Biologiya


Download 5.3 Kb.
Sana23.10.2023
Hajmi5.3 Kb.
#1716504
Bog'liq
Biokimyo. MT. 2.pptx

Nizomiy nomidagi TDPU TFF Kimyo yo’nalishi 401-guruh talabasi Tojiboyeva Zuxraning “Biokimyo” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi

Mavzu: Hujayraning kimyoviy tarkibi

  • REJA:
  • Biomolekulalar
  • Oqsillar va aminokislotalar
  • Uglevodlar

Biomolekulalar

  • Tirik organizmlar hujayrasining o’rtacha 20-30% ni organik birikmalar tashkil etadi. Ular xilma xil katta va kichik molekulalar og’irlikka ega bo’lgan moddalar bo’lib, biomolekulalar deb ataladi. Kichik molekulali oddiy organik molekulalar monomerlar deb ataladi. Ular bir-biri bilan qo’shilib makromolekulalarni yoki polimerlarni hosil qiladi. Barcha tirik organizmlar tarkibida: uglevod,oqsil,nuklein kislota va lipidlar uchraydi. Bulardan oqsil, nuklein kislota va uglevodlar biopolimerlar deyiladi.

Oqsillar. Aminokislotalar

  • Oqsillar yuqori molekulali kolloid birikma bo’lib, aminokislotalardan tashkil topgan. Ular gidroliz qilinsa, aminokislotalarga parchalanadi. Oqsillarning elementar tarkibi korbon,vodorod,kislorod,azot hamda oltingugurtdan iborat.
  • Oqsillarning vazifalari-Oqsillar barcha orgonoidlar va hujayra membranalarining tuzilishida ishtirok etadi va ular strukturalar hosil qiladi. Ular katalizatorlik vazifasini bajaradi. Barcha biologik katalizatorlar ya’ni, fermentlar asosan oqsil tabiatiga ega. Oqsillarning tashish(transport) vazifasi ularga xos bo’lgan yana bir muhim hususiyatidir. Masalan, gemoglobin oqsili kislorodni tana organlari va to’qimalariga tashish vazifasini bajaradi.

Oqsillarning xossalari. Oddiy va murakkab oqsillar.

  • Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan oqsillar ikki xil: tolasimon va yumaloq yoki tuxumsimon shaklga ega. Tolasimon oqsillarga hayvonlarning junidagi,odam sochi,muskuli va ipak qurtining ipagidagi oqsillar kiradi. Oqsillar turli ta’sirlar natijasida o’zining tabiiy hususiyatlarini yo’qotadi. Bu hodisa denaturatsiya(denatura-tabiiy holatni yo’qotish) deb ataladi. Oqsillar ikki guruhga bo’linadi: oddiy va murakkab oqsillar. Oddiy oqsillar faqat aminokislotalardan tashkil topgan bo’ladi. Murakkab oqsillar tarkibida aminokislotalardan tashqari, oddiy metall atomi yoki boshqa oqsil bo’lmagan murakkab moddalar ham uchraydi.

Uglevodlar

  • Uglevodlar tirik organizmlar hayotida muhim ahamiyatga ega birikmalardir. Ular oqsillar,nuklein kislotalar va yog’larni hosil bo’lishida alohida ahamiyatga ega. Uglevodlar ikki xil: monosaxarid va polisaxaridlarga bo’linadi. Ikkita monosaxariddan tashkil topgan birikma disaxaridlar deyiladi. Ko’p sonli monosaxaridlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan murakkab uglevod polisaxaridlar deb ataladi. Kraxamal,glikogen,selluloza kabi moddalar polisaxaridlarga misol bo’ladi.

Lipidlar

  • Suvda erimaydigan organik birikmalar lipidlar yoki yog’lar deb ataladi. Bu guruhga mansub birikmalar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Bulardan keng tarqalgani oddiy lipidlar-neytral yog’lardir. Hayvonlarning neytral yog’lari-yog’lar, o’simlik yog’lari esa-moylar deb ataladi. Moylar odatdagi haroratda suyuq bo’ladi. Yog’larning hujayradagi asosiy vazifasi energiya manbai sifatida namoyon bo’lishidir. Yog’laring kaloriyasi karbonsuvlarga nisbatan 1.5-2.0 barobar yuqori bo’ladi. 1gr. yog’ning to’liq parchalanishi natijasida 38.9 kJ(kilojoul) energiya ajralib chiqadi.

Nuklein kislotalar

  • Tirik organizmlar, shu jumladan, viruslar uchun ham nuklein kislotalarning ahamiyati juda katta. Ular irsiy belgilarni saqlash va nasldan naslga o’tkazish, oqsillar biosintezi kabi muhim hayotiy jarayonlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajralib olinganligi sababli nuklein kislotalar(“nukleus”-yadro) deb atalgan.
  • DNK molekula massasi juda katta bo’lgan qo’sh zanjirli polimer birikma hisoblanadi. DNK molekulasida oqsil sintezi to’g’risida axborot joylashgan. Shu bilan birga DNK molekulasi ana shu axborotning nusxasini ko’paytirish hususiyatiga ega. DNKning tuzilishini Amerikalik biolog J.Uotson va Angliyalik fizik olim F.Krik kashf etganlar.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Download 5.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling