Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, juda uzoq o‘lkalarning birida Karim ismli bir bola yashar ekan. Karim o‘n yoshda bo‘lib, ko‘zlari yashil, sochlari jigarrang ekan


Download 13.69 Kb.
Sana26.10.2023
Hajmi13.69 Kb.
#1722950
Bog'liq
Sehrli Boyqush


Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, juda uzoq o‘lkalarning birida Karim ismli bir bola yashar ekan. Karim o‘n yoshda bo‘lib, ko‘zlari yashil, sochlari jigarrang ekan. Karim maktabdan uyga qaytgandan so‘ng uyga vazifalarini qilar, bo‘sh vaqtlarida kompyuter o‘yinlarini o‘ynar yoki televizorda multfilm tomosha qilar edi. Ba’zan u katta bog‘laridagi quyonlarni boqardi.
Kunlardan kunlar o‘tib, yangi yil ham keldi. Tashqarida qor yog‘ar, bog‘da kiyik va quyonlar kezardi. Karim hayajon bilan o‘ziga olingan yangi yil sovg‘alarini ochishni boshladi. Sovg‘alari ichida o‘zi juda xohlagan o‘yinchoq: o‘t o‘chirish mashinasi, o‘yinchoq yo‘lbars va bobosi bergan kitob bor ekan. Yo‘lbarsni yotog‘ining yoniga qo‘yib, kitobni stol ustida qoldirdi va o‘yinchoq mashinani o‘ynay boshladi.
Oradan kunlar o‘tdi, Karim xonasida komyuter o‘yini o‘ynab o‘tirar, tashqarida esa shamol bo‘lardi. Shamol shu qadar kuchli ediki, bundan elektr simlari uzildi. Karim juda xafa bo‘ldi. Xonasidan mehmonxonaga chiqdi, u yerda ota-onasi kamin yonida ham kitob o‘qishar, ham birga suhbatlashishardi. “Juda zerikdim” deya xayolidan o‘tkazdi va xonasiga qaytdi. O‘yinchoqlari bilan o‘ynadi, tashqariga qarab qarg‘alarni tomosha qildi, zerikkanidan portlaguday bo‘lib, stolda qoldirgan kitobini ko‘rdi va uni ko‘zdan kechira boshladi.
Kitob muqovasida keksa boyqushning rasmi bor emish, kitobning nomi “Sehrli Boyqush” ekan. “Keyinroq qarayman” deya o‘ylab, kitobni yopdi va stol ustiga kitobni teskari qilib qo‘ydi va darhol bir ovoz eshitildi: “Hey bola! Ko‘ra olmayapman, meni teskari o‘gir”. Karimning ko‘zlari katta-katta ochildi; ovoz kitobdan kelardi. Darhol kitobni ters o‘girdi va unga qarab jilmayib turgan Keksa Boyqushni ko‘rdi. Hayratlanib, undan “Sen, sen gapira olasanmi? – deb so‘radi.
“Ha, - deb javob berdi Keksa Boyqush. – Men gapira olaman va men sehrli kitobman. Sen o‘qigan sahifangdagi hamma narsani ko‘rasan, boshdan kechirasan, his qilasan. Xohlasang, sinab ko‘r”.
Karim juda hayron bo‘ldi va kitobni qiziqib o‘qiy boshladi. Birinchi sahifada dinozavr haqida hikoya bor ekan va u bir onda dinozavrlarning yonida paydo bo‘ldi, keyingi betda shokolad sharsharasi haqida bo‘lib, Karim shokoladdan maza qilib yedi. Boshqa bir sahifada esa uchar pushti fil hikoyasi bor ekan, u filning ustiga minib, maza qilib rosa osmonlarda uchdi.
Karim endi maktabdan keyin uyiga hayajon bilan kelar va sehrli kitobini o‘qirdi. Kitobni o‘qishi bilan ko‘rmagan joylariga borar, u yerlarda qirol, super qahramon, ko‘rinmas odam bo‘lar, jirafalar bilan poyga qilar, kamalak ichidan o‘tar, mushuklar bilan gaplashardi.
Bir kuni Karim kitobning so‘nggi sahifasini o‘qishni boshladi. Oxirgi betda Qari Boyqushning kulib turgan surati bor edi va unda shunday deyilgan ekan: “Karim, sen bu kitobni o‘qib tugatding, endi kitobga ko‘p vaqt ajrata boshlading. Aslida sehr faqatgina bu kitobda emas, barcha kitoblarda mavjud. Sen o‘qishda davom, men har kitobda sening yoningda bo‘laman, xayr. Do‘sting Keksa Boyqush”.
Karim “Sehrli Boyqush” kitobini kitob javoniga qo‘ydi, keyin o‘qish uchun yangi kitob tanladi va xayollar bilan yangi-yangi sarguzashtlar tomon yo‘lga chiqdi.
Download 13.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling