Biologiya fakulteti


Download 173.92 Kb.
bet1/6
Sana14.10.2023
Hajmi173.92 Kb.
#1702743
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
genitika Ruhiddinova M


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI


MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI


SIRTQI BO’LIM BIOLOGIYA YO’NALISHI TALABASI


Genitika va genomika asoslari fanidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu:Populyatsion geniteka va molekulyar evolyutsiya.Populyatsiyada genlar va genotiplar chastotasi.
Bajardi:Ruhiddinova Malika
Tekshirdi:Norova S.


Toshkent-2022
REJA:

1. Populatsiya va uning genetik tuzilmasi.


2. O’z-o’zidan va chetdan urug‘lanuvchi organizmlar. .populatsiyasining genetik strukturasi.
3. Genetik dreyf konsepti .
4.Xardi-Vaynberg qonuni va masalalar yechish.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1. Populyasiya (lotincha: populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va makonda bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan organizmlar guruhi. Populyatsiyadagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va boshqa asosini tashkil qiladi. „Populatsiya“ terminini daniyalik genetik Wilhelm Johannsen genetik jihatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil boʻlgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan [5.]Tabiatda populyatsiyaning turli xil tiplari uchraydi: yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar guruhi); panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi); mendelcha populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan, koʻpayish va boshqa xususiyatlari bir xil boʻlgan individlar majmui); izogen populyatsiya genetik jihatdan aynan oʻxshash, yaʼni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) boʻyicha koʻpchilik hollarda gomozigota boʻlgan individlar guruhi; muvozanatlangan populyatsiya — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar oʻrtasidagi muvozanatga asoslanib oʻzgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga koʻra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinatsiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga moye keladi. Fanda mavjud boʻlgan ideal populyatsiya tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik modellarda hisobga olinadi


Genetika bir butun holda organizmlaming genetik konstitutsiyasini va irsiy axborotning avloddan-avlodga o‘tkazishligining boshqarilish qonuniyatlarini o‘rganadi. Populatsion genetika umumiy genetikaning bir tarmog‘i bo‘lib, organizmlar guruhlarida, ya’ni populatsiyalarda namoyon bo'luvchi irsiy jarayonlarnio'rganadi. Populatsion-genetik olimlar populatsiyalaming genetik tuzilmasini va uning avlodlarda bo‘lgan o‘zgarishlarini tadqiq qiladilar. Qator avlodlar zaminida sodir bo'ladigan irsiy o‘zgarishlar evolutsion jarayonning asosida yotadi. Shu sababli populatsion genetikaga ma’lum darajada evolutsion genetika sifatida ham qarash mumkin. Shunday bo‘lsa-da, genetikaning bu ikki tarmog‘ini tabaqalash kerak bo‘ladi. Populatsion genetikaning predmeti aniq turlaming populatsiyalari bo‘lsa, evolutsion genetika esa bir turga yoxud har xil turlarga mansubligidan qat’i nazar har qanday populatsiyalar bilan ish ko'radi
Biologik tadqiqotlaming har qanday jabhasida (tarmog‘ida) o‘rganilayotgan materialni pirovard natijada endilikda bo‘linmaydigan darajaga yetgan birliklarga ajratish talab etiladi. Genetikada bunday birlik bo‘lib gen, sistematikada - tur, ekosistemani o'rganishda - biogeot- senozlar hisoblanadi. Evolutsion tadqiqotlarda bunday bo‘linmas birlik bo‘lib populatsiya xizmat qiladi.[3]
Tabiatdagi kuzatishlar hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar har qanday turining individlari tur areali doirasida notekis taqsimlanganini va ulaming zichligi o'zgarib turishligini ko‘rsatadi. Notekis taqsimlanish ikki xil - individlar guruhlarining «orolcha» shaklda hamda individlaming «yig‘ilgan» shaklda namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Individlaming zichligi yuqori bo‘lgan yashash joylar individlar zichligi past bo‘lgan joylar bilan gallanadilar. Har bir tur individlarining bu xildagi «zichlik markazlari»da yashab turgan qismiga populatsiyalar deb qaraladi.
Populatsiya deb uzoq muddat davomida tur arealining muayyan bir joyida yashaydigan, o‘zaro erkin chatishib nasi beradigan, mustaqil genetik tizim hosil qiladigan, o‘z-o‘zini qayta tiklovchi individlar yig‘indisiga aytiladi. Populatsiyaga berilgan bu ta’rifdan shu narsa ay on bo‘ladiki - populatsiya bu katta sondagi avlodlar hayoti davomida ma’lum darajada o‘ziga o‘xshash individlar guruhidan ma’lum darajada alohidalangan, hammavaqt ham yetarli bo‘lgan ko‘p sonli individlar guruhidan iborat demakdir. Populatsiya eng kichik elementar individlar guruhidan iborat bo‘lib, ular uchun evolutsiya xosdir. Nima uchun alohida olingan organizm yoki tur evolutsiya jarayonining birligi bo‘la olmaydi, degan savol tug‘iladi. Alohida olingan organizmning evolutsion jarayon birligi bo‘la olmasligining sababi shundaki, bu individning genotipi hayotining butun davomida o‘zgarmas va uning hayot davomiyligi cheklangan (garchand bir xil organizmlar, masalan, sekvoyyalar bir necha ming yillar yashasa ham). Turlar esa Yer yuzasida notekis tarqalgan bo‘lib, ko'pincha territorial bo'lingan lokal populatsiyalar shaklida hayot kechiradilar. Shu sababli, juda ko‘p sonliligi va geterogenligi (tur ichidagi o‘zgaruvchanlik tufayli) uchun tur evolutsiya jarayonining birligi bo‘la olmaydi. Boshqa tomondan, populatsiya avlodlaming uzilmas bir qatorini hosil qiladi. Bundan tashqari, populatsiyaning genetik tuzilmasi avloddan- avlodga o‘zgarishi, ya’ni evolutsion rivojlanishi mumkin. Zamondagi populatsiya mavjudligining uzluksizligi biologik' irsiylanish mexanizmi bilan ta’minlanadi.[1]
Evolutsion jarayonni o‘rganishda genofond haqidagi tasawur katta ahamiyatga ega. Populatsiyadagi barcha individlar genotiplarining yig‘in- disi genofond deb ataladi. Diploidli organizmlarda N sondagi individlarga ega bo‘lgan populatsiyaning genofondi diploidli (2N) genomdan iborat. Har bir genom ota-ona] aming biridan olgan barcha genctik axborotni saqlaydi. Shunday qilib, N sondagi individlardan tashkil topgan populatsiyaning genofondi har bir lokusda 2N bo‘lgan genlarniva N juftli gomologik xromosomalarnio‘z ichiga oladi. Jinsiy xromosomalar va jins bilan birikkan genlar bundan mustasno bo‘lib, har bir geterogamet organizmda lta ekzemplardan uchraydi.
Populatsiyaning genetik tuzilmasi
Har bir organizmda tur uchun xarakterli bo‘lgan belgi va xususiyatlar bilan bir qatorda o‘zining individual (shaxsiy) genetik xossalari ham bor. Evolutsiya jarayonida shakllangan turning barcha genetik axboroti, ya’ni genlarning to‘liq to‘plarniushbu turning genofondi deyiladi. Tur o‘z navbatida alohida populatsiyalardan iborat. O'zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish, irsiyat evolutsiyaning uch asosiy omili boTib, ulaming jamlangan ta’siri asosida yashash sharoiti ta’sirida populatsiyalar tashkil topadi. Ulaming shakllanishi turning aniq yashash sharoitlariga moslashuv uslubidir. Hayvon zotlari va o‘simlik navlari ham populatsiyalar hisoblanadi, lekin ular sun’iy tanlash yoTi bilan shakllangan. Populatsiyalaming shakllanish jarayonlari va ularning dinamikasi mikroevolutsiyani tashkil qiladi. Makroevolutsion o‘z- garishlar mikroevolutsiyaning populatsiyalarda sodir boTayotgan jarayonlari asosida namoyon boTadi. Populatsiyalaming genetik tuzilmasini o‘rganishning boshlovchilari deb seleksionerlarni tan olish kerak, chunki nav va zotlarniyaratish uchun ular nafaqat chatishtirish uchun ota-ona juftini tanlash, balki ularning naslini bir qator avlodlar davomida o‘rganishi lozim boTadi. Ammo populatsiyalarnigenetik o‘rganishning ilmiy asoslari faqat irsiyatning miqdoriy qonuniyatlarini ochib bergan G. Mendelning kashfiyotidan keyingina ishlab chiqilish imkoniyatiga ega bo’lgan.[1]

Download 173.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling