Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma Asaka tuman 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7A sinf o‘quvchisi Abdullayeva Oydinga pedagogik-psixologik tavsifnoma


Download 19.81 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi19.81 Kb.
#204810
Bog'liq
Tavsifnoma


Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma


Asaka tuman 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7A - sinf o‘quvchisi
Abdullayeva Oydinga pedagogik-psixologik


TAVSIFNOMA

7A- sinf o‘quvchisi Abdullayeva Oydin sinfda faol o‘quvchilardan biri


bo‘lib, fanlardan har doim a’lo baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat
besh baholar bilan tugatadi. Fanlar ichida matematika, fizika, kimyo, biologiya
fanlariga juda qiziqadi va “Yosh matematik” to‘garagining faol a’zosi. 2019-2020
o‘quv yilida o‘tkazilgan bilimlar bellashuvida matematika fani bo‘yicha fahrli ikkinchi
o‘rinni egallashga muyassar bo‘lgan.

Abdullayeva Oydin maktab va sinf jamoat ishlarida ham faol ishtirokchi, uning a’lochiligi, jamoatchiligi, tashkilotchi va tashabbuskorligini hisobga olib, 5-sinfda 6-sinfdan buyon sinf sardori bo‘lib saylangan. Sinf o‘quvchilari bilan inoq,


Sinfdan tashqari turli tadbirlarni tashkil etishda hamisha sinf rahbariga yordamchi, sinf
o‘quvchilarini ham o‘zining ortidan ergashtirishga va tadbirlarda faol ishtirok
etishlariga harakat qiladi.

Abdullayeva Oydinning faolligini hisobga olib, maktab ma’muriyati va jamoat tashkilotlari tomonidan bir necha marta yozma “Fahriy yorliq”lar va og‘zaki raxmatnomalar olishga erishgan.


Men ham kelajakda Abdullayeva Oydinning jamiyatimiz uchun o‘z o‘rniga ega bo‘lgan kadr bo‘lishiga ishonaman.

______ Xalilova T 12.12.2020




Bir nafar sinfda passiv o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma

Asaka tuman 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7A - sinf o‘quvchisi
Ahmedov Ahmadilloga pedagogik-psixologik


TAVSIFNOMA

7A- sinf o‘quvchisi Ahmedov Ahmadillo sinfda fanlardan bo‘sh o‘zlashtiruvchi va jamoat ishlaridan ham o‘zini chetga olishga harakat qiladigan o‘quvchilardan biri bo‘lib, fanlardan har doim uch baholarga o‘qiydi va choraklik yakunlarini ham faqat uch baholar bilan tugatgan. Fanlar ichida ayniqsa matematika, fizika, kimyo, tarix fanlariga e’tibori sust.


Ahmedov Ahmadillo maktab va sinf jamoat ishlarida ham passiv ishtirokchi, uning qaloqligi sinfga ham katta ta’sirini o‘tkazadi, uning orqasida ko‘pincha sinf faollari va sinf rahbari e’tirozlarga sababchi bo‘ladi. Sinf o‘quvchilari ichida yana shu kabi ikki nafar o‘rtog‘i bor. Ular bilan ko‘pincha darslarga kechikib keladi, darslarda bo‘lar-bo‘lmas savollar berishga va darsning borishiga qisman bo‘lsada to‘sqinlik qilishga sababchi bo‘ladi. Sinfdan tashqari tadbirlarga ham qatnashmaslik yo‘lini izlab bahona qidirishga, o‘zini chetga olishga moyil o‘quvchidir.


Ahmedov Ahmadillo hamisha maktab rahbariyati, sinf rahbari nazoratiga olingan bo‘lib, uning xatti-harakatlarini kuzatib, iloji boricha yaxshi yo‘lga solishga va buzg‘unchilik ishlariga yo‘l qo‘ymasdan sinfning faol o‘quvchilari qatoriga qo‘shish maqsadida ota-onasi bilan hamkorlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan va ko‘proq ishlashga e’tibor qaratilgan.


Kelajakda Ahmedov Ahmadillo ning jamiyatimiz uchun foydasi tegadigan kadr bo‘lib o‘zgarishiga ishonaman.

______ Xalilova T 12.12.2020




Sinfga pedagogik-psixologik tavsifnoma


Asaka tuman 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi 7A- sinfiga berilgan
pedagogik-psixologik


TAVSIFNOMA

Men sinf rahbarlik qilgan maktabning 7A- sinfi maktabda o‘z o‘rniga ega


bo‘lgan sinflardan biri bo‘lib, 31 nafar o‘quvchisi bor. SHulardan 15 nafari o‘g‘il
bolalar, 16 nafari qiz bolalar. Sinf rahbari Olimova I. bo‘lib, biologiya fani o‘qituvchisi. 2018 yildan buyon shu sinfga rahbarlik qiladi, 16 yillik pedagogik stajiga ega bo‘lgan tajribali o‘qituvchidir.

Sinf rahbari o‘z sinfining yaxshi bo‘lishi, ularning a’lo baholarga o‘qishi va


jamoat ishlarida faol qatnashishi uchun hamisha harakat qiladi, sinfini har doim
qo‘llab-quvvatlab keladi. Darsdan bo‘sh vaqtlari turli qiziqarli tadbirlar o‘tkazib,
barcha o‘quvchilarning faol ishtirok etishlari uchun kurashadi.

SHu sababli ham 7A- sinf o‘quvchilarining 10 nafari a’lochi, 12 nafari “4”


va”5” baholarga va 6 nafari “3” va “4” baholarga hamda 3 nafar faqat “3” bahoga
o‘qiydigan o‘quvchilardir.

7A- sinf o‘quvchilaridan 5 nafari turli fanlardan maktab, tuman bilimlar


bellashuvlarida ishtirok etgan bo‘lib, 3 nafari fahrli o‘rinlarni egallashgan va rag‘batlantirilgan. Bunday a’lochi sinf o‘quvchilariga Abdullayeva O, Mirzayeva S, Abdumutalova M, Olimova M, Abdumalikov M larni kiritish mumkin.

7A- sinfda a’lochi va faol o‘quvchilar bilan bir qatorda, sinfni orqaga tortadigan


2 nafar o‘quvchi ham bor. Ular Ahmedov A, Qurbonov Y bo‘lib, bu o‘quvchilar bilan alohida ta’lim-tarbiya ishlarini olib borish yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu o‘quvchilarni ham o‘quv yili oxiriga qadar faol o‘quvchilar qatoriga qo‘shishga harakat qilinmoqda.

Men sinf o‘quvchilarining har biri kelgusida o‘z o‘rnini topib ketishiga va o‘zi tanlagan kasb egasi bo‘lib, jamiyatimiz uchun munosib xissalarini qo‘shishlariga ishonaman.


___ Xalilova T 12.12.2020



Download 19.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling