Biologiyani o'qitishda loyihalash texnologiyasi mundarija kirish I. Bob. Loyihalash texnologiyasi va loyihalash yo’llari


Download 316.53 Kb.
bet1/20
Sana22.06.2022
Hajmi316.53 Kb.
#772001
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Loyihalash1
Nigina1

BIOLOGIYANI O'QITISHDA LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI
Mundarija
KIRISH
I.BOB.LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI VA LOYIHALASH YO’LLARI
1.1.Loyihalash texnologiyasining о ‘ziga xos xususiyatlari.
1.2.Qisman izlanishli, ijodiy, ilmiy-tadqiqot xarakteridagi muammolarni loyihalash yo'llari.
II.BOB.O'QUVCHILARDA IJODIY FAOLIYAT TAJRIBALARINI TARKIB TOPTIRISH.
2.1.O'quvchilarda ijodiy faoliyatni o’rganish
2.2.O'quvchilarning muammolarini hal etish yo‘llarini loyihalash ko 'nikmalari.
III BOB.LOYIHALASH TEXNOLOGIYASINI QO’LLASH.
3.1.Biologiyani o’qitishda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish.
3.2.Biologiyani o’qitishda loyihalash texnologiyasidan foydalanish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.Loyihalash texnologiyasi jahon pedagogikasida yangilik hisoblanmaydi, chunki, u 1920- yillarda amerikalik faylasuf va pedagog J.Dyu va uning shogirdi V.X. Kilpatrik tomonidan ishlab chiqilgan loyihalash metodi asosida vujudga kelgan. Hozirgi kunda AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Isroil, Finlandiya, Germaniya, Rossiya, Italiya, BraziliyavaNiderlandiya kabi rivojlangan mamlakatlaming ta’lim muassasalarida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. J. Dyu o'qitishni o'quvchilarning qiziqishi va ehtiyojini hisobga olgan holda o'quvchilarning muayyan maqsadga yo'naltirilgan faoliyatini faollashtirish orqali tashkil etishni taklif etgan. Buning uchun o'quvchilarga o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini amaliyotga qo'llash, ulardan kelgusi hayotda foydalanish yo'llarini ko'rsatish, ya’ni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog'liq holda o'qitish lozimligini uqtirgan.
Bu jarayonda o'quvchilar tanish vaziyatdagi ahamiyatga molik muammolarni aw al o'zlashtirgan bilim, ko'nikmalarini amaliyotga qo'llab hal etish orqali yangi bilim, ko'nikma va malakalami o'zlashtiradilar. O'quvchilar muammolarni muvaffaqiyatli hal etishlari uchun o'qituvchi ularga tegishli ko'rsatmalar berishi, foydalaniladigan manbalami tavsiya etishi, o'qitishdan ko'zlangan natijaga erishish yo'llarini ko'rsatishi, buning uchun muammoni hal etishda o'quvchilarning faoliyatini loyihalashi lozim. Loyihalash texnologiyasining asosiy g'oyasi amaliy yoki nazariy ahamiyatga molik bo'lgan muammoni hal etish jarayonida ko'zlangan natijaga erishishdir.

Download 316.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling