Biologiya 102-guruh talabasi Ergashaliyev Ibroximjonning Zoologiya fanidan Mshankalar va Qiljag'lilar mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi


Download 4.44 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi4.44 Kb.
#329180
Ibroximjon Ergashaliyev Zoologiya
Bog'liq
details-998919730749-19.09.2020-19.10.2020, biznes muloqot va akademik yozuv fani Ziyoyev Erkin, lr-3, Магистратура янги низоми, 娿忏酄, ゥ 猕 � 溷妯�, 1-амалиёт , 1-амалиёт , 1-амалиёт , schot, 51-test, 2-MAVZU, мустақил иш тарих, Maтематик статистика(2), ITT 2-DARS, ITT 1-DARS

Biologiya 102-guruh talabasi Ergashaliyev Ibroximjonning Zoologiya fanidan Mshankalar va Qiljag'lilar mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi.

MSHANKALAR (BRYOZOA) SINFI Mshankalar dengizlarda, ba’zan chuchuk suvlarda hayot kechiradi- gan koloniyali hayvonlar (202-rasm). Koloniya juda ko‘p sonli individlar- dan iborat; tashqi ko‘rinishidan bo‘shliqichlilar koloniyasiga o ‘xshab ket- adi. Koloniyaning shakli daraxt yoki shoxga, ba’zan bargga o ‘xshaydi. Ko‘pincha mshankalar koloniyasi suv tubida yoki suv o ‘tlari ustidayupqa parda hosil qiladi. Koloniyaning kattaligi bir necha sm ga yaqin, alohida individlari esa 1 mm dan oshmaydi.

Tuzilishi. Koloniyadagi individlarning tanasi aniq ikki bo'limdan ibo­rat. Tanasidan aniq ajralib turadigan oldingi bo‘limida paypaslagichlar bi­lan o ‘ralgan og'iz teshigi joylashgan. Tanasining keyingi bo‘limi xaltaga о ‘xshash bo‘lib, qalin kutikula bilan o ‘ralgan. Kutikulasi juda yupqa xitin plastinkadan yoki quyuq yelimsimon, 99% suvdan iborat moddadan ibo­rat.

Hazm qilish sistemasi. Ichaklari hamma o ‘troq yashovchi hayvon- lar singari taqasimon shaklda bo‘ladi. Og ‘iz teshigi paypaslagichlar cham- bari ichida joylashgan. Ovqat hazm qilish sistemasi qisqahalqum, uzun qizilo‘ngach, xaltaga o‘xshash keng oshqozon va ingichka ichakdan ibo­ rat. Ichagi paypaslagichlaridan orqaroqda chiqaruv teshigi bilan tashqari- ga ochiladi. Mshankalar turli mayda plankton organizmlar, xususan, bir hujayrali hayvonlar, suv o ‘tlari, boshaylangichlilar bilan oziqlanadi.

Jinsiy sistemasi - germafrodit. Jinsiy hujayralar ichki epiteliy ostida yoki tana devorida hosil bo'ladi. Tuxum hujayrasi organizm ichida uruglanadi. Urug‘langan tuxum maxsus selomik teshik yoki kiprikli naycha orqali suvga chiqariladi. Ayrim mshankalarning zigotasi amyoba singari harakatlanish xususiyatiga ega. Kopincha urug‘langan tuxum hujayrasi terisi yuzasiga yopishib turadi yoki maxsus tuxum xaltasida rivojlanadi.

Qiljag’lilar- asosan plankton, qisman bentosda hayot kechiradigan organizm tipi

Hasharotlar sinfi (Insecta) Hasharotlarning tanasi bosh ko’krak va qorin bo’limlardan tashkil topgan. Boshi akron va to’rt bo’g’imdan, ko’kragi uch bo’g’imdan, qorin bo’limi 6-11 bo’g’im va telsandan iborat. Bosh qismining bo’g’imlari birga qo’shilib ketgan bo’lib umumiy xitin kutikular bilan qoplangan. Oldingi uchi ostki tomondan og’zi joylashgan. Sinf ikkita kenja sinfga bo’linadi.

Yashirin jag’lilar kenja sinfi (Entognata) Yashirin jag’lilar o’simlik qoldiqlari, tuproq mikrofloralari bilan oziqlanadi. Bu tufayli ular tuproq hosil qilish jarayonida faol ishtirok etadi. Oyoqdumlilarning ayrim vakillari o’troq o’simliklarga hamda sabzavot ekinlariga ziyon yetkazadi.

Ochiq jag’lilar yoki haqiqiy hasharotlar kenja sinfi (Ectognata) Bu turkumga mansub hasharotlar og’iz organlari boshi oldingi yuzasida ya’ni og’iz teshigining atrofida joylashgan. Ko’zlari fasetkali, traxeya sistemasi yaxshi rivojlangan. Ochiq jag’lilarning orasida faqat qildumlilar turkumining vakillari birlamchi qanotsiz hasharotlar hisoblanadi. Ochiq jag’lilar birlamchi qanotsiz hasharotlar (Apteryqota) va qanotli hasharotlar (Pterygata) bo’limlariga ajratiladi. Birlamchi qanotlilar bo’limi faqat qildumlilar turkumidan iborat.


Download 4.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling