Biologik xilma xillik nima O’zbekistondagi qo’riqxonalar Biologik xilma xillikni asrab avaylash


Download 29.07 Kb.
bet1/2
Sana28.01.2022
Hajmi29.07 Kb.
#516477
  1   2
Bog'liq
Biologik xilma xillikni asrash muammolari
Маъруза 1 Жамиятни ахборотлаштириш, Prezident Maktabiga Online Tayyorlov, Relyativistik dinamika elementlari Bajardi Shuxratov raxmatilla-hozir.org, 2 5249055939633354360, Asal english mus ish, 9-mavzu, 9-mabzu Komples sonning ildizi, pdf, Chizmalardagi shartlilik va soddalashtirishlar Reja Kirish A, янги TM(узб)2019, 2-MUSTAQIL ISH, 14, 19

Mavzu: Biologik xilma xillikni asrash muammolari.
Reja:

  1. Biologik xilma xillik nima

  2. O’zbekistondagi qo’riqxonalar

  3. Biologik xilma xillikni asrab avaylash

Biologik xilma – xillik atamasi nisbatan yangi hisoblanadi. Bioxilma – xillik deganda sayyoramizdagi barcha tiriklikning xilma – xilligi yoki hayvonlar o’simliklar mikroorganizmlar, barcha genotiplar va ekotizmlarning xilma-xilligi.


Bioxilma – xillik uchta darajada tahlil qilinadi.

  • Barcha turlarning xilma-xilligi-o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va shu jumladan zamburug’lar.

  • Genetik xilma-xillik tur ichida genetik materiallarning xilma-xilligi

  • Ekotizmlar xilma-xilligi barcha landshaftlarning xilma-xilligi

Yuqorida ko’rsatilgan darajalar bioxilma – xillik komponentlarini shakllantiradi.
Biologik xilma – xillik bu jamiyatning iqtisodiy, ekologik va madaniy-estetik talablarni qondiradi.
Hozirgi zamonda bioxilma – xillikga antropogen ta’siroti natijasida eksponensial kuchayib borayapti va bu jamiyatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasi «Biologik xilma-xillikni saqlash» Milliy strategiya va xarakat dasturi qabul qilib (1998), xalqaro hamjamiyat oldida o’zining milliy biologik resurslarini muhofaza qilish uchun javobgarligini e’lon kildi [1].
O’zbekistonda saqlab qolingan to’qayli maydonlarda barpo qilingan uchta qo’riqxonaning biri - Zarafshon qo’riqxonasidir. U 1975 yilda tashkil etilgan bo’lib, uning maydoni Samarqand viloyatining Cho’pon-Ota tepaliklaridan boshlanib, Zarafshon daryosining o’ng qirg'ogi bo’ylab oqimga qarshi 47 kilometrga cho’zilgan. Eni esa 300-1500 metrlar oralig'ida. Qo’riqxonaning yer maydoni 2352 ga bo’lib, shundan 851 gektari o’rmon bilan qoplangan. Qo’riqxonaning tashkil etilishidan maqsad, yo’qolib borayotgan kenja tur - Zarafshon tillarang qirg'ovuli sonini ko’paytirish, qimmatbaho dorivor o’simlik hisoblangan chakandani hamda to’qay landshaftlarini himoyaga olishdan iborat.
Zarafshon qo`riqxona biologik xilma-xilligini zamburug`lar, lishayniklar, mikroorganizmlar, o`simliklar, hayvonlarni o`z ichiga oladi
Qo’riqxona hududida 300 ga yaqin o’simlik turlari mavjud bo’lib, shulardan 59 turi dorivor, 23 turi esa texnik o’simliklar hisoblanadi. Bular qirg'ajiyda, chakanda, echkitol, majnuntol, suvtol, yulg'un, qizil do’lana, jing'il va boshqalar. Nam yerlarda shirinmiya, qo'g'a, kendir qamishi va boshqalar uchraydi. Boychechak va sarvinjon o’simliklari o’zbekiston Respubiikasi "Qizil Kitob" iga kiritiigan.
Qo`riqxonaning hayvonot olami xilma-xildir. Qo`riqxonada 30 tur sutemizuvchilar, 190 tur va kenja tur qushlar yashaydi. Sudralib yuruvchil;ar tarkibi 8 turni, suvda va quruqlikda yashovchilar esa 2 turni tashkil qiladi. Qo`riqxona xududidan o`tuvchi ko`p sonli kanallar va irmoqlardagi baliqlar 8 turdan iborat. Qalin chakandazorlarda tulki, chiyabo`ri, sahro va qamish mushuklari, tolay quyoni, jayra, bo`rsiq, tipratikan, qum sichqon va boshqalar yashaydi. Sudralib yuruvchilardan suv iloni, guldor chipor ilon, o`q ilon, chol toshbaqasi, sariq ilon va ko`pgina kaltakesak turlari mavjud.
Zarafshon qo`riqxonasi ba`zida ornitologiya qo`riqxonasi deb ham atashadi, chunki uning asosiy faunasi qushlardan tashkil topgan. Qo`riqxonada uchraydigan 190 tur qushlardan 10 tasi doimiy yashaydi, 30 tur qushlar esa u yerda uya qurib yashaydi va ko`chadi, 36 tur qushlar u yerda qishlaydi, 108 turi uchib utish davrida doimiy ravishda qunim topadi va 6 turi esa ba`zida-ba`zida qunib o`tadi [2].
Hozirgi vaqtda qo’riqxonada qo’riqlash rejimi tashkil qilingan, biotexnik tadbirlar o’tkazilmoqda , ilgari insonlar xo’jalik faoliyati ta’sirida buzilgan o’rmonlarning aloxida qismlari qisman o’z holiga tiklanmoqda. Lekin bu tadbirlar o’simliklar va hayvonot dunyosini saqlab qolish uchun yetarli bo’lmayyapti. Boshqa faqat qo’riqxonalari kabi Zarafshon qo’riqxonasida ham xududning qurishi sodir bo’lmoqda, bu esa daraxt va butalarning qurib qolishiga olib kelmoqda.
Qo’riqxona tashkil qilinishiga qaramasdan antropogen xususiyatga ega bo’lgan salbiy omillar qirg’ovullarga hamon ta’sir qilishda davom etib kelyapdi.
Jumladan, ular uya qo’rish va tuxum qo’yish davrida dalalarda mol boqishi, noqonuniy ovlash ayniqsa qo’riqlanadigan zonada va undan tashqarida ko’p ovlanadi, qirg’ovullar esa qo’riqxona xududidan tez-tez chiqib turadi. Kimyoviy preparatlarning jadal qo’llanilishi ayniqsa g’o’za deffolyatsiyasi davrida ko’plab qushlarning qirilib ketishiga olib keladi. Ba’zi yillarda xatto oziqa muhiti yetarli bo’lgan sharoitda ham chakanda va jiydalarning hosildorligi kam bo’lsa (qorli davrlarda uning asosiy qishki oziqasi) qirg’ovullarning noqulay qishlashiga olib keladi. Bu yillarda o’simlik zararkunandalarining ko’payishi natijasida bu o’simliklar hosildorligi kamaymoqda va bu oziqa muhitiga raqobat ko’chaymoqda.
Ushbu ekologik muammolarni echish yullaridan biri va eng muhimi bu–ekologik–oqartuv ishlarni yulga quyishidir. Bu yuo’nalishining mohiyati ekologik ta’lim va tarbiyani, madaniyat rivojlantirishga jamiyatning ekologik ongini qayta qurishdek asosiy vazifani bajarish bulib xisoblanadi.
Jamiyatning ekologik ongni har doim, insoniyat tarixiy rivojlanishining hamma bosqichlarida mavjud bo’lib, ma’lum vaqtda inson va tabiat urtasidagi o’zaro munosabatlar to’g’risidagi tushunchalarni ob’ektiv tarzda ifodalangan.
Ekologik ongning aynan shu turi olimlarning fikricha odamlarning tabiat olami bilan o’zaro ta’siri xususiyatlarni aniqlangan.
Yuqorida aytilganini inobatga olib xulosa qilish mumkin, Zarafshon qo’riqxonasi atrofidagi yashovchi aholining urtasida ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida ekologik ta’lim va tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish kerak.


Download 29.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling