdi. 17-asr oxiri va 18-asrning 1-yarmida J. Rey va ayniqsa K. Linneyning ishlari tufayli hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasiga za-min yaratildi. Aynan oʻsha davrdan 3. ayrim mustaqil tarmoklarga ajrala boshladi. K. Linney tur, urugʻ (avlod), turkum, sinf deb nomlangan sistematik kategoriyalarni umumlab berdi. Linney hayvonot dunyosini sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar (suvda va quruqlikda yashovchilar bilan birga), baliqlar, hasharotlar va chu-valchanglar sinflariga ajratadi. U turni ikki nom bilan atash (binar nomenklaturshik taklif etadi. Fransuz J. Byuffon 3. sohasidagi barcha maʼlu-motlarni toʻplab, 36 jildli "Tabiat tarixi" asarini yozadi. Fransuz olimi J. Kyuvye qad. hayvonlarning kaznima qoldiqlarini oʻrganadi va organiz-mning bir butunligi, organlarning oʻzaro bogʻlikligi toʻgʻrisidagi organlar korrelyasiyasi taʼlimotini yaratdi. U fanga "tip" tushunchasini kiritdi va hayvonot olamini umurtqalilar, yumshoq tanlilar, boʻgʻimoyoklilar, ignaterililar tiplariga hamda 19 sin-fga ajratadi. 19-asrda biol.da tirik tabiatning murakkab formalari oddiy formalardan kelib chiqqanligidagi evolyusion gʻoyalarning rivojlanishida T. Shvan va M. Shleyden tomonidan hujayra nazariyasining ilgari suri-lishi katta ahamiyatga ega boʻldi. Turlarning oʻzgarishi va oddiy formalarning kelib chiqishini birinchi boʻlib J. B. Lamark tushuntirib berdi. U Linney sistematikasini takomillashti-rib, hayvonlarni 14 sinfga ajratadi.

Organik dunyo evolyusiyasi haqidagi materialistik taʼlimot asoschisi Ch. Darvin Z.ning rivojlanishiga ham be-vosita oʻz hissasini qoʻshgan, uning "Bigl" kemasida sayohatlari toʻgʻrisidagi "Izlanishlar kundaligi" (1839) asarida Jan. Amerika va unga yaqin orollardagi kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar, toshbaqalar va b. hay-vonlar toʻgʻrisida ilk bor maʼlumot beriladi. Ayniqsa, uning boshchiligida tayyorlangan "Zoologiya" asari, "Moʻylovoyokli qisqichbaqasimonlar" monografiyasi (1851—54) katta ahamiyatga ega boʻldi. Z.da evolyusion gʻoyalar faqat Ch. Darvinning "Tabiiy tanlanish yoʻli bilan turlarning paydo boʻli-shi" asari nashr etilgandan soʻng toʻla-toʻkis oʻz asosini topdi. Olimning taʼ-limoti Z.ga qiziqishni yanada kuchay-tirib, bir qancha mamlakatlarda 3. jamiyatlari tashkil etildi. 1889 y.dan boshlab zoologlarning xalqaro sʼyezdi, entomologlar va ornitologlarning xa-lqaro kongresslari chaqirila boshlandi. Dengiz, okean va quruqlik hay-vonlarini oʻrganish maqsadida juda koʻplab ekspeditsiyalar tashkil etiladi.



20-asrning 2-yarmidan boshlab sistematika sohasidagi tadqiqotlarda anʼ-anaviy usullar bilan bir qatorda tobo-ra koʻproq biokimyoviy, serologik, ka-riologik, molekulyar va genetik usullar keng tadbiq qilina boshladi. Bu borada DNK molekulasi strukturasining aniklanishi (A. N. Belozerskiy), tuproq hosil boʻlishida hayvonlar ahamiyatining koʻrsatib berilishi (Gilyarov), zararkunanda hasharotlarga qar-shi kurashning genetik usuliga asos solinishi (A. S Serebrovskiy) katta ahamiyatga ega boʻldi.

Oʻzbekistonda Z.ning rivojlanishi Sharqning buyuk allomalari nomi bilan bogʻliq. Abu Rayhon Beruniy 101 hay-von va ulardan olinadigan doridar-monlar toʻgʻrisida yozib qoldirgan. Uning "Hindiston" asarida (1030) bu oʻlka hayvonlari toʻgʻrisida qiziqarli maʼlumotlar keltiriladi. Abu Ali ibn Siyaoning "Kitob ash-shifo" asarida odamda parazitlik qiluvchi gelmintlar toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Bu asardagi ayrim gelmintlar nomi (qovoqsimon qurt, mitti qurt) xrzir-gacha saqlanib qolgan.
Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling