Bilim sohasi: 600 000 Xizmatlar sohasi Ta’lim sohasi: 640 000 Hayotiy faoliyat xavfsizligi


Download 1.2 Mb.
Sana09.09.2020
Hajmi1.2 Mb.

FAN DASTURI


Bilim sohasi: 600 000 – Xizmatlar sohasi


Ta’lim sohasi: 640 000 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi
Ta’lim yo‘nalishi: 5640100 – Hayotiy faoliyat xavfsizligi

Toshkent – 2018

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 201_ yil “28”avgustdagi “744” -sonli buyrug’ining ____-ilovasi bilan fan dasturi ro’yxati tasdiqlangan.

Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo’yicha O’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 201_ yil “18” avgustdagi 4- sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.


Fan dasturi Toshkent davlat texnika universitetida ishlab chiqildi.




Tuzuvchilar:







М.Musayev

-

ТDTU, “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri, t.f.n. dotsent;

A.Xojiev

-

TIQXMMI “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dosenti;

Sh.Narziyev

-

TDTU, “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi katta o’qituvchisi.

Taqrizchilar:







B.Murodov

-

TDTU, “Mehnat muhofazasi va yong’in xavfsizligi” bo’limi boshlig’i.

O.Yo’ldosheva




TTESI, “Меhnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri, t.f.n., dosent



Fan dasturi Toshkent davlat texnika universiteti Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (2018 yil “27” iyundagi 9 - sonli bayonnoma).

I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
O‘zbekiston Respublikasida qulay mehnat sharoitlarini yaratish, xodimlarning mehnatini muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan.

Ushbu dastur “Mehnat muhofazasi” fanining tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va hududiy xavfsizlik muammolarining inson faoliyati xavfsizligiga ta’siri masalalarini qamraydi. Hozirgi kunda xavfsiz mehnatni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiyena me’yor va qoidalar asosida ish joylari yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, insoniyat hayotiga xavf-xatar soluvchi holatlarning ro‘y berishi, turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko‘plab xavflarni yuzaga keltirishi mehnash unmumdorligiga o’zini sezilarli salbiy ta’sirini ko’rsatadi.



II.O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

Fan o‘qitilishining maqsaditalabalarga mehnat jarayonida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni bartaraf etish choralari, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, ularni nazariy va amaliy jihatdan yondashilib amalga oshirilish o‘rgatishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar, hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakillantirish vazifalarini bajaradi.

Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:

–ishlab chiqarish faoliyatda yuzaga keladigan xavflar va ularni o‘rganish;

–ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish;

–texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o‘rganish;

–zararlangan shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o‘tkazish;

–yong‘inga qarshi xavfsizlik choralarini ko‘rish;

–jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim;

–ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi.

– xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini;

– xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish usullarini;

– ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigiyenik me’yorlarini tashkil etishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

– ishlab chiqarish tarmoqlarida xavfsiz ish sharoitini tashkil etishni;

– elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, texnik xizmat ko‘rsatganda va ta’mirlashda ko‘riladigan asosiy texnika xavfsizligi talablari;

– yong‘in chiqish sabablari, ular oldini olish va o‘chirishning tashkiliy va texnik vositalari;

– korxona faoliyati davomida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini tahlil qilish uslublari;

– korxona faoliyati davomida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish vositalarini ishlatish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

III.Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
1-modul. “Mehnat muhofazasi” fanining maqsadi, vazifalari,

tushunchalari va ta’riflari.
1-mavzu. “Mehnat muhofazasi” fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari.

“Mehnat muhofazasi” fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari. O’rganilish obyektlari. Mehnat muhofazasining bugungi kunda tutgan o’rni.


2-mavzu. Fanning asosiy tushuncha va ta’riflari va uning o‘rganiladigan muammolari.

“Mehnat muhofazasi” fanining asosiy tushunchalari. Qonun va boshqa me’yoriy xujjarlarda belgilab qo’yilgan ta’riflari, diqqat markazidagi muammolari.


3-mavzu. O‘zbekiston Respubliksida mehnat muhofazasi ishlarining hozirgi holati va istiqboli.

O‘zbekiston Respubliksida mehnat muhofazasi ishlari davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi. mehnat muhofazasi ishlarining hozirgi holati va istiqboli.


4-mavzu. “Mehnat muhofazasi” fanining ijtimoiy-iqtisodiy va texnik ahamiyati.

“Mehnat muhofazasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqalari. Mehnat xavfsizligi muammolarini echishga jahon va vatanimiz olimlarining qo‘shgan hissalari.


5-mavzu. “Inson - mashina - ishlab chiqarish” tizimi, uning xususiyatlari.

Tizim elementlarining xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari, hamda ularni muqobillashtirish. Tizimdagi asosiy xavfsizlik muammolari.


6-mavzu. Mehnat jarayoni sharoitini shakllantiruvchi omillar.

Mehnat jarayoni sharoitini shakllantiruvchi omillar. Ularni tashlik etuvchilar, sinflash va me’yorlash prinsiplari.


7-mavzu. Og‘irligi va zararligi bo‘yicha ish kategoriyalari.

Xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratishning asosiy yo‘nalishlari va uslublari. Ish kategoriyalariga qarab xodimlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar.


2-modul. Mehnat muhofazasining huquqiy - me’yoriy asoslari
8-mavzu. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati.

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati. Mehnat muhofazasi ishlarining davlat tomonidan tartibga solinishi.


9-mavzu. Mehnatni muhofaza qilishni davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi siyosati bilan muvofiqlashtirish.

Barcha sohada mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashlik qilinishi. Soha vakillari mehnatni mufoza qilishning o’iga hos hususiytlarini anglash. Belgilangan qoida va me’yorlarga amal qilinishini tashkil qilish.


10-mavzu. Mehnatni muhofaza qilishga oid xalqaro hamkorlik va xorij tajribalari.

Dunyo hamjamiyatida mehnat muhofazasi masalalariga e’tibor. Xalqaro mehnat tashkiloti faoliyati. Davlarlararo mehnatni muhofaza qilish ishlarining yuritilishi.


11-mavzu. Mehnatni muhofaza qilishning huquqiy-me’yoriy asosini

tashkil qiluvchi hujjatlar tizimi.

“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi qonuni, uning ahamiyati, asosiy bandlarining qisqacha mazmuni. Mehnat kodeksi, uning ahamiyati, mehnatni muhofaza qilishga oid bandlarining mohiyati.


12-mavzu. “Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi” va uning ahamiyati.

“Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi” (MXST), uning ahamiyati va vazifasi, uni amalga tadbiq qilish. MXSTning strukturaviy tuzilishi va unda qabul qilingan belgilash.


13-mavzu. Tarmoqiy standartlar va ularga mos keluvchi me’yoriy hujjatlar.

Mehnat xavfsizligi bo‘yicha tarmoqlarning asosiy me’yor va qoidalar, vazifasi va ahamiyati. Qoidalarning ishlab chiqilishi va uning amal qilish tartiblari.



14-mavzu. Mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish.

Ish beruvchi va xodim o’rtasidagi munosabatlarni qonunniy jihatdan tartibga solinishi. Belgilangan huquq va majburiyatlar.


15-mavzu. Mehnat shartnomasi tushunchasi, mazmuni va taraflari.

Mehnat shartnomasini tuzish, o’zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi. Mehnat shartnomasiga asosan ish beruvchi va xodimning o’zaro majburiyatlari.


16-mavzu. Mehnatga xaq to'lash.

Mehnatga xaq to'lash tartibi. Mehnat shartnomasi, kasbiy majburiyatlarni to’la bajargandagi rag’batlantirishlar. Mehnat qonunchiligi va korxona ichki intizomlari buzulganda qo’’aniladigan jarimalar.


17-mavzu. Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta'minlash usullari.

Mehnat nizolari.

Mehnat intizomi tushunchasi va uni ta'minlash usullari. Mehnat intizomiga ish beruvchi va xodimning mas’ulligi. Vujudga kelgan mehnat nizolarini xal qilish.


18-mavzu. Xodim va ish beruvchining mehnat muhofazasiga oid majburiyatlari.

Mehnat Kodeksi va “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida” gi Qonunlarida belgilangan xodim va ish beruvchining mehnat muhofazasiga oid majburiyatlari. Alohida holatlardagi majburiyatlar.


19-mavzu. Mehnat jarayoni ishtirokchilarining alohida kategoriyalari.

Mehnat jarayoni ishtirokchilarining alohida kategoriyalariga (ayollarga, yoshlarga, nogironlarga) beriladigan imtiyozlar va huquqlar tizimi. Ularning huquqiy-me’yoriy asoslari.


20-mavzu. Ishlovchilarning ishlash va dam olish vaqti turlari, ularni me’yorlash.

Ishlovchilarning ishlash va dam olish vaqti turlari, ularni me’yorlash. Bayram va bayram oldi kunlarida mehnat vaqtlari


21-mavzu. Ishlovchilarga oid tibbiy ko‘riklar va oldini olish tadbirlari.

Ishlovchilarni shaxsiy himoya vositalari va bepul sut-qatiq mahsulotlari bilan ta’minlash tartibi va huquqiy-me’yoriy asoslari.


22-mavzu. Mehnatni muhofaza qilish sohasida nazorat tashkilotlari.

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarga, huquqiy-me’yoriy hujjatlar talablariga va qoidalariga amal qilish ustidan davlat, kasaba uyushmalari va jamoat nazorati.


23-mavzu. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javabgarlik.

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni, me’yor va qoidalarni buzganda tortiladigan javobgarliklar. Javobgarliklarning shakllari va turlari, muddatlari va miqdorlari.


3-modul. Ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi.
24-mavzu. Inson mehnat faoliyatining fiziologik-gigienik asoslari.

Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi salbiy omillar, ularning turlari, mohiyati va himoyalanish usullari.


25-mavzu. Inson mehnat faoliyatining turlari, fiziologik ta’siri.

Inson mehnat faoliyatining turlari va ularga organizmi moslashuvchanligi. Fiziologik ta’sirlar.Mehnatning fiziologik asoslari.


26-mavzu. Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi me’yorlari, mazmuni.

Ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me’yorlari, ularning inson organizmiga ta’siri. Sanitariya-gigienik me’yorlarni o’rnatish va ularni nazorat qilish.


27-mavzu. Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari.

Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ularning paydo bo’lishi. Zararli omillarning salbiy natijalari. Zararli omillar ta’sirini kamaytirish choralari.


28-mavzu. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari.

Ishlab chiqarishda zararli moddalarning vujudga kelishi. Ishlab chiqarish korxonalarini shamollatish, ularning turlari, umumiy va mahalliy shamollatishning mohiyati.


29-mavzu. Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari.

Ishlab chiqarishda yoritish va uni me’yorlari. Yorug’lik manbalari. Yoritishga qo‘yiladigan sanitar-gigienik talablar.


30-mavzu. Ishlab chiqarishda shovqinning yuzaga kelish sabablari va manbalari.

Ishlab chiqarishda shovqinning yuzaga kelish sabablari va manbalari. Shovqin ta’siri natijasida vujudga keluvchi asoratlar. Shovqindan muhofaza chora-tadbirlari.


31-mavzu. Ishlab chiqarishda titrash. Titrashdan muhofaza qilish chora-tadbirlari.

Ishlab chiqarishda titrash manbalari. Titrashning inson va jihozlarga ta’siri. Titrashdan muhofaza qilish chora-tadbirlari.


32-mavzu. Ultra va infratovushlarning inson organizmiga

zararli ta’siri.

Ultra va infratovushlarning inson organizmiga zararli ta’siri. Tovushlarning tarqalish chostatalari. Ulardan himoyalanish vositalari.


33-mavzu. Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar.

Ishlab chiqarishda zararli nurlanishlar, ularning xususiyatlari va inson organizmiga ta’siri. Zararli nurlarning turlari. Nurlanishning zararli ta’siridan himoyalanish chora-tadbirlari.


4-modul. Mehnat muhofazasining tashkiliy asoslari
34-mavzu. Korxonalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha

ishlarni tashkil qilish.

Korxonalarda mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish va uning huquqiy-me’yoriy asoslari. Menhat muhofazasi bo’limi faoliyatini yuritish.


35-mavzu. Mehnatni muhofaza qilishni davlat va iqtisodiyot ob’ektlari kesimida boshqarish tizimini tashkil qilish.

Mehnatni muhofaza qilishni davlat va iqtisodiyot ob’ektlari kesimida boshqarish tizimi. Boshqarishning maqsadi, vazifalari va uslublari.


36-mavzu. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarning tarkibi qismi. va mazmuni.

Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarning tarkibi qismi va mazmuni. Korxona mansabdor shaxslari va mutaxassislarining mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish va boshqarishdagi huquq va majburiyatlari.


37-mavzu. Ish joylarini mehnat sharoitlari bo’yicha attestasiyadan o’tkazish tartibi.

Ishlab chiqarish bo‘limlari, xonalari va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish va uning huquqiy-me’yoriy asosi: “Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubi”.


38-mavzu. Mehnat muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish tartibi.

Nomenklaturaviy tadbirlarni tuzish, ularning tarkibi, mablag‘ bilan ta’minlash va amalga oshirish, ularning huquqiy-me’yoriy asoslari.


39-mavzu. Mehnat muhofazasi qoidalari va talablariga o‘qitish tizimi.

Mehnat muhofazasi qoidalari va talablariga o‘qitish tizimi, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish (instruktaj o‘tkazish)lar turlari va o‘tkazish muddatlari. tartiblari va uning huquqiy-me’yoriy asoslari.


40-mavzu. Ishlab chiqarishda jarohatlanishlar, kasb kasallanishlari va ularning yuzaga kelish sabablari.

Ishlab chiqarishda jarohatlanishlar, kasb kasallanishlari va ularning yuzaga kelish sabablari. Jabrlashishlar sonini kamaytirish. Ijtimoiy himoya tizimini yo’lga qo’yish


41-mavzu. Xodimlarni jarohatlanishlar va kasb kasallanishlaridan sug‘urta qilishning huquqiy-me’yoriy asoslari.

Xodimlarni jarohatlanishlar va kasb kasallanishlaridan sug‘urta qilishning huquqiy-me’yoriy asoslari. Ish beruvchining majburiy sug’urtasi. Sug’urta badallarini to’lash tartibi.


42-mavzu. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi.

Ishlab chiqarishdagi avariya va noxush hodisalarning paydo bo’lishi. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi. Baxtsiz hodisalar oqibatlarini tahlil qilish.


43-mavzu. O‘quv muassasalarida baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi.

Talaba va o’quvchi yoshlar o’rtasida sodir bo’luvchi noxush hodisalar. O’quv muassasalari binolarida xavfsizlikni ta’minlash. O‘quv muassasalarida baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi.


44-mavzu. Jarohatlanishlar va kasb kasallanishlarining sabablarini o‘rganish va ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uslublari.

Jarohatlanishlar va kasb kasallanishlarining sabablarini o‘rganish va ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uslublari. Jarohatlanishlar sodir bo‘lishini prognoz qilish. Kasb kasaligiga chalingan xodimlarning ijtimoiy himoyasi.


45-mavzu. Mehnat muhofazasining umumiy iqtisodiy masalalari.

Mehnat muhofazasining umumiy iqtisodiy masalalari. Jamiyat iqtisodiyotida mehnat muhofazasining ulishi. Korxonalar mablag’laridan mehnat muhofazasiga ajratmalar.


46-mavzu. Mehnat muhofazasi tadbirlar samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlari.

Ish sharoiti va mehnat muhofazasi tadbirlarining ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini baholash usullari.



5-modul. Texnika xavfsizligi
47-mavzu. Texnika xavfsizligi, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati.

Ishlab chiqarish korxonalarining xavfsizligini ta’minlashning huquqiy - me’yoriy asoslari. Texnika xavfsizligi, uning maqsadi, vazifasi va ahamiyati. texnika xavfsizlikni ta’minlashning asosiy bosqichlari. Texnika xavfsizligi ishlarini amalga oshirish mexanizmi.


48-mavzu. Texnika xavfsizligini ta’minlovchi shartli belgilar.

Texnika xavfsizligini ta’minlovchi shartli belgilar. Xodimlarni xavfli belgilar bilan tanishtirish va qat’iy amal qilishga o’rgatish. Shartli belgilarning o’rnatilishi va ularning joylashtirilishi.


49-mavzu. Texnologik reglamentlarni ishlab chiqish qoidalari.

Texnologik reglamentlarni ishlab chiqish qoidalari. Texnologik reglament tarkibiy qismlari. Texnologik reglamentni ishlab chiqish uchun kerakli nornatiy huquqiy xuhhatlar.


50-mavzu. Sanoat korxolarini sanitariya jihatidan loyihalash talablari.

Sanoat korxolarini sanitariya jihatidan loyihalash talablari. Xo’jalik xonalari va qo’shimcha obyektlarning sanitariya talablari.


51-mavzu. Ishlab chiqarish korxonalaridagi mexanik havo almashtirish tizimlari.

Ishlab chiqarish korxonalaridagi mexanik havo almashtirish tizimlari, hamda ularning konstruktiv elementlariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari.


6-modul. Elektr xavfsizligi
52-mavzu. Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligini

ta’minlashning ahamiyati.

Ishlab chiqarishda elektr xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati. Elektr ta’minotini yaratish.


53-mavzu. Elektr tokining inson organizmiga ta’sir

qilishi xususiyatlari.

Elektr tokining inson organizmiga ta’sir qilishi xususiyatlari. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri oqibatini belgilovchi omillar. Ishlovchilarning elektr toki ta’siriga tushishning asosiy sabablari va shart-sharoitlari. Tegish kuchlanishiga va qadam kuchlanishiga tushish holatlari.




54-mavzu. Elektr uskunalarining va elektr qurilmalari joylashgan xonalarning elektr xavfsizligi bo‘yicha klassifikatsiyasi.

Elektr uskunalarining va elektr qurilmalari joylashgan xonalarning elektr xavfsizligi bo‘yicha klassifikatsiyasi. Ekeltr xavfsizligini ta’minlash vositalari.


55-mavzu. Kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketishdan himoyalanish usullari va vositalari.

Kuchlanishning ortib ketishining asosiy sabablari. Kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga tegib ketishdan himoyalanish usullari va vositalari.


56-mavzu. Elektr uskunalari shikastlanganda elektr toki ta’siridan himoyalanish usullari.

Elektr uskunalari shikastlanganda elektr toki ta’siridan himoyalanish usullari. Qurilmalarning karroziyaga uchrashini oldini olsh choralari.


57-mavzu. Statik elektrlanish, uning yuzaga kelish sabablari, himoyalanish uslublari va vositalari.

Statik elektrlanish, uning yuzaga kelish sabablari, himoyalanish uslublari va vositalari.


58-mavzu. Atmosfera elektri, turlari va tavsifi. Yаshindan himoyalanish uslublari, vositalari va tadbirlari.

Atmosfera elektri, turlari va tavsifi. Yаshindan himoyalanish uslublari, vositalari va tadbirlari Ko‘chma elektr uskunalarida, mashina va mexanizmlarida elektr xavfsizligini ta’minlash.


59-mavzu. Elektr tokidan himoyalash vositalari va elektr tokidan jarohatlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishg qoidalari.

Elektr tokidan himoyalash vositalari va elektr tokidan jarohatlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishg qoidalari. Shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari


60-mavzu. Elektr uskunalarining yong’in xavfsizligini ta’minlash.

Elektr uskunalarinin yong’in xavfsizligi. Elektr uskunalarining yong’in xavfsizligini ta’minlash. Yong’in xavfsizligini ta’minlash choralari.


61-mavzu. Elektr tarmoqlari koronalarining mehnatini

muhofaza qilish.

Elektr tarmoqlari koronalarining mehnatini muhofaza qilish. Xodimlarning himoya vositalari va maxsus kiyimlar bilan ta’minlanishi. Xodimlarga beriladigan imtiyoz va rag’batlantirishlar.



7-modul. Katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskuna va qurilmalarni ishlatishdagi xavfsizlik talablari
62-mavzu. Katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskuna, qurilmalarning va idishlarning turlari va guruhlanishi.

Katta energiya va bosim bilan ishlovchi uskuna, qurilmalarning va idishlarning turlari va guruhlanishi. Uskunalarning xavfsizligini nazorat qilish asboblariga qo‘yiladigan umumiy xavfsizlik talablari. Bug‘ va suv qozonlarini ishlatganda xavfsizlik talablari. Bosim ostidagi idishlarni ishlatganda xavfsizlik talablari.


63-mavzu. Suyultirilgan, eritilgan va siqilgan gazlar saqlanadigan idishlarni ishlatganda xavfsizlik talablari.

Suyultirilgan, eritilgan va siqilgan gazlar saqlanadigan idishlarni ishlatganda xavfsizlik talablari.Kompressor qurilmalarini ishlatganda xavfsizlik talablari.


8-modul. Yuk tashish va yuklash-tushirish ishlarida xavfsizlik talablari
64-mavzu. Mashina va mexanizmlarning xavfli joylari (zonalari).

Mashina va mexanizmlarning xavfli joylari (zonalari). Mashina, mexanizm, jihozlar va kichik mexanizatsiya vositalarining texnik holatiga bo‘lgan umumiy va maxsus xavfsizlik talablari.


65-mavzu. Yuklarni tashishga bo‘lgan xavfsizlik talablari.

Yuklarni tashishga bo‘lgan xavfsizlik talablari. Ishlab chiqarishdagi yuklarning xavfsizlik bo‘yicha guruhlanishi.


66-mavzu. Odamlarni transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari.

Odamlarni transport vositalarida tashishda xavfsizlik talablari. Odamlarni transport vositalarida tashishni litsenziyalash.Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga qo‘yiladigan talablar.


67-mavzu. Yuklash-tushirish mashina va vositalarini ro‘yxatga olish, sinash va texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi.

Yuklash-tushirish mashina va vositalarini ro‘yxatga olish, sinash va texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi. Ularning texnik holatiga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari.


68-mavzu. Yuklash-tushirish mashinalaridagi xavfsizlikni ta’minlash qurilma va jihozlari.

Yuklash-tushirish mashinalaridagi xavfsizlikni ta’minlash qurilma va jihozlari.Yuklash-tushirish maydonchasiga va materiallarni saqlashga, joylashtirishga bo‘lgan xavfsizlik talablari.



IV. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabalarni amaliy mashg‘ulotlarni ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar, internet materiallari bilan ishlashni, standart va malaka talablariga mos ravishda bajarishni o‘z ichiga oladi.

Amaliy mashg’ulotlar davomida talabalar ishlab chiqarish korxonalarining mehnat muhofazasi bo’limlari tomonidan yuritiladigan me’yoriy hujjar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantiradilar.

Amaliy mashg‘ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

1. Mehnat muhofazasini ta’minlovchi me’yoriy hujjarlarni o’rganish.

2. Mehnat muhofazasi bo’limlari faoliyatini va hujjarlarni yuritishni o’rganish.

3. Mehnat muhofazasi tadbirlarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini hisoblash.

4. Xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar va ularni hujjatlashtirish tartiblari.

5. Xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha ko‘rsatmalar tuzish.

6. Ishlab chiqarish korxonalaridagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish.

7. Baxtsiz hodisalarni tahlil qilish uslublari va jarohatlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash.

8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati binosioning maydoni va ishchilar sonini hisoblash.

9. Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibini o‘rganish.

10. Mahalliy havo almashtirish qurilmalarini hisoblash.

11. Ishlab chiqarish xonalaridagi mexanik havo almashtirish qurilmalarining unumdor ishlashini aniqlash.

12. Vintelyatordan chiqayotgan shovqi darajasini hisoblash.



13. Yuk ko’tarish mashinalari va qurilmalarni sinash.

14. Yuk ko‘tarish-tushirish mexanizmlaridan xavfsiz foydalanishni hisoblash.

15. Elektr toki zarbasidan himoya qiluvchi vositalarni o‘rganish.

16. Elektr tokidan himoya qiluvchi vositalarni sinash.

17. Statik elektr zaryadlari xavfliligi ko‘rsatkichlarini hisoblash.

18. Mehnat sharoitini baholash va mehnat sharoiti bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiya qilish metodikasini o‘rganish.
V.Laboratoriya mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabalar laboratoriya ishlari o‘quv rejadagi auditoriya soatlariga mos ravishda standart va malaka talablariga mos ravishda mustaqil bajarishni o‘z ichiga oladi.

Laboratoriya mashg‘ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:

1. Ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi havo tarkibida bo‘lgan chang miqdorini aniqlash.

2. Ishlab chiqarish binolari va ish joyidagi havoda bo‘lgan zararli gazlar miqdorini aniqlash.

3. Tabiiy yorug’lik tushishi uchun kereakli yon derazalar maydonini aniqlash.

4. Shovqin ko‘rsatkichlarini aniqlash.

5. Titrash ko‘rsatkichlarini aniqlash.

6. Elektr jihozlarini nollashning unumli ishlashini aniqlash.

7. Mashina va mexanizmlardagi statik elektrlanishni o‘lchash va hisoblash.
VI. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabalarni seminar mashg‘ulotlarni ma’ruzalar matni va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar, internet materiallari bilan ishlashni, standart va malaka talablariga mos ravishda taqdimot, turli xil mashqli o’yinlar bilan bajarishni o‘z ichiga oladi.

Seminar mashg‘ulotlarining taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari:



  1. “Mehnat muhofazasi” fanining rivojlanish bosqichlari va fan tomonidan o‘rganiladigan muammolar.

  2. “Mehnat muhofazasi” faning jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va texnik ahamiyati.

  3. Mehnat muhofazasi muammolarini echishga jahon va vatanimiz olimlari.

  4. Mehnat jarayoni sharoitini shakllantiruvchi omillarni sinflash va me’yorlash prinsiplari.

  5. Xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini yaratishning asosiy yo‘nalishlari va uslublari.

  6. Ish kategoriyalari va ularning o’ziga xosligi.

  7. O‘zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasi sohasidagi davlat siyosati.

  8. O‘zbekiston Respublikasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyati tahlili.

  9. Mehnatni muhofaza qilishga oid xalqaro shartnomalari.

  10. Mehnatni muhofaza qilish sohasida xalqaro mehnat tashkilotlari tomonidan olib borilyotgan ishlar.

  11. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mehnat muhofazasiga doir moddalarining ahamiyati.

  12. “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi qonunining ahamiyati.

  13. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining ahamiyati.

  14. “Mehnat muhofazasi bo‘yicha Vakil to‘g‘risida”gi Nizom tahlili.

  15. “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi namunaviy Nizom o‘rganish.

  16. “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida”gi namunaviy Nizom o‘rganish.

  17. Mehnatni muhofaza qilishda jamoa shartnomalari va jamoa kelishuvlarining ahamiyati.

  18. “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”gi Nizomi tahlili.

  19. Kasb kasalliklariga olib keluvchi asosiy omillarni o’rganish va tahlil qilish.

  20. “Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonida o‘quvchilar va talabalar bilan yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomni o‘rganish.

  21. “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonunining moddalari tahlili.

  22. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha huquqiy-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga tadbiq qilish tartibi.

  23. “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risida” gi namunaviy Nizom ijrosining tahlili.

  24. Kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va vazifalari.

  25. Korxona mansabdor shaxslari va mutaxassislarining mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish va boshqarishdagi huquq va majburiyatlari.

  26. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunlarni buzganlik uchun tortiladigan intizomiy, ma’muriy, jinoiy javobgarliklar, ularga tortilish sabablari.

  27. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash qobilyatini pasayishi va zo‘riqishi sabab bo‘luvchi omillar.

  28. Mehnat jarayonida ishlovchining ishlash qobilyatini oshiruvchi omillar tahlili.

  29. Mehnatni muhofaza qilishda erganomika va psixologiyaning ahamiyati.

  30. Ishlab chiqarishda mo‘tadil ob-havo sharoitini yaratish tadbirlari.

  31. Ish sharoitlarini va mehnat muhofazasi holatini yaxshilash tadbirlarining ijtimoiy - iqtisodiy ahamiyati.

  32. Ish joylari pasportini tuzish va uning ahamiyati.

  33. Ish joylarini takomillashtirish muammolari.

  34. “Maxsus suyuqliklar (benzin, benzol, sulfat kislota, ishqorlar, texnik moylar) bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish Qoidalari” ni o‘rganish.

  35. O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni moddalarini o‘rganish.

  36. “O‘zbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish Qoidalari” ni o‘rganish.

  37. “Yuk ko‘targich (minora)larni o‘rnatish va ulardan foydalanishda xavfsizlik Qoidalari” ni o‘rganish

  38. “Sanoat va qishloq xo‘jaligi sohasida ishlovchi umumiy kasb xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlari” ni o‘rganish

  39. Elektr tokidan izolyasiyasiyalash (o‘tkazgichlarni to‘siqlar bilan to‘sish, yoki ularni balandliklardan hamda yer ostidan tortish); usullarini o‘rganish.

  40. Elektr uskunalaridagi xavfsizlikni ta’minlashning mexanik va elektromexanik blokirovka va avtomatik ogohlantiruvchi qurilmalarni o‘rganish.

  41. “Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va xavfsiz ishlatish” Qoidalarini o‘rganish.


VII.Kurs loyihasini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar

Kurs loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos texnik echimlar qabul qilish va zamonaviy texnika va texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarni hosil qilishdir.

Kurs loyihasi mavzulari bevosita ishlab chiqarish korxonalari texnologik jarayonlarga bog‘liq holda, aniq bir sharoiti uchun belgilanadi. Kurs loyihasining mavzulari umumiy talabalar soniga 20-30 % ko‘proq oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi. Kurs loyihasining taxminiy mavzulari:

1.Ish joylaridagi mehnat sharoitini me’yoriy hujjatlar bilan taqqoslash.

2.Korxonalardagi ishlab chiqarish maxsulotlarni zararligini aniqlashda chang va gaz miqdorini e’tiborga olgan holda xonalarni loyihalash.

3.Ishlab chiqarish korxonalaridagi xonalarni shamollatish vositalari.(mexanik va mahalliy shamollatish)

4.Korxonalarni loyihalash jarayonida meteriologik sharoitlarni hisobga olish.

5.Korxonalardagi shovqin va titrash omillarini hisobga olish va loyihalash ishlarida zarur hisob-kitob ishlarini ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etish.

6.Bosim ostida ishlaydigan idishlarga qo‘yiladigan talablarda xavfsizlik loyihalarni tadbiq etish.

7.Yorug‘lik me’yoriy qoidalardan kelib chiqqan holda ish o‘rinlarini loyihalashda tegishli xavfsizlik ko‘rsatgichlarni hisobga olish.

8.Sanoat korxonalarida kasb kasalliklarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.

9.Sanoat korxonalarida zararli omillarni bartaraf etishda avariya shamollatish tizimini tashkillashtirish.

10.Mashinasozlik korxonalarida uzluksiz mehnat muhofazasi tizimini tashkil etish tartibi.

11.Iqtisodiyot tarmoqlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash.

12.Bino va inshootlarni loyihalashda mehnat muhofazasi bo‘yicha qo‘yiladigan asosiy talablar.

13.Gidrotexnik inshootlarga qo‘yiladigan xavfsizlik texnik reglamenti.

14.Mashina va mexanizmlarga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari.

15.Siqilgan tabiiy gaz va suyultirilgan neft mahsulotlari uchun jihozlangan avtotransport vositalarining xavfsizligini taminlash.

16.Gidrotexnik inshootlar qurilishida yashin qaytargichlar qurilmasiga qo‘yiladigan talablar.

17.Sanoat korxonalarida mehnatni muhofaza qilish boshqaruv tizimini tashkil etish mexanizmi.

18.Ishlab chiqarish korxonalarida shovqin va titrash xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari.

VIII. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar.

Mazkur fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot texnologiyalari qo‘llanishi nazarda tutilgan:

- ma’ruzada zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan;

- o‘tkaziladigan amaliy mashgulotlarda aqliy xujum, guruxli fikrlash pedagogik texnologiyalardan;

- o‘tkaziladigan tajriba mashgulotlarida kichik guruxlar musobaqa, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalarni qo‘llash nazarda tutiladi.

Ushbu o‘quv fani bo‘yicha talabalarni mustaqil ta’lim ma’ruzalar konspekt va tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar, internet materiallari bilan ishlashni, standart va malaka talablariga mos ravishda mustaqil bajarishni o‘z ichiga oladi.

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzulari:

1.“Mehnat muhofazasi” fanini o‘rganishni ahamiyati va o‘rganishda boshqa fanlarning bog‘liqligi.

2.Korxonalarni sanitariya jihatidan sinflanishi, sanitar himoya zona xaqida tushuncha.

3.“Mehnat muhofazasi” fanini o‘rganishda muammolarni echishda ilmiy- tadqiqot ishlarning ahamiyati.

4.Korxonada sanitariya- maishiy bino va xonalariga qo‘yiladigan talablar.

5.Mehnat muhofazasi masalalarini hal qilishda sog‘lom muhit yaratishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ahamiyati.

6.Korxonada texnologik jarayon bajarilishida xavfsizlikni ta’minlashda avtomatizatsiyani ahamiyati.

7.Mehnat muhofazasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining ahamiyati.

8.Texnologik reglament tarkibi va ahamiyati xaqida tushuncha.

9.Ayollar va o‘smirlar mehnatini himoyalash va ularga belgilangan imtiyozlar.

10.Texnologik uskuna, jihoz, moslama va vositalarni korroziyadan saqlash usullari.

11.Texnologik uskuna vositalarini germetikligini ta’minlashni ahamiyati va talablari.

12.Mehnat muhofazasi hizmatini uyushtirishda korxona rahbari, bosh muhandisni, xavfsizlik muhandisini huquq va vazifalari.

13.Ishlab chiqarish korxonasi kasaba uyushmasi qo‘mitasini huquq, vazifalari.

14.Ishlab chiqarishda balonlardan xavfsiz foydalanish talablari.

15.Nomenklaturali tadbir-choralar, ularni amalga oshirish, moliyaviy ta’minot.

16.Ishlab chiqarishda kompressorlardan xavfsiz foydalanish talablari.

17.Mehnat muhofazasi bo‘yicha mavjud bo‘lgan va qo‘llanadigan norma, qoida, standart, yo‘riqnomalar turlari.

18.Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xavfli yuklar turi va ularni xavfsizligini ta’minlash choralari.

19.Korxonada qo‘llaniladigan texnologik uskuna moslama vositalarni xavfsizligini ta’minlash choralari.

20.Davlat sanitariya nazorati inspektorining huquq va vazifalari.

21.Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan quvurlarga bo‘lgan talablar.

22.Davlat energetika nazorati inspektorini huquq, vazifalari.

23.Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan tuzatish ishlariga bo‘lgan talablar, nazorat.

24.Davlat yong‘in nazorati inspektorini huquq, vazifalari.

25.Elektr tokini odam tanasigata’siri va undan himoya choralari.

26.Yong‘in va portlashga xavfli ishlab chiqarishda elektr uskunalarini qo‘llash tadbirlari.

27.Ishlab chiqarishda statik elektr va undan himolanish choralari.

28.Korxonada jamoat tekshirishini uyushtirish, bajaradigan vazifalari.

29.Ishlab chiqarishda yashindan himolanish choralari.

30.Mehnatni muhofaza qilishda ergonomikani ahamiyati.

31.Shaxsiy himoya vositalari, ulardan foydalanish.

32.Mehnatni muhofaza qilishda psixologiyani ahamiyati.

33.Korxona muhitidagi xavfli zararli holat, omillar, ulardan ogohlantirish.

34.Mehnat muhofazasi bo‘yicha davlat nazorati tashkilotlari, vazifalari

35.Ishlab chiqarish changi odamlarga ta’siridan himoyalanish.

36.Korxonalarda yong‘in xavfsizligi xizmatini uyushtirish, vazifalari.

37.Kasbiy kasallik, zaxarlanish, shikastlanishini oldini olish chora tadbirlari.

38.Ishlab chiqarish korxonalarida foydalaniladigan shaxsiy himoya vositalari.

39.Modda materiallarini xavfsizligini, yonuvchanligini baholaydigan birliklar va ularni e’tiborga olish talablari.

40.Inson salomatligini mikroiqlim bilan bog‘liqligi xaqida tushuncha.

41.Xavfli sharoitda shamollatishni qo‘llash tadbirlari.

42.Texnologik jarayon bajarilishida yong‘in xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari.

43.Radiatsiya va nurlarni inson tanasiga ta’siri.

44.Ulardan himoyalanish xaqida tushuncha.

45.Korxonalarni yong‘in, portlashga xavfliligi jihatidan turlari va ogohlantirish choralari.

46.Labaratoriyada xavfsiz ishlash, zaruriy vositalardan foydalanish talablari.

47.Korxona bino-xonalarni portlash va yong‘inga xavfliligi jihatidan sinflanishi.

48.Korxonada yoritishni qo‘llash ahamiyati, talablari.

49.Bino, inshootlarni yonuvchanligini kamaytirish, o‘tga chidamliligini oshirish talablari.

50.Ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yoritgichlar turi, ulardan foydalanish talablari.

51.Evakuatsiya-chiqish yo‘llariga bo‘lgan xavfsizlik talablari.

52.Yonish- portlashga moyil modda mahsulotlarni omborda saqlash talablari.

53.Ishlab chiqarishda issiqlik nurlanishidan ximoya choralari.

54.Ishlab chiqarishda elektromagnit nurlanishidan himoyalanish choralari.

55.Ko‘ngilli yong‘inni o‘chirish drujinasining vazifalari. Xizmatni tashkil qilish.

56.Mehnat muhofazasiga oid muammolar va ularni hal qilish choralari.

57.Ishlab chiqarishda infraqizil nurlanishdan ximoya choralari.

58.Korxona loyihasini tuzish , qurilishiga bo‘lgan xavfsizlik talablari.

59.Korxona mehnat sharoitini, muhofaza ishlarini baholash.

60.Baxtsiz hodisalarni tekshirish, rasmiylashtirish talablari.

61.Texnologik jarayon bajarilishida xavfsizlikni ta’minlash chora tadbirlari.

62.Ishlab chiqarishda bosim ostida bajariladigan jarayon xavfsizligi talablari.

63.Ishlab chiqarish korxonalarida mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis-texnik xodimlarning vazifalari.

64.Korxona bino va xonalarni elektr xavfsizligi bo‘yicha turi va xavfsizligini ta’minlash choralari.

65.Korxona qurilishiga bog‘liq materiallarni tanlash, yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalari.
IX. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari

Asosiy adabiyotlar

1.A. Mark, P. Friend James Fundamentals of Occupational Safety and Health. Bernan Press. Germaniya, 2007

2. Yuldashev O.R. Mehnat muhofazasi maxsus kursi./ Darslik. –T.: “Tafakkur qanoti”, 2015. – 336 b.

3.E.I.Ibragimov, S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev. Mehnat muhofazasi maxsus kursi. Darslik.-T.: TIMI, 2014.-536 b.

4.O.R.Yuldashev, Sh.G.Djabborova, O.T.Xasanova. Hayot faoliyati xavfsizligi. Darslik–T.:“Toshkent-Iqtisodiyot”,2014.– 268 b.

5.Yormatov G‘.Yo. va boshqalar. Hayot faoliyati xavfsizligi. –T.: “Aloqachi”, 2009. – 348 b.



Qo‘shimcha adabiyotlar

6.Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi. 2017 yil 16 yanvar, №11.

7.Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.

8.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. – 46 b.



9.“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (yangi taxriri) O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 2016 yil 22 sentyabr.

10.Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi Nizom. Vazirlar Mahkamasining qarori № 286, 06.06.1997, –T.: 1997.

11.“Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi qonun. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008 , 37-38-son.
Internet saytlari

12.www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali.

13.www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

14.www.mintrud.uz – Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi sayti.



15.www.bilim.uz – OUMTV sayti



Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling