Biologiya fani malaka oshirish kursi tinglovchisi umaraliyeva charosxon kimyonazar qizining


Download 369.13 Kb.
Sana28.07.2020
Hajmi369.13 Kb.
#125055
Bog'liq
CHAROSXON


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI

BIOLOGIYA FANI MALAKA OSHIRISH KURSI TINGLOVCHISI UMARALIYEVA CHAROSXON KIMYONAZAR QIZINING

“BIOLOGIYA DARSLARIDA MULTIMEDIA MATERIALLARIDAN FOYDALANISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI” MAVZUSIDAGI

TAQDIMOTI

KIRISH

O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimining joriy etilishi, uzluksiz ta’lim tizimi turlari o‘rtasida uzviylik va izchillikni amalga oshirish, yangi taxrirdagi biologiya o‘quv dasturi va modernizatsiya qilingan davlat ta’lim standartlari, o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilishning reyting tizimini amaliyotga joriy etilishi talab etmoqda. Biologiya o‘qituvchilarining ilmiy- metodik tayyorgarligini shakllantirish va mazkur tayyorgarlik darajasini orttirish maqsadida quyidagilar istiqbol vazifalar etib belgilandi:

Uzluksiz ta’lim tizimining umumiy o‘rta ta’lim turida:

* «2004-2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy

dasturi» asosida biologiyadan yangi modernizatsiyalashtirilgan DTS va yangi

tahrirdagi o‘quv dasturini amaliyotga qo‘llash;

biologiyadan o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarini nazorat

qilish va baholash reyting tizimining metodik ta’minotini ishlab chiqish;

* biologiya darsliklarining yangi avlodi va o‘quvchilarning mustaqil ish daftarini

yaratish.

* biologiya chuqur o‘zlashtirishga ixtisoslashgan maktablarda ta’lim- tarbiya

jarayonini tashkil etish yuzasidan metodik tavsiyalar ishlab chiqish.

*biologiyani o‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan uyg‘un ravishda

foydalanishning metodik ta’minotini yaratishni talab etmoqda.

 

O‘zbekistonda bugungi kunda yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib



tarbiyalashning izchil mexanizmi yaratilganini, uzluksiz ta’lim tizimi ayotiga

tatbiq etilib, uning dastlabki va muhim bo‘g‘ini sifatida maktabgacha ta’limga

alohida e’tibor qaratilayotir

Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda ta’lim jarayonida multimedia vositalari va materiallaridan foydalanish orqali o’quvchilarni fanga bo’lgan qiziqishini orttirish bilan birga fanni chuqur o’zlashtrishiga imkon bermoqda

Kadrlar tayyorlash milliy dasturidan ko’zlangan maqsadlardan biri «jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishdan iborat». Mustaqil fikrlash shaxs xislati sifatida har qanday faoliyatda yutuqlarga yuqori darajada erishishning muhim omili sanaladi. «Endigi asosiy vazifa – kishilarimizning mustaqil fikrga

o’rganishi, o’ziga ishonchining ortib borishidir. Chunki tafakkur ozod bo’lmasa,

ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutilmasa, inson to’la ozod bo’la olmaydi»

Bugungi o’quvchilar umumiy o’rta ta’lim maktablarni tamomlab oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishida o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalari as qotadi.

Multimedia  vositalari va ulardan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari

Multimediy vositalari (multimedia – ko’pvositalilik) - bu insonga o’zi uchun tabiiy muxit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqatda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyi-dagilar kiradi: - axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutk, musika, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalar) turlarini bir dasturiy maxsulotda integratsiyalaydi. Bun­day integratsiya axborotni ro’yxatdan o’tkazish va aks ettirishning turli kurilmalari: mikrofon, audio-tizimlar, optik kompaktdisklar, televizor, videomagnitafon, videokamera, elektron musiqiy asboblardan foydalanilgan holda kompyuter boshqaruvida bajariladi;

muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqi ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy protsessor tez  harakatchanligi, ma'lumotlarni o’zatish  shinasining o’tkazish qobiliyati, operativ (tezkor) va video-xotira       katta sig’imli tashqi xotira (ommaviy xotira), hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi; - "inson-kompyuter" interaktiv mulokotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta'lim, ish­lash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.

Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’iladi? Ko’pgina mutaxassislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animatsiya (ob'yektlarining fazodagi xarakati) effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan xoldagi ko’rinishidir.



Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma'lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta'minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma'lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya'ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin.

Multimеdiya vositalarining dars samaradorligiga ijobiy ta’siri Bugungi kun uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarni yanada takomillashtirish uchun kompyuter texnologiyasini ta’lim jarayonidagi o‘rni, uning pedagogik va psixologik xususiyatlarini ilmiy-tadqiqot misolida yoritish, kompyuter vositalaridan foydalanishga bo‘lgan e’tibor va ehtiyoj darajalarini yana bir bora ko‘rib chiqishni talab etadi.

Buning uchun: • ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalari o‘rnini aniqlash; • kompyuter yordamida o‘quvchining tafakkuri va dunyoqarashining o‘zgarishini, xotirasining shakllanishida kompyuterning samaradorligi qanday rol o‘ynashini aniqlash; • «kompyuter — o‘yinchoq» va «kompyuter — bilim olish vositasi» atamalari orasidagi chegaralarni aniqlash;

o‘quvchilarning o‘quv jarayonida ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirish metodlarini aniqlash.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv predmetlarini kompyuterlashtirishda quyidagi vazifalar belgilab olinadi: 1. O‘quv rejalari, konspektlar va kichik didaktik materiallarni tayyorlashda kompyuterdan foydalanishni yo‘lga qo‘yish. 2. Fan, mavzularning ko‘rgazmalilik sifatini, o‘rganilayotgan obyektning illyustrativ va animatsion imkoniyatlarini oshirish maqsadida mavjud elektron darslik va ta’limiy dasturlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish. 3. Namoyish qilish vositalarini yaratishda Microsoft Power Point, Microsoft Publisher, Adobe Potoshop, Movie Maker kabi standart dasturlar va dasturiy resurslardan unumli foydalanish.

Zoologiya darslari samaradorligini oshirishda kompyuterdan foydalanishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi bir necha mezonlar asosida aniqlandi. Mazkur mezonlar asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi va ularning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashda o‘ziga xos ahamiyat kasb etishi ma’lum bo‘ldi (1-jadval).

Biologiya darslarida multimedia materiallaridan foydalanish

Biologiya tirik mavjudotlarning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot fani hisoblanadi. Bir o‘lcham tasvirlariga ega darslik yordamida o‘rganishda barcha organlar qismlarini va ularning funksiyalarini tushunish qiyin.

Biologiya darsliklarida tasvir va diagrammalar ko‘p. Odam tanasining uch o‘lchamda tasvirlangan va har bir organ faoliyati aks ettirilgan virtual taqdimotini tasavvur qiling. Bunday taqdimotlarni o‘quvchilar uzoq vaqt esda saqlaydi.

Hujayraning tuzilishini darslikdan o‘qib tushunish birmuncha murakkab. Ko‘rgazmali tasvirlardan foydalanilsa, tasavvurlar yanada yorqin va tushunarli bo‘ladi. Hozirda avvalgidek sinf taxtasida bo‘r bilan yozish va ko‘rgazma rasmlardan foydalanish vaqti o‘tdi.

O‘quvchilar yangi tushunchalar haqida rasmiy bilimlarni to‘plamasdan, balki ularni tushunib olishlari juda muhim. Biologiya fanini o‘qitish yanada samarali bo‘lishi uchun o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘qituvchilar axborot kommuntkatsiya texnologtyalarini ishlab chiqishlari va undan foydalanishni rag‘batlantirishlari zarur.

Xulosa

Biologiya fanidan axborot komunikatsiya texnalogiyalaridan foydalanish o’qitishning barcha shakllarida jumladan, darsda, darsdan, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda foydalanilishi mumkin.

Shuningdek, undan darsning barcha bosqichlarida, masalan, o’tgan mavzu

bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, yangi mavzuni o’rganish,

yangi mavzu bo’yicha o’quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, nazorat qilish,

baholashda foydalansa bo’ladi.

2. Darsda o’quv dasturi talabalari asosida talim-tarbiya uzviyligini taminlash, bu jarayonda o’qitish metodi, vositalaridan samarali foydalanish orqali

o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, DTS bilan meyorlangan talim

mazmuni va uning tarkibiy qismlarini shakllantirish, manaviy-axloqiy tarbiyalash,

ular ongi va qalbiga milliy istiqlol g’oyasini singdirish amalga oshiriladi. Dars

jarayonida multimedia materiallaridan foydalanish orqali o'quvchilarning nazariy va amaliy olgan bilimlari bilan tarbiyaviy ko'nikmalarining sifatini yanada yaxshilaydi.

3.Biologiya fani bo’yicha video darslik animatsiyalar: biologiya xonasida, tirik

tabiyat burchagida, o’quv-tarbiya maydonlarida bajariladi. Sababi, o’simliklar va hayvonlar ustida olib boriladigan ko’pgina uzoq muddatli kuzatishlar o’quv

jadvaliga sig‘maydi. Biologiya kursini o’rganish davomida har bir o’quvchi

mikroskop bilan ishlash malakasiga ega bo’lishi kerak. Buning uchun o’qituvchi

navbat bilan 3-5 o’quvchining dars oldidan yoki darsdan so’ng mikroskop bilan

ishlashini tashkil etish kerak va bu ishlar aynan mustaqil ishlarni bajarish orqali ason amalga oshiriladi.

E’TIBORINGIZ UCHUN



RAHMAT
Download 369.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling