Biologiya fakulteti biologiya yo’nalishi 203-guruh talabasi Suvonov Bekzodbek 3-seminar savollari


Download 13.08 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi13.08 Kb.
#119365
Bog'liq
3-seminar


Biologiya fakulteti biologiya yo’nalishi 203-guruh talabasi Suvonov Bekzodbek

3-seminar savollari

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish borasida mamlakatimizda olib borolayotgan islohatlarni yoritib bering?



Javob:

O’zbekiston Respublikasida Davlat va jamiyat qurush tizimini takomillashtirishda olib borilayotgan islohatlardan Davlat boshqaruvining bugungi kundagi demokratik usullari, avvalambor, xalq bilan muloqot prinsipiga g‘oyat uyg’un va hamohang olib borish va davlat xizmati samaradorligini yanada oshirilishi.Davlat organlari faoliyatini rejalashtirish, samaradorligini oshirish hamon dolzarb masala bo‘lib turibdi. Bugun birorta idoraning o‘tgan davrdagi faoliyatini xolisona baholash imkonini beradigan aniq mezon yo‘q. Shuning uchun vazirlik va idoralar, barcha darajadagi hokimliklar prognoz ko‘rsatkichlarni belgilashda o‘z faoliyatida kutilayotgan natijalarning aniq miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini belgilab olishi lozim. Davlat boshqaruv organlari va Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikda ish olib borish bo‘yicha prinsip va mexanizmlarni qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirayotgan islohotlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida o‘rni bor. Ammo aholining muammolarini tizimli o‘rganish, ularni aniq hal etish, ayniqsa, ijtimoiy sharoiti og‘ir ayollarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni ish bilan ta’minlash masalalarida bu tashkilotlarning ishtiroki yetarli darajada sezilmayapti. Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashini tuzish, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish taklifi ilgari surildi Jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim va ta’sirchan omil hisoblanadi. Shu munosabat bilan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya vositalari universitetini tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish to‘g‘risida so‘z yuritib, Oliy Majlis huzurida Sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashga ko‘maklashish komissiyasini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi. Bu komissiya odamlardan kelib tushayotgan murojaatlar, xalq bilan bevosita uchrashuv va muloqot jarayonida ko‘tarilayotgan masalalarni umumlashtirishi, parlament so‘rovi orqali haqqoniy vaziyatni tahlil qilishi, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi bilan birga muammolarni hal etish choralarini ko‘rishi lozim.

Shuningdek, yuksak professional darajada faoliyat yuritadigan malakali sudyalarni tayyorlashga xizmat qiladigan O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasini tashkil etish kerakligi qayd qilindi.Shu maqsadda o‘tgan bir yil mobaynida sud, prokuratura, ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Lekin bu borada qabul qilingan qator hujjatlar hayotga to‘liq tatbiq etilmayapti. Ichki ishlar idoralari hali chinakam “Xalqparvar ichki ishlar idoralari”ga aylangani yo‘q. Prokuratura organlarining esa jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi faoliyati yetarli emas. Sud idoralari hali-hamon har qanday holatda adolat qaror topadigan maskanga aylangani yo‘q. Shu sababli bu sohadagi islohotlar kelgusida ham qat’iy va izchil davom etadi.Milliy xavfsizlik xizmati idoralari bugungi kungacha 26 yil avval hukumat tasdiqlagan Nizom asosida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu hujjat chorak asr davomida o‘zgartirilmagani ushbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketishiga sabab bo‘ldi. Shu bois, davlatimiz rahbarining fikricha, Milliy xavfsizlik xizmati faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar to‘g‘risida”gi va “Milliy xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z borar ekan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmi bo‘yicha O‘zbekiston dunyo reytingida 187 mamlakat o‘rtasida 134-inchi o‘rinda turishi ta’kidlandi. Vaholanki, yurtimiz boy tabiiy resurslarga, katta iqtisodiy salohiyatga ega. Hamma gap ana shu zaxirani xalq manfaati yo‘lida oqilona va samarali ishlata olishdadir.Iqtisodiyotda boshqaruv tizimi eskirgani, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali mexanizmlar o‘z vaqtida joriy qilinmagani jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, texnologik qoloqlik, resurs va energiyani tejaydigan texnologiyalar, muqobil energiya manbalarini tatbiq etishning sustligi iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida to‘siq bo‘lmoqda.

Shu nuqtai nazardan davlatning innovatsion yangilanish dasturini shakllantirish, innovatsiya va investitsiyalardan samarali foydalanadigan yangi avlod kadrlarini, yangi sarmoyadorlar sinfini tayyorlash o‘ta muhim ahamiyatga ega. Buning uchun O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo‘yicha kuchli milliy g‘oya, milliy dastur kerak.

2018 yil faol tadbirkorlikni rivojlantirish e’tibor markazida bo‘ladi. Bu sohani qo‘llab-quvvatlash, biznes sub’ektlarini jadal va barqaror rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

Ayrim korxonalarga imtiyozlar berilgani erkin raqobat muhiti bo‘g‘ilishiga olib keldi. Endi bunday amaliyotdan voz kechiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida teng va halol raqobat muhitini yaratish maqsadida “Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada samarali ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon loyihasi ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Bojxona tartib-taomillarining murakkabligi tadbirkorlikka to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Jahon bankining hisobоtiga ko‘ra, eksport-import hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha O‘zbekiston 190 davlat orasida 175-o‘rinda turadi. Bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish uchun Belgiyada 1 soat kifoya qilsa, O‘zbekistonda 1 oy muddat sarflanadi. Shu munosabat bilan kelasi yildan boshlab, tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona ko‘rigida xavf-xatardan ogoh etish tizimi, ya’ni, tadbirkorlar qanchalik halol ekaniga qarab, ularni “yashil” va “qizil” yo‘laklar orqali o‘tkazish joriy etiladi.Ayni vaqtda noqonuniy tekshirishlar, xususiy biznes faoliyatiga asossiz aralashishga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini tekshirish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqiladi. Tekshirish o‘tkazishga ruxsat berishning maxsus elektron axborot tizimiga o‘tilib, uning nazorati Bosh prokuraturaga yuklanadi. Barcha tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish 2 yilga to‘xtatiladi.Biz bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlarini o‘zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi. Internet tarmog‘ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibi o‘rnatilib, 2018 yildan elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo‘yicha elektron tizim tashkil etiladi.Iqtisodiyotni rivojlantirishda puxta va barqaror bank-moliya tizimi ulkan ahamiyatga ega. 2018 yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.O‘zbekistonda xalqaro standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayoni boshlandi. Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlariga to‘liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki berishi lozim.



2018 yilda soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-tadbirlardan voz kechiladi. Chunki islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi uchun byudjet barqaror bo‘lishi kerak.O‘zbekistonda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish niyatida bo‘lgan investorlar uchun mamlakatimizni jozibali qilish maqsadida soliq tizimi takomillashtiriladi. Barcha biznes toifalari uchun soliq yukini kamaytirish va qulaylashtirish, shu asosda ishlab chiqarishni va soliqqa tortiladigan bazani kengaytirish zarur. Soliq imtiyozlari berishda individual yondashuvlardan voz kechib, ularni faqat iqtisodiyotning ma’lum tarmoqlari uchun qo‘llash amaliyotiga o‘tiladi.Davlatimiz rahbari aytganidek, byudjet tizimini qayta ko‘rib chiqish, byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va oshkora bo‘lishi ta’minlash lozim.Tashqi iqtisodiy sohada hali ishga solinmagan katta imkoniyat va zaxiralar mavjud. Bu borada Markaziy Osiyo mamlakatlari va yirik sheriklar – Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya, AQSh, Turkiya, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish davom ettiriladi. Kelasi yilda Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlanadi. Asosiy maqsad – tashqi bozorga sifatli va sertifikatlangan mahsulotlarni “o‘zbek brendi” nomi bilan olib chiqishdan iborat.Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir. Bu sohaga jahon brendlarini faol jalb etgan holda, ziyorat turizmi, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik turizm va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi.Davlatimiz rahbari iqtisodiyotimizdagi yetakchi tarmoq – qishloq xo‘jaligi sohasidagi eng muhim vazifalarga to‘xtalib o‘tdi. Yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashaydi. Biroq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmaydi. Agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 foizga yetmaydi. Shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqish lozim.Hududlarni jadal iqtisodiy rivojlantirish haqida so‘z borar ekan, bu borada mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, imkoniyat va javobgarligini kengaytirish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi. Buning uchun Davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini joriy etish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish kerak.Qurilish-pudrat tashkilotlari va quruvchilarning zamonaviy avlodini yaratish – dolzarb masalalardan biri. Shu maqsadda qurilish sohasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi. Dunyodagi tahlikali vaziyatni hisobga olgan holda, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, turli xavf-xatarlarga qarshi kurashni har tomonlama kuchaytirish shart. Bu – zamon talabi. Avvalo, shu yo‘nalishda shakllangan tizim samaradorligini yanada oshirish, ayniqsa, diniy masalalar bilan bevosita shug‘ullanadigan hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi tashkilotlar mas’uliyatini yanada kuchaytirish zarur. Xususan, mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, imom-xatiblar, diniy-axloqiy masalalar bo‘yicha maslahatchilar, yoshlar, xotin-qizlar tashkilotlari faollari birgalikda ish olib borishi lozim


Download 13.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling