Biologiya darsliklariga qo’yiladigan asosiy talablar. Reja


Download 22.77 Kb.
Sana13.05.2022
Hajmi22.77 Kb.
#668222
Bog'liq
2-маъруза
var-101, TURDOSH 2021 @YQQUZB KANAL, 5-sinf test 30 talik, 2 5391187153466167065, 14, 1-topshiriq. Dinshunoslik, nyuton binomi. polinomial formula. kiritish va chiqarish usuli. rekurent munosabatlar. - 2021-11-24T205821.123, ms-excelda-matematik-amallar-va-funksiyalarni-qo0llash, Биология 6 Тест ихтисос узб, Биология 6 Тест ихтисос узб, Yevklid sohalari BMIII, OZIQ OVQAT MAXSULOTLARINI TEXNIK EKSPERTIZASI, Амалий метрологиядан услубий кўрсатма 2021

Biologiya darsliklariga qo’yiladigan asosiy talablar.
REJA:
1. Darsliklar yaratish bo’yicha qilinayotgan ishlar.
2. Darsliklarga ko’yiladigan zamonaviy talablar.
Tayanch iboralar. Darslik, DTS, ta’lim to’g’risidagi qonun, akademik litsey, Umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’limning bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun davlat ta’lim standartlari, namunaviy o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv ko’llanmalarining yangi avlodi yaratildi.
Mamlakatimiz ta’lim tizimidagi yangi bo’g’in - akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun ham me’yoriy hujjatlar komplekslari ancha muvaffakiyat bilan amalga oshirilmokda. Umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun biologiya fanlaridan davlat ta’lim standartlari yaratildi. Shu asosda o’quv rejalari, fan dasturlari to’zildi. Bugungi kunda ularga munosib ravishdagi darsliklarga ham egamiz. Xo’sh, bu darsliklar qanday talablar asosida yaratilgan?
1.Darslik mazmuniga qo’yiladigan talablar
2.Darslikda beriladigan savol va topshiriqlarga qo’yiladigan talablar
3.Darslikni jixozlashga qo’yiladigan talablar
Darslikning tili aniq, lo’nda, tushunarli bo’lishi talab etiladi. Darslikdagi gap qurilmalarining qisqa va o’zunligi xam katta ahamiyatga ega. Darslik matnida murakkab va qo’shma gaplarning ishlatilishi ham ahamiyatlidir. Gaplar mazmun jihatdan aniq, qisqa bo’lishi lozim. Darslik matnida imloviy xatolarga yo’l qo’yish mumkin emas.
Darslik tiliga qo’yiladigan talablarni qo’yidagicha guruhlash mumkin:
o’quv materiallari uslubiy jihatdan aniq va ravon bo’lishi;
 tahdim etilgan matnlar muayyan sinf o’quvchilarining o’zlashtirish darajasi va yoshiga mos bo’lishi;
yangi so’zlar albatta ajratib yozilishi kerak, yangi so’zlarga maxsus izohlar berilishi va tushuntirilishi lozim;
matnda berilgan yangi so’zlar soni o’quvchilarning ehtiyojlaridan oshib ketmasligi kerak;
gap kurilmalarining uzunligi belgilangan darajada bo’lmog’i lozim;
 o’quvchilar o’zlashtira olishi oson bo’lishi uchun so’zlar yoyilgan bo’lmasligi kerak;
 matnda tinish belgilari tez qabul qilish uchun ishlatilishi zarur;
 o’quvchi ongiga aniq, tez yetib borishi uchun gaplardagi so’zlar ketma-ketligi saqlanishi lozim; qisqaritmalarga, albatta, izoh berilishi shart;
 matnda so’zlarni takror ishlatmaslik, umumiy qo’llanilgan so’zlardan kelib chiqib, qayta-qayta foydalanmaslik kerak;
og’zaki va yozma nutqda keng qo’llaniladigan so’zlardan ko’proq foydalanish;
 imkon qadar o’quvchiga tushunarli, qiziqarli, badiiy jihatdan ravon, tez anglab olinadigan so’zlardan iborat matnlar tuzish;
ikki xil bir ma’noli so’zlardan qisqasini tanlab berish;
yangi so’zlar (tushuncha, qoida) sonini chegaralash, bir sahifada uchraydigan so’zlar miqdorini belgilangan darajadan oshirmaslik;
matn va matndan tashqari gap qurilmalarining haddan ziyod oshib ketmasligini nazorat qilish. Maktab darsliklarida ilmiy atamalarni qo’llashga nisbatan bir qator talablar qo’yiladi.
Bu talablar didaktik, uslubiy, statistik xarakterga ega. Bu didaktikada metodik apparat deb ataladi: darslik tarkibiga kiruvchi savol va topshiriqlar o’quvchilarning bilim saviyasini oshirishga yordam beradi va o’zlashtirish darajasini rivojlantiradi. Ularning bilish jarayoniga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantiradi, mustaqil ishlash kunikma va malakalarni shakllantiradi
. Darslikda beriladigan savol va topshiriqlarga quyiladigan talablar kuyidagilardan iborat:
— o’rganilgan materiallarning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlash;
— o’quvchilarning bilish, dalillash ko’nikmalarini rivojlantirish;
— o’quvchilarni mustaqil fikrlash, tahlil qilish, umumlashtirish, qiyoslash kunikmalarini tarkib toptirish;
— o’quv materiallarining mazmuni darslik bo’lim va paragraflariga mos bo’lishi;
— topshiriqlarni bajara olish imkoniyatining didaktik jihatdan ta’minlanishi ;
— ishonchli dalillarning aniqligi va tushunarliligi, yagona namunaga muvofiqligi.
— 1. O’quv materialini qayta esga olishga undaydigan — reproduktiv xarakterdagi savollar.
— 2, Ayrim ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan savollar. Bunga bevosita matn ustida ishlash, biologik materiallarini izlash, topish va undan foydalanish, ayrim jadvallarni tuzish, axborot va referatlar tuzishni kiritish mumkin.
— 3. Bilim va ko’nikmalarni amaliyotga tatbiq etishni talab qiladigan savollar. Bular sirasiga mavzulardagi nazariy tushunchaning izohini ko’rsatish, keltirilgan nazariy tushunchalar haqida shaxsiy nuqtai nazarini bildirish, ijodiy ishlarni amalga oщirish mansub bo’ladi.
— 4. O’quvchidan muayyan voqea-hodisalarga nisbatan emotsional munosabat bildirishni talab qiladigan savollar.
Umumiy tarzda aytiladigan bo’lsa, o’quvchilarimizning ijodiy imkoniyatlarini oshirishga yo’naltiriladigan savol va topshirikdarni ko’paytirish zarurati bor. Darslikka rasm, illyustrativ materiallar tanlashda qo’yidagilarni e’tiborga olish lozim: darslik qaysi sinf uchun mo’ljallanganligini anik, belgilab olish; o’quv fanining o’ziga xosligiga e’tibor qaratish; darslikdagi matnlarga illyustrativ materiallarning mosligi.
Yuqoridagi talablardan kelib chiqib, darslik tuzish amaliyotida quyidagilarga e’tibor qaratish lozim: illyustratsiyalar ostida ularni sharhlovchi yozuvlarning mavjudligi; matn mazmuniga mos keladigan rasmlarning berilishi; eng qulay, maqbo’l illyustratsiyalar o’lchovini tanlash; matn va illyustratsiyalar bog’likligini ta’minlash; matnni o’qish va qabul qilishda illyustratsiyaning tusqinlik qilmasligiga erishish.
Yuqoridagi keltirilganlarga qushimcha tarzda yana shularni aytish mumkin:
matnda tasvirlangan ob’yektlarning mutanosibligi; aniq ob’yektlarning moddiy borliqdagi manzarasini illyustratsiyalarda detallashtirib ifodalay olish; o’quv materiallari mazmunining ochib berilishi, taqdim etilgan bilimlar mohiyatining tushuntirilishi; tasvirlashda izchillik va yaxlitlikka erisha olish;
so’zlarning maqsadga muvofiq tarzda qo’llanilishi; darslikni jihozlashda nafosatlilik va ko’rgazmalilikka e’tibor qaratish talab etiladi.
Mazkur rasmlar ostiga berilgan sharhlar aniq, tushunarli, mumkin qadar kam so’zlardan tashkil topgan bo’lishi lozim. Beriladigan mashq va masalalar raqamlanishi, raqamlarga va harfli belgilarga izoh berilishi talab etiladi. O’quv materiallarini o’zlashtirish va uni mustahkamlash matndagi tayanch nuqtalarning, albatta, bo’lishiga hamda ularning berilishiga borliq. Darslik apparati elementlari sinchiklab o’rganilib, tanlab olinadi. Ularni taqsimlashda mutanosiblikka e’tibor berish kerak. Boshlangich sinf darsliklari va o’qituvchilar uchun yaratilgan qo’llanmalarda darslik apparati kichik hajmli bo’ladi. U darslik oxirida beriladigan o’quv materiallari va mundarijadan tashkil topadi. Bundan tashqari, metodik qo’llanmada o’qituvchilarga qo’shimcha mashg’ulotlarga reja ham beriladi. Darslik materiallari qisqartmalar, ularga sharhlar, xarita, ularning to’plami, ko’rgazmali qurollar rasmi, chizma, jadvallarni ham ifodalaydi. 5-9-sinf darsliklarida o’quv faniga oid formulalar, kerakli o’lchovlar, ma’lumot uchun jadvallar kiritiladi.
O’quv faniga oid ko’rsatkichlar kerakli o’lchov, formulani tezda topib olishga yordam beradi. Mazkur ko’rsatkichlar kuyidagicha kurinishga ega bo’ladi: so’zlar qat’iy alifbo tartibida beriladi;
 shu darslikka kiritilgan atamalar, tushunchalar aniq va tushunarli bo’ladi;
 qaysi atama qaysi betda berilganligi kursatiladi;
 yozuv bir xilda va aniq bo’lishi shart
Darslikning ilmiy bayoni.
O’quv materiallari mazmunining ta’lim maqsadlari hamda ta’lim sohasida qabul qilingan me’yoriy xujjatlarga mos bo’lishi:
o’quv materiallarining mazmuni darslik mavzulariga mos kelishi;
 dasturning barcha bo’limlari kamrab olinishi;
 dastur mavzularidan chetga chiqmasligi. O’quv materiallari fan-texnika taraaqiyoti, o’quvchi shaxsining ehtiyojlari, imkoniyatlari, ishlab chiqarish talablariga mos bo’lishi:
darslikda keltirilgan ilmiy atamalarga anik, va o’quvchi uchun tushunarli tilda izox berilishi;
 murakkab munosabatlarni tushuntirishda uxshash munosabatlardan foydalanilganligi; mavhum tushunchlarga izoh berganda aniq misollar keltirilishi.
Ularning to’g’ri tanlanishi talab etiladi.
Savol va topshiriqlar: 1. Zamonaviy darslik tushunchasini izohlab bering. 2. Biologiya darsliklarining yangi avlodiga xos bo’lgan o’zgarishlarni tushuntiring. 3. 6-, 8-sinf Biologiya darsliklarining ikkita: yangi va eski variantlarini qiyoslang. Ulardagi o’zgarishlar nimalarda namoyon bo’lgan?
Download 22.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling