Bill Gates


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana25.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1294359
  1   2
Bog'liq
2.3-topshiriq Xolmirzayeva Nilufar



BILL GATES 
HAQIDA
Muhammad Al-Horazmiy nomidagi TATU fargona filiali
“Kompyuter injiniring fakulteti”
781-22 AT-Servis guruh talabasi Xolmirzayeva Nilufarning
3-joriy nazorat
Doklad usulida


kompaniyasining yirik aksioneri va asoschilaridan
biri(Pol Allen bilan hamkorlikda).
— Geytsni birinchi asos solgan kompaniyasi nomi –
Traf-O-Data edi.
— Unga omad olib kelgan firma nomi dastlab Micro
Soft(probel bilan) shaklida yozilar edi.
— 13 yoshida Bill Geyts do'stlari bilan maktab
kompyuterini
buzishga
erishishgan
va
maxfiy
ma'lumotlarni ko'rishga muyassar bo'lishgan. Bu kichik
xakerga jazo choralari ko'rilmagan, balki uni Sietl
kompyuter markazi o'z dasturlarini tekshirish uchun
ishga yo'llagan.
— Billning ota-onasi o'g'lini kompyuterga bo'lgan
munosabatini o'zgartirish maqsadida, hattoki o'g'lini
kompyuterga
yaqinlashishni
taqiqlab
qo'yishgacha
borishdi, bu taqiqlov vaqtinchalik holat edi. Shu
vaziyatlarda u tarixiy shaxslar haqidagi kitoblarni o'qir
edi.
— Maktab paytlarida Geyts o'z do'sti Pol Allen bilan
kompyuter dasturlarini yaratishni boshlashgan edi.
O'sha paytda u Napaleon tarjimai holi asosida "RISK"
nomli o'yin yaratadi.
Men
sizga
eng
yaxshisini
qoldiraman
Bill
Geytsning
so'zlari Microsoft asoschisi, yozuvchi,
investor, xayriyachi va dunyodagi eng
boy odamlardan biri. U Internetda
TEDx nutqlari yoki gatesnotes.com
veb-saytidagi maqolalari bilan tanilgan.
Oddiygina Bill Geyts(ingl. Bill Gates)
sifatida tanilgan Uilyam Genri Geyts
III (ingl. William Henry Gates III; 28
oktyabr 1955 yil, Sietl)-amerikalik
ishbilarmon bo'lib, Microsoft


— Birinchi dasturini Bill maktab paytida yaratgan bo'lib,
bu dastur effektiv dars jarayonini rejalashtirishni amalga
oshirar edi.
— Birinchi eng katta gonarar(xizmat haqi)ini Bill 15
yoshida olishga erishadi. Shu yoshda u ko'cha harakatini
boshqaruvchi dastur yoratishga erishadi. Xizmat xaqi 20
ming dollarni tashkil etar edi.
— 1968 yil Leyksayd nomli kollejga birinchi kompyuter
o'rnatiladi, Bill o'sha kollejda kun va tunni o'tkazib, o'qish
reytingi tushib ketishiga sabab bo'ladi.
— Geyts, Pol Allen va Leyksayd kollejidagi do'stlari
birgalikda ruxsat etilmagan dasturlar tuzishib, kompyuter
ishlashini izdan chiqarishar edi.
— Garvarddagi o'qish uni zeriktirar edi va u asosan
dasturlash yoki poker o'ynash bilan vaqtini o'tkazar edi.
— Geyts universitetda darslarni o'zlashtirolmaganligi sababli 1974 yil kassallik varaqasi ochtiradi
va keyinchalik Garvard universitetidan chetlatiladi, shunga qaramasdan Bill, keyinchalik bu
universitetni tamomlashga erishadi. To'g'rirog'i universitet administrastiyasi unga diplomni
hadya qiladi.
— Garvart universiteti professorlariga Bill 30 yoshida millioner bo'lishini aytar edi, qarangki u 31
yoshida milliarder bo'lishga erishdi.


— 1990 yil oxirlarida 90% ga yaqin shaxsiy kompyuterlar Microsoft firmasining dasturlari bilan
ishlar edi.
— 38 yoshida Geyts, oyiga millionga yaqin Windows nusxalari sotishga erishadi.
— 1994 yil Bill Geyts Melinde French nomli ayolga uylanadi va to'yni o'tkazish uchun Gavaya
orollaridan birini ijaraga oladi. Hozirda uning 3 farzandi(Djennifer Katarin Geyts (Jennifer 
Katharine Gates) (26 aprel 1996 y.), Rori Djon Geyts (Rory John Gates) (23 may 1999 y.) va
Fibi Adel Geyts (Phoebe Adele Gates) (14 sentyabr 2002 y.)) bor.
— Bill umumiy hisoblaganda 30 milliardga yaqin pullarini hayriya ishlariga sarflagan.
— Har sekundda bizning qahramon 250$ mablag' topadi, bu degani kuniga 21,6 million va yiliga
7,8$ milliard.
— Agar Windows foydalanuvchilari, operastion tizimning har bir qotib qolishi(xato oynasi) uchun
1 dollardan olishsa, Geyts 3 yil ichida honavayron bo'lar edi.
— Dunyo o'rgimchak to'risi(www) rivojlanyotgan paytda Bill shunday degan edi:"Internet – bu
kelajagi yo'q g'oyadir". Shunga qaramasdan u bir necha yildan so'ng o'zining eng yaxshi
dasturchilarini shu yo'nalish rivoji uchun xizmat qilishini so'ragan edi.
— 1997 yil Geyts Chikagolik Adam Kvinn Pletcher (Adam Quinn Pletcher) tomonidan amalga
oshirilgan firibgarlikning qurboni bo'lgan. Geyts sud zalida guvohlik bergan va Pletcher aybdor
deb topilib, 1998 yil iyul oyida unga 6 yillik qamoq jazosi berilgan.


— 2008 yil iyun oyiga qadar Bill Microsoft ning
boshlig'i bo'lgan, lavozimidan ketgandan so'ng(bu
haqda u 2006 yil ma'lumot bergan) kompaniya
direktorlar uyushmasining ijrochi bo'lmagan raisi
lavozimida qolgan. Shuningdek Bill hayriya fondining
raisi hisoblanadi.
— Har yili Geyts 1 million dollarga yaqin mulk solig'i
to'laydi.
— Billning katta bobosi qonunshunos va xokim(mer), 
bobosi shtatdagi davlat banki vista prezidenti, otasi
esa advokat edi.
— Bill to'g'risida juda ko'plab kitoblar yozilgan, agar 
siz amazon.com sayti orqali gates so'zini kalit so'z
sifatida tersangiz 130 mingdan ortiq asar topishingiz
mumkin.
— Bill "Kelajakka yo'l" nomli kitob yozganini
ko'pchilik bilmasa kerak. U, bu kitobda axborot
texnologiyalari
rivojlanish
davrida,
jamiyatniig
qarashlari ga o'z munosabatini bildiradi. Kitob
nashrdan chiqqandan so'ng 7 hafta davomida
dunyoning asosiy bestseller (eng ko'p sotiladigan)
asarlari ro'yxatining 1 o'rinidan tushmagan.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling