O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI
BIOLOGIYA
fanidan uzviylashtirilgan o‘quv dasturi asosida
nazorat ishlarini o‘tkazish bo‘yicha
metodik tavsiyalar
(5 – 9 sinf)
Toshkent – 2012
Biologik diktant o‘tkazish usuli bilan o‘quvchilar bilimini baholash.
O‘tilganlarni takrorlash uchun “Biologik diktant” o‘tkazish tavsiya qilinadi. Biologik diktant o‘tkazish quyidagicha bo‘lishi mumkin. Bunda nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javoblarni o‘quvchining o‘zi qo‘yishi kerak bo‘ladi.
1. Bitta bakteriya ko‘payishidan hosil bo‘ladigan hujayralar to‘plami … deyiladi.
2. Mog‘or zamburug‘ining sporasi yetiladigan a’zo …..deyiladi.
3. Mog‘or zamburug‘i … usulda oziqlanadi.
4. Mog‘or zamburug‘ining hayoti uchun …. , …., …. omillar zarur.
5. Mog‘or zamburug‘ining hayoti uchun …. omili zarur emas.
6. Achitqi zamburug‘i …. usulda oziqlanadi.
7. Qalpoqchali zamburug‘lardan …. va …. iste’mol qilinadi.
8. …. zamburug‘ «siyoh zamburug‘» ham deyiladi.
9. Parazit zamburug‘lar g‘oza o‘simligida ….. kasalligini keltirib chiqaradi.
10. Lishayniklarning tanasi …. deb ataladi.
11. Lishayniklarning tanasida …. va ….. birgalikda yashaydi
12. Noqulay sharoitda xlorella …. hosil qiladi.
13. Iflos, azotli birikmalarga boy suvlarda …. suvo‘ti yashaydi.
14. Ko‘p hujayrali suvo‘tlarning tanasi ….. deyiladi.
15. Ulotriks suv tubidagi narsalarga ….. yordamida birikadi.
Mazkur diktantni baholash quyidagicha bo‘lishi mumkin. Diktantda 15 ta savoldagi bo‘sh joyni to‘ldirish vazifasi qo‘yilgan. Agar o‘quvchi:
T.r
|
To‘g‘ri javoblar soni
|
Ball
|
1.
|
1–3 ta javobni to‘g‘ri yozgan bo‘lsa
|
1 ball
|
2.
|
4–6 ta javobni to‘g‘ri yozgan bo‘lsa
|
2 ball
|
3.
|
7–9 ta javobni to‘g‘ri yozgan bo‘lsa
|
3 ball
|
4.
|
10–12 ta javobni to‘g‘ri yozgan bo‘lsa
|
4 ball
|
5.
|
13–15 ta javobni to‘g‘ri yozgan bo‘lsa
|
5 ball qo‘yiladi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |