Biologiya fakulteti, biologiya yo’nalishi 203-guruh talabasi Ro’ziboyev Sanjarbek Mavzu: Siydik tanosil a’zolari Savollar


Download 25.14 Kb.
bet1/5
Sana25.05.2022
Hajmi25.14 Kb.
#706914
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Сийдик таъносил аъзолари(1-u) (2)[1]
7-мавзу, 7-мавзу, 0.5. Mustaqil talim topshiriqlari, Fizika 1 @TuiTuZz, Fizika 1 @TuiTuZz, 1. Sonni raqam, fAtMkF7I0eS3Ggj4kPLCREZwmhkA8M7q, 2 amaliy sh, 1. To‘plamlar. To‘plamlar ustida amallar, виноваты звезды, 1-mavzu Mustaqillikga erishish arafasida, ujgonish davri markazij osiyo mutafakkirlarining siyosij etakchilik togrisidagi qarashlari, 1, Ijtimoiy ishchilarning milliy asosatsiyasi, kasblar klassifikatsiyasi

Biologiya fakulteti, biologiya yo’nalishi 203-guruh talabasi Ro’ziboyev Sanjarbek


Mavzu: Siydik tanosil a’zolari
Savollar:

  1. Buyraklarning chеgaralari, topografiyasi.

  2. Buyrakning frontal kеsimi bo`yicha ichki ko`rinishi.

  3. Nеfronlarning nozik tuzilishi va vazifasi.

  4. Erkak va ayollarda qovuqning topografik tuzilishi.

  5. Erkak va ayollar siydik chiqaruv kanallarining tuzilishidagi farqlar.

  6. Siydik-tanosil organlari anatomiyasi.


Javoblar:
1. Buyrak (ren, grekcha nephros) siydik ajratib chiqaruvchi juft a’zo. U loviyasimon shaklga ega bo'lib, katta yoshdagi odamlarda uzunligi 10-12 sm, kengligi 5-6 sm, qalinligi 4 sm, og‘irligi 120-200 g bo‘ladi. Buyrak to‘q qizil rangli bo‘lib, oldingi yuzasi (facies anterior) qavariq, orqa yuzasi (facies posterior) yassiroq bo'lib, yuqori uchi (extremitas superior), pastki uchi (extremitas inferior), qavariq lateral qirrasi (margo lateralis), botiq medial qirrasi (margo medialis) tafovut qilinadi. Medial qirrasining o‘rtasida oldingi va orqa yuzalari bilan chegaralangan botiqlik, buyrak darvozasi (hilus renalis) joylashgan. Bu yerdan buyrak ichiga arteriya va nervlar kiradi, undan esa siydik yo‘li, vena va limfa tomirlari chiqadi. Buyrak darvozasi ichkariga botib kirgan buyrak bo‘shlig‘iga (sinus renalis) o‘tib ketadi.
Topografiyasi. Buyrak bel sohasida umurtqa pog‘onasining ikki yon tomonida qorin bo‘shlig‘ining orqa devorida qorin pardaning orqasida joylashgan. Buyraklarning yuqori uchlari bir-biriga yaqin joylashsa, pastki uchlari uzoqroq turadi. Chap buyrak o‘ngiga nisbatan yuqoriroq turadi. Chap buyrakning yuqori uchi XI ko‘krak umurtqasining o‘rtasida, pastki uchi III bel umurtqasining yuqori chekkasi sohasida turadi. O‘ng buyrakning yuqori uchi XI ko‘krak umurtqasining pastki chekkasi sohasida, pastki uchi esa III bel umurtqa tanasining o‘rta sohasida turadi. XII qovurg‘a chap buyrakning orqa yuzasining o‘rtasidan, o‘ng buyrakning esa yuqori uchidan kesib o‘tadi. Buyrakning orqa yuzasi pardalari bilan diafragmaga, belning kvadrat mushagi, qorinning ko‘ndalang mushagi va katta bel mushagiga tegib turadi. Uning yuqori uchida buyrak usti bezi joylashgan. Buyrakning oldingi yuzasi qorinparda bilan qoplangan bo’lib, ichki a’zolarga tegib turadi. O‘ng buyrakning oldingi yuzasini yuqori uchdan ikki qismiga jigar tegib tursa, pastki uchdan biriga o‘ng yo‘g‘on ichak burilish burchagi, uning medial chekkasiga o‘n ikki barmoq ichakning tushuvchi qismi tegib turadi. Chap buyrakni oldingi yuzasini yuqori uchdan biriga me’da, o‘rta qismiga me’da osti bezi, pastki qismiga och ichak qovuzloqlari tegib turadi. Uning lateral chekkasi taloqqa va chap chambar ichak burilish burchagiga tegib turadi.

Download 25.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling