Биология 3-курс 1-вариант (ўзбек)


Download 37.57 Kb.
bet1/4
Sana28.02.2023
Hajmi37.57 Kb.
#1235822
  1   2   3   4
Bog'liq
Olimpiada Akademik


@biologiya_fardu telegram kanali

Биология 3-курс 1-вариант (ўзбек)



  1. Agar ulotriksning jinsiy ko`payishi natijasida 128 ulotrikis ipi hosil bo`lgan bo`lsa ulotriks ipini hosil qilgan zigotalar soni umumiy zigotani 25% tashkil qilsa, shu zigotani hosil qilgan gameta umumiy gametalarni 50% tashkil qilsa, umumiy gametalar sonini aniqlang.

A)128 B)256 C)512 D)64



  1. Agar xromosomada segmentlarning birlamchi joylashish tarkibi JFPSKQXOIZLW bo’lgan bo’lsa, javoblarning qaysi birida inversiya sodir bo’lgandan keyingi variant berilgan?

A) JFPSKQIXOZLW B) JFPSKQLZXOIW C) JFPSKQXOIZLW D) JFPSKQLWXOIZ



  1. Ayirish sistemasi malpigi naychasidan (a) juft tasmasimon (b) va loviyasimon (d) buyraklardan iborat bo’lmagan organizmlarni ko’rsating. 1-semga 2-povituxa 3-gatteriya 4-gelikonius 5-letyaga 6-skuns 7-gavial 8-kutora 9-sargan 10-kojan 11-chupchik 12-belyanka.

A)a-2,3,5,6,7,8,9,10 b-1,4,5,6,8,10,11,12 d-1,2,3,4,7,9,11,12
B)a-1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 b-5,6,8,10,11,12 d-1,2,3,4,7,9,11,12
C) a-2,4,5,6,7,8,9,10 b-3,4,5,8,10,11,12 d-1,2,3,4,7,9,11,12
D) a-1,2,3,5,6,7,8,9,10 b-4,5,6,8,10,11,12 d-1,2,3,4,7,9,11,12



  1. Faqat tojbarg (I) hamda tojbarg va kosachabarglarda (II) - qizil (a), karotin (b), fikotsian (c) pigmentlariga ega o’simliklarni ko’rsating 1) jumagul 2) afsonak 3) boychechak 4) sigirquyruq 5) gulsafsar 6) angishvonagul 7) qo’ng’iroqgul 8) burchoq

А) I а- 6, b-2, с-7,8 II а- 1, b-3,4, с-5 В) I а- 6,7, b-2,4, с-8 II а- 1, b-3, с-5
С) I а- 7, b-4, с-6,8 II а- 1, b-2,3, с-5 D) I а- 6, b-2,4, с-7,8 II а- 1, b-3, с-5



  1. G. xerbatseum arxesporasi (1), arxesporaning I meyoz (2) va II meyoz (3) bo’linishidan keyin hosil bo’lgan hujayralarda xromosoma (a) va xromatidalar (b ) sonini ko’rsating.
    A)1-a-52,b-52; 2-a-26,b—52;3-a-26,b-26 B)1-a-26,b-26;2-a-13,b-13;3-a-13,b-13
    C)1-a-26,b-52;2-a-13,b-26;3-a-13,b-13 D)1-a-26,b-26;2-a-13,b-26;3-a-13,b-13





  1. Ikkita ota-ona organizmida ro’y beradigan disomiya hodisasida qar bir ota-onaning gametalarining biriga gomologik xromosomalarning ikkalasi o’tadi, boshqasiga esa umuman o’tmaydi. Urug’lanish jarayonidan keyin qanday hodisalar kuzatilishi mumkin? 1) ikkala ota-onaning gametalari nostabil holatda bo’ladi 2) nasl kariotipida 46 ta xromosoma bo’ladi va rivojlanish normal o’tadi 3) nasl kariotipi nostabil holatda bo’ladi 4) Shereshevskiy-Terner sindromli farzand tug’ilishi mumkin 5) Daun sindromli farzand tug’ilishi mumkin 6) Klaynfelter sindromli farzand tug’ilishi mumkin

А)1, 2 В) 1,2,3 С)1,4,5,6 D) 2,5,6



  1. Kamar suyaklari 8 ta (a), 9 ta (b), 10 ta (c), 12 (d) suyaklardan iborat organizmlarni ko’rsating. 1-kojan 2-giyena 3-povituxa 4-sezarka 5-skuns 6-kvaksha 7-qiloyoq 8-kapachi 9-dingo 10-triton.

A) a-9, b-3,6,10 c-1,2,5,7 d-4,8 B) b-3,6,10 c-1,2,5,7,9 d-4,8
C)a-2,9 b-3,6, c-1,5,7 d-4,8,10 D) a-2,9 b-3,6,10 c-1,5,7 d-4,8



  1. Ko’rshapalakning urg’ochisining og’irligi 50 gramm, uning 2 ta tug’ilgan bolasining har birining og’irligi 10 grammni tashkil etadi. Bir oy davomida har bir bolasining og’irligi 45 grammga yetgan. Ekologik piramida asosida urg’ochining qancha hasharotni bolalariga tutib bergani (a), ular o’z navbatida qancha o’t (b) yeyishini aniqlang.

А) а-700 gramm, b-7000 gramm В) а-900 gramm, b-9000 gramm
С) а-350 gramm, b-3500 gramm D) а-450 gramm, b-4500 gramm



  1. Makkajo’xori mikrosporasining meyoz usulida bo’linayotganida interfaza bosqichlarida xromosoma (a) va xromatida (b)lar sonini ko’rsating (1-G1,2-S,3-G2 davrlari)
    A) 1-a-20,b-20,2-a-20,b-40; 3-a-20,b-20 B)1-a-10,b-20; 2-a-20,b-20;3-a-10,b-20
    C) 1-a-10,b-10: 2-a-10,b-20;3-a-10,b-20 D) mikrosporada xromosomasining gaploid to’plami xos




  1. Nukleoproteinlari faqat sitoplazmada (a) , yadro va sitoplazmada (b), faqat yadroda (c) joylashgan organizmlarni juftlab ko’rsating. 1) gerpes 2) exinokokk 3) batsilla 4) achitqi 5) ossillatoriya 6) xlorella 7) xrokokk 8) batsidiya 9) bakteriofag 10) OITV
    А) а-5,7, b-2,4,6,8 , с-3,10,9 В) а-3,7, b-2,4,6,8 , с-10,5,9

С) а-3,5,7,6, b-2,4,8 , D) а-3,5,7, b-2,4,6,8



  1. Qaysi o’simliklarning faqat vegetativ (a) generativ va vegetativ (b) organlari qon aylanish(I). ovqat hazm qilish (II). nafas olish(III) sistemasi kasalliklarini davolashda ishlatiladi? 1-cherkez 2-tugmachagul 3-dorivor gulxayri 4-jag’jag’ 5-sachratqi.

A) I – a-1 b-4, II – a-5 b-2 III- a-3 B) I – b-1,4 II- a-5 b-2 III- a-3
C)I – b-1,4 II a-2 b-5 III a-3 D) I- a-1,4 II – a-2 b-5 III –a-3



  1. Qaysi oila vakillari uchun bir jinsli o’simlilklar xos 1)ra’nodoshlar 2) karamdoshlar 3) sho’radoshlar 4)ituzumdoshlar 5)murakkabguldoshlar 6)qovoqdoshlar 7) ziradoshlar 8) tokdoshlar

A)1,2,4,5,6,8, B)3,4,5,6,7,8 C)2,4,5,6,7 D)3,6,7,8



  1. Qaysi organizmlarda qon orqa aortadan tananing oldingi (a), orqa (b), oldingi va orqa (c) qismlariga qarab harakatlanadi 1. Lansetnik 2. Nereida 3. Povituxa 4. Gambuziya 5. Semga 6. Zuluk 7. Bo’rtma nematoda 8. O’troq dengiz ko’p tuklisi 9. Laqqa

А) а-2,6,8, b-1,4, с-3,5,9 В) а-2,6,8, b-1,7 с-4,5,9
С) а-2,6,8, b-1, с-4,5,9 D) а-1, b- 2,6,8, с-4,5,9



  1. Qaysi organizmning hujayra qobig’i pektin(a), murein(b) va xitin (c) dan iborat emas 1-xrokokk, 2-E.coli, 3-achitqi, 4-penitsill, 5-rizosfera. 6-qo’ziquloq, 7-salmonella, 8-oksitrops, 9-nostok

A)a-2,3,4,5,6,7,8;b-1,3,4,6,8,9;c-1,2,5,6,7,8,9 B)a-1,2,3,4,5,6,7,8;b-1,3,4,6; c-1,2,5,6,7,8,9
C)a-2,3,4,7,8,9;b-3,4,6,8,9;c-1,2,5,6,7,8,9 D)a-2,3,5,6,8,9;b-1,3,4,6,8,9;c-1,2,5,6,7,8,9



  1. Quyidagi organizmlarni sinflar bo’yicha taqsimlang a-baliqlar b-suvda va quruqlikda yashovchilar c-sudralib yuruvchilar d-qushlar e-sutemizuvchilar 1-semga 2- ko’lbuqa 3-maykut 4-sargan 5-kvaksha 6-povituxa 7-iguana 8-revun 9-qiloyoq 10-korall aspid 11-gatteriya 12-shinshilla.

A)a-4 b-5,6 с-7,10,11 d-1,3 e-2,8,9,12 B)a-1,4 b-5,6,7 c-10,11 d-2,3,9 e-8,12
C)a-4 b-1,5,6 c-7,10,11 d-2,3 e-8,9,12 D)a-1,4 b-5,6 c- 7,10,11 d-2,3 e-8,9,12



  1. Eukariotlarda sitoplazmatik irsiyat hodisasi mavjud bo‘lib, u mitoxondriya va plastidadagi nuklein kislotalar bilan aniqlanadi. Agar urug‘lanish jarayonidan oldin tuxum hujayra mitoxondriyasidagi ATF sintezini boshqaruvchi gen mutatsiyaga uchragan bo‘lsa, naslda qanday o‘zgarish kuzatiladi?

A) nasl halok bo‘ladi
B) murtakning rivojlanishida o‘zgarish kuzatilmaydi
C) nafas olish jarayoni sekinlashadi
D) nafas olish jarayoni spermatozoid mitoxondriysi hisobiga o‘tadi



  1. Postembranal davri to`gri tuxumini pilla ichiga qo`yuvchi yopiq qon aylanish tizimiga ega(a) va ochiq qon aylanish tizimiga ega(b) bo`lgan organizmlarni aniqlang.1.butli o`rgimchak 2.gekkon 3.nereida 4.yomg`ir chuvalchangi 5.planariya 6.termit 7.chigirtka
    A)a-4, b-1 B)a-1, b-4 C)a-5, b-3 D)a-4, b-6

18. Bakteriyalarni sun’iy ko‘paytirish uchun foydalaniladigan minimal oziq muhiti tarkibida qanday moddalar bo‘ladi (a) va qanday moddalar (b) bo‘lmaydi? 1) saxaroza; 2) adenin; 3) ammoniy tuzi; 4) sulfat tuzi; 5) lizin; 6) vitamin; 7) glitserin; 8) guanin; 9) sitozin; 10) mineral tuz


A) a - 1, 7, 3, 4; b - 2, 5, 6, 8 B) a - 1, 7, 3, 5; b - 2, 4, 6, 8
C) a - 1, 8, 3, 4; b - 2, 5, 6, 7 D) a - 2, 7, 3, 4; b - 1, 5, 6, 8

19. Berilgan qaysi birikmalar qurilish materiali bo‘lib xizmat qiladi? 1) fosfolipidlar; 2) kraxmal; 3) selluloza; 4) mum; 5) lipoprotein; 6) glikolipid; 7) lipaza; 8) glukoza; 9) karbogidraza;


10) polimeraza A) 1, 2, 4, 5, 8 B) 1, 3, 4, 5, 7 C) 1, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 10, 9

20.Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (1) va ko‘p yillik o‘t (2) larni belgilang. a) kiyiko‘t; b) ligustrum; c) nastarin; d) chinnigul; e) yalpiz; f) rayhon; g) pomidor


A) 1-a, c, d; 2-b, e, f B) 1-b, c, d; 2-a, e, f C) 1-b, e d; 2-a, c, f D) 1-b, c, f; 2-a, e, d

21. Berilgan hayvonlardagi qaysi suyaklar bir necha suyaklarning qo‘shilib ketishidan hosil bo‘lgan? 1) baqaning dum suyagi; 2) itning son suyagi; 3) tovushqonning boldir suyagi;


4) qarchig‘ayning dumg‘aza suyagi; 5) laylakning ilik suyagi; 6) baqaning bo‘yin umurtqasi; 7) tuvaloqning yelka suyagi
A) 1, 4, 5 B) 1, 4, 2 C) 1, 6, 5 D) 7, 4, 5

22. Birinchi signal sistemasining (a) va ikkinchi signal sistemasining (b) shartli reflekslarini aniqlang. 1) svetoforning yashil chirog‘i yonganda yo‘lni kesib o‘tish; 2) yaxshi xabarni eshitganda xursand bo‘lish; 3) taomning nomini eshitganda odamda so‘lak ajralishi; 4) qo‘ng‘iroqning tovushini eshitganda darsga kirish; 5) jo‘ja yeb bo‘ladigan va yeb bo‘lmaydigan narsalarni farqlashi;


6) predmetning yozma tavsifiga ko‘ra uni taniy bilish; 7) ovqatning hidini sezganda so‘lak ajralishi; 8) eshitgan hikoyani yodda saqlash
A) a – 3,4,8; b – 2,6,7 B) a – 3,6,7; b – 2,4,8 C) a – 2,4,7; b – 3,6,8 D) a – 3,4,7; b – 2,6,8

23. Braxidaktiliya kasalligining barmoqlar kamroq qisqarishidan tortib ko‘proq qisqarishigacha bo‘lgan shakllari bor. Barmoqlari qisqa odamlar geterozigota genotipga ega. Ushbu mutatsiyaga uchragan odamlar shajarasini o‘rganish tufayli bu belgi fenotipda asosiy va modifikator genlar ishtirokida namoyon bo‘lishi aniqlandi. Modifikator retsessiv genlar (n) gomozigota holatda bo‘lsa, barmoqlarning keskin qisqarishiga olib keladi. Modifikator genlarning dominant alleli (N) gomozigota holatda barmoqlarning kamroq qisqarishiga olib keladi, geterozigota holatda esa o‘rtacha qisqarishiga sababchi bo‘ladi. Shunga ko‘ra barmoqlari braxidaktiliyaga uchragan odamlarning genotiplarini aniqlang. 1) Bbnn; 2) BbNn; 3) BbNN; 4) bbnn; 5) bbNn; 6) bbNN A) 1, 2, 6 B) 1, 4, 3 C) 1, 2, 3 D) 5, 2, 3


24. Dafniya va maxaon uchun umumiy belgilarni ko‘rsating. 1) plankton organizm;


2) zoobiomassaning tarkibiy qismi hisoblanadi; 3) ochiq qon aylanish sistemasiga ega; 4) traxeya yordamida nafas oladi; 5) nerv sistemasi halqum usti, halqum osti nerv tuguni, halqum nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat; 6) yashil bezlar orqali zararli mahsulotlar chiqarib yuboriladi;
7) malpigi naychalari ichakka ochiladi; 8) tullab voyaga yetadi; 9) partenogenez usulida ko’payadi; 10) tashqi skeleti polisaxariddan iborat
A) 4, 5, 6, 10 B) 2, 5, 8, 10 C) 1, 5, 8, 10 D) 3, 5, 9, 7

25. Evolutsiyaning boshlang‘ich birligi (a) va evolutsiyaning boshlang‘ich materiali (b) haqidagi tushunchalarni aniqlang. 1) bir tur tarqalgan arealning ma’lum qismini egallagan individlar yig‘indisi; 2) ikki har xil genotipli organizmlarni chatishtirishdan yuzaga keladi; 3) namoyon bo‘lish xarakteriga ko‘ra dominant va retsessiv bo‘ladi; 4) hayotningtuzilish darajasi hisoblanadi;


5) evolutsion yangilanish ro‘yberadi; 6) individlarining zichligi, tug‘iluvchanligi, o‘limi, yoshi, egallagan joyi kabi statistik belgilar bilan ta’riflanadi; 7) gen, xromosoma, genom va sitoplazmatik xillarga bo‘linadi
A) a - 1, 4, 5, 6; b - 2, 3, 7 B) a - 1, 4, 5, 7; b - 2, 3, 6
C) a - 1, 4, 3, 6; b - 2, 5, 7 D) a - 2, 4, 5, 6; b - 1, 3, 7

26. Faqat miyachasida burmalari bo‘lgan (I) va bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ida burmalari bo‘lgan (I) hayvonlarni aniqlang. 1) qizilquyruq; 2) malla revun; 3) laylak; 4) kakku; 5) qashqaldoq; 6) kaptar; 7) Grenlandiya tyuleni


A) I-1, 3, 4, 7; II-2, 5, 6 B) I-1, 5, 4, 6; II-2, 3, 7
C) I-1, 3, 4, 6; II-2, 5, 7 D) I-5, 3, 4, 6; II-2, 1, 7

27. Faqat o‘pkasi (a), faqat traxeyasi (b), o‘pka va traxeyasi (c) yordamida nafas oluvchi bo‘g‘imoyoqlilarni ajratib ko‘rsating. 1) chayon; 2) biy; 3) termit; 4) bo‘ka; 5) qoraqurt; 6) ustitsa; 7) qandala; 8) suv shillig‘i


A) a - 3; b - 1, 4; c - 2, 5 B) a - 1; b - 3, 4; c - 2, 5
C) a - 1; b - 3, 5; c - 2, 4 D) a - 1; b - 2, 4; c - 3, 5

28. Yura davriga (a), toshko‘mir davriga (b), proterozoy erasiga (c) xos aromorfozlarni aniqlang.


1) ochiq urug‘li o‘simliklarning paydo bo‘lishi; 2) boshskeletsizlar kenja tipining paydo bo‘lishi;
3) uchuvchi hasharot - suvaraklar, ninachilarning rivojlanishi; 4) arxeopterikslarning paydo bo‘lishi
A) a - 4; b - 1, 3; c – 2 B) a - 1; b - 4, 3; c – 2 C) a - 4; b - 1, 2; c – 3 D) a - 2; b - 1, 3; c – 4

29. Quyida keltirilgan hayvonlarning organlarida arterial (a) yoki venoz (b) qon oqishi to‘g‘ri juftlab ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) bitiniyaning yuragiga kelayotgan qon tomirida; 2) olaqo‘zanning o‘pka arteriyasida; 3) katta sadafdorning yuragida; 4) butli o‘rgimchakning yuragida;


5) lansetnikning orqa aortasida; 6) langustning orqa qon tomirida; 7) so‘fito‘rg‘ayning o‘pka venasida; 8) ilonboshning yurak bo‘lmachasida; 9) kapachining aortasida; 10) qashqaldoq yuragining chap bo‘lmasida
A) a - 2, 5, 7, 10; b - 1, 3 B) a - 1, 8, 7, 10; b - 2, 6
C) a - 1, 5, 7, 10; b - 2, 8 D) a - 1, 5, 7, 9; b - 2, 4

30. Agar fotosintez jarayonida 108 ta fosfat kislota hosil bo’lgan bo’lsa, quyidagilarni aniqlang.


a) sintezlangan glyukoza molekulalari soni b) sintez uchun sarflangan CO2 molekulalari soni
c) xloroplastlarda sintezlangan ATF soni
А) а-6, b-9, с-108 В) а-9, b-9, с-108 С) а-6, b-9, с-54 D) а-6, b-36, с-108

31. Sholi o‘simligi spermiylaridagi xromosomalar soni makkajo‘xori xromosomalarining n to‘plamidan 2 taga ortiq. Agar bir tup sholi o‘simligining 1 ta shingilida 27 ta don hosil bo‘lsa, urug‘langan markaziy va tuxum hujayralarda jami xromosomalar soni qancha bo‘lgan?


- J.________________________________________________________

32. DNK fragmentida qo’shni nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng .Agar oqsil molekulasi tarkibida 500 ta peptid bog’i borligi ma’lum bo’lsa, quyidagilarni aniqlang; a) Oqsil molekulasi tarkibidagi aminokislotalar soni b) Ushbu oqsilni kodlovchi DNK fragmentidagi nukleotidlar soni c) Oqsillarni kodlovchi i-RNK uzunligi


- J.________________________________________________________
33.Drozofila meva pashshasida qanotning normal bo’lishi qayrilganligi ustidan, tananing kulrang bo’lishi qora rang ustidan, tukchalarning normal tuzilishi tuklarning shoxlanishi ustidan dominantlik qiladi. Bu genlar uchinchi xromosomada joylashgan bo’lib, qanotning va tukchalarning tuzilishini aniqlovchi genlar to’liq birikkan holda irsiylanadi. qanoti qayrilgan, kulrang tanali va normal tukli urg’ochi pashsha qanoti normal, boshqa belgilari bo’yicha resessiv erkak pashsha bilan chatishtirilgan. F2 da fenotip bo’yicha ajralish nisbatini toping.
- J.________________________________________________________
34. Blastomerlari 16 taga yetgan tulki embrionida jami xromosomalar soni 608 ta bo‘lsa, tulki tuxum hujayralaridagi autosoma va jinsiy xromosomalar qanday bo‘ladi?
- J.________________________________________________________
35. Odamda gemofiliya X-xromosomada joylashgan retsessiv gen bilan, agglutinogen va rezus amilni kodlovchi genlar esa autosomada joylashgan dominant genlar bilan kodlanadi. Agglutinigen A va Bni kodlovchi gen bitta xromosoda joylashgan to’liq birikkan genlar bilan aniqlanadi. Qizning otasi I qon guruhli, rezus musbat, gemofiliya bilan kasallangan, onasi IV qon guruhli, rezus manfiy, gemofiliya bo’yicha sog’lom. Yigit I qon guruhli, rezus manfiy, gemofilik. bu qiz va yigit nikohidan keyin tug’ilgan farzandlarning rezus omil(a) qon guruhi(b) gemofiliya(c) bo’yicha ajralish nisbatini toping.
- J.________________________________________________________
36. Galaktozidaza fermenti 4 ta bir xil subbirliklardan iborat bo‘lib, har bir zanjir 1327 tadan aminokislotaga ega. Quyidagilarni aniqlang: 1- galaktozidaza geni uzunligi (qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A (angstrem)ga ), 2- oqsilni kodlovchi genning og‘irligi (gen atrkibidagi nukleotidning og‘irligi 345 daltonga teng), 3- oqsilni sintezlash uchun sarflangan energiya (aminokislotalar o‘rtasida peptid bog‘ini hosil qilish uchun 4 molekula ATF sarflanadi)
- J.________________________________________________________
37. AabbCCDdEe genotipli organizm AaBBccDDee genotipli organizm bilan chatishtirilsa va A va B genlar bo‘yicha to‘liqsiz dominantlik kuzatilsa, naslda necha xil fenotipik sinf hosil bo‘ladi?
- J.________________________________________________________
38. Agar qora kalamushning tuxum hujayrasidagi autosoma xromosomalari soni 18 ta bo‘lsa hamda embrional rivojlanishning maydalanish bosqichida hosil bo‘lgan hujayralarda jami xromosomalar 38912 taga yetgan bo‘lsa, blastomerlar soni nechta ekanligini aniqlang.
- 39. DNK zanjiridagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng. 153 nm uzunlikdagi DNK qo‘sh zanjirida 12 juft nukleotid deletsiyaga uchragan bo‘lsa, avvalgi va mutatsiyaga uchragan DNK fragmenti asosida transkripsiya bo‘lgan i-RNKdagi nukleotidlar sonini aniqlang.
J.________________________________________________________

40. Hayvon hujayralarida 3 molekula glukoza parchalangan bo‘lsa, energiya almashinuvining I bosqichida necha molekula ATF hosil bo‘lgan (a); II bosqichida qancha energiya (kJ) ajralgan (b)?


J.________________________________________________________



Download 37.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling