Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi


Download 57.16 Kb.
bet1/16
Sana20.01.2023
Hajmi57.16 Kb.
#1103970
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi-fayllar.org


Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi

Biotsidlar asosiy guruhlarining xarakteristikasi
Hozirgi davrda kimyoviy birikmalarning har xil sinflariga mansub bo‘lgan bir necha ming biotsidlar ro‘yxatga olingan.


Anorganik iotsidlar. Tirik organizmlarga bir qancha kationlar, birinchi navbatda og‘ir metallarning kationlari toksik ta’sir ko‘rsatadi.
Misol uchun, Aspergillusturlari uchun Ag+, Cd2+, Hg2+, Tl+ kationlarining toksik konsentrasiyalari 10 -4– 10-6 mol. Pb2+, Zn2+, Cu2+, Ni2+, Co2+, Al 3+, Cr2+kationlariga (10-3 mol) hamda ishqor hosil qiladigan va ishqor-yer metallariga (10-1– 10-2mol) bu zamburug‘lar kamroq sezgir. Anionlardan toksikligi eng yuqorilari H2SO4 -2 (10-3mol) va CrO4-2(10-4mol). Metallar fungitoksikligi va ularning periodik sistemadagi o‘rni orasida biroz korrelyatsiya bor: bittaguruh ichida atom massasi ko‘payishi bilan biotsidlik xususiyati hamortadi. Fungitsidlik darajasiga binoan metallarni uch guruhga bo‘lish mumkin: eng toksik – kumush, simob, mis; o‘rtacha darajada zaharli – kadmiy, xrom, qo‘rg‘oshin, kobalt, sink; eng kam zaharli – temir, kalsiy. Toksiklik darajasi yuqoridagi metallarning elektromanfiyligi va, mutanosib ravishda, ular xelatlarining barqarorligi va sulfidlarining eruvchan emasligi bilan korrelyatsiya qilishi aniqlangan.
Oqsillarning har xil funksional guruhlari bilan ionlar spetsifik va nospetsifik shaklda eaksiyaga kiradi, natijada oqsillarning strukturasi va faoliyati buziladi. Simob va kumush kationlari sulfigidril guruhlarga ancha o‘xshash. Bu kationlar tiol fermentlarifaol arkazining sulfigidril guruhlariga birikib, fermentlarni qaytarib bo‘lmaydigandarajada inaktivatsiya qiladi va hujayraning modda almashinuvini buzadi. Fe3+ ionlari, RNК-aza fermentiga raqobatchi ingibitor bo‘lgani uchun, drojja RNК-azasining faol markazi bilan reaksiyaga kiradi. Bir qator kationlar (Hg2+ , Cd 2+ , As3+ , Cr6+ , Ag+ va b.) DNКni parchalaydi va hujayra o‘sishini to‘xtatadi.
Tuzlar ishlashi muhitning faol reaksiyasga bog‘liq. Masalan, Penicillium nigricans zamburug‘ining mitseliysi muhitning reaksiyasi nordonligida og‘ir metallar (Fe 3+ , Co2+ , Ni 2+ ) tuzlariga chidamli, neytral reaksiyasida esa sezgir. Aftidan bu pH ning oqsillar dissosiatsiyasi va membranalarning o‘tkazuvchanligiga ta’siri bilan bog‘liq.



Download 57.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling