Biologik modellashtirish usuli


Download 13.63 Kb.
Sana30.05.2020
Hajmi13.63 Kb.
#111970
Bog'liq
modellashtirish 5566556566565


. Modellashtirish usuli. 
Kasalliklarni modellashtirish masalasi tibbiyotda katta ahamiyatga ega.  100 yildan 
ortiqroq  vaqt  davomida  ko‘pgina  insonlarda  uchraydigan  kasalliklarining  patogenezini, 
davolash  usullarini  va  profilaktikasini  o‘rganish  maqsadida  hayvonlarda  biologik 
modellashtirish  usuli  qo‘llanilmoqda.  Ayniqsa  infektsion  kasalliklarni  davolash  va 
oldini olishning samarali usullarini ishlab chiqishda modellashtirish katta rol o‘ynaydi. 
Irsiy  patologiyani  o‘rganishda  ham  modellashtirish  usuli  katta  ahamiyatga  ega. 
N.I.Vavilovning irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatori qonuniga ko‘ra bunday 
modellar  tabiatda  mavjuddir.  Bu  qonunga  ko‘ra  irsiy  jihatdan  yaqin  bo‘lgan  turlar  va 
avlodlar  o‘xshash  irsiy  o‘zgaruvchanlikka  egadir.  Bundan  shunday  xulosa  chiqarish 
lozimki,  doimiy  jihatdan  yaqin  bo‘lgan  hayvonlarda  odamlarga  o‘xshash  irsiy 
kasalliklar  uchrashini  kutish  mumkin.  Hayvonlarda  uchraydigan  irsiy  anomaliyalarni 
chuqur  o‘rganish,  ularning  patogenezi  odam  irsiy  kasalliklariga  o‘xshashligini 
ko‘rsatdi.  Masalan,  mushak  distrofiyasi  odamlarda,  sichqonlarda,  xomyaklarda, 
olmaxonlarda, tovuqlarda uchraydi, itlardagi A va B gemofiliyalari odamlardagi kabi 
X  ga  birikkan  retsessiv  genlar  orqali  yuzaga  chiqadi,  qandli  diabet  xitoy 
xomyaklarida, irsiy semiruvchanlik kalamushlarda, irsiy karlik mushuklarda uchraydi. 
Hozirgi  vaqtda  maxsus  laboratoriyalarda  odam  irsiy  patologiyasini  o‘rganishda 
foydalanadigan  mutant  sichqonlar,  kalamushlar,  quyonlar  va  itlar  ko‘paytirilmoqda. 
Biologik modellashtirish irsiy kasalliklar patogenezida muhit omillari va irsiyatning rolini 

 
65 


aniqlashda ham qo‘llaniladi. Bu usul odam irsiy patologiyalarini davolash va profilaktika 
qilish yo‘llarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga egadir. 
Albatta,  odamda  faqat  uning  o‘ziga  xos  bo‘lgan  irsiy  kasalliklari  ham  uchraydi, 
hayvon  modellari  insonlarda uchraydigan  kasalliklarining  aniq  nusxasi  bo‘la  olmaydi. 
Shunday  bo‘lishiga  qaramasdan  biologik  modellashtirish  usuli  o‘zining  ahamiyatini 
yo‘qotmaydi. 
Modellashtirishning ikkinchi xili - matematik modellashtirishdir
Bu  usul  populyatsiyalardagi  genetik  jarayonlarni  o‘rganishga  imkon  beradi. 
Kompyuter texnikasidan foydalanib belgining rivojlanishida irsiyat va muhit omillarining 
o‘zaro  munosabatlarini  o‘rganish,  genlarning  birikishini  tahlil  qilish  mumkin.  Tibbiy 
genetik  maslahatlarda  matematik  modellashtirish  usuli  oilada  kasal  bolaning  tug‘ilish 
xatarini aniqlashda qo‘llaniladi. Shuning uchun ham bu usul katta istiqbolga ega. 
Download 13.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling